cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

OʻYNAB OʻRGANAMIZ

Bolani bezdirmasdan, Oʻynab oʻrgatamiz! Erta taʼlim blogi! Klubimiz: https://t.me/Muallima_onalar_klubi Reklama: https://t.me/oynab_rek Murojaat uchun: @oynaborganamiz_adminBot YouTube https://youtube.com/@oynab_organamiz?si=VzLqyssn3T3ZO-JC

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
11 956
Suscriptores
Sin datos24 horas
+797 días
+71130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

record.ogg18.24 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#bolalik_kunlarimda #podkast "BOLALIK KUNLARIMDA..." dasturining navbatdagi mehmoni Sarvinoz Shavkatjon qizi (JiSA) Mehmonimiz haqida qisqacha: ✔️2017-yil Fargʻona davlat universiteti filologiya fakultetiga davlat granti asosida qabul qilingan ✔️Chet eldaligi sabab oʻqishni 5yilda tamomlagan(2022) pedagog ✔️2yil bolalar bilan ishlagan(repetitor) ✔️2 nafar farzandlarining onasi. ✔️Koʻplab onalarni qamrab olgan "Mening oyim", "Dangasa ona" online kurslarining muallifi. ✔️Dangasa ona kanali asoschisi. Mavzu: Bolalarda oʻziga ishonch tuygʻusi Vaqti: Juma, 7-iyun, soat 21:00 da Manzil: Oʻynab oʻrganamiz kanali 📮Bu xabarni koʻproq tanishlaringizga yuboring. Zero suhbatlarimiz ayol-qizlarimiz uchun manfaatli boʻlmoqda. Kanalga ulanish uchun 👇👇👇 ©@oynab_organamiz
Mostrar todo...
👍 9
Onalarga eslatma! 🌿 1. Bolaga o'zingiz o'rnak bo'ling. Bola uchun ideal inson bo'ling.Bola bilan ochiq munosabatda bo'ling. Nima savol bersa erinmasdan javob berishga harakat qiling. Bolani savollariga javob bera olish uchun ayol kishi hamma sohani bilishi kerak, yani bu xoh diniy xoh dunyoviy bo'lsin. Bolani savollariga, qiziqishlariga toʼgʼri eʼtibor qaratishingiz, erinmasdan javob berishingiz bola bilan munosabatingizni yaxshilaydi. 🌿 2. Bolaga ilm berish deganda bolani faqat o'tkizib olib ilm berish nazarda tutilmaydi. Odob o'rgatish, muomila madaniyatini o'rgatishdan ilm berish boshlanadi. Ma'lum bir yoshda ilm berishni boshlash degan tushuncha bu notoʼgʼri chunki, hamma bolalarni tili har xil yoshda chiqadi, qobiliyati har xil bòladi. 🌿 3. Bilim bu maʼlumot xolos, unga amal qilish bilan haqiqiy ilmga aylanadi. Bolani faqat bilim bilan to'ldirmang. Odobdan boshlang. Ma'naviyatini to'ldiring. 🌿 4. Bir narsaga erishish harakat, intizom talab qiladi. Izlaning. 🌿 5. Zehnni kuchaytirish uchun: gunohni tark et. Vaqti keladi, zehn o'zi ochilib ketadi. Asal, xurmo, sut-- zehnni kuchaytiradi. 🌿 6. Dinda ta'qiqlangan amallarni bola qilmasligi uchun bolaga avvalo o'zingiz o'rnak bo'ling. Shu amallarni o'zingiz qilmang va qilmasligini sababini bola anglagunicha tushuntiring. Eng avvalo, amal bilan ko'rsating.O'ziz talab qilayotgan narsani avval o'zingiz qilib qo'ying, shunda bolani sizga hurmati oshadi. 🌿 7. Mashaqqat chekyapsizmi demak to'g'ri yo'ldasiz. Qiyinchiliksiz erishilgan narsani qadri bo'lmaydi. 