es
Feedback
Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿

Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿

Ir al canal en Telegram

Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir! Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchundir! Blog avtori: © Muhammad Aziz Mamasodiqov 🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos - Web sayt: flutterdev.uz

Mostrar más
319
Suscriptores
Sin datos24 horas
+57 días
+630 días
Archivo de publicaciones
Flutter haqidagi reklamani "Instagram" dan ko'rib qoldim. Creative... @flutterblogs

Dasturchi uchun eng kerakli ko’nikmalardan biri To’g’ri Savol So’ray Olish Bizning sohamizda kerak bo’ladigan narsalar shunchalilk ko’pki, ularni hammasini bilish mumkin emas. Ayniqsa katta loyihalarda yuzlab texnologiyalar ishlatiladi, biznes domainni o’zi ham katta bo’ladi, codebase katta bo’ladi. Bunday loyihalarda birorta ishni bajarish uchun esa siz bilmagan qismlaringizni biladiganlardan bir nechta savol so’raysiz. Faqat bunday loyihalarda emas balki o’rganayotgan paytingizda ham ko’plab savollar so’raysiz boshqalardan. Bu holatlarda sizning maqsadingiz savolingizga tez va aniq javob olish. Buning uchun esa siz birinchi o’rinda savolni to’g’ri so’rashingiz kerak. To’g’ri savol o’zi qanaqa bo’ladi? To’g’ri savol bu javob berish oson bo’lgan savol. Uning uchun esa quyidagilarni qilishingiz kerak: Bilganlaringizni ayting. Yani savolingiz quyidagicha formada bo’ladi: 1. Mavzu haqida bilganlaringizni aytasiz. 2. Shu to’g’rimi deb so’raysiz. Masalan sizning PHP kodingiz nimaga ma’lum bir tarzda ishlayotganini tushunmayapsiz. Savolingiz quyidagicha bo’lishi mumkin: “Meni o’ylashimcha bu narsa quyidagi joyda yozilgan kod sababli shu tarzda ishlashi kerak edi, lekin u sal boshqacharoq o’zini tutyapti. Mening taxminlarim to’g’rimi? To’g’ri bo’lsa nega natija men kutgandan boshqacha bo’lyapti? Nima yetishmayapti?”. Tilni o'zgartir degan javob olasiz. Javobi fakt bo’lgan savol so’rang. Masalan “SQL joinlar qanday ishlaydi?” degan savol juda keng. Soatlab gaplashsa bo’ladi bu haqida. Bunday savollarni ustozingizdan so’rasangiz bo’ladi lekin ham kasblar uchun kenglik qiladi. Savolingizni aniqlashtiring: - Ikkta tablelarni JOIN qilishning time complexitysi qanday bo’ladi? O(NM) mi? yoki O(NlogN) + O(MlogM) mi? - MySQL JOIN qilishdan oldin columnlarni tartiblaydimi? Bu savollarning javobi fakt va javob berish oson. O'zingiz birinchi javob topishga harakat qiling. Google qiling. Masalan tepadagi savolni birinchi Googlega berib ko’ring: “Does MySQL sort columns before JOINing?”. Savolingizga aniq javob topa olmasangiz ham savolingizni yaxshiroq shakllantirishga yordam beradi. Yordam so’rang, yechim emas. “Shu kodni to’g’irlab bering” deyishni o’rniga “Shu kodni yaxshilash uchun menga yo’l ko’rsatib bera olasizmi?” deyish ma’qulroq. Shunda siz savol so’rayotgan odamingizni tez yechim berishga emas, o’z tajribalarini baham ko’rishga undaydi. Sizga tayyor baliq emas, baliq tutishni o’rgatadi. Xushmuomala va hurmatli bo’ling. Hech kim assholelarga yordam berishni hohlamaydi. Har qanday yordam uchun minnatdorchilik bildiring. @jakhonrakhmonov

Kecha saytdagi nosozliklar sabab ovoz bera olmaganlar, bugun oxirgi kun! Ovoz bering! https://vote.webbyawards.com/PublicVoti
Kecha saytdagi nosozliklar sabab ovoz bera olmaganlar, bugun oxirgi kun! Ovoz bering! https://vote.webbyawards.com/PublicVoting#/2023/apps-dapps-and-software/app-features/best-user-interface (Iloji bo'lsa barcha google akkountlaringizadn)

