cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Publicaciones publicitarias
515
Suscriptores
-124 horas
+277 días
+7430 días
Archivo de publicaciones
04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#matbuot_anjumani #qabul_2024 ⚡️HURMATLI OTA-ONALAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR! 📶 Sizni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz! 📝 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli haqida batafsil maʼlumot beriladi. 🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin. ❗️Shuningdek, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King onlayn tarzda ishtirok etadi. 📆 Sana: 30-may ⌛️ Soat: 15:00 🗺Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
#Yakuniy_davlat_attestatsiyasi #9_sinf #Xiva_1_son_IMI ⚡️Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  9 -sinf o'quvchilari uchun Matematika fanidan Yakuniy davlat  attestatsiya  imtihoni bo'lib o'tmoqda ! ✅  Bugungi imtihonimizda 9-sinfdan jami 21 nafar o'quvchi ishtirok qilyapti. https://linktr.ee/khiva.imi
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 #New_Uzbekistan_university ⚡️ IMTIHON SAVOLLARIDAN NAMUNALAR BILAN TANISHING Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat bosqichining barcha taʼlim yo‘nalishlari uchun matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon olinadi. Ushbu havola orqali kirib, test savollaridan namunalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://newuu.uz/admission/sample-exam-questions 📶 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
Eslatib o'tamiz, saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
#Yakuniy_davlat_attestatsiyasi #11_sinf #Xiva_1_son_IMI ⚡️Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 11 -sinf o'quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat  attestatsiya  imtihoni bo'lib o'tmoqda ! ✅  Bugungi imtihonimizda 11-sinfdan jami 16 nafar o'quvchi ishtirok qilyapti.
https://linktr.ee/khiva.imi
Mostrar todo...
#Davlat_imtihonlari #Xiva_1_son_IMI ⚡️Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9 -sinf o'quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat  atestatsiya  imtihoni bo'lib o'tmoqda ! ✅  Bugungi imtihonimizda 9-sinfdan jami 21 nafar o'quvchi ishtirok qilyapti.
https://linktr.ee/khiva.imi
Mostrar todo...
👍 4🔥 2
#Davlat_imtihonlari #Xiva_1_son_IMI ⚡️Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9 -sinf o'quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat  atestatsiya  imtihoni bo'lib o'tmoqda ! ✅  Bugungi imtihonimizda 9-sinfdan jami 21 nafar o'quvchi ishtirok qilyapti. https://linktr.ee/khiva.imi
Mostrar todo...
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq #Taqdirlash #Xiva_1_son_IMI ✅ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  bir guruh ustoz va tarbiyachi-pedagoglariga ✅Ta'lim sohasida samarali mehnat,yosh avlodni har tomonlama yetuk,komil inson qilib tarbiyalashda ulkan hissa qo'shib kelayotgan ustoz va tarbiyachi-pedagoglarimiz TASHAKKURNOMA VA FAXRIY YORLIQLAR  bilan taqdirlandilar. https://linktr.ee/khiva.imi
Mostrar todo...
👍 11🔥 1
03:00
Video unavailableShow in Telegram
👍 20👏 1🤩 1
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq #Xiva_1_son_IMI 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "SO'NGGI QO'NG'IROQ" bayram tadbiri bo'lib o'tdi. ⚡️Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov tomonidan maktab-internatimiz hayotida faol ishtirok etayotgan o'quvchilarning ota-onalariga "Eng faol ota", "Jonkuyar ona", "Masʼuliyatli ota-ona", "A'lochi o'quvchi otasi", "Bilimli qiz onasi" nominatsiyalari bo'yicha tashakkurnomalar topshirildi. Shu qatorda 2023-2024-o‘quv yilida fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlarda va musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda o‘zining namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. https://linktr.ee/khiva.imi
Mostrar todo...
👍 6👏 2
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq #Xiva_1_son_IMI 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "SO'NGGI QO'NG'IROQ" bayram tadbiri bo'lib o'tdi. 🇺🇿 Tadbirimiz O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Maktab-internatimiz direktori R.B.Raximov  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "So‘nggi qo‘ng‘iroq" munosabati bilan bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi o'qib eshitirildi. https://linktr.ee/khiva.imi
Mostrar todo...
👍 7
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!   Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi. Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz. Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman. Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang. Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin! Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.   Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri  
Mostrar todo...
8👍 3