cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

📜Mulohazalarim

Bu yerda hech kimga hukm o’qilmaydi. Hodisa va voqealar qayd etilib, tahlil etiladi. Taklif va murojaat uchun: @Mulohazalarim_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 502
Suscriptores
-3624 horas
+3837 días
+2 07730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Rusiyaning qaramlashtirish siyosati. 1907-1908-yillarda Xivadan Rusiyaga 700.000 pud* paxta jo’natilgan. Holbuki, 1896-1898-yillarda o’rtacha har yili 250.000 pud paxta jo’natilgan. XlX asrning oxirlarida Xivaga kiritilgan molning qiymati 7.923.000 so’m bo’lsa, Rusiyaga chiqarilgan mol qiymati 3.924.000 so’m edi. 📚Turkiston Rossiya va Xitoy oralig’ida #iqtibos #Turkiston #Iqtisod 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
📜Mulohazalarim

Turkistonda rus mustamlakachilik siyosati. Turkistonda rus siyosatining asosiy maqsadlaridan biri rus iqtisodiy siyosatini mos holda boshqarilgan o’lkani mustamlakaga aylantirish edi. Mustamlaka siyosatini asosan ikki yo’li bilan olib boriladi: 1. qa’lalar bunyod qilish uchun yetarli yerlar musodara etish va kazaklar qismlarini o’troqlashtirish; 2. rus dehqonlarini turkistonliklardan tortib olingan yerlarga joylashtirish. Bu borada dastlabki tashabbus 1743-yil boshlangan. 1808-yilgacham Oqmula va Yettitom kazaklarga berildi. Mamlakatni mustamlakalashtirish 1865-yildan keyin sezilarli darajada tezlashtirildi. 1896-yildan 1905-yilgacham Turkistonga 234 134 “ko’chmanchi” ruslar joylashdi. 1905-1906-yillarda jami rus ko’chmanchilariga berilgan yerlar 46.472.055 desyatinaga * yetadi. Turkistonga ko’chib kelgan rus oilalarini 90,9% pulsiz, 36,7% umuman mol-mulksiz kishilar bo’lgan.Turkistonda 1888-yildagi 68 490 desyatinalik paxta maydoni 1931-yilda 273 396 desyatinaga keygaytirildi. 1914-1915 yillarda Turkistonda…

👍 9👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Nega Usmonli Sultonlari shu jumladan Sulton Sulaymon ko'p turmush qurishgan ? Qaysidir ma'noda sultonlar bir necha marta turmush (nikoh) qurishga majbur bo'lgan. Chunki davlat doimo urush holatida edi. Bundan tashqari, tez- tez epidemiyalar tarqalib, ba'zi shahzodalar shu tarzda vafot etgan.Sulton Sulaymonning ayollari:
Mahidavron Sulton: U shahzoda Mustafoning onasi. Hurram Sulton: Qonuniy nikoh bilan turmush qurgan. U to‘qqiz farzand, ikki qiz va yetti o‘g‘il tug‘di. Gulfem Xotun: Shahzoda Murodning onasi
📚”Muhteşem Süleyman ve Hürrem Sultan” kitobidan #iqtibos #Sulaymon #Usmonli 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
👍 14👏 3 1
Ko’p kuzatganim uchun, aytishim mumkinki, maxsus joylarga emas, balki istagan joyiga chiqindi tashlaydiganlarning orasida katta yoshdagilarni borligi achinarli holat… •Yo’lga uni iflos qiluvchi chiqindilar, po’choqlar, papiros qoldiqlari, turli qog’ozlar va shularga o’xshash narsalarni tashlamaslik. 📚ijtimoiy odoblar #iqtibos #hayotiy #Fikrimcha 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
👍 19💯 4 2
Devorning mustahkamligi uni himoya qilayotgan odamlarning jasoratidan katta ham, kam ham emas. Chingizxon 📚”Devlerin Savaşi” kitobidan #iqtibos #Tarix #Chingizxon 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
👍 13🔥 9 1 1💯 1
Maroq bilan o‘qishingiz uchun, kun davomida kanalga nechta post joylanishini istaysiz ?Anonymous voting
  • 2 ta
  • 3 ta
  • 4 ta
0 votes
👍 16 4👏 3🤔 1
Despotik davlatlarda har bir uy [xonadon, oila] alohida davlat hisoblanadi. Shuning uchub bunday davlatlarda tarbiyaning ko’lami judda cheklangan bo’lib, uning asosiy vazifasi o’zga insonlar bilan yashash san’atini o’rgatishdan iborat. 📚”Qonunlar ruhi” #iqtibos #Tarbiya 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
📜Mulohazalarim

Bu yerda hech kimga hukm o’qilmaydi. Hodisa va voqealar qayd etilib, tahlil etiladi. Taklif va murojaat uchun: @Mulohazalarim_bot

👍 16👏 3
Savollaringiz bo’lsa marhamat. Imkon qadar javob berishga harakat qilaman ! #hayotiy 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
👍 9 1🔥 1
EL Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Niyati bo‘lakcha, amali mavhum. Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin, Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini. Mashrabni osadi va orqasidan Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Botini chirkinlik, zohiri sodda – O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati. Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam. Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida, Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang. Tag‘in, dardlarini eshitayin deb Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!! Xayrulla Hamidov #sheriyat 👉
Mostrar todo...
🔥 16👍 8👏 4👎 1 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tez-tez so‘raladigan savol: "Sultonlar taxt uchun o‘z ukalarini, hatto o‘g‘illarini ham o‘ldiradimi?" Javob: Ha, lekin taxt uchun emas, balki Davlatning omon qolishi uchun...
Barcha voqeani baholashda davr sharoitlarini, boshqaruv yondashuvlarini, ishning boshlanishi va tugashini hisobga olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida o‘ylash va shunga mos ravishda quyidagi savolni berish kerak: "Davlatning omon qolishi? yoki shahzodaning hayoti muhimmi?"
Davlat omon qolsin, shahzodalar omon qolsin; Albatta, bu go‘zal, ideal narsa. Ammo idealni topish har doim ham imkoni bo‘lmagan. Shahzodalar esa davlatning birligi va yaxlitligi uchun qurbon qilingan.
📚”Muhteşem Süleyman ve Hürrem Sultan” kitobidan #iqtibos #Sulaymon #Usmonli 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
👍 18👏 3 1🔥 1
Ulyanov so‘zi mo‘g‘ulchadagi ulan, “o‘g‘lon” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, valiahd shahzoda ma’nolarni anglatadi. Bu sulola qonida mo‘g‘ul-turkiylar qoni bor. 📚Sinalgan va sinalmagan farishtalat #iqtibos #Lenin 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Mostrar todo...
👏 9👍 8 1