Ovoz bering, 3 sekund! Flutter (Google) tomonidan o'z imkoniyatlarini ko'rsatish maqsadida demo ilova siftida "Wonderous" ilo
Ovoz bering, 3 sekund! Flutter (Google) tomonidan o'z imkoniyatlarini ko'rsatish maqsadida demo ilova siftida "Wonderous" ilovasi ishlab chiqilgan edi. U hozir "prestigious" nominatsiyalardan biriga (Webby Awards) nomzodini qo'yibdi. Ya'ni bu "inderectly" Flutterni reputatsiyasi! Flutterni hozir qo'llab quvvatlang! "Wonderous" ga Ovoz Bering! Ayni paytda ilova "4-o'rinda" Hech bo'lmasa 3 talikka kiritaylik! Nima qilasiz: 1- quyidagi linkni ochib, "Wonderous" ilovasini topib, "Vote" tugmasini bosasiz. 2- Tizimga kirish so'ralganda Google yoki Facebook orqali kirasiz. 3- Tamom! https://vote.webbyawards.com/PublicVoting#/2023/apps-dapps-and-software/app-features/best-user-interface Agar kanalingiz bo'lsa bu xabarni tarqating! @flutterblogs

#nocomment 🐕👨‍💻
#nocomment 🐕👨‍💻

Flutter qudrati - agar bizni kuchimizga shubha qilsangiz, biz qilgan ilovalarga boqing! -- The power of Flutter - if you doubt our power, check out the apps we've made! #flutter #trend @flutterblogs

Stackoverflow is UP!

When stackstatus.net needs stackstatus.net too 💆🏿‍♂️
When stackstatus.net needs stackstatus.net too 💆🏿‍♂️

Baribir qiladigan ishingiz yo'q, shu vaqtda ushbu memlardan baharamand bo'ling! :) #stackisdown @flutterblogs
+4
Baribir qiladigan ishingiz yo'q, shu vaqtda ushbu memlardan baharamand bo'ling! :) #stackisdown @flutterblogs

#stackisdown
#stackisdown

Dasturchilar, vasiyat qoldirishni ayni payti...
Dasturchilar, vasiyat qoldirishni ayni payti...

Ish payti musiqa eshitishni yoqtiradiganlarga hushxabar! 🥳 YouTube da o’zining LoFi musiqalari streami orqali mashhur bo’lgan LoFi Girl ning qo’shnisi Synthwave Boy paydo bo’ldi. Fikrni jamlashga va e’tiborni bir joyga qaratishga mo’ljallangan bu ikki xil musiqa janrlari endi bir kanalda live uzatilmoqda. Streamga link 👇 https://youtu.be/MVPTGNGiI-4 @khumoyun_codes

Yana bir qiziq statistika 😁 O'zbekiston bo'yicha 12 oy davomidagi yig'ilgan ma'lumotlarga ko'ra ayni damdagi trendlar skrins
+1
Yana bir qiziq statistika 😁 O'zbekiston bo'yicha 12 oy davomidagi yig'ilgan ma'lumotlarga ko'ra ayni damdagi trendlar skrinshotda. (Senzura ostidagiga izoh shart emas :) Xulosa qilib aytishimiz muminki O'zbekiston ayni damda: Kontrakt to'laydigan talabalar va ularning qiziqishlari bilan izohlanadi 😁 @flutterblogs

Google Trendlar Flutter va React Native haqida nima deydi? Flutterga eng katta qiziqish O'zbekiston bo'yicha Farg'ona viloyat
+1
Google Trendlar Flutter va React Native haqida nima deydi? Flutterga eng katta qiziqish O'zbekiston bo'yicha Farg'ona viloyatida ekan. (Balkim men sababdir 😁) Keyingi skrinshotda esa React Native kalit so'zini O'zbekiston bo'yicha qiziqishlar statistikasi chiqishi kerak edi. Ko'rib turganingizdek, shunchalar kamki, xatto O'zbekiston bo'yicha birorta statistika chiqarishga yetmas ekan :) (Statistika 1 hafta chegara filterida olindi. 100 gacha bo'lgan sonlar qidiruvlar soni emas balkim ulushidir) Websayt: https://trends.google.com/ @flutterblogs

Hehehe..!
Hehehe..!

A small mobile app📱is not that small! (Kichik ilova u darajada kichik emas) Comic published in https://lnkd.in/eSKQVN8 @flut
A small mobile app📱is not that small! (Kichik ilova u darajada kichik emas) Comic published in https://lnkd.in/eSKQVN8 @flutterblogs

