cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

The Stranger

Kitoblar, fikrlar, tuyg'ular haqida

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
8 311
Suscriptores
-724 horas
Sin datos7 días
+19130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

​​Pul-boylik bilan ishim yoʻq! Har yili sizga bir juft yangi kovush tikib bersam, shuning oʻzi men uchun katta baxt! Yuy Xua – "Yashamoq" Yapon, koreys, xitoy adabiyoti oʻzga bir olam. Koʻpincha oʻta oddiy odamlar hayoti orqali hayotning eng teran masalalari ochib beriladi. Bunday asarlardan ming yillik donishmandlik ufurib turadi. Mutolaa ham yengil, ham ogʻir kechadi. "Yashamoq"da bir inson taqdiri misolida Xitoydagi katta bir davr ochib beriladi. Hukmdorlar, gʻoyalar, shiorlar oʻzgaradi, urushlar, gʻalaba va magʻlubiyatlar boʻladi. Mana shu talotumlar ichida inson sevishda, xato qilishda, quvonishda, qaygʻurishda, bir soʻz bilan aytganda yashashda davom etadi. "Yashamoq" kishida chalkash hislarni uygʻotadi. Qahramonning yoʻqotishlarini oʻqib boʻgʻzingizga yigʻi tiqiladi. Asardan hamma har xil xulosa chiqarishi mumkin. Men oilaning ahamiyatiga diqqat qaratdim. Bosh qahramon eng qiyin sharoitlarda ham yashab qoladi. Umr boʻyi kun koʻrmaydi desa ham boʻladi. Adolatsizliklarga boy hayotda faqat oilasigina unga quvonch beradi. Xotini, farzandlari uyda kutib tursa, har qanday sharoitda ham uning yonida boʻlishsa kishiga yana nima kerak? Men yoshlik davrlarimni va hozirni koʻp solishtiraman. Oʻshanda odamlar hozirgidan koʻra kam pul topishardi, uylari koʻrimsizroq edi, mashinalari yoʻq edi, lekin baraka bor edi, oilada mehr-oqibat boshqacha boʻlardi, qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni koʻp bordi-keldi qilishardi, xat-xabarsiz koʻp-koʻplashib mehmon kelsa ham hech kimga ogʻirligi tushmasdi, aksincha, xursand boʻlishardi. Soxta obroʻ uchun dasturxon tuzalmasdi, uyda oʻzlari nima yeb turishsa mehmonga ham shu manzirat qilinardi. Bolalar ota-onalari bilan koʻp vaqt oʻtkazishardi. Er-xotin bir-birlariga oqibatli, andishali munosabatda boʻlishardi. Karyera, boylik ortidan quvishmasdi. Oilada otaning haybati boʻlardi doim. Bolalar ham, xotin ham otani hurmat qilishardi. Uyning kattalari hamma masalani hal qilardi. Qariyalar ardoqlanardi. Men yaqin-yaqingacha shu kabi an'anaviy oila va qadriyatlarga koʻpam jiddiy qaramasdim. Hatto andak qoralagan oʻrinlarim ham bor. Biroq ulgʻayganim, hayotni kuzatganim sayin tushundimki, mutlaq erkinlik yoʻq va erkinlik bu baxt degani emas. Inson ijtimoiy jonzot. U qadriyatlar asosida yashasagina insonlik qiyofasini saqlab qoladi. "Yashamoq"da ham ayni shu narsani koʻrasiz. Zamon va makondan qat'i nazar oila bu hamma narsa. Qadriyatlar esa eskilik sarqiti emas, asrlar davomida sayqallangan baxtli hayot formulasi. Yuy Xua menga mutolaa zavqini qaytardi. Bir necha kunga shu kitob bilan yashadim. Menga gʻoyalarni emas, hislarni bera olgan kitoblarni yaxshi koʻraman. "Yashamoq" hissiyotlarga boy kitob. @salimov_blogi
Mostrar todo...

