cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov. ,,TWIN LAWYERS" jamoasi.

Yurist blogger Hasan Mamayusupovning shaxsiy kanaliga xush kelibsiz. Amaliy huquqiy yordam va reklama masalasida @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov ga murojaat qiling Kanal: № 0001707431-conli guvohnoma asosida faoliyati yuritadi. Yaratildi: 09.07.2021.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 566
Suscriptores
+1724 horas
+1457 días
+21430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Yoshlar daftariga kimlar kirishi va onlayn ariza berish haqida. Unda bu post aynan siz uchun😊 👉Yoshlar daftariga kimlar kirishi haqida batafsil 👉 Yoshlar daftariga ariza topshirish Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
Mostrar todo...
Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun:

https://t.me/Yuristmaslahatlari

Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

❗️YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YoSHLAR KIRITILADI ? 📄 Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, “Yoshlar daftari”ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi: ✅ oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan; ✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan; ✅ boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan; ✅ oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan; ✅ oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz; ✅ I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan; ✅ ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan; ✅ zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan; ✅ “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan; ✅ haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan; ✅ davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar; ✅ jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; ✅ muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan; ✅ psixologik maslahatga muhtoj; ✅ nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila; ✅ dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan; ✅ yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi. 👉 Yoshlar daftariga ariza topshirish 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Mostrar todo...
👍 1
Ishsizlik tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan aliment miqdori oshirildi. Oila kodeksining 140-moddasida, agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi deb koʻrsatilgan. Ishsizlar tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan hozirgi aliment miqdorlari avvalgiga qaraganda farq qilmoqda.  Demak, Davlat statistika agentligi tomonidan Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi qayta xisoblab chiqilgan va bu miqdor hozirgi kunda 5 519 392 soʻmni tashkil qilmoqda. Yuqoridagilarga koʻra, bugungi kun holatiga MIBning rasmiy mib.uz sayti orqali ishsiz boʻlgan aliment toʻlovchi uchun har oylik aliment miqdori, bolalar soniga qarab; Bir nafar bola uchun— 1 379 848 soʻm; Ikki nafar bola uchun— 1 839 797; Uch va undan ortiq bola uchun— 2 759 696 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida undiriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Mostrar todo...
👍 4
❗️ O‘zbekistonda haj mavsumi 23-maydan boshlanadi Respublikamizdan Saudiya Arabistoniga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi. ✅ Mamlakatimizning quyidagi 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi: ● Toshkent-Madina; ● Buxoro-Madina; ● Namangan-Madina; ● Farg‘ona-Madina; ● Samarqand-Madina; ● Qarshi-Madina; ● Termiz-Madina; ● Urganch-Madina; ● Nukus-Madina; ● Navoiy-Madina. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
👍 1
❓Uy subsidiyasi kimlarga beriladi? ✔️ Qonunchilikka koʻra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan. ⚠️ Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha boʻlganlar, daromadi yuqori boʻlmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi: 🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 8 mln 400 ming soʻmgacha); 🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 9 mln 660 ming soʻmgacha). ❕Maʼlumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1.050.000 soʻm 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Mostrar todo...
👍 2
Assalomu alaykum, xurmatli obunachilar. Bugun 16.05.2024-yilda instagramdagi Twin lawyers profilimizning obunachilari soni 20 000 taga yetdi. Shu munosabat bilan barchangizga qoʻllab-quvvatlaganliklaringiz uchun kattakon raxmatlar aytamiz. Xudo xohlasa, oldinda bundanda qiziqarli va foydali kontentlar tayyorlab sizlar bilan millionlarni zabt etamiz. Maqsadimiz bitta fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va asossiz qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishdir. Bizdan uzoqlashmasdan kuzatib boring va sizlarga manzur keladigan kontentlar tayyorlashda davom etamiz. Instagramdan foydalanuvchilar pastdagi koʻrsatilgan link orqali instagramda ham bizni kuzatib borishlari mumkin. Instagramga obuna boʻlish. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
Mostrar todo...
👍 3
Oʻqituvchining attestatsiyadan oʻta olmasligi Shu kunlarda oʻqituvchilar attestatsiyadan oʻtkazilmoqda shu sababli mazkur maqola attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchilarning mehnat munosabatlariga doir boʻladi. “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 44-bandida oʻqituvchi 55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi deb belgilangan. Eʼtibor bergan boʻlsangiz bu yerda ikki toifadagi oʻqituvchilar bor navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtayotgan va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtayotgan. Navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmaslik Mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega. Bu yerda bir narsaga eʼtibor berish kerakki, mehnat shartnomasi bekor qilinishi shart degan qoida mavjud emas. Mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining huquqi ekanligi belgilangan. Yaʼni attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchiga direktor tomonidan yana bir imkoniyat berilishi mumkin. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmaslik Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi. Mehnat kodeksida attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish kerak degan qoida mavjudmi? MKning 161-moddasi birinchi qismi 3-bandida xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi belgilangan. Attestatsiya imtixonlarini topshirayotgan oʻqituvchilarga yuborib qoʻyamiz 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Mostrar todo...
👍 2
📣EʼLON! ▪️Twin lawyers jamoasi Sizga quyidagi huquqiy xizmatlarni taklif qiladi: 🔹Jismoniy va yuridik shaxslarni sud va boshqa organlarda huquqiy himoya qilish; 🔹Sud va boshqa organlarga topshirish uchun ariza, daʼvo arizasi, apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari va boshqa yuridik tusdagi xujjatlarni tayyorlash; 🔹Qarz undirish xizmatlari; 🔹Sud qarorlari ijrosi bilan ishlash, MIBdagi qarzdorliklarni undirishga koʻmaklashish; 🔹Barcha turdagi hujjatlar hamda SHARTNOMALAR loyihalarini tayyorlab berish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish; 🔹Onlayn tarzda firmalarni ochish, qayta tashkil qilish va tugatish; 🔹Shuningdek, doimiy huquqiy himoyalash xizmatlari. Murojaat uchun 👉 @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov
Mostrar todo...
❗️Bitiruvchilarning “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazishi va pul yigʻishi taqiqlandi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. ✅ Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqib, faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. ☑️ “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, nazorat imtihonlari va davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlashda oʻquvchi, bitiruvchi hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr qilish; ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Mostrar todo...
👍 5🤬 1
01:09
Video unavailableShow in Telegram
🥳🥳🥳 Subsidiya ochiladigan boʻldi. 🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 43-maslahat. ⭕️ Diqqat: Subsidiya qachon ochilishi haqida. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602
Mostrar todo...
👍 5