cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

...

Mostrar más
Tayikistán5 083El idioma no está especificadoLey6 933
Publicaciones publicitarias
277
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-1030 días
Distribuciones de tiempo de publicación

Carga de datos en curso...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Análisis de publicación
MensajesVistas
Acciones
Ver dinámicas
01
Kriptovalyuta bilan nima qilish mumkin? Qonunchilikka ko'ra, kriptovalyutani faqat sotish mumkin va hech qanday javobgarlik yuzaga kelmaydi. Masalan, G'ishmatda kripto bor, o'sha kriptoni sichqonni bosib yoki noqonuniy mayning orqali topganidan qat'iy nazar sotib soqqasini qilishi mumkin. Jinoyat kodeksida, kriptoni sotib olish, o'tkazish va ayirboshlash uchun javobgarlik belgilangan. Masalan, G'ishmat o'rtog'i Azizning notcoinlarini (naprimer bu) sotib olsa, kashelok orqali o'tkazsa, barter qilsa birinchi jarimaga tortiladi, keyin qamoqqa tiqiladi. Nimaga aholi kripto sotib olishi mumkinmas degan savolga shu sohadagi xalq xizmatchilarimiz — odamlarimizni moliyaviy savodxonligi past, ruhsat bersak pulini kriptoga tikib hammasi yeb qo'yadi degan izoh bilan izohlashgan ekan. (Kinolarda tuuut degan joyida aytadiyu: blin, odamlarimiz tayyormas deb hokimlarni saylamaymiz, JSTga a'zo bo'lmaymiz) Bu hammasi emas: siz kripto bilan bog'liq savdo-sotiqni odamlarni bolasiga o'xshab Binance, Bybit, Bitgetda emas, o'zimizni 2020-yilda ochilgan milliy birjamizda (nomi nima, sayti qanaqa bilmayman) qilishingiz kerak, bo'lmasa javobgarlikka tortilasiz. Milliy birjadan foydalanish orqali xorijiy investorlarni jalb qilish (hali o'zimizni qorako'zlarni jalb qilolmadigu) va shu orqali iqtisodiyotimizni rivojlantirishni maqsad qilib hatto 25 kishilik ish o'rni ham yaratgan ekanmiz. Sotib olish ta'qiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina mayning orqali kiritish mumkinligi belgilangan. Ammo mayning bilan shug'ullanadigan iste'molchilarni aniqlash va oshirilgan ta'riflarni qo'llash tartibi umuman ishlab chiqilmagan. Qadim-qadim zamonlarda mayning faoliyatini legallashtirish «Uzbekistan cryptocurrency mining pool» ilovasi yaratilishi asosida amalga oshirilishi kerak edi, ammo bu bo'yicha ham tegishli hujjatlar hali qabul qilinmagan ekan. Endi sal siz tushunadigan jaydari tilda aytsam, har qanaqa yo'l bilan kripto aktivlarni to'playvering, sotib soqqa qilganingiz uchun qonun oldida hech qachon javob bermaysiz. Lekin o'zaro ayirboshlashlar, o'tkazmalar ta'qiqlangan. Shuningdek, siz qonuniy yo'l bilan kripto faoliyat bilan shug'ullanishingiz deyarli imkonsiz. Birinchidan, qonuniy yo'lni o'zi deyarli ishlab chiqilmagan, normativlardagi tartib bo'yicha esa kripto bilan shug'ullanish deyarli imkonsiz. Shunday qilib, kanallarda notcoin sotib olamiz deb yurganlar qonunlarni buzishibdi keyin uzoq va baxtli hayot kechirishibdi. Yuqoridagi informatsiyalarga link berib ketishga erindim. Link berish mayningdan ham qiyin ish men uchun. @legal_mind
311Loading...
02
Qarang: pornoni saqlashingiz mumkin, diniy materialni saqlashingiz ta'qiqlangan Diniy materialni ham, pornoni ham tarqatsangiz, tayyorlasangiz, olib kirsangiz, lekin faqatgina pornoni namoyish va reklama qilsangiz ham javobgarlikka tortilasiz. Pornografik mahsulot — bu badiiy qimmatga ega bo'lmagan, odam tomonidan sodir qilinayotgan jinsiy aloqa tavsiflangan yoki tasvirlangan rasm, videolar hisoblanadi. Pornografik kontent bilan erotikani farqlash kerak. Erotika — bu san'at va pornodagidek qo'pol, bezbetlik, naturalistik xususiyatlariga ega bo'lmagan, ko'pincha, siz kinolarda duch keladigan 18+ sahnalar hisoblanadi va qonun ta'qiqlamaydi. Endi diniy mazmundagi ta'qiqlangan materialni tarqatish maqsadida saqlasangiz javobgarlik yuzaga keladi. Nima maqsadda saqlaganingizni tergovchilar topadi. Lekin tarqatish maqsadi sizda bo'lmasa, javobgarlikka tortilmaysiz. Masalan, G'ishmat you tubedan qaysidir chet eldagi qonun ta'qiqlagan domlani, aytaylik, Abdulloh Zufarni eshitib yuribdi. Eshitib yurgani, videolarini ko'rgani, hatto telefonida saqlagani uchun ham javobgarlikka tortilmaydi. Lekin komment, layk va share javobgarlikka olib keladi. Shunda diniy materialni tarqatish maqsadida saqlasangizgina javobgarlikka tortilasiz. Diniy va pornografik mahsulotlarni shaxsiy iste'mol uchun telefonda olib yurish mumkin. Har ikkala jinoyatning javobgarlik subyekti o'n olti yoshga to'lgan, aqli raso shaxs hisoblanadi. Jinnilarga zakon yo'q. Shuningdek, hali 16 yoshga to'lmagan shkolotronlar ham javobgarlikka tortilmaydi. Xulosa: «любой» saytga kirib istalgan videoni ko'rish hammaga mumkin. @legal_mind
590Loading...
03
Media files
610Loading...
04
Masalan, bozordagi mahsulotlar kartoshka, go'sht, neft, oltin va hokazo moddiy xususiyatga ega jismlar bilan narx har qancha oshsa ham financial bubble sodir bo'lmaydi. Chunki siz oddiy jism xususiyatiga ega bo'lgan mahsulotni eng qimmat narxda xarid qilsangiz va sizdan keyin qimmatroq narxda xarid qiladigan odam bozorda mavjud bo'lmasa, qo'lingizda eng kamida o'sha mahsulot qoladi. Natijada siz shunchaki o‘ta qimmatga xarid qilgan bo'lasiz. P/s: pufakni tasavvur qiling bo‘ldi, puflayversangiz qachondir yoriladi:) @legal_mind
620Loading...
