cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

G'ayratov | HuquqBro

Telegram kanal huquqshunos Gʻayratov Jahongirga tegishli. Savol, taklif, shikoyat boʻlsa @Gayratovuz ga yozishingiz mumkin.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
504
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-1530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Jarimalar ustidan online shikoyat qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 382-son qaroriga asosan, joriy yilning 1-sentyabridan boshlab my.gov.uz portali orqali Yo'l harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo'yicha Yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Yuborilgan shikoyat arizalari YHXX tomonidan 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi. Murojaat ko'rib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati to'xtatib turilmaydi. Agar shikoyat o'rinli deb topilsa, YHXX tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 271-moddasiga asosan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish tugatiladi. @HuquqBro
Mostrar todo...
🗿 1
00:54
Video unavailableShow in Telegram
Oson va koʻp pul topsa boʻlarkan deb boshlavormanglar)) Javobgarlik bor: MJTK 188-3-modda. Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. @HuquqBro
Mostrar todo...
17.90 MB
😁 4
Kredit tarixingizga etiborli boʻling Kredit tarixi har kimda mavjud boʻlib, banklar va mikromoliya tashkilotlariga qarz oluvchining qanchalik ishonchli ekanini baholashga yordam beradi. Kredit tarixi yomon boʻlgan fuqarolar istalgan paytda banklardan qarz olish imkoniyatini yoʻqotadi. Oʻzbekistonliklarning kredit tarixi “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi tomonidan doimiy baholab boriladi. Qarz oluvchilar 0 dan 500 gacha boʻlgan oraliqdagi skoring ball orqali baholanadi va ushbu oraliq 5 guruhga boʻlinadi: A – aʼlo (400-500 ball; B — yaxshi (300-400 ball); C — oʻrtacha (200-300 ball); D — qoniqarli (100-200 ball); E — yomon (0-100 ball). Kredit tarixini my.gov.uz orqali (xizmat narxi 15 300 soʻm) tekshirish mumkin. Xizmatdan bir yilda bir marta foydalanish esa bepul. Tayyor hisobotlarni “harakatlar tarixi” boʻlimidan yuklab olish yoki kuzatish mumkin. @HuquqBro
Mostrar todo...
Shikoyat berish huquqi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin. @HuquqBro
Mostrar todo...
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish tartibi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkin. Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga ushbu moddaga muvofiq shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to‘lashdan ozod etiladi. Shikoyat berish muddati Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida (o'n ish kuni emas) shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o‘tkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin. @HuquqBro
Mostrar todo...
Turar joylarni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida ma’muriy tartibda ko‘chiriladilar. Asos: Uy-joy kodeksi 70-modda @HuquqBro
Mostrar todo...
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi 2024 – 2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Abituriyentlar taqsimoti:         joriy yil bitiruvchilari — 410 334 nafar avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 945 nafar Abituriyentlarning jins tarkibi bo‘yicha taqsimoti: erkaklar — 431 806 nafar ayollar — 462 473 nafar Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti: o‘zbek tili —784 458 nafar rus tili — 84 774 nafar qoraqalpoq tili — 22 534 nafar boshqa tillar — 2 513 nafar @HuquqBro
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
😁 6👍 1
Mostrar todo...
Pichoq olib yurish javobgarlikka sabab boʻlishini bilasizmi ? Ma'muriy javobgarlik kodeksining 185²-moddasi: Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ma'muriy javobgarlik kodeksining 185³-moddasi: Tig‘ining yoki keskichining (damining) uzunligi to‘qson millimetrdan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud og‘irlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda o‘rnashadigan tig‘li sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qo‘llash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi ta’sirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, — mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. @HuquqBro
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.