🌿 8. Tavfiq Allohdan. Tinmay farzandingiz haqqida duo qiling. 🌿 9. Onani onaligi bolani qobiliyatini to'g'ri aniqlab, uni to'g'ri yo'lga yo'naltira olishidir va shu bilan jamiyatga foyda keltirishidir. Onalik deganda faqat Qur'on yodlatish kabilar nazarda tutilmaydi, Ona bolaga Alloh taolo bergan qobilyatini aniqlab, to'ĝri yònaltira olishi kerak. 🌿 10. Bolaga sof islomiy tarbiya berish uchun Onaning o'zi avval shuni bilishi darkor. Uning uchun turmush qurishdan oldin shularni o'rganish harakati boshlanishi kerak. 🌿 11. Bolaga namuna bo'la oling. Hech nimani majburlab qildirmang, uning fikrini so'rang. Nima uchun xoxlamayatganini so'rang. Majburlab bir nima qildirish oson, lekin vaqt o'tib bola o'zini asliyatini ko'rsatishni boshlaydi. U bilan samimiy bo'ling, do'st bo'ling. 🌿 12. Inson xatodan holi emas. Muhimi shu xatoni takrorlamaslikdir. Shuning uchun bolaga o'zingizni ideal qilib ko'rsatmang, xato qilsangiz, bolani ko'z o'ngida xatoni tan olishni biling. 🌿 13. Ona boshqa narsalar bilan band bo'lishi bilan bolani yo'qotib qo'yishi mumkin. Ya'ni bolani birinchi o'ringa qo'ying. Farzandli bo'lgandan keyin prioritetingiz albatta o'zgaradi ya'ni farzand tarbiyasi avvalgi o'rinlarda bo'lishi lozim. 🌿 14. Bola 3 yoshgacha onadan umuman ajralmasligi kerak. 🌿 15. Ma'lumot ko'paytirishga emas, bilganlaringizga amalni birinchi o'ringa qo'ying. O'zingizni tahlil qilishni o'rganing. Har sohadan ma'lum miqdorda malumot olganingizdan keyin maʼlum bir sohani tanlab, shu sohani chuqur o'rganing. ©Arofatxon Nasriddinova Kanalga ulanish uchun 👇👇👇 ©@oynab_organamiz
Mostrar todo...
👍 27 5
00:44
Video unavailableShow in Telegram
#oynab_organamiz #birga_yasaymiz Chiroyli varrak applikatsiyasini yasaymiz. Bolalar bilan birga unumli vaqt oʻtkazing. Mazza qilib qoʻl ishlari bilan shugʻullaning🤗 Kanalga ulanish uchun 👇👇👇 ©@oynab_organamiz
Mostrar todo...
1408397713_334198496_2513695378817278_7906220391377037951_n.mp48.54 MB
👍 14🥰 5
Repost from OʻYNAB OʻRGANAMIZ
Kanalim va kursimni pulga reklama qildirishga ehtiyoj sezmayman. Tanlovlarda kanalga odam qoʻshish, link tarqatish kabi majburiy shartlar ham qilmaganman. Yoqtirmayman shunday qilishni. Agar bu kanal sizga rostdan kerak boʻlsa, nimadir berayotgan boʻlsa, shundoq ham yaqinlaringizga ilinyapsiz. Alhamdulillah. Alloh har doim yuzimni yorugʻ qilsin. Eng boshdagi niyatim ham moddiy manfaat boʻlmagan. Bir latifa bor. Bir kuni Afandi tomdan yiqilib tushibdi. Qoʻshnilari toʻplanib "Tabib chaqiraylik" deyishsa, Afandi qoʻli bilan yoʻq deb ishora qilib, "Menga tomdan yiqilgan odamni chaqiring. Holimni faqat u tushunadi" degan ekan. Men ham farzand tarbiyasida "tomdan yiqilganlardan"man va bu hammamizda boʻladi. Mana shu yiqilishlarda olgan darslarimni, saboqlarimni bir joyga toʻplab, sizlar bilan oʻrtoqlashib kelyapman. Alloh barchamiz uchun manfaatli qilsin 🥰🌹 Kanalga ulanish uchun 👇👇👇 ©@oynab_organamiz
Mostrar todo...