05
Uorren Baffet, Geyts va iqtisod sohasidagi bir qancha Nobel laureatlari kriptovalyutani moliyaviy pufak deb hisoblarkan. Hozir shu haqida googlelab keldim. Moliyaviy pufak — bu mahsulotga nisbatan narxning sun'iy oshib ketishi hisoblanadi. Shundan moliyaviy pufaklarning eng kattasi AQSHda ko'chmas mulk bilan sodir bo'lgan va 2008-yil PAQ etib yorilishi natijasida butun dunyoda jahon iqtisodiy inqirozi sodir bo'lgan va davlatlar hayoti katta xolasinikiga qarab kirib ketgan. Ya'ni AQSHda hali qurilmagan uylar narxi keskin oshib ketgan. Masalan, G'ishmat Toshkentdan hali qurilmagan havodagi uyni sotib oladi. Huddi shu havodagi uyni boshqalar ham xarid qilishni boshlaydi. Sun'iy ravishda narxlar oshayotganini ko'rib barcha havodagi qurilmagan uyga investitsiya qiladi. Va qaysidir nuqtaga kelib narxlar eng pik nuqtasiga keladi va oxirgi xarid qilgan odam havodagi uyni sota olmaydi. Natijada pufak yoriladi. Nima uchun kripto qimorligini tushunmoqchi bo'lsangiz qarang: kripto sotayotgan barcha oxirgi xarid qiluvchining (kimligi noma'lum) pullari va oxirgi odamning xonavayron bo'lishi evaziga boyiydi. Ya'ni islom ulamolari oxirgi oluvchining pullari coin bilan birga kuyib ketishi aniq bo'lgani uchun joiz emas deyapti. Hozirgi coinlar bilan ham huddi shunday USAdagi housing financial bubble protsessi ketyapti. Kriptovalyuta pul sifatida produktlar o'rtasida vositachilik qilmayapti. Valyutaning asl mohiyati kripto aktivlarda yo'qoldi uje. Odamlar vositani maqsad qilib o‘ynayapti. Hozir tepadagi gaplarim sizga yoqmayapti. Qoloqlik, zamondan orqada qolish sifatida baholaysiz, Yevropada barcha ishonib o'ynayotganiga ishonasiz lekin 2008-2009 yillardagi inqiroz sodir bo'lishiga ham odamlarning 2003-yildan boshlab qurilmagan ko'chmas mulkka ishonib sun'iy narxlarga investitsiya qilgani sabab bo'lganini o'ylab ko'rishingiz kerak. Eng ishonchli kripto bitcoin ham 2011-yildan beri har xil o‘sishlar va tushishlarga uchragan (googleda statistikasi bor) Va ko'chmas mulklar bilan ham 1994-yildan boshlab 13 yil davomida shunday narxlar nostabilligi yuz bergan. Endi shar'iy hukmi masalasida fikrim: kriptovalyutani joiz degan katta ulamolarni eshitmadim, halol deb chiqqanlari mayda mullalar hozircha. Shar'iy hukmiga ergashish uchun islom dunyosining hozirgi eng katta olimlari ijmo asosida chiqaradigan fatvosini kutish kerak. Endi shubhalanayotgan bo'lsangiz, quyidagi hadisga ergashing: harom ochiq-oydin, halol ochiq-oydin, shubhali narsalardan uzoq yuringlar. P/s: dunyoviy ta'siri ham katta, odatda, 12-14 yilda bir dunyoda iqtisodiy krizislar bo‘ladi, navbatdagisi kripto bilan sodir bo'lmasligiga kafolat yo‘q. @legal_mind
580Loading...
06
Ko'pchilik Toshkentdagi probkalar va ommaviy tartibsizliklarda odamlarni ayblayapti. Tekin narsalarga har qanday millat yuguradi dunyoda. Qog'oz binoning 3-mavsumida Professorning rejasi bilan poytaxt Madrid ustidan grijablda 140 million yevrolik pul yomg'iri yog'diriladi. Yog'ayotgan pullarni yig'ishga tushib ketgan xalq harakati ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketadi va natijada butun armiya, xavfsizlik kuchlari qo'zg'aladigan sahna bor. Aslida xalqni oyoqqa turgazish va ommaviy tartibsizliklar orqali hukumatlarni ag'darish, siyosiy xaos yuzaga keltirish osonligi kinoda ochib berilgan. Shu bizni odamlar o'yinchoq uchun oyoqqa turarkan, xolos. Shuning uchun sizlarga doim ommaga ergashmaslikni va Qog'oz binoni ko'rishni aytib kelaman. @legal_mind
530Loading...
07
Masalan, shu postni yozishim xato bo'lgan. Oxirgi konsertida Mirshakar ortiqcha ma'suliyat haqida gapirdi. Qaysi viloyatni oshi zo'r degan тема ortiqcha mas'uliyatga zo'r misol va o'xshatish bo'lgan. Masalan, man namanganlikman va Toshkentdagi tanishlarim namangancha shevani ustidan kuladi. Tortishmayman. Shevalar boshqalarga kulguli tuyuladi doim. Pashsha va chivin masalasida butun vodiy va voha tortishishini bilasiz. Masalan, Real Madrid yoki Barselona uchun, Andijon yoki Navbahor muhlisligi uchun tortishuvlar bo'ladi. Odamlar biri ikkinchisidan zo'rligini tortishib hal qilishga harakat qiladi. Masalan, bu kabi tendensiyalar mashinalarda: Malibu yoki K5; telefonlarda: samsung yoki iPhone; osh markazlarida: besh qozon yoki kamolon va hokazo mavzularda qiyoslash davom etaveradi va tugamaydi. Odamlar viloyatini himoya qiladi. Universiteti uchun kurashadi. Fakultetini zo'r deb hisoblab boshqalar bilan yoqa yirtib tortishadi va bularning hammasi ortiqcha mas'uliyatga например bo'ladi, xolos. Kecha yuridik qizlari haqida sarlavhali videoni va tagidagi izohni ataylab tashladim. Komment UFC maydoniga aylanib ketdi. Har kimni mantig'i va fikrlari har xil paytda aslida o'sha vaziyat va izoh tortishuvga arziydimi? Masalan, o'sha qiz bizda o'qisa ham yoki o'qimasa ham, umuman, sizga personal qanday ta'siri bor? Yoki dovdirlar va landovurlar joy tanlaydimi? Kimdir sizni ahmoq deb hisoblashi sizni aqlsiz qilib qo'yadimi? Masalan, o'sha videoda o'g'il bola bo'lganida va izohda yuridikdagi bollar haqida deb qo'yilsa, kimga qanday ahamiyati bo'lardi? Qachon ommaviy ura-uralarga ergashishni to'xtatasiz? Masalan, brendlarni, viloyatlarni, universitetlarni birini boshqasidan ustun deb hisoblash uchun kurashsangiz — bu sizni reputatsiyangizni oshirib qo'yadimi? Masalan, G'ishmatning A subyekt haqidagi salbiy fikrini haqorat deb hisoblash mantiqiy asosga egami? Haqorat yoki tuhmatning subyekti bo'la olmasligini qachon tushunasiz? Masalan, fuqaro Mirziyoyev gailarni kalamushlar, prokurorlarni o'g'rilar, mxx rahbarlarini sotqin va g'o'daygan itlar degan gaplari qanday qonuniy javobgarlik keltirib chiqardi? Tushunishimiz kerak akalar va opalar: falonchilar hammasi tupoy deyish yoki Susambilda faqat loxlar o'qiydi deyish hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqara olmaydi. Umuman olganda kecha kommentda tortishganlar ortiqcha mas'uliyat yukidan qutilish haqida o'ylab ko'ring... @legal_mind
810Loading...
