❗ALBATTA ÒQING!!!
Hijobga kirish deganda nimani tushunasiz? Uni vaqti soati qachon deb o’ylaysiz? Hijobni faqat qari kampirlar kiyadigan kiyim deb hisoblaysizmi? “Hali yoshman” deydigan qizlarga, “Hali yoshsan mani yoshimga yet keyin kirasan” deydigan yoshi katta ayollarga tushunmayman. “Shoptoli qoqi” bo’lib hamma joyizga ajin tushib ketganidan keyin o’ranib chirmanishingizni, to’kilib oqarib ketgan sochni berkitishingizni kimga keragi bor! Hijob faqat eski davr ayollariga farz bo'lgan deb o'ylaydiganlar diqqatiga nega unda namozni ham shunday demaysiz? Namoz va ro’zani tan olasizu, hijobga kelganda eski davr kiyimi, hozir zamon boshqacha hijobsiz yursa ham bo’laveradi bo’ldimi? Alloh Qur’onda nima deydi bilasizmi? “Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib ba’zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan bu ishni qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo’lishlikdir, qiyomat kunida esa eng shiddatli azobga qaytarilurlar” (Baqara, 85)
Hijob nomahramlar nazaridan himoya qilish uchun xizmat qilsa, siz teringiz osilib soch, kipriklaringiz to’kilib, shirangiz qolmaganidan keyin shundog’am sizga hech kim qaramaydi! “Yoshim katta bo’gandan keyin o’ranaman, hozir o’ynab qolay” degan niyat bilan kelajakda hijobga kirsez haqiqiy ajrga erisholmaysiz! Ayni go’zal, nafosatli bo’lib yurgan paytingizda bu chiroyni berkitish o’rniga, bilib turib shataloq otib yuraversangiz bilib qo’ying siz nafsingizni Allohning buyrug’idan ustun qo’yyabsiz! Bilasizmi, dinimizda ayollarni hatto jonsiz tanasiga ham erkaklarni nazari tushmaydi. Tushuntira oldimmi!? Endi siz tirik holingizda, ayni yosh vaqtingizda yana nima bahonalar ayta olishingiz mumkin! Turmushga chiqolmayman, uydagilarim ruxsat bermayabdi va h.k.lar bular bahona. Nega shu bahonalardan qutilolmaysiz bilasmizmi? Chunki sizda xohishni o’zi yo’q! Bandani o’zida bo’lmasa Alloh unga yo’lini ochib bermaydi! “Qalbimga solgan kuni kiraman, ba’zi ro’mol o’rab yurganlardan ko’ra men yaxshiroqman, mana u ro'mollik bunaqa qilib yuribdi, u oldin unaqa edi” deb o’zingizni ovutib, bahona qidirib yuravering! Agar rostan ham ba'zi hijoblilardan o'zingizni yaxshiroq deb bilganingizda edi rostan ham ustunroq bo'lganingizda edi avvalo o'zingiz o'ranib o'sha qo'shtirnoq ichidagi ayrim hijobli qizlarga o'rnak bo'lib, tilingizdan chiqadigan g'iybat bilan emas, amalingiz bilan o'rnak bo'lgan bo'lardingiz. Hijob, namoz, ro’za emas, boshqa dinga, shariatga oid bo’lmagan, o’zingizga kerak bo’lgan narsani qo’lga kiritishda u bunaqa dedi, bu unaqa dedi deganmidiz eslab ko’ringchi...Vijdon uyg’ongandir!
#YAQINLARINGIZGA_HAM_ULASHING