⚡️ Youtubedagi darsliklar jadvali. Osongina topib olishingiz uchun !!. Davomli bo'lishi uchun foydali bo'lgan bo'lsa ulashing: PENTESTING PLAYLIST: 🔴 KiberHavfsizlik. Metasploitable Darslari #0x01. 🔴 KiberHavfsizlik. Metasploitable Darslari #0x01 🔴 KiberHavfsizlik. Metasploitable Darslari #0x02. 🔴 KiberHavfsizlik. Pentesting. Test #0x00. REDWOLF OUTSIDE PLAYLIST: 🟡 RED WOLF #SAUDIYA #ARABISTONIDA. Saudiya Arabistonida #Hayot Qism#1 #chetelda. 🟡 #Saudiya #Arabistonidagi Bozor Narxlari. FRONTEND PLAYLIST: 🟣 Professional #Web #Dasturlash #FrontEnd - #1 🟣 Professional #Web #Dasturlash #FrontEnd - #2 🟣 Professional #Web #Dasturlash #FrontEnd - #3 🟣 Professional #Web #Dasturlash #FrontEnd. CSS nima ? - #4 FLUTTER PLAYLIST: 🔵 Hech Qanday Qiyinchiliksiz #Flutter da Loyiha - #Tanishtiruv. 🔵 #Flutter da Kichik Loyiha - Qism #1 🔵 #Flutter da Kichik Loyiha - Qism #2 🔵 #Flutter da Kichik Loyiha - Qism #3 🔵 #Flutter da Kichik Loyiha - Qism #4 🔵 #Flutter da Kichik Loyiha - Qism #5 So'nggi qism. 🔵 #Dasturchining odatiy kuni. #Flutter da kichkina loyiha. 🔵 #Flutter nima ?. Flutterda UI tayyorlaymiz. REDWOLF AKADEMIYA PLAYLIST: 🟢 #Kiber #Havfsizlik Va #Ethical #Hacking. Tanishtiruv 🟢 #2. Kiber Havfsizlik Darslari Uchun Kerak 🟢 #Kiber #Havfsizlikni Boshlaymiz. 🟢 #Kali #Linuxni Qanday O'rnatamiz. How to install #Kali #Linux. 🟢 Soniyada 1 Gigabayt #Internet. Bepul Kompyuter Qurilmasini Qanday Oldim. KIBER XAVFSIZLIK PLAYLIST: 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #2 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #3 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #4 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #5 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #6 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #7 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #8 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #9 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #10 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #11 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #12 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #13 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #14 🟠 Kiber Havfsizlik Dars #15 🟠 Dark Webga Qanday Bog'lanaman. Dark Web Nima ? @saudabdulwahed

FlutterFlow + Galileo AI + Serverpod = MAGIC 💫
FlutterFlow + Galileo AI + Serverpod = MAGIC 💫

Pivotlarning bir nechta turlari mavjud, jumladan: 1. Customer Segment Pivot: Bu kompaniya xizmat ko'rsatadigan bozor yoki mij
+3
Pivotlarning bir nechta turlari mavjud, jumladan: 1. Customer Segment Pivot: Bu kompaniya xizmat ko'rsatadigan bozor yoki mijozlar segmentini o'zgartirishni o'z ichiga oladi. 2. Customer Need Pivot: Bu bozor ehtiyojlarini yaxshiroq qoplash uchun kompaniyaning taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatini o'zgartirishni o'z ichiga oladi. 3. Business Model Pivot: Bu "subcription" modelidan "premium" modeliga o'tish kabi kompaniyaning daromad olish usulini o'zgartirishni o'z ichiga oladi. 4. Technology Pivot: Bu kompaniya o'z mahsuloti yoki xizmatlarini yetkazib berish uchun foydalanadigan asosiy texnologiyasini o'zgartirishni o'z ichiga oladi. Pivoting qiyin va xavfli qaror bo'lishi mumkin, chunki u ko'pincha kompaniyaning strategiyasi va "operation"larida sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin. Biroq, to'g'ri bajarilganda, pivot kompaniyaning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta'minlaydi. #pivot #startUp #part2 @asadbekdev

PIVOT ? Pivot - bu kompaniyaning biznes modeli, taklif qilayotgan mahsuloti yoki target qilayotgan bozorida sezilarli o'zgarish. Bu kompaniyaning kelajakdagi muvaffaqiyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan muhim qaror. Pivot kontseptsiyasini ommalashishiga Erik Risning "The Lean Startup" kitobi sabab bo'lgan. Unda startaplar o'zgaruvchan bozor sharoitlari va mijozlar ehtiyojlariga moslashish usuli sifatida "pivoting" muhimligini ta'kidlagan. Kompaniyaning Pivotga majbur bo'lishining bir qancha sabablari bor, jumladan: 1. Bozor shartlari: bozordagi o'zgarishlar, masalan yangi raqobatchilar yoki mijozlar xohishlaridagi o'zgarishlar, kompaniyaning raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun pivotni talab qilishi mumkin. 2. Mahsulot/bozorga moslashish: Kompaniya taklif qilayotgan mahsuloti yoki xizmati ortiq "target" qilinayotgan bozorning ehtiyojlariga javob bermasa, mahsulotni mijozlarning ehtiyojlariga moslashtirishda "pivot" yordam berishi mumkin. 3. Resurs cheklovlari: Agar kompaniya joriy biznes modelini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun resurslar yoki tajribaga ega bo'lmasa, pivotdan foydalanish zarur. 4. Strategik imkoniyatlar: Pivot yangi strategik imkoniyatlarni qo'lga kiritish uchun kerak bo'lishi mumkin, masalan hamkorlikni shakllantirish yoki sotib olish. #pivot #startUp #part1 @asadbekdev