cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ona tili_elementar

Samarqand viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Hurmatli ustozlar! Ushbu kanal sizlarga metodik xizmat ko'rsatish uchun tashkil etildi. Kanalimizda viktorinalar, topshiriqlar, testlar beriladi.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 008
Suscriptores
+124 horas
+117 días
-2630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Mostrar todo...
Tetiklashtiruvchi o'yin OLOV, SUV, HAVO

Dars davomida o'quvchilarning diqqatini bir joyga jamlash metodi sifatida energizer (tetiklashtiruvchi) o'yinlardan foydalaning.

Söz birikmasining birikish usullari BITISHUV – Bunda tobe va hokim so‘z kelishik va ko‘makchilarsiz, faqat ohang va ma‘nosiga ko‘ra bog‘lanadi. 🍀M: Tez termoq, 🍀 kulib gapirmoq, 🍀 o‘qigan bola, 🍀ko‘kimtir eshik, 🍀 sahrodagi uy, 🍀yuzlab mashinalar. ❗️Eslatma! 💥Tubdan, birdan, zimdan, chindan, rostdan, yurakdan, qo‘qqisdan, birga singari so‘zlar tarkibida –dan chiqish kelishigi, -ga jo‘nalish kelishigi qotib qolib ajralmas holga kelgan va ravishga aylangan. Shuning uchun bunday so‘zlar bitishuvli so‘z birikmasini hosil qiladi. 🍀M: To‘satdan kirmoq, 🍀 yurakdan bajarmoq, 🍀 qo‘qqisdan yiqilmoq. ❗️Eslatma! 💥 Bilan ko‘makchisi ayrim birikmalarda o‘z vazifasini yo‘qotadi, bunday vaqtda nima bilan? emas qay holda ?so‘rog‘iga javob bo‘ladi hamda so‘z birikmasining bitishuv turi hisoblanadi. 🍀Hayajon bilan gapirmoq, 🍀qunt bilan o‘rganmoq, 🍀zavq bilan ishlamoq. ❗️Eslatma! 💥Sodda gap tarkibida so‘z birikmalari miqdorini aniqlash uchun dastlab ega va kesim chiqarib tashlanadi. 💥Mustaqil so‘zlar hamda taqlid so‘zlar raqamlab chiqiladi va so‘zlar bir boshidan hokim so‘zlarga bog‘lanadi. 1   2   3   4   5 🍀M: Katta sment ko‘prik ustidan mashinalar tinimsiz o‘tib turibdi. 🍀1) Katta ko'prik – bitishuv, otli 🍀2) Sment ko‘prik – bitishuv, otli 🍀3) Ko‘prikning usti – moslashuv, otli 🍀4) Ustidan o‘tib turmoq – boshqaruv, fe‘lli 🍀5) Tinimsiz o‘tib turmoq – bitishuv, fe'lli
Mostrar todo...
👍 1
MOSLASHUV – Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi –ning qo‘shimchasi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishidir. 🍀 M: Mening oilam. Sening oilang. Bizning oilamiz. ❗️Eslatma! 💥Moslashuvli bog‘lanish ikki tomonlama bog‘lanish deyiladi. Chunki moslashuvda tobe va hokim so‘z bir-biri bilan shaxs va sonda moslashadi. Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism esa qaralmish deb nomlanadi. 🍀M: mening oilam – men-I shaxs, -m – I shaxs egalik. (Mening – qaratqich, oilam - qaralmish). ❗️Eslatma! 💥Ko‘pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi, ba‘zan esa har ikkalasi tushib qolishi mumkin. Ular quyidagicha: 🍀1. O‘rikning sharbati. 🍀2. Òrik sharbati 🍀3. Òrik sharbat
Mostrar todo...
Mostrar todo...
Tetiklashtiruvchi o'yin: Minor va major

Dars davomida o'quvchilaringizni tetiklashtirish uchun mo'ljallangan o'yinni o'tkazish metodi