08
#jamiyat NASA olimlarining so'nggi izlanishlariga ko'ra, hayoti green card o'ynash va give awaylarda ishtirok etishdan iborat bo'lgan o'zbekistonliklar turmush tarziga yana botlarda coin yig'ish ham qo'shildi. @legal_mind
812Loading...
09
Eng og'iri, eng qiyini, eng tupikka tiqadigani, eng alam qiladigani — sen qonundagi gaplarni aytasan lekin odamlar unga ishonmaydi, ishona olmaydi va "bu qog'ozda shunaqa, hayotda boshqacha" deyilishi law student uchun vijdon azobidan keyin turadigan og'riq bo'lsa kerak! @legal_mind
900Loading...
10
​​Kuni bilan screen timeda vaqt o'tkazish odamni stress, depressiya va har xil kasalliklarga olib keladi. Bu bizni pokoleniyadagi eng asosiy muammo bo'ladi. Har kuni shunchaki bir soat yurish uchun ko'chaga chiqyapman. Hech qanday chalg'ishlarsiz faqat fokusni piyoda yurishga qaratyapman. Shundan beri kayfiyatim faqat pozitivizm bilan oshib boryapti. O'zim uchun qiziq va yangi challenj bo'lyapti. Bugun o'n ikki ming qadamni podkast eshitib yurdim. Podkastdagi odamni tanimayman. Lekin sohasidagi ekspertlardan biri ekan. Gormonizatsiya haqida yaxshi infolar oldim. Testosteronni tushib ketmasligi uchun aktiv hayot tarzida yashash kerak. Hazilkash va quvnoq odamlar jiddiy va pessimistlarga qaraganda sog'lomroq va erkakroq (testos yuqori) bo'larkan. Kecha ko'chada Baxtiyor Alimjanov bilan ko'rishib qolib ikki soatlarcha gaplashdim. Ilmiy faoliyat, karyera, liberalizm, huquq, siyosat, magistratura bo'yicha ancha-muncha fikrlar oldim. Sizlar xeyt qiladigan darajadagi odam emas ekan. Shunda karyera va ilmiy faoliyat haqidagi savolimga Baxtiyor aka: o'zingizni 30 yoshda qorin qo'ygan, tepakal holatda tasavvur qilasizmi deb savol berdi. O'z-o'zidan o'zimga javob topdim. Rostdan ham bizni odamlar semizlikni obro' sifatida ko'radi. Aslida ham shundaymi? Yo'q! Sababi o'zbeklarning 60% dan yuqori qismi yurak-qon tomir kasalliklaridan o'lib ketadi. Bu bevosita noto'g'ri turmush va stereotiplar bilan bog'liq xato tushuncha. Dunyoda semizlikka qarshi kurashuvchi shuncha harakatlar bo'lsa ham bizda bu illatga mentalitet sifatida qarashadi. Aslida semiz erkaklarda erkaklik gormoni past bo'ladi. Chunki semizlik ya'ni tananing yog' bosishi ayollik gormonining funksiyasi. Ya'ni qorin chiqib ketishi, ortiqcha vazn ko'proq estrogenning oshib ketishi bilan bog'liq protsess ekan. Ozg'in va nimjon bo'lish ham fojea. Lekin semiz bo'lmaslik shart. Masalan, futbolchilarni oling: 34 yoshli Toni Kroosdan 20 yoshli o'zimizni G'ishmat kattaroq va qariroq ko'rinadi, odatda. Qaysidir qiz amma-xolalari majburlagani uchun emas, o'zi xohlab va o'zi tanlab senga turmushga chiqishi uchun ham sog'lom turmush tarzini tanlayver. Semizlardan boshqa barchaga xayrli tun mates! 🤘 @legal_mind
1160Loading...
