cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🇹🇷TurK TiLi🇹🇷

Allah'ın izniyle Türkçeyi öğreneceğiz☺ Kanal Yaratilgan Sana: 30.07.2022.🥰

Mostrar más
Uzbekistán21 799El idioma no está especificadoLingüística10 693
Publicaciones publicitarias
683
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
-130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
1-mashq. Quyidagi bo‘sh o‘rinlarni mos qo‘shimchalar bilan 1. Evde yalnız kal.................... alıştım. 2. İnsanlar durakta otobüsün gel.............. bekliyorlar. 3. Eşimin ehliyeti var ama araba kullan .............. korkuyor. 4. Onunla konuş .............. denedim ama beni dinlemedi. 5. Sen o iş teklifini kabul et.. ............ düşünüyor musun? 6. Oku .............. derslerinde gazetelerdeki haberleri inceliyoruz 7. Siz neden İstanbul'dan ayrıl.............. ısrar ediyorsunuz? burada. 8. Hobilerim; kitap oku......... , müzik dinle...... ve sinemaya git 9. Yarınki toplantıya katıl .............. karar verdim. 10. Onların beni ziyaret et.. .......... çok sevindim
Mostrar todo...
Günaydın arkadaşlar ☀️ Başlanan gününüz mutluluk🥰 ve şanslarla🍀 dolu olsun diye bügünkü derslerimizi👩‍🏫🧑‍🏫 başlayacağız🌸☺️
Mostrar todo...
️​​​​​​​​​ 🖇 4-dars Muloqot madaniyati - Konuşma kültürü SO‘RAShUV - SELAMLAŞMA Turklarda tanish-bilishlar, do‘st yo dugonalar yo‘l-yo‘lakay uchrashganlarida yoshi kichik (yoki avval ko‘zi tushgan kishi), imkon qadar, tanishining ismini qo‘shib Merhaba, Özgür deb salom beradi. Ikkinchi kishining javobi: A-a, Barış, merhaba, nasılsın? So‘ng: -Sen nasılsın, neler yapıyorsun? -Teşekkür ederim, iyiyim. Üniversitede sınavlar başladı, ders çalışıyorum. - Uzun zaman seninle görüşemedik. -Evet, öyle oldu. Evdekiler nasıllar? -İyiler… kabi iliq so‘zlar bilan hol-ahvol so‘rashiladi. Shundan keyingina aytish zarur bo‘lgan masalaga o‘tsa bo‘ladi. Xayrlashuv chog‘ida Kusura bakma, ben derse geç kalıyorum. Seni telefonla ararım deb suhbatni tugallagan va İyi akşamlar / İyi günler yoki Hoşça kal / Güle güle / kendine iyi bak / Görüşürüz / Görüşmek üzere (Herkese benden selam söyle) deb xayrlashgan ma’qul.
Mostrar todo...
voice-2020-10-17-12-14.mp33.52 MB
Harakat nomi (Isim-Fiiller). Harakat nomi ish-harakatning nomini bildirib, zamon va shaxs sonni ko‘rsatmaydigan felning otga xoslangan shaklidir.Turk tilshunosligida harakat nomi fe’lning ot shakli, ya’ni ish-harakat, holat yoki bo‘lish, yuz berishning nomi, deya ta’riflanadi. Harakat nomi otdosh shakl ham deyiladi. Shu bois fe’llarni harakat nomlaridan biri bilan ataymiz (atmak fe’li, istemek fe’li, uçurmak fe’li). Harakat nomining bunday turiga masdar (mastar, infinitif) deyiladi. Turk tilida –mek, -me, -iş qo‘shimchalari qo‘shilib yasalgan uch xil harakat nomi mavjud (bilmek, satmak, gelişme, çalışma, giriş, çıkış). Undan tashqari, hozirgi zamon turk tilida kamdan-kam hollarda -meklik qo‘shimchasi bilan uzaytirilgan holda yasalgan harakat nomlari ham qo‘llanib kelinadi (sevmeklik, yapmaklık). Bular barchasi ish-harakatning nomlarini ifodalaydi. Harakat nomlarida shaxs ma’nosi bo‘lmagani kabi, zamon ma’nosi ham yo‘q, ammo ularda ozmi-ko‘pmi ma’no va qo‘llanish farqlari mavjud. Masdar deb atalgan –mek harakat nomlari fe’lning grammatik va boshlang‘ich shakli fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va to‘la ma’noli ot bo‘la olmaydi. Shuningdek, hozirgi zamon turk tilida harakat nomi nutqda ham qo‘llanadi: Yaşamaktan büyük bir zevk alıyorum. Adamın sözlerine gülmekten katıldık. Bu konuda düşünmekten yoruldum. Akşama kadar yürümekten, gezmekten yorulmadınız mı? -mak qo‘shimchasi gaplarda için, üzere, gerek, gibi, kadar kabi ko‘makchilar bilan birga keladi: Başarılı olmak için çok çalışmak gerek. Vakit bitmek üzere. Anne olmak gibi mutluluk yoktur. Masdarlar egalik va boshqa shakl yasovchi qo‘shimchalar ham olmaydi. Boshqacha aytganda, –mek harakat nomlari hozirgi zamon turk tilida o‘z o‘rnini - me harakat nomi qo‘shimchasiga bo‘shatib bergan. Masalan, eski turkchadagi yörimegüm, demege, etmegi shakllari yangi turkchada yürümem, demeye, etmeyi ko‘rinishiga ega. –mek masdar shakli turli xil harakat nomi kelgan gaplarda qo‘llanadi: “Kişi noksanını bilmek gibi irfan olmaz” (Kishi nuqsonini bilmoq kabi