cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

kommentolog

Axir kattalarga hamma narsani tushuntirib berish kerak-da...

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
291
Suscriptores
Sin datos24 horas
+77 días
+1330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Yozga ekan
Mostrar todo...
Mostrar todo...
Ask Me Anything

This bot allows you to send anonymous messages. Contact: @mabrur_dev

​​Vahima qilmaymiz, "Vahima" haqida gaplashamiz Anor mening eng sevimli yozuvchilarimdan. O‘zimcha gerdayib shunaqa deyman-u, lekin undan o‘qiganlarimni sanashga bitta qo‘lning barmoqlari bemalol yetib ortadi. Lekin ba’zida bittagina asarini o‘qishing bilan sevimli yozuvchingni topganingni anglab qolarkansan. Markes, Moemlarda ham shunday bo‘lgandi. Anorda ham. Balki hamma sevimli yozuvchilar shunday topilar-u, men anglamay qolarman. Bilmadim. Lekin shularda topilma hissini boshqacharoq tuyganman. Anorni el qatori "Besh qavatli uyning oltinchi qavati"dan taniganman. Munosabatlarning bu darajadagi tahlilidan lol qolgandim o‘ziyam. Kuchli muhabbat, ishonchsizlik, Ikkilanishlar, pushaymonlik, adog‘siz afsuslanishlar... . Barchasi juda go‘zal edi. Keyin hamma e’tiborni qizil limizinga qaratib, bahonada boshqa gaplarini ham aytib olgan "Qizil limizin" hiloyasidan anchagina ta’sirlangandim. Hatto bitta hikoyamga shundan u-bu narsa o‘g‘irladim ham. Bu hikoyadagi hayajonim avval o‘qigan butun boshli romanimdan kuchliroq bo‘ldi, chamamda. Chunki bu men uchun umuman boshqa, yangicha narsa edi. Hamma e’tiboringiz limuzinda boʻlib, u nimaga qahramonni ta’qib qilayotganiga tushuna olmay hikoyaning oxiriga yetasiz. Oxirida ham natija shu. Lekin yaxshiroq e’tibor berib qarasangiz, muallif hayotimiz davomida uchrab turadigan allaqanday qizil limuzinlarga anqayib, bu yerda eng muhim narsalarimizni boy berayotganimizni eslatayotgandek go‘yo. Bundan keyin hayratimni cho‘qqiga ko‘targan "Men, sen, u va telefon" hikoyasini topdim. Bu darajadagi maftunkor hikoyalardan, bilmadim, yana nechtasini o‘qiganman. Juda kam bo‘lsa kerak. Umuman kutilmagan voqealar rivoji, qahramonning kechinmalari, yana o‘sha munosabatlar... Hammasi nihoyatda go‘zal. Yuqorida sanaganlarimning har uchchalasidagi asosiy urg‘u sevishganlarning munosabatlari, ulardagi xato-kamchiliklarga qaratiladi. Shuning uchun men o‘zimcha Anorni munosabatlarning teran tahlilchisi deb yurardim. To‘g‘ri, boshqa mavzudagi hikoyalaridan ham o‘qigandim, lekin ular hozir sanaganlarimdek ta’sir qilmagandi. Endi esa uning yangi qirrasini kashf etdim. Bir necha kundan beri o‘ylanib yurib, hali to‘liq anglay olmagan bo‘lsam ham sizga u haqida biroz so‘zlab bersam. Bu sarlavhada aytganim "Vahima" hikoyasi. Mana, vahima qilib-qilib endi asosiy maqsadga yetib kelibmiz) Bu hikoyada avvalgilardek "ikki yosh"ning araz-arazlari yo‘q. Qandaydir tushunarsiz munlsabatlar-u, ko‘ngilsizliklardan holi, bir bekam-u ko‘st kun ko‘rayotgan oilaning boshlig‘i haqidagi hikoya. Hayotlari bir maromda, osuda ketib borardi, lekin (mana shu "lekin" chatoq narsa-da) hamma asarda bo‘lganidek, bunda ham kutilmagan hodisa ro‘y berib, hamma narsani o‘zgartirib yubordi... Bu yerda ham hayratlanarli syujetdan ko‘zlaringiz katta-katta bo‘lib, hikoyani yakunlar ekansiz, tushunmaganingizdan o‘zingizga savol berasiz: "Nima endi bu?". Keyin menga o‘xshab o‘ylayverasiz, o‘ylayverasiz, lekin hech bir jo‘yali javob topilmaydi. Shu bilan uyqusiz tunlarda o‘ylab yotishga yangi narsa topganingizdan quvonasiz. Boya aytganim "Qizil limuzin"ga o‘xshab asosiy maqsadini hayratlanarli voqealar orasiga yashirgan bu hikoya sevimlilaringizdan biriga aylanishiga ishonaman. Maroqli mutolaa. @kommentolog
Mostrar todo...

