cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Elyorbek_Alimov_official

Ushbu kanalda TTA Urganch filiali Pediatriya fakultetida kechayotgan yangiliklar, talabalarning erishgan yutuqlari hamda filialda o'tkazilayotgan turli yo'nalishdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar borasidagi axborotlardan xabardor bo'lib borasiz.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
771
Suscriptores
+224 horas
+17 días
-2730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

📌 Ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish har yili 10-iyuldan boshlanadi. Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi. Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin. ✅@Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
👍 2
‼️Bitiruvchi kurs talabalari uchun ajoyib imkoniyat!💯 Siz yaxshi daromadli ish qidirayapsizmi?👩‍⚕️👨‍⚕️ Unda ushbu e’lonimiz aynan siz uchun❗️ 🏢Urganch shahridagi Xalqaro innovasion maktab tibbiyot oliy ta’lim muassasa diplomiga ega shifokorni ishga qabul qilamiz! ⏰Ish vaqti: 9:00 dan 16:00 gacha ⏳Davomiyligi: Dushanbadan jumagacha 💸Oyligi: taxminan 6 - 7 mln atrofida 📝O‘zingiz haqidagi ma’lumot (ob’yektivka)larni 📱(99) 279-88-86 faqat telegram orqali yuborishingiz mumkin.❗️ Yaqinlaringizga ulashing👇 💠@Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Qizil yo‘lak bilan kutib olishadi deb o‘ylaganman, lekin menga ish yo‘qligini aytishgan” – Oliy ta’lim vaziri Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yoshlar bilan uchrashuvda maktab vaqtlarini esladi. Uning aytishicha, vazir paxta terishga ko‘p chiqqan, butun o‘quv yilida atigi 2 oy darsda bo‘lgan. “Chizmachilikdan 3 olganman, olim bo‘lishni orzu ham qilolmasdim”, – deydi u. 👉 Batafsil
Mostrar todo...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyingi yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: https://t.me/xushnudbek/20721 @elyorbek_alimov_official
Mostrar todo...
IMG_5858.MP44.19 MB
Magistratura uchun onlayn qabulning boshlanish sanasi e’lon qilindi. Joriy yilgi qabulda nimalar o‘zgargan? 1 iyuldan 30 iyulga qadar (shu kuni ham) respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Hujjatlarni topshirish magistr.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. ❗️ Eslatib o‘tamiz, yaqinda magistratura va doktoranturaga kirish uchun tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlan edi. Shuningdek, Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi: Ingliz tili bo‘yicha – Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tili – Test de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha – Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) va Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha – Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha – Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha – The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL) Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. ❗️Eslatma! Respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturaning kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilmagan. @Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
📌 Sizni qiziqtirgan muhim savollarga javoblar: Savol: OTMlarga hujjat topshirish qachon tugaydi? Javob: 25-iyun soat 23:59da! Savol: Maktabni avvalgi yillarda tamomlaganlar qancha to'lov qilishi kerak? Javob: 170 000 so'm! Savol: Qachongacha to'lov qilish kerak? Javob: 25-iyun soat 23:59gacha! Savol: Bakalavrga kirish imtihonlari qachondan boshlanadi? Javob: 14-iyul boshlanib, 28-iyul tugaydi! Savol: Magistraturaga hujjat topshirish qachondan boshlanadi? Javob: 1-iyul boshlanib 30-iyul tugaydi! Savol: Perevod uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi? Javob: Xorijdan perevod ham ichki perevod ham o'qishni tiklash uchun ham ariza qabuli 15-iyul boshlanib, 5-avgust tugaydi! Savol: iyul-avgust oylari ham ijara to'lovi beriladimi? iyul-avgust oylari ham yotoqxona ochiq bo'ladimi? Javob: Yo'q, yotoqxonalar yopiladi, ijara to'lovlari faqat o'qish davrida to'lanadi, ta'til davrida ijara to'lovi to'lanmaydi. P/S: Yana shu kabi muhim masalalarda savollaringiz bo'lsa izohlarda qoldirishingiz mumkin! ✅@Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
01:09
Video unavailableShow in Telegram
📌 Yoshlar ijod saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning 200dan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o'tdi. Unda vazir dastlab kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishning yoshlar uchun ahamiyati, sohadagi eng so‘nggi islohotlar mazmuni, yoshlarga berilayotga imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. ✅@Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
22.66 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘lishi mumkin @Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
2🔥 1🥰 1
📌 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/YQQUZB_KANAL/13611 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/YQQUZB_KANAL/13716 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/YQQUZB_KANAL/13611 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/YQQUZB_KANAL/13716 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). ✅@Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
🧠O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qildi. Prezident bu haqdagi Qonunni (O‘RQ-932-son, 19.06.2024-y.) imzoladi. ✅@Elyorbek_Alimov_official
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.