irfon bo‘lmas). -me harakat nomi qo‘shimchasi –mek qo‘shimchasi asosida yuzaga kelgan bo‘lib, hozirgi zamon turk tilida asl ish-harakat otlari sifatida faol qo‘llanadi. Ular hafif mastarlar (yengil masdarlar) ham deyiladi: gitme, çalışma, evlenme, okuma va hok. Harakat nomlari egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qollana olgani uchun qo‘shma gaplarda bosh gapning barcha unsurlarining yoki ularga oid so‘z birikmalaridagi otlarning o‘rnini egallashi mumkin: Hatır için konuşmayı hiç başaramam (Hurmat uchun gapirishni hech eplay olmayman). Sizi rahatsız etmeleri yersiz olmuş (Sizni bezovta qilishlari to‘gri bo‘lmabdi). Çiftliğinde avlanmamıza müsaade etmişti (O‘z yerida ov qilishimizga ruxsat bergan edi). Nutqda -me harakat nomining egalik qo‘shimchasini olib uzaytirilgan yana bir shakli ham uchraydi: Buradan karşıya geçmesi o kadar kolay değil (Bu yerdan narigi tomonga o‘tishi unchalik oson emas). -iş qo‘shimchali harakat nomlari ham ish-harakatning tarzini bildiruvchi ot- fe’llardir: geliş, görüş, anlayış, davranış. -iş qo‘shimchasi ham -me kabi egalik qo‘shimchalari va turli kelishik qo‘shimchalari olib turlangan holda harakat nomi qatnashgan gaplarda keng qo‘llanadi, lekin, baribir, ular -me qo‘shimchali harakat nomlariga nisbatan kam tarqalgan: Sizin araya girişiniz durumu kurtardı (Sizning o‘rtaga tushishingiz vaziyatdan chiqishga yordam berdi). Bunun mutlaka bir çıkış yolu vardır (Buning mutlaqo bir iloji bordir)kabi. Harakat nomining bo‘lishsiz shaklda ishlatilishi ko‘pincha - meqo‘shimchasini olgan shaklda uchraydi: Öğrencilerin derse geç gelmemesi gerek. –mak qo‘shimchasi bilan yasalgan harakat nominıng bo‘lishsiz shakli:Çok konuşmamak gerek.–ış qo‘shimchasini olgan harakat nomining bo‘lishsiz shakli turk tilida deyarli uchramaydi.
Mostrar todo...
1-§.Fe’lning xoslangan shakllari. Harakat nomi – Fiilimsiler (Yatık Fiiller). İsim-Fiil Fellar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fel maxsus shakllarga ega bo‘ladi. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fel shakllarifelning vazifa shakllari sanaladi. Fellarning to‘rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fel (kesimlik)shakli (o‘qidi); 2) harakat nomi shakli (o‘qimoq, o‘qish); 3) sifatdosh shakli (o‘qigan, oqar); 4) ravishdosh shakli (o‘qib, kelgach). Fe’llarning xuddi shunday shakllari hozirgi zamon turk tilida ham mavjud. Bu shakllar turk tilshunosligida yatık fiiller (fiilimsiler) deyiladi. Bu shakllarning fe’lning vazifadosh shakllari deyilishiga sabab, ular fe’lning biron-bir grammatik kategoriyasiga mansub bo‘lmay, turli ma’nolar ifodalash yoki boshqa vazifalarni bajaradi: fAliyi karşımda görmek, beni şaşırttı. (Alini qarshimda ko‘rish meni hayron qoldirdi. Evi kiralayacak hanım tekrar geldı. (Uyni ijaraga olmoqchi bo‘lgan ayol yana keldi). “Çayı görmeden (paçanı sıvama)”(Soyni ko‘rmasdan pochani shimarma) Veliyi birlikte getirmeni isterdim (Valini birga olib kelishingni istardim). Evden çıkışım tatsız oldu (Uydan chiqib ketishim yaxshi bo‘lmadi). Manavın verdiği karpuz ham çıktı (Sotuvchi bergan tarvuz xom chiqdi). Burada olacağımızı nereden bildin? (Bu yerda bo‘lishimizni qayerdan bilding?). Ankara’ya geldiğinizde beni arayın (Anqaraga kelganingizda menga qo‘ng‘iroq qiling). Fazla yorulduğumdan erken yatmıştım (Juda charchaganim uchun erta yotgandim). Turk tilida fe’lning vazifadosh shakllari uch xil bo‘ladi: 1. Harakat nomi (isim-fiiller) - fe’lning ot shakllari; 2. Sifatdoshlar (sıfat-fiiller) - fe’lning sifat shakllari; 3. Ravishdoshlar (zarf-fiiller) - fe’lning ravish shakllari.
Mostrar todo...
​​​​​​ 3-dars Turk tilida hafta kunlari, oylar va fasllar ✅ ​​MAVSUMLAR - MEVSİMLER Bahor - ilkbahar  Yoz - yaz  Kuz - sonbahar  Qish - kış ✅ OYLAR - AYLAR Yanvar - ocak Fevral - şubat Mart - mart Aprel - nisan May - mayıs Iyun - haziran Iyul - temmuz Avgust - ağustos Sentyabr - eylül Oktyabr - ekim Noyabr - kasım Dekabr - aralık ✅ Hafta kunlari - Hafta günleri 1. Dushanba - Pazartesi 2. Seshanba - Sali 3. Chorshanba - Çarşamba 4. Payshanba - Perşembe 5. Juma - Cuma 6. Shanba - Cumartesi 7. Yakshanba - Pazar
Mostrar todo...
voice-2020-10-15-11-37.mp33.31 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.