11
Fikr erkinligi Fikr erkinligi islom dinida bor. Fikrlar xilma-xilligiga tolerant bo'lish sahobalar davridan beri bor. Dastlabki sahobalar liberal bo'lgan. Bundan besh yillar avval liberal degan so'zdan nafratlanardim. Liberallarni yomon ko'rardim. Bunday prizmadan fikrlashimga Mubashshir Ahmad, Omar Halillarning postlari sabab edi. Aksariyat diniy blogerlar kabi ular ham sahifasida psevdo liberallarni tanqid qilib, ularga qarshi fikrlar berib borardi va natijada miyamda liberalizm yomon va islomga qarshi narsa deb o'ylab yurardim. Bitta ma‘vizada aytilyaptiki: islom jamiyatidagi ayrim toifalar (aynan xavorijlar) sahoba Ali xalifalik davrida, xalifani kofirlikda va boshqaruvini noto‘g‘rilikda ayblashgan. Aliga qarshi yuzma-yuz kelib shularni aytishgan. Lekin xalifa Alining yondashuvi ularga nisbatan tolerantlikda bo'ladi. Nima deb o'ylasa o‘ylayversin, qanday fikrlash ularning erkinligi faqat qurolli to'qnashuv ya'ni jangga o‘tmasa bo‘ldi degan pozitsiyani ushlagan ekan. Tasavvur qilyapsizmi? Butun boshli davlatning mutlaq boshlig'i imkoniyati va potensiali bo‘la turib o'ziga qarshi toifalarni erkin qo'ygan. Ularning fikrlarini o‘zgartirishga urinmagan. Qarshi kurash olib bormagan. Masalan, O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqish uchun jinoiy javobgarlik bor. Boshqalarning fikrlariga qarshi kurashish eng absurd ish men uchun. Siz dindormisiz, bemalol. Siz ateistmisiz, bemalol. Siz deistmisiz, bemalol. Siz konservatormisiz, bemalol. Siz toshbaqalarni uchadi deb hisoblasangiz yoki tuyalarning dumlari yerga tegadi deb o'ylasangiz — bu sizning shaxsiy chegarangiz va boshqalar bunga aralashishi mumkin emas. Bizga o'xshagan musulmon jamiyatlarida odamlar boshqalarning hayot tarzi, turmushiga aralashaveradi. O‘zi namoz o'qimasa ham ko‘chada yurgan yigit-qizlarni yomon ko'radi. G'ishmatning tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib ketganini gapiraveradi lekin o'zining xatolarini aniqlab isloh qilishga harakat qilmaydi. Biz o'zimizdan ko'ra boshqalar haqida qayg'uramiz. Jamiyatni buzuqliklardan asrashga urinamiz lekin mukammal ibodat qilish haqida o'ylab ko'rmaymiz. Dinni yovuz kuchlardan himoya qilishga urinamiz lekin ilm olishni, o‘tirib kitob varaqlashni hayolimizga keltirmaymiz. Boshqalarning fikrlariga aralashaveramiz. Fikrni xatoligini isbotlash uchun tortishaveramiz. Kommentlarda bir-birimizni yedirishga urinaveramiz. Hamma bir-biri bilan band, o'zligi bilan emas. Radikalizm fikrlashdan boshlanadi. O'zingni to'g'ri yo'lda, boshqalarni xato yo'lda deb hisoblashni boshlaysan. Xato yo‘ldagilarga avval Internetda, keyin real hayotda tahdid qilishni boshlaysan. Natijada jamiyatda balans buziladi. Normal hayot tarzi yo'qoladi. Odamlar bir-biridan nafratlanishni boshlaydi. Jinoyatchilik avj oladi. Qotilliklar ko'payadi. Odamlar ichida piyonistalar, foxishalar, gunohkorlar, yalang'ochlar bo'lishini normal qabul qil. Bu toifalar milodiy 630-yilda ham bo'lgan, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Faqat suvdan iborat miyangga shuni quyib ol: hech kimni fikrini o‘zgartira olmaysan, boshqalarni o'zing to'g'ri deb bilgan yo‘lga tushira olmaysan, dinni himoya qilish sening funksiyang emas. Liberalizm deganda faqat chirigan G'arbni tushunadigan idiot bo'lma. Ommaviy qarashlarga, massiv ommaga ergashma. Boshqalarning propagandasi qurboni bo‘lma. Doim o'z shaxsiy qarashlaring bo'lsin. Liberalizm — bu erkinlik. Ko'ngling tusagan ishni qilishdan seni aql-farosating, e'tiqoding va qonunlar qaytarib turadi, odamlar ortiqcha! @legal_mind
1110Loading...
12
Istanbulga Samarqand aeroporti orqali uchayotganda Samarqand aeroporti xodimlari, qo'riqchilari g'o'ddaygan holda hatto reys haqida savollar berganda normal javob bermagan. Bu butun O'zbekistondagi holatligi aniq. Salkam Chilonzordek keladigan Istanbul aeroportidan chiqib taksi qidirib turgan paytda, Turkiya GAI xizmati xodimlari kelib yordam berishi, pogonida yulduzchalari ko'p xodim katta yo'lni butunlay yopib srazu taksini buyoqqa o't deb chaqirdi. Keyin besh kishini ko'rsatib shularni aytilgan hotelga tashlab qo'yasan deganida, haydovchi besh kishini olish mumkinmasligini aytsa ham, "abi bular mehmon ekan, hammasini olib ketaver" deb katta muammoni hal qilib bergani uchun Turkiya davlat xizmatiga press 🫡F albatta. Rivojlangan va qoloq davlatlar o'rtasidagi farqlardan bittasi, rivojlangan davlatlarda davlat xodimlari xalqqa o'zini xizmatchidek tutadi, qoloq davlatlarda esa davlat xizmatchilari o'ziga xalqni xizmatchi sifatida ko'radi. @legal_mind
1061Loading...
13
Qiyshiq arava yo'l buzar, Feyktuz el buzar. ​​Agar siz info iste'mol qilayotgan manba faoliyatini reklama ustiga qurmagan bo'lsa, demak siz propaganda o'qiyapsiz. Masalan, minglab obunachilarga ega ba'zi kanallarda reklamaga ko'zingiz kam tushadi. Bunday kanallar podstava, shantaj, sabotaj ustiga faoliyatini quradi. Kimlardir obro'sizlantiriladi. Mevali daraxtlarga tosh otiladi. Va shuning uchun og'zi moylanadi. Shunday sahifalar sabab so'z erkinligi, erkin matbuot degan narsalar shakllanmaydi. O'zbekistondagi eng korrupsiyasiz universitet — bu yuridik. Eng sifatli ta'lim beriladigan universitet — bu yuridik. Kredit-modul eng to'g'ri yo'lga qo'yilgan universitet — bu yuridik. Neytral olib qarasa ham shunday. Feyktuzda chiqqan postga o'zimizni talabalar ishonmagani aniq. Lekin omma ishonadi. Feyktuz qo'lida dalili bo'lganida hayp va qora piar uchun ochiq-oydin kanaliga chiqarardi. Lekin quruq so'z bilan cheklangan. Bu tomondan tuhmatga tortib ketadi. Shuncha yil o'qib korrupsogen holatlarga duch kelmadim. Eshitmadim ham. Atrofimdagilar ham korrupsiya bilan to'qnashmadi. Tasavvurda yo'q bo'lgandan keyin ishonish ham qiyin. Spravkalar masalasi ham bahsli. Kasal bo'lganimda o'zim bir necha marta spravka berganman. To'g'ri, kasalxonadan pulga yozdirib spravka olib keladiganlar borligini eshitganman lekin bu SVVni muammosi va boshqa mavzu. Feyktuzda chiqqan postga nisbatan kanalning ustidan sudga murojaat qilish kerak. Bunday vaziyatda muammoni sud hal qilishi kerak. Kim aslida kimligini omma ko'rishi kerak. O'ziga ishongan tizim sud orqali nomini oqlashi kerak. Feyktuz anonim kanal emas. Adminlarini ko'pchilik taniydi. Bemalol vaziyatni qonuniy choralar va javobgarlik bilan hal qilsa bo'ladi. O'z navbatida feyktuz ham tuhmat qilmayotganiga ishonsa va qo'lida asosli dalillari bo'lsa orqaga qaytmaydi. Natijada haqiqat yuzaga chiqadi. Tuhmat uchun javobgarlikka tortiladi yoki aksincha. Shunchaki rasmiy munosabat bildirish bunday vaziyatlarda yechim bera olmaydi. Yaxshiyam, kommentiga borib adminni nomerini so'rab, razborga chaqirib sharmanda qilmagan hech kim. Shaxsiy fikrlar o'z yo'liga lekin sog'lom fuqarolik jamiyatlarida bu kabi masalalarni sud hal qiladi. Bu gaplarni paxta qo'yish uchun emas, universitet nomiga mag'zava ag'darilmasligi, qonun ustuvorligi uchun yozdim. @legal_mind
1131Loading...