​​Yomg‘ir Bir yomg‘ir istarlar... cheksiz zulmatday cheksiz yog‘adigan yomg‘ir istarlar. Yalab sob qilmadi buyuk g‘urbatda ochilgan qonlarni tozi itlar-da. Bir yomg‘ir istarlar... yuvsa g‘assol suv taqirday yorilib yotgan moziyni, buzilgan bahrday qo‘zg‘almasa ruh, ko‘tarib milyonlab qonsiz g‘oziyni. Bir yomg‘ir istarlar... kelmas ul qaysar, jimdir ko‘p sinoat guvohi – osmon, quyoshdan otilgan milyard nayzalar hali tegmasidan porillaydi qon. Yonar qon... yonar qon... yonar faqat qon... Botqoqday tovlanib yovuz chayqalar, qo‘rqinchli suvratin qilur namoyon jallod qarorgohi bo‘lmish saltanat. Temir darvozalar... temir pardalar... cho‘yan kundalarni berkitgan sadlar, xayol durbini ham yetmas qa’rlarda qonli tillolarni o‘ynar murtadlar. Bo‘g‘ilgan o‘rmonlar, singan daryolar saslari shiddat-la qilganda me’roj, tag‘in-da qizarar ungan faryoddan so‘zamol hukmdor boshida ol toj... Bir yomg‘ir istarlar... g‘assol istarlar... yuvib olmoq uchun qonli qo‘llarni, qal’alar g‘ishtlari tag‘in bistarlar, marmar zinalarda bitgan yo‘llarni. Iltijo qildi ko‘p sanoqsiz qassob, qolmasin moziyning bu qizil dog‘i. Topdi ko‘p sinoat guvohi – osmon qaysi bir kunjidan ozgina yomg‘ir. Osmon teshilganday... zamin chayqaldi, bir necha kun yog‘di yoqqanday qo‘rga. Dunyoning yomg‘iri bitta haykalning chang bosgan yuzini yuvgandi zo‘rg‘a... Shavkat Rahmon @kommentolog
Mostrar todo...

⚜️ Adabiyot va kitoblarga ixlosmand qalblar uchun, foydali bo'lishi kutilayotgan bloglarni tavsiya etamiz: @burxonov_lite - adabiyot, san'at, mushohada va hech narsa haqida @mutolaa_ustida - kitoblar va estetika uygʻunlashuvi @kitobhouse - Kitoblar dunyosi, Dunyo kitoblari @Ochopat_book - Turkiyadagi ta'lim, kitoblar va hayot @fazodasblog - har sohadan bir shingil @kitobxonyigit — kitoblar haqida fikrlar @kommentolog — kitoblar borasida degustatoringiz @boqiy_darbadarr – kitoblar va she’riyat @gullayotganyurak - afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas @dildora_bookaholic – kitoblar dunyosidan soʻngi xabarlar ‼️ Ushbu bloglarni kuzatib borish, sizni biroz teranroq ma'lumot olishingizga yordam beradi. Bloglarimiz rivoji uchun kanalimizga obuna bo'lishingizdan mamnunmiz, hurmat bilan blog mualliflari
Mostrar todo...
Qalb amr etgani uchun yozaman! Hamma qatori boshqa bir ish qila olmaganim uchun yozaman. Men yozgandek kitoblar yozilsin, o‘qiy, deb yozaman. Hammadan qattiq arazlaganim uchun yozaman. Xonada yolg‘iz qolib, kun bo‘yi yozishni juda xohlaganim uchun yozaman. Men, boshqalar – barchamiz Istanbulda, Turkiyada qanday hayot kechirganimizni, kechirayotganimizni butun dunyo bilsin, deb yozaman. Qog‘oz, qalam, siyoh hidini yaxshi ko‘rganim uchun yozaman. Adabiyotga, roman san’atiga hamma narsadan ortiq ishonganim uchun yozaman. Bu ishga ko‘nikkanim va ruju qo‘yganim uchun yozaman. Unutilishdan qo‘rqqanim uchun yozaman. Erishgan shuhrat va e’tibordan mamnunligim uchun yozaman. Yolg‘iz qolish uchun yozaman. Yozganlarimning o‘qilishini yoqtirganim uchun yozaman. Boshlab qo‘ygan romanni, maqolani va sahifani tugatib qo‘yaqolay, deb yozaman. Hamma mendan shuni kutayapti, deb yozaman. Kutubxonalarning yopilib ketmasligiga, kitoblarimning jovonlarda terilib turishiga bolalarcha ishonganim uchun yozaman. Hayot, dunyo, barchasi g‘oyatda go‘zal va hayratlanarli bo‘lgani uchun yozaman. Hayotning bor go‘zalligi va boyligini so‘zlarga ko‘chirish zavqli bo‘lgani uchun yozaman. Hikoya bayon qilish uchun emas, yaratish uchun yozaman. Doimo boradigan joy bo‘la turib, u yer ro‘yodek – hech borolmayman, degan tuyg‘udan xalos bo‘lish uchun yozaman. Hech ham baxtli bo‘la olmaganim uchun yozaman. Baxtli bo‘lish uchun yozaman.
Orhan Pamuk
Mostrar todo...
Audiokitob | Orhan Pamuk | Otam jomadoni (Nobel ma'ruzasi)

