es
Feedback
obscura

obscura

Ir al canal en Telegram

Mostrar más
Uzbekistán58 247La categoría no está especificada
Buy Ad
263
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-930 días

Carga de datos en curso...

Canales Similares
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Nube de Etiquetas
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+4
en 0 canales
agosto '26
+15
en 1 canales
Get PRO
julio '26
+6
en 0 canales
Get PRO
junio '26
+11
en 0 canales
Get PRO
mayo '26
+66
en 4 canales
Get PRO
abril '26
+45
en 2 canales
Get PRO
marzo '26
+66
en 2 canales
Get PRO
febrero '26
+21
en 0 canales
Get PRO
enero '26
+41
en 2 canales
Get PRO
diciembre '25
+59
en 0 canales
Get PRO
noviembre '25
+1
en 3 canales
Get PRO
octubre '250
en 2 canales
Get PRO
septiembre '25
+55
en 3 canales
Get PRO
agosto '250
en 5 canales
Get PRO
julio '25
+123
en 3 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
08 septiembre+1
07 septiembre+1
06 septiembre0
05 septiembre0
04 septiembre+1
03 septiembre0
02 septiembre0
01 septiembre+1
Publicaciones del Canal
bu rasmlarni pinterestdan, gaplarni esa kitobdan olmading. hammasi hayotingda sen bilan sodir bo’lyapti va natijada hamma nar
+1
bu rasmlarni pinterestdan, gaplarni esa kitobdan olmading. hammasi hayotingda sen bilan sodir bo’lyapti va natijada hamma narsa yanayam rangliroq… so’zlarni o’qiganimda, eshitganimda mazasini sezaman albatta. ammo hech qachon so’zlarning rangga botgan mo’yqalamdek turfa jilo ila tug’ilishini ko’rmagan ekanmanki, hayotimni qay zamon kamalakka bo’yagani, uni har doimgidan ham rangliroq tusga solganiga guvohligim ila to’la hayrat og’ushidaman.