14
Do'konlar oldida muzqaymoqxonalar ko'payib ketibdi. Uchta yoshroq ayol o‘tib ketayotganida muzqaymoq sotadigan gap sotyapti: "marojniladan yeb keting, sizlarga boshqachalari bor". Bu gap savdogarlarga xos marketing tili bilan emas, hezalaklarga xos shilqimlik bilan aytildi. Qizlarga gapirsa qanchadir ma'noda tushunsa bo‘lar lekin oilasi borligi ko'rinib turgan ayollarga gapirish o‘ta ketgan pastkashlik. O'sha muzqaymoqchini keyin tanib qoldim. Yoshi o‘ttizlardan o'tgan va esimni taniganimdan beri kompyuterxonada o'tiradigan bitta debil ekan. O'zini ham oilasi bor. Keyin o'ylab qoldim: Xudo himmatsiz pastkashlarni doim shunaqa past ishlarga qo'ysa kerak. Bu bitta oddiygina holat. O‘tib ketayotgan qizlarga gap sotish hezalakni ishi. Haqiqiy erkak bunday yo'l tutmaydi. Islom dini ham ko‘chada to'planib turganda qiz-ayollarga qaramaslikni buyurgan, masalan. Erkak kishi qizlarga gapiradida deb aytishingiz mumkin. Bu to'g'ri lekin shilqimlik normal holat emas. Qiz bola bilan yaqin munosabatni qabul qilish mumkin lekin o'tgan-ketganlarga shahvoniy gaplar sotish nenormal holat. Shuning uchun qizlar, ko‘chada yurganingizda shunga o'xshash holatga duch kelsangiz eng kamida 102 raqamiga qo'ng'iroq qilib murojaat qiling. Shilqim debillarni kamida gazini berib ma'muriy javobgarlikka tortishadi. Agar sizga bollar gapirishi yoqsa o'zingiz bilasiz — bu sizni shaxsiy tanlovingiz. Shilqimlikni diniy qarash ham, dunyoviy qarash ham noto'g'ri pozitsiya deb biladi. Shilqimlarni faqat va faqat javobgarlikka tortib yo'qotiladi. @legal_mind
220Loading...
15
Genofondlar haqida Oltin avlod tushunchasi ko'pincha futbol jamoalariga nisbatan ishlatiladi. Bu tushunchani o'z krugiga nisbatan qo'llash ham shakllangan. Masalan, biz oltin avlod edik, sinfimizdan hamma bitirib o'qishga kirgan va hokazo misollarni keltirish mumkin. Genofondni lug'aviy ma'nosi shunchaki genlar yig'indisi, ma'lum bir ijtimoiy guruhga nisbatan ishlatiladi ilm-fanda. Jamiyat genofond deb ataydigan odamlar ham bor: bular ham bilimi, ham tankasi, ham puli bor yosh avlodlar hisoblanadi. Genofondlar shunchaki shakllanmaydi. Ularni laylak to'g'ri lokatsiyaga tashlagan bo'lishi kerak. Bu lokatsiyada kuchli tarbiya berilishi yoki moddiy farovonlik darajasi yuqori bo'lishi kerak. Odatda, "boyni bollari" kayfga berilgan, narkoman, tarbiyasiz, ishratparast qilib kinolarda, kliplarda ko'rsatiladi. Ammo lekin biroq real hayotda bunday emas. Aynan elita qatlamda farzandlar yuqori salohiyatli bo'lib chiqadi. Ya'ni jamiyatga o'z o'rniga ega, yo'lini topgan, ijtimoiy mavqega ega insonlar chiqishi ko'plab omillarga bog'liq. Va bu omillar ichida oilaviy atmosfera eng katta o'rin tutadi. Oilaviy atmosferaning yuqori bo'lishi faqat va faqat moddiy farovonlik bilan bog'liq aslida. Katta shaxsiyatlar katta tarbiya beradi. Ularni farzandlari ham katta shaxsiyat bo'lib yetishadi. Vazirning o'g'li tungi klubda qizlar bilan tutilib qolmasligi mumkin lekin oddiy ishchi Andrey akaning umid bilan katta qilayotgan bolasi Toshkentda o'qimasdan kayf qilib yurgan holatlari juda ko'p. Islomda farzand tarbiya qilishga eng katta e'tibor qaratilgan. Islom oila institutining mustahkam bo'lishini, farzandni zo'r tarbiya qilishni doimo buyuradi. Chunki vaqtida berilgan tarbiya natijasida kuchli genlar va avlodlar shakllanadi. Farzandini sizlab tarbiya qiladigan ota-onalar bilan erta-yu kech ishda bo'lib stressini farzandlariga chiqaradigan Andrey akaning tarbiyasida katta farq bor deb bemalol aytishimiz mumkin. Bu bilan hech kimning shaxsiyatiga o'tmoqchi emasman. Balki ozgina pul topib qishloqda o'zidan ketib qoladiganlar bilan katta shaxsiyatlarni qiyoslamaslik kerak. Atrofga qarang: otasini puliga yurganlar bir nechta dekadalarda yo'qolib ketadi yoki otasining pulini o'ziga va aqliga investitsiya qilayotganlar huddi shu vaqtlar ichida davlatni boshqaradi. Qadimgi diniy kitobda aytilganidek: "borlarga beriladi, yo'qlardan olinadi" yoxud oltin avlod hisoblangan genofondlar TDYUda tiqilib yotibdi, masalanda. Bitta ustoz aytganidek: universitetdan diplom va tanish-bilish bilan chiqib ketiladi. Xullas, to'g'ri tarbiya — eng muhim ish! @legal_mind
1260Loading...