Madina Musayeva o'qiydi Shermurod Subhon tarjimasi 👉Telegram: @madnifique 👉Anchor:

https://spotifyanchor-web.app.link/e/P4abiQ8Kcyb

👉Spotify:

https://open.spotify.com/episode/2yYH9Dk7V8Bo5kJoWr1ca2?si=IYGcoOjSTlqYyKG-FZHT7A

👉YouTube:

https://youtu.be/sp0oYwfP6ck

Oʻqib, izohda yomonlay olmayotganlar bormi?)
Mostrar todo...
Ask Me Anything

This bot allows you to send anonymous messages. Contact: @mabrur_dev

#hikoya Nomini oʻgʻirlaganim uchun Chexov mendan norozi boʻlmaydi degan umiddaman)
Mostrar todo...
Uyqu istagi

Bugun ham ishdan tun yarimlab qolganda qaytdi. Bolaligidan mehnat qilishga oʻrganib ketgani sababidanmi yoki ulgʻaygani sari oshib borayotgan kam-ko‘stlarini tezroq toʻldirishni istabmi, nima uchundir shaharga kelib, ishiga joylashganiga ikki haftadan oshgan bo‘lishiga qaramay, har kuni shu ahvol edi; ertalab quyoshdan avval ko‘chani ko‘radi, eng so‘nggi avtobus bilan ortiga qaytadi. Aslida o‘zini ishga bunday tinimsiz urayotganining asosiy sababi mehnatga tashnaligi-yu boylik ishtiyoqidan koʻra ancha muhimroq.…

Photo unavailableShow in Telegram
))
Mostrar todo...
​​
Odamlar bir-birlarini qiynash uchun yaralganlar
"Telba", Dostoyevskiy Har bir jamiyatning o‘ziga yarasha tartib-qoidalari, ideallari bo‘ladi. Biror kishi biror jamiyat a’zolari bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lsa, ular bilan do‘stlik iplarini bog‘lamoqchi bo‘lsa, ularning tartib-qoidalariga ko‘nikishdan oʻzga iloji yoʻq. "Jamiyat-jamiyat", deb hammasini murakkablashtirmaylik, hatto qo‘shningizning uyiga chiqqaningizda ham o‘zingizni boshqa olamga tushib qolgandek his qilasiz. Bizning qadrli knyazimiz ham naslan rus asilzodalaridan bo‘lishiga qaramay, ularning davralaridagi ob-havoni Don Kixotga o‘xshab faqatgina kitoblar orqali tanigan edi. Endi u oʻsha jamiyatga qo‘shilish niyatida... Bu ustuxondan shunday "muskul"lar o‘sib chiqqan, shundaylari o‘sib chiqqan... Ularni "o‘stirgan" shovinist otaxon Dostoyevskiyga tahsinlar aytmasdan ilojimiz yo‘q. O‘z millatini boshqalardan ustun koʻrish deysizmi, endi kurtak chiqarayotgan kommunistlar borasidagi fikrlar deysizmi, hozir bizda ko‘payib ketayotgan inkorchilarga o‘xshagan maxluqlarning ahmoqliklari deysizmi, hammasi mohirlik bilan tasvirlangan. Eng qizig‘i, asarda muallif ba’zi chegaralardan chiqib, o‘qirman bilan do‘stona suhbatlashgan chog‘larida — hamma shaxsiy qarashlar aytiladigan joylarda tarafkashlik alomatlarini sezmaysiz. Yozuvchining barcha sirlarini dialog hamda qandaydir voqeliklar orasidan topasiz. Buning nimasi qiziqarli ekan, dersiz. Muallif yostiqdek kitobining ichiga hech kimga bilinmaydigan qilib yashirgan sirlaridan ogoh bo‘lish kitobxonni qanday qilib xursand qilmasligi mumkin axir? Aytishim unchalik shart bo‘lmagan yana bir narsani esga olsak. Asardagi turfa shaxsiyatli qahramonlar va ularning ruhiy holatlari har doimgidek teranlik ila tasvirlangan. O‘qiysiz, o‘qiyverasiz, voqealarning sabablaridan hayratda qolasiz va o‘zingizga savol berasiz: "Nega anovi 'psixolog'lar sohasiga oid ilmiy kitoblar o‘qimaganlariga yarasha, hech bo‘lmasa, Dostoyevskiyni varaqlab ko‘rishmagan ekan?") O‘qib bo‘lib do‘stlarimga aytgan gapimni takrorlayman. Kitobdan unchalik hayratlanmadim, chunki Dostoyevskiy shunaqa zo‘r yozishini bilar edim. Bunda mutarjim Ibrohim G‘afurovning mehnatini ham e’tirof etmasak bo‘lmaydi. Naqadar maromiga yetkazib qilingan tarjima ekanligini mutolaa davomida bir necha marta izohli lug‘atga murojaat qilib o‘zbek tili boyligimni ham oshirib olganimni aytib isbotlay olaman, menimcha. Maroqli mutolaa. @kommentolog
Mostrar todo...

Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.