2
shu osmon ostida, shu yer ustida menga taskin berar sening borliging
shu osmon ostida, shu yer ustida menga taskin berar sening borliging
1
3
va eng yoqimlisi shundaki, bu so’zlar uyqimdan uyg’otib yubormadi. ha, bularning barchasi eng real hodisa edi.+1
va eng yoqimlisi shundaki, bu so’zlar uyqimdan uyg’otib yubormadi. ha, bularning barchasi eng real hodisa edi.
164
4
+1
Sin texto...
257
5
kitob o’qisanglar, ba’zan haligidek tasodifiy anglamlar sodir bo’ladi miyangizda. buning lazzati alohida masala. intellektual maza qilish miyaga yoqadi.
347
6
ayamning o’zbek tilisi shunchalik boyki, ba’zan uning ishlatadigan maqol, ibora va so’zlari menga butkul yot, so’z tuzilishi va ohangidan kelib ma’nosini chaqmoqqa urinsam ham, po’sti qattiq yong’oqdek va yo uchi yo’q kalavadek miyamni qiynab qo’yadi. quyida “O’tkan kunlar” fosh etmish yangi topilmalarim bilan tanishtirsam: 1. Obidiyda - bu so’z ayam tomonidan asosan nimadir haqida noluvchan, norozi ohangda juda ko’p gapirganimda “obidiydangni yig’ishtir” ko’rinishida javob sifatida taqdim etilar va gapimiz mazmunidan kelib chiqib, bu jumlani “boshingdagi savdo o’zingniki, yaxshi bo’pti, norozichiliklaring menga qiziqmas” bo’lsa kerak, deb o’zimcha tushunib olardim. qarangki, kitobda ham ushbu so’z ishlatilgan va izohi ham berib ketilgan bo’lib, o’zbek tilidan o’zbek tiliga tarjimasi - ko’zyosh ekan. nega aynan ko’zyosh, deb o’ylab ko’rdim. shukrki, bu qo’shma so’z ekaniga fahmim yetdi hamda ob va diyda so’zlarini ikkiga ajratib, so’zdan to’liqroq maza chiqarishga chog’landim. huv xonliklar davrida mirob - suvchi degan kasb bo’lgan. demak ob - bu suv. diyda nima ekanini o’ylay turib, miyamga “diydasi qattiq” jumlasi urildi va bu “bag’ri tosh” bilan sinonim ekanini angladim. diyda bu bag’r ekan, demak suv va bu so’zni birlashtirsak, uyoq-buyoq qalb suvi degan tarjima chiqadi. tilimiz go’zal, obidiyda hozir ko’zni suvi deymiz, lekin eskilar bu oddiy yosh emas, qalbdan chiqayotgan, qalbdan kelayotgan suv deyishgan ekan, vax-vax-vax. 2. Tiynat - bu so’zni sof holida ilk bor ko’rib turishim. shu vaqtgacha qulog’im “tiyn” so’zini eshitgan bo’lib, bu tan / es ma’nosida kelsa kerak deb o’ylardim. bu so’z ishlatilishi bilan qiziq bir holat bo’lgan hayotimda. bir kuni shaharda ishlarim kech tugab, uyga birga ketaylik deb akamni chaqirdim. mashinada qo’shiqni baland qilib karaoke aytib ketarkanmiz, ayamdan qo’ng’iroq bo’ldi va go’shakni ko’tarib, kayfim chog’, gaplasha boshladim. akam bu orada jo’rttaga itdek uligan ovozi bilan baqirib qo’shiq kuylar, men esa ayamning xavotirsimon qayerdasan deya bergan so’rog’iga hazillashib, yigitim bilan, aya deb javob bergandim. ayam shu payt “tiyning sog’mi o’zi” degani shunday bir unutilmas ohangda chiqqanidan, hozirgacha eslab yurib, kulaman. ishqilib, bu so’zning ma’nosi “xulq, fe’l” ekanini menga Mirzakarim qutidorning Homid to’g’risida gapira turib anglatishi qiziq va yoqimli holat bo’ldi. eh, ayam-ey.. 3. Hosho va kallo - ayam tomonidan “hashakalla” ko’rinishida talaffuz qilinib kelinadigan, men buning ham tarjimasiga tushunolmay halak bo’lgan fraza. aslida “shak-shubhasiz” ma’nosida qo’llanadigan ushbu ibora bizda aytaylik “bolalar hashakalla kelinni tog’orasidagi shirinliklarga yopishdi” degandek gaplarda ma’no bo’rttirish maqsadida ishlatiladi. menimcha bu so’zni ma’nosini yaxshi tushunmay ishlatsak kerak, chunki odatda qo’llanilib kelingan vaziyatlarni xotirlasam, so’z ma’nosi va voqea mazmuni bir-biriga unchalik mos kelmayapti. shu yerda qo’shimcha qilib ayamning “mulli-kulli” so’zini ham tanishtirib o’tib ketmasam, o’zimni kechirolmay qolaman. ayniqsa g’iybatlarda ja bir shirin ma’no yuklaydigan ushbu ravish odatda doim fe’ldan oldin kelishining guvohi bo’lganman. masalan “qaynonasining boshiga mulli-kulli chiqib, bilganini qilib yuribdi”. tushunganingizdek, bu so’z “butunlay”ga sinonim - faqat bu o’zim tomonimdan fakt-chek qilinmagan, ammo ma’nosi o’zim aytgandek bo’lib chiqishi ehtimoli kattaroq bo’lgani uchun yozib qo’yaverdim. xalqimiz, ona tilimiz, odatlarimiz aslida juda qiziq. bizda ulkan manbalarimizning ulkan bo’lishiga sabab bo’lmish oltin tarixiy evolyutsiyasi bor. ularni o’rganing, yosh avlodga o’rgating. “O’tkan kunlar”ni o’qiy turib, yuz yilginaning ichida kundalik so’zlashuvdagi tilimiz qanchalik qashshoqlashgani, qanchalik sayozlashganimizni tushunib boryapman. baxtga qarshi bizda har oktyabrdagina esga tushadi bizda bu tilning ahamiyati. ishqilib, shu. aslida bu post blogim uchun yozila boshlangandi, lekin haligi so’zlarning shirasi buni ko’proq insonga yetishtirish istagini tug’dirdi.
319
7
+1
Sin texto...
266
8
+3
Sin texto...
291
9