​​Jek London va Dostoyevskiyning umumiy jihatlarini topdim shu desangiz. Misol uchun, ikkovi ham pul uchun yozardi. Har doim shoshilinch ijod qilishardi, tezroq tugatib, tezroq nashriyotga oʻtkazib, tezroq pulini olishmasa qiynalib qolishardi. Yana bir umumiylik, juda koʻp yozishardi. Bu ikkala adib isteʼdod va mehnatni jamlashgandi oʻzlarida. Ularning ijodi ilhom va mehnat uygʻunligidan iborat edi. Men tez tarjima qilishimdan uyalardim. Chunki umumqabul qarashga koʻra ijod sekin boʻladi, soni kam boʻladi. Biroq Florida universitetidagi bir tadqiqot aksini koʻrsatadi. Talabalar ikki guruhga boʻlinadi, bir guruhga imkon boricha koʻp suratga olish buyurilsa, ikkinchi guruhga uzoq tayyorgarlikdan soʻng faqat bitta oʻta sifatli suratga olish buyuriladi. Songa emas, sifatga eʼtibor qaratgan guruh yutishi kutilgandi, ammo aksi boʻladi. Mahorat tajriba bilan birga keladi. Bir ishni koʻp bor qilib koʻrgan sari kishi mohirlashib boraveradi. Toʻgʻri, uning oʻxshamagan ishlari ham koʻp boʻladi. Jek London va Dostoyevskiyning ham oʻqishga arzimaydigan kitoblari bor. Biroq ayni shu tinimsiz va davomiy mehnat natijasida dunyo adabiyotidagi eng sara asarlarni yozishga muvaffaq boʻlishgan. Mehnatsiz isteʼdod hech narsaga yaramaydi. U chala boʻlib qoladi. Ilhom esa yarim tunda keladigan pari emas, uni tizimlilik orqali jarayonda tuta bilmoq kerak. Pul uchun yozilgani asarning qiymatini tushirmaydi. Chinakam adib shu sharoitda ham har bir soʻzga yurak qoʻrini bagʻishlaydi. Qolaversa, shunday qarash bor, ijodkor qachonki tirikchiligini ijoddan qilsa professional hisoblanadi, asosan boshqa ishlarni qilib, boʻsh vaqtida yoki koʻngil buyurganida ijod qilsa havaskorlikdan nariga oʻtolmaydi. Lekin... Shu lekini borda. Ijod oson narsa emas. U odamni ezib tashlaydi. Har bir tarjimadan keyin suvi siqilgan limonga oʻxshab qolaman. Bir muddat hech nimaga, hatto yashashga ham majol va xohish qolmaydi. Bir ijodkorning peshonasiga umri davomida 10 ta kitob yozish bitilgan boʻlsa va bunga 70 yil muddat berilgan boʻlsa, Jek London kabilar 10 ta kitobni 2 yilda yozib qoʻyadi. Bu xuddi umrni tigʻiz vaqtda yashab tashlashga oʻxshaydi. Bunday ijodkor jismonan hali yosh boʻlsa-da ruhan qarib ketgan boʻladi. Shunisidan qoʻrqaman baʼzan. Umrning eng qirchillama davrida hech nimaga xohish qolmasa oldinda faqat bitta yoʻl kutayotgan boʻladi... @salimov_blogi
Mostrar todo...