16
Masalan, to'y va u bilan bog'liq jarayonlarga bitta yaxshi mobilograf gaplashish kerak. O'zingni yaqin tanishlaringdan bo'lsa yana yaxshi. Fotiha uchun kampirlar kelishidan boshlab FHDYOda uzuk taqishgacha, keyin bevosita to'y bilan bog'liq protsesslar: zaks, fotosessiya, kuyov navkar hammasini Iphoneda olib keyin qarindoshlar guruhiga share qilish kerak. Qarindoshlaring mahallani guruhiga tashlaydi, u yerdan har xil oilaviy kruglarga tarqaydi. Ammang, xolang, buving, tog'angni va amakingni xotinlari butun dunyoga o‘zini telefonida olingan krinj video va rasmlarni emas, sifatli va tiniq olingan kontentni tarqatadi. Keyin seni to‘ying xotinlar ichida yaxshi muhokamalarga sabab bo‘ladi. Xotiningni sen taraf, seni esa kelin taraf xunukligingni bilib qolmaydi. Storieslarga chiroyli chiqasilar. Xullas, to‘ylarda mobilografiyani ommalashtirish kerak. Artist va kamerachidan ahamiyati kam emas hozir. Shuni mahalliy urf-odatlar kodeksiga kiritish kerak. @legal_mind
1360Loading...
17
Talabalik davri oilasidan uzoqda o'tadiganlar, albatta, begonalar bilan birga yashashga majbur bo'ladi. Bu xoh kvartira bo'lsin, xoh yotoqxona lekin hamma amal qilishi kerak bo'lgan qoidalar bor. Ma'lum tanaffuslar bilan deyarli uch yil kursdoshlarim bilan yashadim. Ba'zida o'zimdan 5-8 yosh kattalar bilan ham turdim. Tartibli va toza hayot kechirish uchun tavsiyalar berib ketaman: 1. Ovqat-oziq. Kvartiradagilar bilan har hafta pul tashlab bozorlik qil. Eng zaruriy va birlamchi ehtiyojlarni ol. Masalan, sabzi, piyoz, kartoshka, yog', go‘sht, guruch, makaron, grechka, gorox va hokazo mahsulotlar bilan istalgan o'zbek ovqatni tayyorlash mumkin. 2. Navbat tizimi. Tozalovdan tortib ovqat qilishgacha, axlat to'kib kelishdan tortib do'konga non uchun chiqib kelishgacha qat'iy tartib o‘rnatinglar. Masalan, men navbatchilik kunimda ovqat ham qilardim, dasturxon ham solardim, idishlarni ham yuvardim, nonni ham olib chiqardim, hatto "bolla turila ovqatga chiqila" deb uyg'otardim ham. To'rt kishi turgan bo'lsak bir hafta ikki kishi, keying hafta qolgan ikki kishi Havas yoki Korzinkadan bozorlik qilib kelardi. Bu hafta men hammomni tozalasam, keyingi hafta yotoqxona (spalniy😁)ni, keyin koridorni, undan keyingi hafta esa oshxonani tozalardim. 3. Pul masalasi. Birga yashagandan keyin pul oldi-berdisi ko'p bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda bir-biriga yordam berish kerak va u qaytarilishi kerak. Masalan, senga 47 ming so'm pul bergan bo'lsa, shuni 45 ming yoki 50 ming qilib emas, shu to'liq 47 ming so‘mligicha qaytar. 4. Imperativ normalar. Kvartirada barcha uchun majburiy qoidalar bo'lishi shart. Masalan, choy ichgandan keyin dasturxoningni yig'ib qoqib qo'y. Koridorga tuflingni artib vlajniy salfetkani tashlama. Soqolingni olgandan keyin rakovinani tozalab chiq va hokazo mayda va muhim qoidalar bo'lsin. 5. Birovni chegaralarini buzib o‘tmaslik prinsipi. Buni yozaymi yoki yo'q bilmadim-u, masalan, meni narsalarimga ruxsatsiz tegishsa yoqmaydi. Eng muhimi joyimga birov yotib olishini umuman xohlamayman. Yostig‘imga begona kalla bosh qo'yishini qabul qilolmayman. To'g'ri bu juda mayda holat va ba'zilar e'tibor ham bermaydi. Shunchaki ko‘chadan charchab kelib chiroyli ko'ringan joyga emas, o'zingni joyingga yot demoqchiman. Shu qoidalar sabab biz do'stlarimiz bilan zo'r yashadik. Tartibli va toza hayot kechirdik. Ovqat qilishni o'rgandik. Kir mashinaga qizil futbolka bilan oq ko‘ylakni bitta qilib tiqmaslikni o'rgandik. Umuman, och qolmadik. Kam rasxod bilan ko'p kaloriyali va to‘yimli qozon ovqat yedik huddi uydagidek. Tartibsiz va vazifalar taqsimlanmagan hayot bilan it yotish, mirza turish bo'lib ketadi hammasi. Musorlar to‘kilmay, idishlar yuvilmay qolib ketadi. Bir-biringni otib ketish, yedirib ketish avjiga chiqadi. Shunday oqibatlarni oldini olish yoki xonadoshlaringga namyok qilish uchun bu postni ularga share qilib tarqatib qo'y:)😎 @legal_mind
1260Loading...
