cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TYTM |official

Fakultet talabalari o'zlarini qiziqtirgan hamda qiynayotgan har qanday savollar bilan quyidagi bot orqali murojaat qilishlari mumkin @OnlaynjavobBot Murojaat yo'llaganda o'zingizni tanishtirishni unutmang!

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 533
Suscriptores
Sin datos24 horas
+57 días
+3730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

☝️ Eslatma 📚 “Yozgi maktab” - 3-kurs talabalari uchun!!! 📖 Qayta o‘qish quyidagi semestrlar kesimida amalga oshiriladi: 1) 1-, 3-, 5-semestrga va 2) 2-, 4-, 6-semestr 🟥🟥🟥 Qayta o'qishda ishtirok etish talablari: 1️⃣ Talaba asosiy kontrakt bo‘yicha 100% to‘lovni amalga oshirgan bo‘lishi kerak (qarzdorlik aniqlanmasligi kerak). 2️⃣ Shu kunga qadar tashkillashtirilgan qayta o‘zlashtirish maktablari bo‘yicha 100% to‘lovni amalga oshirgan bo‘lishi kerak (qarzdorlik aniqlanmasligi kerak). ⚡️Avval xabar berilganidek “Ariza” topshirishning muddati 06.07.2024 soat 16:00gacha va to‘lov qilishning oxirgi muddati 13.07.2024 soat 16:00gacha belgilangan edi. Ayrim talabalarning shart-sharoitlariga ko‘ra “Yozgi maktab” uchun “Ariza” topshirishning so‘nggi muddati 17.07.2024 soat 18:00gacha va to‘lov qilishning oxirgi muddati 19.07.2024 soat 17:00gacha belgilandi. Ariza bermaganlar va to‘lovni vaqtida amalga oshirmaganlar “Yozgi maktab”ga qo‘yilmaydi!!! 🕰 3-kurs talabalari uchun 20.07.2024 Ishlab chiqarish amaliyoti tugaydi. 26.07.2024gacha barcha talabalar ishlab chiqarish amaliyoti hisobotini topshirishlari shart. Keyin “HEMIS” tizimi yopiladi. 🕰 Dushanbadan (22.07.2024dan) 3-kurslar uchun “Yozgi maktab” boshlanadi. “Yozgi maktab” ishtirokchilari tolov qilgan bo‘lishlari shart (22.07.2024gacha barcha 3-kurs talabalari “Yozgi maktab” uchun shartnomalar va to‘lov kvitantsiyalarining nushasini (kopiyasini) dekanatga (241-a xona) topshirishlari kerak).
Mostrar todo...
👍 3
Repost from I.C.D. of TSTU
Photo unavailableShow in Telegram
Torayg'irov universitetiga akademik mobillik dasturi asosida 1 semester bepul o'qib kelish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! ✨"Torayg'irov universiteti" Qozogʻistondagi yetakchi universitet boʻlib, QS World University Rankings reytingiga koʻra dunyoning eng yaxshi 300 ta universitetlari qatoriga kiradi. Akademik mobillik dasturi imkoniyatlari: - Bir semestr bepul o'qish; - Tanlagan sohangiz bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; - Yangi madaniyat va odamlar bilan tanishish; - Bepul turar joy Dastur talablari: - GPA kamida 3.0 (uch baho bo'lmasligi shart!) - Rus yoki Qozoq tili bilimi - Qizil pasport - Fotosurat (3,5x4,5) - Tibbiy guvohnoma (Med Spravka) Mavjud yo'nalishlar ro'yxati 👈🏻 (O'qiyotgan yo'nalishingiz tanlagan yo'nalishingizga mos bo'lsin) Qabul Muddati: 17-iyul soat 12:00ga qadar 👉Ro'yhatdan o'tish👈 Qo'shimcha savollar uchun +998944160201 (Xayrullo Masharipov) Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari: Telegram | Web-sayt | Instagram
Mostrar todo...
👍 1
02:41
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent davlat transport universiteti talabalari diqqatiga! “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijda o‘qish uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi. Dunyoning nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun 500 ta STIPENDIYA! Yoʻnalishlar: Energiya, Qishloq va suv xoʻjaligi, Transport, Arxitektura va qurilish, STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) va boshqa ustuvor mutaxassisliklar. Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
➖ To‘liq o‘quv to‘lovi ➖ Viza xarajatlari ➖ Transport xarajatlari (qaytish) ➖ Turar joy, oziq-ovqat, tibbiy sug‘urta ➖ O‘quv materiallari ➖ Ilmiy nashrlar ➖ Va ta‘lim bilan bog'liq boshqa xarajatlar
➡️ Batafsil maʼlumot ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish Muddat: 25-iyul 2024-yil Qo‘shimcha savollar uchun: +998944160201 (Xayrullo Masharipov) Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News | Qabul 2024
Mostrar todo...
21.95 MB
👍 1
📌Shuningdek "Ta'lim shakli"ni o'zgartirish (masalan: kunduzgidan sirtqiga) uchun ham Transfer.edu.uz Sayti orqali arizalar qabul qilinadi.
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#o‘qishni_ko‘chirish #o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi. Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi. Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆 👉 PDF shaklida yuklab olish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
Repost from Xushnudbek.uz
Perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi: 🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham); 🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan; 🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan. transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi. “Perevod” haqida batafsil tushuntirish bu yerda: https://t.me/xushnudbek/24264 2024-yilgi o’tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/24554 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
02:53
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Magistratura uchun qabul davom etmoqda 2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi. 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 👉 Sertifikatlar ro‘yxati Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News | Qabul 2024
Mostrar todo...
magistr-edu-uz-tizimida-onlayn-ariza-topshirish.mp46.21 MB
👍 1
#dars_jadvali #2_kurs #yozgi_maktab ✅Ikinchi bosqich talabalari uchun "Yozgi maktab" uchinchi haftasining "Dars jadvali". ❗️Belgilangan fanlarga mos ravishda kafedralarga uchrashib auditoriyalarni aniqlab olish lozim
Mostrar todo...
2-kurs talabalarining tolov xolati shu kungacha dekanatga berilgan tolov kvitansiyalari va shartnomalar bo'yicha belgilangan. Agar sizda qolib ketgan bo'lsa dekanatga kelib belgilating. Ertaga yozgi maktabning birinchi xaftasi tugaydi.
Mostrar todo...
2-kurs talabalari tolov xolat.pdf5.02 KB
👍 1
#harbiy_kafedra #natijalar 🔊2024-2025 o'quv yili uchun harbiy tayyorgarlik o'uv markaziga hujjat topshirgan talabalarning saralash tanlovi natijalari e'lon qilindi. 📌Tanishib chiqishingiz mumkin. Ro'yxatda faqat qabul qilingan talabalar nomlari keltirilgan
Mostrar todo...
👍 7
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.