471
Suscriptores
+424 horas
+47 días
-2030 días
Archivo de publicaciones
Бузғунчи
Бир йигит ошнасидан сўради?
— Қаерда ишлаяпсан?
— Дўконда.
— Маошинг қанча?
— Ҳар иш кунимга 100 минг сўм.
Сўраётган киши қошларини чимириб шундай деди:
— 100 минг?! Шу ойликка оила боқиб бўладими?! Ишинга яраша пул беришмас экан. Сен ўзингни ҳурмат қилмасанг-чи, сени бошқалар ҳам ҳурмат қилмайди…
Ишчи йигитнинг ишдан ҳам, иш эгаларидан ҳам кўнгли совиди. Шартта бориб, раҳбариятдан ёки маошини кўтариб беришларини, ёки у ишдан кетишини айтди. Улар эса, маошни кўтаришмади. Натижада йигит тамоман ишсиз қолди.
####
Бир аёл фарзанд кўрди. Туғруқдан кейин ўзи ҳам, фарзанди ҳам соғ-саломат эканидан қувонди. Ширин фарзандини бағрига босиб, кўплар маҳрум бўлган оналик неъматига эришгани учун Аллоҳга ҳамдлар айтди.
Икки-уч кун ўтиб туғруқхонадан келинлик уйига қайтди.
Уни қутлагани келган дугонаси сўради:
— Шундай фарзанд туғиб берганинг учун эринг сенга нима совға қилди?
— Ҳеч нарса, деди хотиржам бўлиб аёл.
— Ҳеч нарса?! Сен ўлиб-тирилиб бир фарзанд кўрасану у сенга ҳеч нарса бермайдими?! Битта гулга ҳам муносиб кўрмадими?! Шуми қадр-қимматинг?!…
Эр кечқурун ишдан келди. Хотиннинг қовоғи осилган, саволларга қўпол ва зардали жавоблар қайтарарди. Бу ҳолат жанжалга айланиб, иш талоқ билан якун топди.
Бузғунчи бўлма!
Манбаа: @IkromSharif
+2
Kichikligimda shunaqa Uycham bo'lishini hohlaganman☺️🪵🌴
في طفولتي كانت أحلم البيت فوق الشجرة
Bizda ko‘pincha juft tanlashda mol-davlat, nasl-nasab yoki shunchaki tashqi ko‘rinishga qaraladi. "Teng tengi bilan" degan gapni ham faqat moddiyatga taqab qo‘yishgan.
Aslida eng katta tenglik fikrlash, dunyoqarash va temperamentda bo’lishi kerak. Biri hayotni chuqur his qiladigan, ikkinchisi hamma narsaga yuzaki qaraydigan bo‘lsa; biri muloqotga chanqoq, ikkinchisi "ichimdagini top" deydigan bo‘lsa, qasrdek uyda ham begonalardek yashashadi.
Juft tanlashda faqat uning bugungi turishiga emas, ertaga og‘ir kunlaringizda yoningizda qanday turib bera olishiga, siz bilan bitta tilda gaplasha olishiga qarang. Aks holda butun umr bir xonada tarjimonsiz yashashga to‘g‘ri keladi.
+1
📖 Qur’on o‘qishni mukammallashtirmoqchimisiz? 🌿
✨ Qur’on tilovati bo‘yicha ijozam bor va ayollar uchun darslar olib boraman.
📚 Tajvid qoidalari
🕊 To‘g‘ri va chiroyli tilovat
🌸 Bosqichma-bosqich, tushunarli darslar
✅ Chuqur tajvid darslaridan ham darsliklar bor
Qur’on bilan do‘stlashish uchun eng yaxshi vaqt — hozir 🤍
📩 Batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling!
@ummuuuMaryam
حين يهطل المطر 🌧️
المطر ليس مجرد قطراتٍ تسقط من السماء، بل رسالةٌ هادئة تُذكّرنا بأن بعد الجفاف حياة، وبعد العطش ارتواء، وبعد الانتظار فرجًا. حين تهطل الأمطار، تتنفس الأرض من جديد، وكأنها تستعيد شيئًا فقدته منذ زمن.
ولعل أجمل ما في المطر أنه لا يختار أين يسقط؛ ينزل على الجميع بلا تمييز، فيعلّمنا أن العطاء الحقيقي لا ينتظر مقابلًا. وفي كل قطرةٍ منه حكمة: قد يتأخر الخير، لكنه حين يأتي، يُحيي أشياءً ظننا أنها لن تعود.