Repost from LEGAL MIND
Kriptovalyuta bilan nima qilish mumkin? Qonunchilikka ko'ra, kriptovalyutani faqat sotish mumkin va hech qanday javobgarlik yuzaga kelmaydi. Masalan, G'ishmatda kripto bor, o'sha kriptoni sichqonni bosib yoki noqonuniy mayning orqali topganidan qat'iy nazar sotib soqqasini qilishi mumkin. Jinoyat kodeksida, kriptoni sotib olish, o'tkazish va ayirboshlash uchun javobgarlik belgilangan. Masalan, G'ishmat o'rtog'i Azizning notcoinlarini (naprimer bu) sotib olsa, kashelok orqali o'tkazsa, barter qilsa birinchi jarimaga tortiladi, keyin qamoqqa tiqiladi. Nimaga aholi kripto sotib olishi mumkinmas degan savolga shu sohadagi xalq xizmatchilarimiz — odamlarimizni moliyaviy savodxonligi past, ruhsat bersak pulini kriptoga tikib hammasi yeb qo'yadi degan izoh bilan izohlashgan ekan. (Kinolarda tuuut degan joyida aytadiyu: blin, odamlarimiz tayyormas deb hokimlarni saylamaymiz, JSTga a'zo bo'lmaymiz) Bu hammasi emas: siz kripto bilan bog'liq savdo-sotiqni odamlarni bolasiga o'xshab Binance, Bybit, Bitgetda emas, o'zimizni 2020-yilda ochilgan milliy birjamizda (nomi nima, sayti qanaqa bilmayman) qilishingiz kerak, bo'lmasa javobgarlikka tortilasiz. Milliy birjadan foydalanish orqali xorijiy investorlarni jalb qilish (hali o'zimizni qorako'zlarni jalb qilolmadigu) va shu orqali iqtisodiyotimizni rivojlantirishni maqsad qilib hatto 25 kishilik ish o'rni ham yaratgan ekanmiz. Sotib olish ta'qiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina mayning orqali kiritish mumkinligi belgilangan. Ammo mayning bilan shug'ullanadigan iste'molchilarni aniqlash va oshirilgan ta'riflarni qo'llash tartibi umuman ishlab chiqilmagan. Qadim-qadim zamonlarda mayning faoliyatini legallashtirish «Uzbekistan cryptocurrency mining pool» ilovasi yaratilishi asosida amalga oshirilishi kerak edi, ammo bu bo'yicha ham tegishli hujjatlar hali qabul qilinmagan ekan. Endi sal siz tushunadigan jaydari tilda aytsam, har qanaqa yo'l bilan kripto aktivlarni to'playvering, sotib soqqa qilganingiz uchun qonun oldida hech qachon javob bermaysiz. Lekin o'zaro ayirboshlashlar, o'tkazmalar ta'qiqlangan. Shuningdek, siz qonuniy yo'l bilan kripto faoliyat bilan shug'ullanishingiz deyarli imkonsiz. Birinchidan, qonuniy yo'lni o'zi deyarli ishlab chiqilmagan, normativlardagi tartib bo'yicha esa kripto bilan shug'ullanish deyarli imkonsiz. Shunday qilib, kanallarda notcoin sotib olamiz deb yurganlar qonunlarni buzishibdi keyin uzoq va baxtli hayot kechirishibdi. Yuqoridagi informatsiyalarga link berib ketishga erindim. Link berish mayningdan ham qiyin ish men uchun. @legal_mind
Mostrar todo...
👍 2
Repost from LEGAL MIND
Qarang: pornoni saqlashingiz mumkin, diniy materialni saqlashingiz ta'qiqlangan Diniy materialni ham, pornoni ham tarqatsangiz, tayyorlasangiz, olib kirsangiz, lekin faqatgina pornoni namoyish va reklama qilsangiz ham javobgarlikka tortilasiz. Pornografik mahsulot — bu badiiy qimmatga ega bo'lmagan, odam tomonidan sodir qilinayotgan jinsiy aloqa tavsiflangan yoki tasvirlangan rasm, videolar hisoblanadi. Pornografik kontent bilan erotikani farqlash kerak. Erotika — bu san'at va pornodagidek qo'pol, bezbetlik, naturalistik xususiyatlariga ega bo'lmagan, ko'pincha, siz kinolarda duch keladigan 18+ sahnalar hisoblanadi va qonun ta'qiqlamaydi. Endi diniy mazmundagi ta'qiqlangan materialni tarqatish maqsadida saqlasangiz javobgarlik yuzaga keladi. Nima maqsadda saqlaganingizni tergovchilar topadi. Lekin tarqatish maqsadi sizda bo'lmasa, javobgarlikka tortilmaysiz. Masalan, G'ishmat you tubedan qaysidir chet eldagi qonun ta'qiqlagan domlani, aytaylik, Abdulloh Zufarni eshitib yuribdi. Eshitib yurgani, videolarini ko'rgani, hatto telefonida saqlagani uchun ham javobgarlikka tortilmaydi. Lekin komment, layk va share javobgarlikka olib keladi. Shunda diniy materialni tarqatish maqsadida saqlasangizgina javobgarlikka tortilasiz. Diniy va pornografik mahsulotlarni shaxsiy iste'mol uchun telefonda olib yurish mumkin. Har ikkala jinoyatning javobgarlik subyekti o'n olti yoshga to'lgan, aqli raso shaxs hisoblanadi. Jinnilarga zakon yo'q. Shuningdek, hali 16 yoshga to'lmagan shkolotronlar ham javobgarlikka tortilmaydi. Xulosa: «любой» saytga kirib istalgan videoni ko'rish hammaga mumkin. @legal_mind
Mostrar todo...
Repost from LEGAL MIND
Repost from LEGAL MIND
Masalan, bozordagi mahsulotlar kartoshka, go'sht, neft, oltin va hokazo moddiy xususiyatga ega jismlar bilan narx har qancha oshsa ham financial bubble sodir bo'lmaydi. Chunki siz oddiy jism xususiyatiga ega bo'lgan mahsulotni eng qimmat narxda xarid qilsangiz va sizdan keyin qimmatroq narxda xarid qiladigan odam bozorda mavjud bo'lmasa, qo'lingizda eng kamida o'sha mahsulot qoladi. Natijada siz shunchaki o‘ta qimmatga xarid qilgan bo'lasiz. P/s: pufakni tasavvur qiling bo‘ldi, puflayversangiz qachondir yoriladi:) @legal_mind
Mostrar todo...
