cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

T.SODIQOV NOMLI 7-MIMI RASMIY KANALI

Ushbu kanal orqali siz, Andijon tumanidagi 7-Musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida olib borilayotgan ijodiy jarayonlardan xabardor bo'lasiz

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
372
Suscriptores
-324 horas
-37 días
+130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️Madaniyat vaziri bir qator madaniyat muassasalariga tashrif buyurdi ✅ Bugun, 9-iyul kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bir qator madaniyat muassasalariga tashrif buyurdi. ✅ Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, hududlardan tashrif buyurgan teatr mas'ullariga maxsus yuk avtotransport (Isuzu) vositalarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi. ✅ Ma'lumot o'rnida aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga asosan davlat teatrlari va “O'zbeksirk” davlat muassasasini bosqichma-bosqich avtobus hamda yuk transport vositalari bilan ta'minlash belgilangan. Shunga ko'ra, 2024-yilda 15 ta teatrga avtotransport vositalari taqdim etildi. ✅ Shundan so'ng, madaniyat vaziri O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutida o'tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni kuzatdi. ✅ Tashrif davomida Ozodbek Nazarbekov institut rektori, professor Avaz Mansurov hamrohligida ijodiy imtihon komissiyalari a'zolari, abituriyentlar, ularning ota-onalari bilan samimiy muloqot qilib, sinov jarayonlari va institutda ta'lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O'z navbatida, bugun milliy estrada san'atini rivojlantirishdagi dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr-mulohaza almashdi. ✅ Muloqot so'nggida imtihonlarni shaffof va adolatli o'tkazish madaniyat va san'at sohasi kelajagining eng muhim omillaridan biri ekanini alohida qayd etib, abituriyentlarga muvaffaqiyat tiladi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
👍 2
#Tashrif #Jarayon ⚡️ Bugun, 8-iyul kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahrida joylashgan bir qator madaniyat muassasalariga tashrif buyurdi. ✅Jumladan, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida bo'lib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni kuzatdi. Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatlashib, ular uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi. ✅Vazir ota-onalar bilan muloqot davomida imtihonlarni shaffof va adolatli o'tkazish, bu madaniyat va san'at sohasi kelajagi uchun muhim ekanligini ta'kidladi. ✅Shu bilan birga, vazir Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahridagi O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatri faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, so‘ngi yillarda teatrda olib borilayotgan ijodiy faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Teatr san’atida qo‘g‘irchoq teatrlarining o‘rni va ahamiyati naqadar ulan ekanligini ta’kidlab, soha rivoji yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriq va tavsiyalarni berdi. Teatr faolyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Manzilli dastur ishlab chiqish topshirig‘i berildi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Turg‘un Alimatov tanlov nizomi.
Mostrar todo...
#Sharq_taronalari_2024 #Samarqand ⚡️ "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Ishchi guruh tashkil etildi. ✅ Kuni-kecha, madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov hamda madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov, shuningdek tegishli mas'ullar Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Ishchi guruh a'zolariga Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov hamrohlik qildi. ✅ Ishchi guruh a'zolari festival tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Boqiy shahar” majmuasining sharoit hamda imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, operativ shtab tashkil etilishi ko'zda tutilayotgan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining situatsion markazi, Boqiy shahar hududidagi 2 ta maxsus binolar bilan tanishdilar. ✅ Shu bilan birga, festivalning ochilish va yopilish marosimlari, xalqaro tanlov tashkil etiladigan amfiteatr binosi, mahalliy va xorijiy ishtirokchilar uchun ajratilgan mehmonxonalar, OAV vakillari uchun matbuot markazi, festival doirasida o'tkaziladigan xalqaro konferensiya manzili ko'zdan kechirildi. ✅ Shuningdek, xorijlik taniqli san'atkorlar va o'zbek estradasi vakillari ishtirokida Samarqand viloyatining 16 ta shahar va tumanlarida konsert dasturlarini tashkil etish, Ishchi guruh tarkibiga kiruvchi turli vazirlik hamda idoralar vakillaridan tashkil topadigan kichik ishchi guruhlarni tuzish, Samarqand xalqaro aeroporti va vokzalida opetativ shtab faoliyatini yo'lga qo'yish, festivalning xorijiy ishtirokchilariga hamrohlik qiluvchi 100 nafardan ortiq volontyorlar tarkibini sarab olish hamda ularni o'qitish kabi masalalar muhokama qilinib, festival tashkil etiladigan hududda viloyatlardan tashrif buyuradigan ko'rgazma va hunarmandlar uchun yarmarka tashkil uchun sharoit yaratish tavsiya etildi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
321- buyruq. Turgʻun Alimatov tanlovi.pdf9.00 MB
01:13
Video unavailableShow in Telegram
🎤 Diqqat e'lon! 👨‍💼 O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, "Madaniyat va ma'rifat" telekanali hamda Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash markazi taqdim etadi!!! O'zbek milliy musiqa san'atining yetuk ijodkori, O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Turg'un Alimatov nomidagi respublika teletanloviga start berildi. Mazkur teletanlov O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Turg'un Alimatov ijodiy merosini yana keng targ'ib etish, navqiron avlod vakillariga yetkazish maqsadida tashkil etilmoqda. Teletanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. ✅ Teletanlov ikki bosqichda o'tkaziladi. – hududiy bosqichlari 12-13-iyul kunlari; – respublika bosqichlari 18-19-iyul kunlari o'tkaziladi. Teletanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vaziriligi, hududiy madaniyat boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin. ✅ Arizalar joriy yilning 11-iyul kuniga qadar qabul qilinadi. Teletanlov g'oliblari diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi, shuningdek, Respublikamizda o'tkaziladigan davlat tadbirlari va xorijda o'tkaziladigan O'zbekiston madaniyat kunlariga jalb etiladi. Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99891137-33-02 ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_7164.MOV14.48 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.