36👍 10🥰 9👏 9🔥 3😢 1
Doktor Gabor Matening "Bolalaringizni ushlab qoling" ("Hold on to your kids") asaridan iqtiboslar: * Biz farzandimiz muammoli bola bo’lib chiqdi deb o’ylardik… Kelib chiqdiki, muammo na farzandimizda va na bizda ekan. Hamma gap bizning farzandimiz bilan o’rtamizdagi munosabatga bo’lgan yondashuvimizda ekan… * Bu kitobda asl diqqatimiz ota-onalar farzandlari uchun nimalar qilib berishi kerakligiga emas, balki ota-onalar farzandlari uchun kim bo’lishlari kerak ekanligiga qaratilgan. * Ota-onalik qilish degani aslida munosabat/rishta o’rnatish deganidir. … Va, buning siri - ular bilan bo’lgan hamma va har qanday o’zaro munosabatlarda farzandlarimiz bilan bo’lgan rishtamizni hurmat qilishimizdadir. * Munosabatlarning ajralmas bir turi borki, usiz ota-onalik qilish tushunchasi mustahkam poydevorga ega bo’lmaydi. … bu bog’liqlik rishtasi (attachment relationship) deb ataladi. Bolaning katta kishi tarafidan tarbiya qilinishi uchun, avvalo, bola o’sha insonga aktiv holda bog’lanib turgan bo’lishi, u inson bilan a’loqa va yaqin munosabat o’rnatish istagida bo’lishi kerak bo’ladi. … Faqatgina bog’liqlik rishtasi bola tarbiya qilish uchun tegishli kontekstni ta’minlab berishga qodir. * Ota-onalik qilishning siri - bolasi uchun nima qilishida emas, balki farzandi uchun kim bo’lishidadir. Afsuski, farzandlarning ota-onasiga bo’lgan bog’liqligi bugungi jamiyat va madaniyatdan ortiq kerakli daldani ololmayapti. ©ouruzbekhomescholing Kanalga ulanish uchun 👇👇👇 ©@oynab_organamiz
Mostrar todo...
👍 23👏 2
👍 13
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Пластиллинотерапиянинг болаларнинг ривожланишида жуда катта аҳамияти бор. Болаларнинг ақлий, эмоционал ривожланишида, фикрлаш қобилиятини кенгайтиришда ёрдам беради. Катталар ҳам вақти вақти билан бу ёқимли машғулот билан шуғулланиб турсалар ёқимли ҳиссиётларга эга бўладилар. Аммо болалар билан биргаликда бажарилса янада завқли бўлади. Синаб кўринг 🌺 https://t.me/hilolasodiqqizi
Mostrar todo...
IMG_2936.MOV11.56 MB
👍 9 2
Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqsh kabidir deb bejizga aytilmaydi. Bolalar qanchalik kichikligida bilim va tarbiya beril olsak, keyingi hayotlarida qiynalmaydilar. Goʻzalxon Bola miyasi nomli 2 kunlik vebinar qilyapti ekan. Qoʻshilib olinglar.
Mostrar todo...
👍 11
Repost from GuzalMoon
🧠🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🌹Bilasizmi, tadqiqotlarga ko’ra inson miyasi rivojlanishiga o’rtacha 24-25 yil ketsa, shuning 90% ortiq qismi 6 yoshgacha rivojlanadi! 🎉Bu bolaning butun hayoti qanday bo’lishiga katta ta’sir qiladigan davr: -xarakteri -akademik faoliyati -sog’lom turmush tarzi -odatlari -munosabatlari -e’tiqodi ✅barchasi 6 yoshgacha bola nimalarga mashg’ul qilinganiga ko’p jihatdan bog’liq! ❗️Bola 2 yil sarflab o’rganganlarini, bir inson taxmiman 60 yil sarflab o’rganadi. ❓Siz qanday qilib bolamni miyasi rivojlanishini o’rganay, tushunay va rivojlantiray deysizmi? 8-9 - iyun kunlari, Go’zalxon Xamidova ( AMI bitiruvchisi, Yevropada Ta’limiy o’yinlar magistranti) tomonidan tashkil etilayotgan “ Bolalar miyasi rivojlanishi va ularning rag’batlantirish “ mavzusida 2 kunlik vebinarda bolalar miyasi haqida ilmlar ulashiladi. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang! ✔️Qabul 5-7- iyun 💹Narxi: 50 ming so’m ↖️Murojaat uchun: @guzalmoonUmmuMustafo @GuzalMoonblog
Mostrar todo...
IMG_3167.MP415.03 MB
👍 15