cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Mutolaa ☕📚

Balki biror kun kanalni yuritishni davom etarman, albatta o'z maqsadlarimga erishgach... Yaxshi yangiliklar bilan qaytaman..) https://t.me/+760lJSDoL21lNTgy

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
187
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Bu Mutolaa ☕ 📚 dagi so'nggi post bo'lishini istadim... 2022.02.06 aynan shu kuni menda kanal ochib o'qigan kitoblarim haqida o'zim uchun yozib yurish fikri tug'ildi. Ochdim ham o'qigan kitoblarimdan yozib yurdim ham. Avvalo bu kontentni o'zim va kitoblarim uchun ochgan edim. Keyin odamlar ham qo'shila boshlashdi. O'zim foydali deb bilganlarni ular bilan ham ulashish uchun harakat qila boshladim endi. Ya'ni endi faqat o'zim uchun emas omma uchun ham foyda bo'lishini o'yladim. Kanal abituriеntlik paytim ochilgan edi. Shuning uchun bu meni abituriеntlikdan esdaligim desam ham bo'ladi.Kichik muvaffaqiyatlarimni ham shu yerda nishollardim. Hozir Xudoga shukur talaba ham bo'ldim. Ko'proq kitob o'qishga vaqt biroz bo'lsada ortdi, xavotirlar kamaydi. Lekin endi mening yozgim kelmay qoldi(aniqrog'i bu yerga) "Endi men she'r yozsam anov yal-yal yonib turgan o'tga yozaman" - degan edi Omon Matjon. Endi men ham o'qigan kitoblarim, quvonch, muvaffaqiyat, omadsizlik, xullas hammasini kundalikka yozaman. O'zi avvaldan kundalik yozar edim. Endi unga ko'proq yozmoqchiman. Kanalni avval ham ko'p bor yopishga qaror qilganman.Vaqtimni olyapti degan tashvishi bo'lar edi abituriеntlikda. Lekin hech ko'nglim bo'lmas edi. Bugun ekan nasibdaa. Kanalni o'chirmayman. Hammasi turadi. Kerak paytda biror e-kitob yoki boshqa narsa kerak bo'lsa bemalol olishingiz mumkin, foydam tegsa xursand bo'lar edim.Shu paytgacha bu kanalda o'tkazgan vaqtingizga rozi bo'ling. Foydali nimadir ulasha olgan bo'lsam mamnunman. Kanal men uchun juda qadrli. Bu tafayli juda ko'p kitobxon do'stlar topdim. Yaxshi xotiralarim bor... Eng yaqin, doim kitob ulashuvchi, yaxshi insonim ham bor bu yerda) Endi o'z ustimda ko'proq ishlashim, o'qishim kerak.Bunga esa alohida vaqt, kuch, energiya ketadi. Shuning uchun kanalga endi vaqt ajrata olmasam kerak. Sizlarning ham qimmatli vaqtingizni olmaslik uchun yaxshisi yopa qoldim. Kitob o'qishdan to'xtamang Chunki kitob ichimizdagi muzlagan dengizga bolta Barchangizdan cheksiz minnatdorman. Yaxshiyam borsiz,yaxshilar! Bolalarcha samimiyat va ulkan hurmat ila, Fotima Hasanboyeva yozdim 2022.09.18
Mostrar todo...
Bizda #She'rsirash_time)
Mostrar todo...
🎙Oychehrajon
Mostrar todo...
2.09 MB
Qanotga aylandi yurak, yorijon! Juda zo'r o'qibdilar Opam. Yaxshiyam she'riyatimizda Usmon Azim bor. Va men tarmoqlarda topgan Opam borki, she'rga oshiqman❤️
Mostrar todo...
Usmon Azim. O‘qidi Mohichehra.(Oychehrajon)
Mostrar todo...
3.66 MB
Repost from N/a
Alloh sizning charchaganingizni biladi. Alloh sizga nima qiyinligini biladi. Alloh biladi siz oxirgi tomchi quvvatingizni ishlatmoqchisiz. Lekin shuni ham bilib qo'yingki, Alloh sizni hech qachon qo'lingizdan kelmasligingizni bila turib, sizni vaziyatga qo'ymaydi. Sizning boshingizga tushgan barcha qiyinchiliklar, yo'lingizda sodir bo'lgan barcha qiyinchiliklar va yo'qotishlar - bularning barchasi siz uchun yaxshi. Ehtimol, siz buni darhol tushunolmassiz va sizning hayotingiz tubsizlikka tushib ketayotgandek tuyulayotgan bo'lishi mumkin, o'zingizni undan hech qachon chiqolmaydigandek his qilishingiz mumkin. Lekin Alloh taolo hech qachon hech narsani bekorga qilmaydi. U bandasiga hech qachon ozor bermas, chunki U rahmli va mag'firatlidir. U sizni ota-onangizdan ko'ra ko'proq sevadi. Buni yodingizdan chiqarmang. Har doim sizning qismatingizga tushadigan barcha 'baxtsizliklarni qabul qiling, asli baxtsizlik ham emas, chunki Alloh tarafidan kelgan qiyinchilik zulm deyilmaydi, baxtsizlik deyilmaydi. Alloh sizni tanladi, Alloh sizni sinashiga loyiqsiz, sinovsiz siz nimadirga ega bo'lmaysiz. Bas chiroyli sabr qiling.
Mostrar todo...
#sevimli
Mostrar todo...
Ed Sheeran - Perfect (Lyrics) [kPhpHvnnn0Q].m4a4.07 MB
Photo unavailableShow in Telegram
"Dunyoni boshiga ursinmi inson, boy berib qo'ysa gar butun qalbini?!" Oskar Uayld "Dorian Greyning portreri" @mutolaam_kitob
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
​Tashqarida yomg'ir yog'ar, Ko'z yoshdan ham og'ir yog'ar. Bu yuraksiz dunyo uzra Yurak yog'ar, bag'ir yog'ar. Ayriliqqa ko'nim yo'qdir, Nahot, ishqqa o'lim yo'qdir. Ko'z yoshingni artmoqlikka Qo'lim yo'qdir, Ko'nglim yo'qdir... Usmon Azim @mutolaam_kitob
Mostrar todo...
Zo'r she'r ekan eshitinglar, xalq
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.