🔥 1
Repost from LEGAL MIND
Uorren Baffet, Geyts va iqtisod sohasidagi bir qancha Nobel laureatlari kriptovalyutani moliyaviy pufak deb hisoblarkan. Hozir shu haqida googlelab keldim. Moliyaviy pufak — bu mahsulotga nisbatan narxning sun'iy oshib ketishi hisoblanadi. Shundan moliyaviy pufaklarning eng kattasi AQSHda ko'chmas mulk bilan sodir bo'lgan va 2008-yil PAQ etib yorilishi natijasida butun dunyoda jahon iqtisodiy inqirozi sodir bo'lgan va davlatlar hayoti katta xolasinikiga qarab kirib ketgan. Ya'ni AQSHda hali qurilmagan uylar narxi keskin oshib ketgan. Masalan, G'ishmat Toshkentdan hali qurilmagan havodagi uyni sotib oladi. Huddi shu havodagi uyni boshqalar ham xarid qilishni boshlaydi. Sun'iy ravishda narxlar oshayotganini ko'rib barcha havodagi qurilmagan uyga investitsiya qiladi. Va qaysidir nuqtaga kelib narxlar eng pik nuqtasiga keladi va oxirgi xarid qilgan odam havodagi uyni sota olmaydi. Natijada pufak yoriladi. Nima uchun kripto qimorligini tushunmoqchi bo'lsangiz qarang: kripto sotayotgan barcha oxirgi xarid qiluvchining (kimligi noma'lum) pullari va oxirgi odamning xonavayron bo'lishi evaziga boyiydi. Ya'ni islom ulamolari oxirgi oluvchining pullari coin bilan birga kuyib ketishi aniq bo'lgani uchun joiz emas deyapti. Hozirgi coinlar bilan ham huddi shunday USAdagi housing financial bubble protsessi ketyapti. Kriptovalyuta pul sifatida produktlar o'rtasida vositachilik qilmayapti. Valyutaning asl mohiyati kripto aktivlarda yo'qoldi uje. Odamlar vositani maqsad qilib o‘ynayapti. Hozir tepadagi gaplarim sizga yoqmayapti. Qoloqlik, zamondan orqada qolish sifatida baholaysiz, Yevropada barcha ishonib o'ynayotganiga ishonasiz lekin 2008-2009 yillardagi inqiroz sodir bo'lishiga ham odamlarning 2003-yildan boshlab qurilmagan ko'chmas mulkka ishonib sun'iy narxlarga investitsiya qilgani sabab bo'lganini o'ylab ko'rishingiz kerak. Eng ishonchli kripto bitcoin ham 2011-yildan beri har xil o‘sishlar va tushishlarga uchragan (googleda statistikasi bor) Va ko'chmas mulklar bilan ham 1994-yildan boshlab 13 yil davomida shunday narxlar nostabilligi yuz bergan. Endi shar'iy hukmi masalasida fikrim: kriptovalyutani joiz degan katta ulamolarni eshitmadim, halol deb chiqqanlari mayda mullalar hozircha. Shar'iy hukmiga ergashish uchun islom dunyosining hozirgi eng katta olimlari ijmo asosida chiqaradigan fatvosini kutish kerak. Endi shubhalanayotgan bo'lsangiz, quyidagi hadisga ergashing: harom ochiq-oydin, halol ochiq-oydin, shubhali narsalardan uzoq yuringlar. P/s: dunyoviy ta'siri ham katta, odatda, 12-14 yilda bir dunyoda iqtisodiy krizislar bo‘ladi, navbatdagisi kripto bilan sodir bo'lmasligiga kafolat yo‘q. @legal_mind
Mostrar todo...
🔥 1
Repost from LEGAL MIND
01:11
Video unavailableShow in Telegram
Ko'pchilik Toshkentdagi probkalar va ommaviy tartibsizliklarda odamlarni ayblayapti. Tekin narsalarga har qanday millat yuguradi dunyoda. Qog'oz binoning 3-mavsumida Professorning rejasi bilan poytaxt Madrid ustidan grijablda 140 million yevrolik pul yomg'iri yog'diriladi. Yog'ayotgan pullarni yig'ishga tushib ketgan xalq harakati ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketadi va natijada butun armiya, xavfsizlik kuchlari qo'zg'aladigan sahna bor. Aslida xalqni oyoqqa turgazish va ommaviy tartibsizliklar orqali hukumatlarni ag'darish, siyosiy xaos yuzaga keltirish osonligi kinoda ochib berilgan. Shu bizni odamlar o'yinchoq uchun oyoqqa turarkan, xolos. Shuning uchun sizlarga doim ommaga ergashmaslikni va Qog'oz binoni ko'rishni aytib kelaman. @legal_mind
Mostrar todo...
hfit0o1stbcfuojguujj.mp415.80 MB
🤯 1
Repost from LEGAL MIND
Masalan, shu postni yozishim xato bo'lgan. Oxirgi konsertida Mirshakar ortiqcha ma'suliyat haqida gapirdi. Qaysi viloyatni oshi zo'r degan тема ortiqcha mas'uliyatga zo'r misol va o'xshatish bo'lgan. Masalan, man namanganlikman va Toshkentdagi tanishlarim namangancha shevani ustidan kuladi. Tortishmayman. Shevalar boshqalarga kulguli tuyuladi doim. Pashsha va chivin masalasida butun vodiy va voha tortishishini bilasiz. Masalan, Real Madrid yoki Barselona uchun, Andijon yoki Navbahor muhlisligi uchun tortishuvlar bo'ladi. Odamlar biri ikkinchisidan zo'rligini tortishib hal qilishga harakat qiladi. Masalan, bu kabi tendensiyalar mashinalarda: Malibu yoki K5; telefonlarda: samsung yoki iPhone; osh markazlarida: besh qozon yoki kamolon va hokazo mavzularda qiyoslash davom etaveradi va tugamaydi. Odamlar viloyatini himoya qiladi. Universiteti uchun kurashadi. Fakultetini zo'r deb hisoblab boshqalar bilan yoqa yirtib tortishadi va bularning hammasi ortiqcha mas'uliyatga например bo'ladi, xolos. Kecha yuridik qizlari haqida sarlavhali videoni va tagidagi izohni ataylab tashladim. Komment UFC maydoniga aylanib ketdi. Har kimni mantig'i va fikrlari har xil paytda aslida o'sha vaziyat va izoh tortishuvga arziydimi? Masalan, o'sha qiz bizda o'qisa ham yoki o'qimasa ham, umuman, sizga personal qanday ta'siri bor? Yoki dovdirlar va landovurlar joy tanlaydimi? Kimdir sizni ahmoq deb hisoblashi sizni aqlsiz qilib qo'yadimi? Masalan, o'sha videoda o'g'il bola bo'lganida va izohda yuridikdagi bollar haqida deb qo'yilsa, kimga qanday ahamiyati bo'lardi? Qachon ommaviy ura-uralarga ergashishni to'xtatasiz? Masalan, brendlarni, viloyatlarni, universitetlarni birini boshqasidan ustun deb hisoblash uchun kurashsangiz — bu sizni reputatsiyangizni oshirib qo'yadimi? Masalan, G'ishmatning A subyekt haqidagi salbiy fikrini haqorat deb hisoblash mantiqiy asosga egami? Haqorat yoki tuhmatning subyekti bo'la olmasligini qachon tushunasiz? Masalan, fuqaro Mirziyoyev gailarni kalamushlar, prokurorlarni o'g'rilar, mxx rahbarlarini sotqin va g'o'daygan itlar degan gaplari qanday qonuniy javobgarlik keltirib chiqardi? Tushunishimiz kerak akalar va opalar: falonchilar hammasi tupoy deyish yoki Susambilda faqat loxlar o'qiydi deyish hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqara olmaydi. Umuman olganda kecha kommentda tortishganlar ortiqcha mas'uliyat yukidan qutilish haqida o'ylab ko'ring... @legal_mind
Mostrar todo...
Repost from LEGAL MIND
#jamiyat NASA olimlarining so'nggi izlanishlariga ko'ra, hayoti green card o'ynash va give awaylarda ishtirok etishdan iborat bo'lgan o'zbekistonliklar turmush tarziga yana botlarda coin yig'ish ham qo'shildi. @legal_mind
Mostrar todo...
😁 1