فلا تحزن إن طال جفاف أيامك؛ ربما كان الغيم يتجمع في مكانٍ لا تراه، وربما كان المطر أقرب مما تظن. 🌧️🤍
#lugatlar
قطرات — tomchilar
الجفاف — qurg‘oqchilik, quruqlik
الارتواء — chanqoqning qondirilishi
الانتظار — kutish
الفرج — yengillik, mushkuldan chiqish
تهطل — (yomg‘ir) yog‘adi
تتنفّس الأرض — yer “nafas oladi”
تستعيد — qayta tiklaydi, qaytarib oladi
تمييز — ajratish, farqlash
العطاء — saxovat, berish
مقابل — evaz, evaziga
حكمة — hikmat, donolik
يتأخر — kechikadi
يُحيي — jonlantiradi, tiriltiradi
يتجمّع — to‘planadi, yig‘iladi
🛑Eng muhimi, mock testni ishlab, faqat javoblarni tekshirib qo‘ymang. Xatolaringiz ustida ishlang. Nima uchun xato qilganingizni aniqlang, shu mavzuni qayta o‘rganing va keyin yana mashq qiling.
📚 CEFR imtihoniga tayyorlanishda faqat mock test yetarlimi?
Ko‘pchilik imtihonga tayyorlanayotganda faqat mock test ishlab, shuning o‘zi bilan yaxshi natijaga erishaman deb o‘ylaydi. Aslida esa, faqat mock testga tayanish to‘g‘ri strategiya emas.
Mock test bizga imtihon formatiga ko‘nikish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va o‘z darajamizni tekshirishga yordam beradi. Lekin u til darajamizni o‘zi ko‘tarmaydi.
Agar maqsadingiz B2 yoki C1 bo‘lsa, tayyorgarlikni bir nechta yo‘nalishda olib borish ancha samarali:
📚 Lug‘at va iboralar — sinonim, antonim va mavzuga oid yangi so‘zlarni o‘rganish.
✍️ Yozish — insho, xat va turli mavzularda o‘z fikringizni yozma ravishda ifodalashni mashq qilish.
📖 O‘qib tushunish — turli mavzulardagi arabcha matnlarni muntazam o‘qish.
🎧 Tinglab tushunish — turli tezlikdagi audio va suhbatlarni tinglash.
🗣️ Gapirish — o‘rgangan so‘z va grammatikani amalda ishlatish.
📝 Mock test esa shu bilimlarni imtihon sharoitida sinab ko‘rish uchun kerak.
2030-yildan keyin eng istiqbolli fan ustozlari statistikasi:
🤖 Sun’iy intellekt (AI) — eng kuchli yo‘nalishlardan biri.
💻 Informatika / dasturlash — AI rivojlansa ham, uni tushunadigan mutaxassislarga ehtiyoj qoladi.
🧮 Matematika — AI, muhandislik va iqtisodning asosi bo‘lgani uchun talab uzoq muddat saqlanadi.
🧬 Biologiya / Biotexnologiya — genetika, tibbiyot va bioengineering rivojlanishi bilan.
⚛️ Fizika — energetika, kosmik texnologiyalar va yangi materiallar uchun.
🌱 Ekologiya va iqlim fanlari — suv, energiya va iqlim muammolari sababli.
🔐 Kiberxavfsizlik — raqamli dunyo kengaygani sari muhimlashadi.
🧠 Neyrofan / Neuroscience — miya, AI va tibbiyot kesishmasidagi yo‘nalish.
2030-yilgacha qaysi til o‘qituvchilariga talab oshadi? 🌍📚
Kelajakda til o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Ayniqsa quyidagi tillar istiqbolli:
🇬🇧 Ingliz tili — xalqaro aloqa va ish uchun doimiy talabda.
🇩🇪 Nemis tili — Germaniya, Avstriya va Shveytsariyada o‘qish va ishlash istagidagilar uchun muhim.
🇪🇸 Ispan tili — dunyoda eng ko‘p tarqalgan tillardan biri.
🇨🇳 Xitoy tili — biznes va xalqaro munosabatlarda ahamiyati ortib bormoqda.
🇦🇪 Arab tili — Yaqin Sharq, xalqaro tashkilotlar va ta’lim sohasida muhim o‘rin tutadi.
🇫🇷 Fransuz tili — Yevropa, Kanada va Afrikada keng qo‘llanadi.
Lekin menimcha, kelajakda faqat til bilishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Eng talabgir ustoz — tilni yaxshi biladigan, uni zamonaviy metodlar bilan o‘rgata oladigan va onlayn dars berishni ham biladigan ustoz bo‘ladi.