Fikr-mulohazalaringizni publisistik uslubda bayon qiling 🟣 Fikrlaringizni mantiqiy izchillikda, adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda ifodalang. Esse uch tarkibiy qismdan iborat bo'lishi lozim: 1⃣ Kirish.Essening kirish qismini yozishda quyidagilarga amal qiling: 1) kirish qismi ikki - uch jumladan iborat bo'lishi kerak; 2) berilgan vaziyat matnini aynan ko'chirmang 2⃣ Asosiy qism. Asosiy qismni yozishda quyidagilarga amal qiling: 1) asosiy qism kamida hchta xatboshidan iborat bo'lishi lozim, har bir xatboshida taraflarning qarashlari va shaxsiy qarashlaringizni batafsil yozing; 2) berilgan vaziyat yuzasidan turli qarashlarni hayotiy misollar bilan dalillang; 3) shaxsiy mulohazalaringizni batafsil va dalillar asosida yoriting; 4) bayon qilinayotgan barcha fikr va mulohazalar faqat mavzu doirasida bo'lishi lozim. 3⃣ Xulosa. Essening xulosa qismini yozishda quyidagilarga amal qiling: 1) asosiy qismda ifodalangan fikr va mulohazalarni umumlashtiring; 2) Xulosa ikki- uch jumladan iborat bo'lishi lozim. ❗️Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo'yilmaydi.
Mostrar todo...
Esse             Esse - o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadigan janr bo‘lib, muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishidir.          Esse yozayotgan o'quvchining uch asosiy xususiyatiga e'tibor beriladi: 1) dunyoqarashining kengligi; 2) fikrlarining yorqin va realligi; 3) dunyoqarash va o`z shaxsiy fikrlaridan kelib chiqib, esseni yozishda til birliklarini qay darajada qo'llay olish qobiliyati, savodi (imlo, uslubiyat, tinish belgilarini qo'llashi).
Mostrar todo...
Qaysi gap(lar)da ikkitadan ko'makchi qo'llangan? 1. Avval o‘yla, keyin so‘yla.  2. Siz bilan hamsuhbat bo'lmasdan avval boshqacha xayolda edim.  3. Onam stol ustini tartibga solar, karavot qoshidagi kiyimlarimni olib,  qoziqlarga ilar edi.  4. Mirzo Ulug‘bek kechalari shu yerda o‘tirib, mutolaa qilishni suyar, suyukli  jadvali ustida ham shu yerda ishlar edi. A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) faqat 2
Mostrar todo...
Qaysi javobdagi gapda yasama fe’l va ot qatnashgan? A) So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni  yiqadi, u ko‘zga ko‘rinmas quroldir. B) Barcha tillar aniqlikka intiladi, aniqlik  esa qisqalik, ixchamlikni talab etadi. C) So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr  ta’sir ko‘lami tugamaydigan kuchdir. D)Chet tillarni o‘rganish o‘zga millat  kishilarining mushohada olamiga kirib  borish imkonini beradi.
Mostrar todo...
✅ Abituriyentlar va ustozlar uchun ajoyib yangilik!!!! 📚 Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha 90 mingga yaqin so‘zni o‘z ichiga olgan “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” chiqarilibdi. Shu vaqtgacha 2013-yilda chiqarilgan imlo lug‘atidan foydalanib kelgandik va unda bir qator bo‘shliqlar mavjud edi (o‘zimiz qiziqqan ayrim so‘zlarni topa olmasdik). 📑 Yangi lug‘atda esa ko‘plab kamchiliklar bartaraf etilibdi. ✔️ Bundan tashqari, selfi, blog, bloger, smartfon, feysbuk, instagram, tvit, fastfud kabi tilimizga allaqachon singib ketgan zamonaviy so‘zlar ham yangi lug‘atdan o‘rin olgani quvonarli holat. Endi Facebook'da ❌ emas, feysbukda ✅ deb, fast food ❌ yoki fast-fud ❌ emas, fastfud ✅ deb yozishimiz kerak bo‘ladi va bu matn yozuvchilar uchun faqat qulaylikka xizmat qiladi.
Mostrar todo...
Mostrar todo...
Rubobning paydo bo'lish tarixi

Rubob — torli cholg'u asbobi. Rubob eng qadimiy cholgʻu asboblari turiga kiradi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi. Afgʻon rubobi tojik yoki buxoro rubobi deb ham ataladi.

👍 1