01:53
Video unavailableShow in Telegram
30.04 MB
Yodingizda boʻlsa fevral oyida turk tilidan kurs ochgandik. Tashkiliy ishlarni men qildim, darslarni xotinim oʻtdi. Kurs uch oy davom etdi. Oʻquvchilar noldan tayyorlandi. May oyida imtihonlar boʻlib oʻtdi. Kecha javoblar chiqdi. Oʻquvchilarimizdan yetti kishi B2 darajasini oldi. Va imtihonga kirgan oʻquvchilarning soni ham aynan yettita edi. Ya'ni hech kim yiqilmadi. Barcha oʻziga kerakli ballni toʻplay oldi. Kurs boshlanayotganda xotinimning B2 darajasi bor edi, maydagi imtihonga C1 ga kirib, yangi sertifikatni qoʻlga kiritdi. Bularni maqtanish emas, natijalarni koʻrsatish uchun sanab oʻtdim. Chunki bugungi kunda turk tilidan kurs ochayotganlar, biroq natijaga chiqara olmaydiganlar koʻp. Shuning bilan birga, kurs e'lonini bergandan soʻng shuncha inson ishonch bildirdimi, endi ularning ishonchini oqlash zimmamizda edi. Kecha va bugun yelkamizdan togʻ agʻdarilganday boʻldi. Yangi guruh ochiladimi deb koʻpchilik soʻradi. Ikkilanib turibmiz. Iyuldan yangi darslar boshlanishi mumkin. Biroq bu safar qabuldan oldin talabgor bilan suhbat qilib koʻramiz. Oʻquvchining qoʻygan maqsadi, qatʼiyati, oxirigacha bora olishi, darslarga masʼuliyati kabi koʻp narsalar hisobga olinadi. Shartlar qat'iylashadi va oʻtgan safargidan kamida uch barobar kam oʻqiuvchi olamiz. @salimov_blogi
Mostrar todo...
Xayolim - Gulsanam Mamazoitova.m4a4.77 MB
Photo unavailableShow in Telegram
“Kechga... ishdan kelay, maylimi..?” Eshikni yopasan – ketasan. “Charchadim.  Ishim koʻp, vaqtim yoʻq... Tong otsin, maylimi..?” Yotasan... Qoʻlingda – bozorlik. Yoʻl tirband, Qor bosib kelasan, etik hoʻl... Telefon asabiy jiringlar, “Yoʻldaman. Borayin... uyda boʻl...” ...Chigirtka chirillar shom chogʻi, Yoz qachon keldiykin – oʻylaysan... Bir marta, bir marta boʻlsa ham, Sen mening holimni soʻrmaysan... Sen mening koʻnglimni bilmaysan... Shodmonqul SALOM
Mostrar todo...
00:22
Video unavailableShow in Telegram
Orzuni koʻnglimga tutding betinim, Armonni tamoman hangu-mang etding. Sensiz bu shaharda bir gʻarib edim, Menga bu shaharni sen vatan etding. @salimov_blogi
Mostrar todo...
6.61 MB
​​Men tarjimonlikni bozor adabiyoti va hatto bozor nashriyotlari bilan boshlaganman. Chunki nolda edim, yaxshi nashriyotlarga asar taklif qilishga darajam va haddim yetmasdi. Dastlab yoʻl-yoʻrigʻini oʻrganib, keyin ishni boshlamadim, barini jarayonda oʻrgandim. Oʻrganyapman . Koʻp ishladim. Oʻrni kelganda kuniga 16 soatlab tarjima qildim va bu bir necha oylab davom etdi. Sekin-asta tarjimalarim oʻnglana boshladi. Yaxshi asarlarni tanladim. Moʻmay pul taklif qilinsa ham bundayroq asarlarga yoʻq dedim. Har xil nashriyotlar bilan ishlab koʻrdim. Tarjimon sifatida tanildim. Biroq tarjima qilgan asarimni @ZabarjadMedia qabul qilganidan soʻnggina nihoyat oʻzimni tarjimon sifatida tan oldim. Zabarjad Media men uchun juda yuqori marra edi, bu nashriyotdan kitobim chiqishi oʻzimga boʻlgan ishonchni ancha oshirgandi. Koʻp nashriyot bilan ishladim. Deyarli doim biror muammo boʻlib turardi, yo dizayn masalasida koʻnglim toʻlmasdi, yo tahrir. Toʻlovlarni vaqtida qilish-ku alohida masala. Zabarjadda esa hammasi yaxshi. Ana shu bois eng koʻp tarjimalarimni shu nashriyotga qoʻltiqlab boraverdim. Yosh tarjimonlarning koʻpi shu nashriyot atrofida yigʻildi. Misol uchun, @usmonosphere. Ajoyib tarjimon, faqat dangasaroq. Shunday qobiliyatini boshqa ishlarga sarflab yuradi. Yoki @bobil_kutubxonasi ni olaylik. Mirzohid Muzaffar shakllangan, yosh boʻlishiga qaramay tajribali tarjimon. Biroq men uni aynan Zabarjad Media kashf qildi deb oʻylayman. Bu nashriyot bilan u yayrab ishladi va ishlayapti. Ijodkorga yaxshi noshir kerak. Uni qoʻllab-quvvatlaydigan, ragʻbatlantiradigan, oʻrni kelganda yaxshiroq va tezroq ishlashga majburlaydigan (chunki koʻpimiz hardamxayolroqmiz) kishi kerak. Zabarjad Media bilan hamkorlikda koʻp yangiliklarimiz bor. Doimgiday, sizlarga eng yaxshilarini ilinamiz. @salimov_blogi
Mostrar todo...

Repost from Zabarjad Mediа
Photo unavailableShow in Telegram
#tarjimon Ilhom Salimov 1995-yil 5-noyabrda Buxoro viloyatida tugʻilgan. OʻzMUning falsafa fakultetini tamomlagan. Doktorant. Sara Joning “Londondan muhabbat ila” romani tarjimasi Ilhom Salimov hamda “Zabarjad Media” nashriyoti hamkorligini boshlab berdi. “Terabitiya koʻprigi” (Ketrin Paterson) “Chap oyogʻim” (Kristi Braun) “Soʻqirlik” (Joze Saramago) Ilhom Salimovning mazkur tarjima asarlari ham bosmaxona eshiklaridan hatlay-hatlay deb turibdi. Ha, aytgancha “ZabarjadMedia”ning navbatdagi katta yangiligi ham Ilhom Salimov tarjimasida e’lon qilinadi. Qaysi asarligi esa hozircha sir. @zabarjadmedia - eng yaxshisini ilinamiz!
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Demak, @salimov_blogi sizlarga quyidagi kanallarni tavsiya qiladi: Professional tarjima va tahrirni kuzatib borish uchun – @shoshmasangchi Dunyoga koʻngil nigohi ila boqish uchun – @biroz_adabiyot Erkin va yayrab yozilgan, energiyaga boy postlar– @gullayotganyurak Eng yaxshi kitoblar haqida samimiy satrlar – @boqiy_darbadarr Kichkina shahzoda kabi samimiy kanal – @hasanboyeva_blogi
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.