iliq yoz kechalari mahmadonaligim tutadi o’zi har yili, aybga buyurmaysiz. o’zim qayta o’qib ko’rdim, chiroyli post bo’libdi )
186
10
o’zingizga o’zingiz ham aslida istab, dardida oh chekib o’lmayotgan kazo-kazo nimalarnidir majburiyat sifatida yuklashingiz zarur emas. nafas olib, sekinroq va baxtliroq yashaylik.
278
11
go’zal tun og’ushidaman. albatta CAS, tebranma kachelya, avgust va men ishtirokimdagi go’zallikdir bu. qarshimda oltin qoziq yulduz turkumi. bu turkumga necha tun mening necha xil versiyam tikilib boqdiykin shu paytgacha? bu turkum qay kechalarim guvohi bo’ldiykin? qay o’ylar surdim ekan men unga boqib? bilaman, ko’z ochib-yumguncha qahraton kelib qo’yadi. bu iliq kechalar shirasi uning vaqtincha ekanidan yanayam ortadi, buni o’ylashning o’zi qalbimda yoqimli og’riq turg’izadi. “Troya” filmida “Xudolar insonlarga ular abadiy yashamasliklari sabab hasad qilishadi” deydi bir qahramon. o’lim shunday xususiyatga ega - uning oldida barcha narsaning qadri bir necha karra oshadi, ammo shuningdek, absurdlashadi ham. men ko’proq buning birinchi qismiga ahamiyat berishni istayman. hali aytganimdek, men bu tun rohatini bir kun qish kelishini bilmay turib boricha his qila olmagan bo’lardim. bizda bir marta imkoniyat bor xolos yashash uchun. atigi bitta. ehtimol bu fakt o’z hayotimizni global va juda ulkan bir narsa sifatida qabul qilishimiz uchun yetarli bo’lar. shunday o’ylashga haqqingiz bor albatta, yaxshi inson. ammo global ahamiyatdagi bir hayotni biz o’zimiz istagan har bir xohish realizatsiyasi uchun sarflash qanchalik o’rinli? bu g’oya hayotda barcha narsaga ulgurib qolishdek aslida zalvorli bir xohish, yoinki majburiyat yuklamaydimikin bizga? biz o’zimizni oddiy va kemtiklar mavjud hayotda yashashga arzitmay qo’yamiz va ko’rpamiz muhimmas, qayerga bo’lmasin oyoq uzatishga tushib qolavermaymizmi? sevgilim shu haqida so’zlab bergandilar yaqinda. bu global mavjudotlik g’oyasi odamni qay darajada aqldan ozdirishi mumkinligi va paradoksal ravishda u qanchalik rohat tomon harakatlanmasin, uning ta’mini hech qachon o’zi istagandek tota olmay qolishi va arosat.. hayotimizning boshqalarga qizig’i yo’q, azizlar. har kim o’z rakursidan o’zini global ko’radi, lekin barchamizga yuqoridan qaralsa, biz juda g’alati bir parazitlarmiz xolos. so’nggi vaqtlarda men oddiy bir Yer sayyorasidagi boqimanda ekanligim haqida ko’p o’ylayapman va bu haqiqatimga tobora moslashib bormoqdaman. bu menga shakarni yemaslikni yoki kamroq yeyishni boshlagan insonlarda kuzatiladigan holatdek ta’sir qila boshlayapti-ki (ular asosan o’zlarini xursandroq, ovqat, meva-sabzavotlar ta’mini mazaliroq his qilishni boshlashadi), burnimdan kirayotgan kislorod tozaroq, hayotim sokinroq, hislarim va asablarim yumshoqroq ta’sir qilyapti. o’zimga kamroq majburiyatlar yuklayapman. buyuk bo’lish va dunyoda o’chmas iz qoldirish zaruriyatini qo’ymayapman oldimga. unutilishimni qabul qilyapman. bular meni oldingidek tarang qilmayapti. avvallari insonlarning bari ham g’arazli, atrofim jahannamdek tuyilaverardi. kundaligimdagi so’zlardan ham ma’lumki, men hammadan yomonlik kutardim va natijada nafrat ko’zi bilan boquvchi biriga aylanib ulgurgandim. hozir esa ko’ngli toza insonlar atrofimda ko’p, ularning mehrga to’la harakatlarini kuzatishning o’zi ichimdagi g’uborlarni yuvadi, zavq bag’ishlaydi menga. aslida tushunib turganingizdek oldin ham men birmuncha yaxshi insonlar qurshovida edim, shunchaki nima haqida qanday fikrlashni istasam, shunday fikrlardim. eng muhimi, kichkina murvat ekanim haqidagi haqiqat meni Allohga yaqinlashtirdi. bu siqilib qolib umidsizlikdan dindan najot axtarish vaqtida emas, bil’aks, shundoq ham baxtli yashayotgan vaqtim nega Islom dini haqiqat ekanini tushunish hodisasi bilan sodir bo’ldi. shunday qilib, muhabbat bilan yashayapman ekan. dunyo toza joy ekani va o’zim o’zgargach faqat oppoq farishtalarga duch kelyotganim, yomonlarga qiron kelgani haqida da’volarim yo’q, do’stlar. bularning bari menga uchrayotgan yaxshiliklar fonida davom etayotgani va davom etaverishi biz inkor eta olmaydigan, mutlaqo to’xtata olmaydigan bir jarayon ekani rost gap. sizlarga so’zlab bermoqchi bo’lgan asosiy mavzum - balki osonroq, birozgina oddiyroq yashashda ham maza bor ekani, bu aslida fojia emas, hayotingizga ulkan mazmun olib kelmish shukronalik hissini beradigan asosiy element ekanini ta’kidlash edi.
288
12
Sin texto...
1
13
siz bilan hech tanlov falajligi sodir bo’lganmi?
1
14
Sin texto...
316
15
anonim qisam yozaslami?
71
16
zerikishli tun. she’r tashlasham qiziqmas
61
17
meni tanimaganlar bu AI deydi 🤣
102
18
jontemir she’ri.m4a
137
19
+1
Sin texto...
575
20
+1
Sin texto...
576