Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
Ir al canal en Telegram
Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir! Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchun. Blog avtori: © Muhammad Aziz (@mamasodikoff) 🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos - Web sayt: flutterdev.uz
Mostrar más384
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-230 días
Archivo de publicaciones
2023 da nega "Flutter" o'rganishim kerak degan savolga ChatGPT-3 dan 10 ta sabab!
https://sharegpt.com/c/sDwWcIc
@flutterblogs
Sample page yuborishdi, afsuski ichidagi eng kerakli "data" lar shtrixlangan :(
Kimdir to'liq formatda olmoqchi bo'lsa ushbu kontaktlarga bog'lanishi mumkin: +44 1618188166
2022-2027 yillar oralig'ida "Mobile Development" rivoji analizidan iborat 243 varoqlik, 15+ ta companiya va 18 ta davlatlar aro qilingan izlanishni narxi $3350 ekan. "Sample" ga sorov yubordim. Tez orada mobil sohasining kelajagida nimalar trendda bo'lishi haqida sizlarga ham ma'lumot beraman.
#research
@flutterblogs
Flutter Development uchun ajoyib yordamchi:
Intellij-Idea: Quick Notes + Flutter Snippets (🍋)
Flutter uchun Android Studio va Intellijda "native" shortcutlar: https://medium.com/flutter-community/flutter-ide-shortcuts-for-faster-development-2ef45c51085b
#shortcuts
@flutterblogs
Flutterda har qanday UI chizish siri (Container widgeti)
#widget
@flutterblogs
Har bir dasturchi Gitni yaxshi bilishi kerak. Gitni bilmasangiz, git out of here 😝 Xazil. Gitni bilmasangiz, darxol uni o’rganing.
Gitda foydali va qiziqarli commandalar talaygina. Baxtimizga, hammasini bilishimiz shart emas. Masalan, men asosan quyidagi commandalar bilan ishlayman:
- git add [folder/file]
- git commit -m [message]
- git push
- git pull
- git checkout [branch]
- git log
- git status
Va quyidagi commandalarni onda-sonda ishlatib turaman:
- git init
- git clone
- git rebase
- git bisect
Eng oxirgisi juda qiziq. git bisect commandasidan foydalangan xolda bug yaratilgan commitni osonlik bilan topishingiz mumkin. git bisect commandasi binary search ishlatgan xolda sog’lom revision va nosog’lom revision orasidan nosog’lom commitni topishga yordam beradi. Bu yerda batavsil o’qishingiz mumkin: https://stackoverflow.com/a/4714297/4971033.
#git #vsc
@flutterblogs
Dasturchilar qiladigan eng katta xatolardan biri
Yohud “Bu bo’lmaydi, boshidan yozish kerak”
Biz dasturchimiz. Dasturchilar esa yuraklarida arxitektorlar, quruvchilardir. Shuning uchun ham ular ishni boshlashganida hamma narsani buldozer bilan buzib tashlab buyuk narsa qurushmoqchi bo’lishadi. Bizga asta-sekinlik bilan bor narsani to’g’irlash, ta’mirlash ishlari unchalik ham yoqmaydi. Natijada ora-orada qilish mumkin bo’lgan eng yomon strategik xatoga yo’l qo’yamiz: Kodni noldan qayta yozishga qaror qilamiz.
Netscape Navigator degan browser bo’lgan oldin. Hamma faqat shu browserni ishlatardi. Negadir ular 5chi versiyasini boshqatdan yozishgan qaror qilishgan. 3 yil davomida ishlab turgan va birinchilikni egallab turgan mahsulotni boshidan yozishgan. Ular yozib tugatib bo’lgingacha Microsoft Internet Explorer degan browser yaratib yetakchilikni olib qo’ygan. Hozirgi kunda IE hali ham bor, lekin Netscapeni deyarli hech kim bilmaydi.
Nega unda dasturchilar bor kodni tashlab yuborib, boshidan yozishni hohlashadi? Chunki ular eski kodni sifati yaxshi emas deb o’ylashadi. Lekin bunday fikr katta ehtimol bilan xato. Buning asosiy sababi kodni yozishdan ko’ra o’qish qiyinligida, sifati pastligida emas.
Hohlagan dasturchingizdan u ishlayotgan kod haqida so’rang. Deyarli hammasi “juda ham yomon yozilgan, chalkash chulkash atala kod” degan gapning qaysidir variantini aytadi. Nega unday deb so’rasangiz, “Mana bu funksiyani qarang, 2 sahifaga cho’zilgan, noto’g’ri joyda turibdi. Mana bu jo’natilayotgan API requestlarning yarimi nimaga kerakligini umuman bilmayman” deydi.
Lekin bu juda ham noto’g’ri fikr. Eski kod ishlatilgan kod. U juda ko’p marta testdan o’tgan. Juda ham ko’p buglar topilgan va u buglar to’g’irlangan. Ha, tepada eslatib o’tilgan funksiya 2 sahifaga cho’zilib kattalashib ketgan, tushunarsiz qismlari bor. Nimagaligini aytaymi? Chunki bu funksiya buglar chiqqanda to’g’irlangan. Qaysidir qismi hotirada joy qolmaganda dastur to’g’ri ishlamay qolib qiynaganda to’g’irlangan, qaysidir qismi dastur eski kompyuterlarda to’g’ri ishlamaganda to’g’irlangan. Natijada funksiya kattalashib, har xil tushunarsiz kodlar bilan to’lib ketgan.
Lekin shu buglarning har biri haqiqiy foydalanuvchilar tomonidan topilgan. Ularning har birini to’g’irlash uchun dasturchilar 2 kun topishga sarflagan, yana 2 kun to’g’irlashga sarflagan.
Siz agar shu kodni tashlab yubormoqchi bo’lsangiz qiynalib topilgan bilimni tashlab yuborayotgan bo’lasiz. Yillab qilingan mehnatni tashlab yuborayotgan bo’lasiz. Yangi yozgan kodingizda ham shu buglar chiqmaydi deb kim garantiya bera oladi? Hech kim. Natijada yana yillar davomida yangi kodingiz ham zanglab boradi.
Yechim: sekin sekin kichik qismlarni to’g’irlash. Remont qilish. Buzib tashlab boshqatdan qurish emas.
Source: https://www.joelonsoftware.com/2000/04/06/things-you-should-never-do-part-i/
@jakhonrakhmonov
"FlutterMapp" tomonidan taqdim etilgan yo'l xaritasi [PDF]
#resources
@flutterblogs
Yuqoridagi widgetlardan eng yaxshilari: 70 ta!
(Timecode bilan shu yerda: https://youtu.be/G1LGOH424lo)
#widgets
@flutterblogs
Flutterdagi har bir widget: 215 ta!
Githubda: https://github.com/fluttermapp/flutte...
(Timecode bilan shu yerda: https://youtu.be/kj_tldMmu4w)
#widgets
@flutterblogs
Qisqa metrajli darslik 😅!
Foydali bo’ldi degan umiddamiz
@itwithakmaljon
Dasturlashdagi "Asinxron" va "Sinxron" tushunchasiga sodda ta'rif:
= Sinxron ijro
Mening xo'jayinim juda band odam. U menga kod yozishimni aytadi. Men esa unga aytdim:
- Yaxshi. Men boshladim, lekin u mening orqamda, yelkamdan turib, "qoziq" kabi meni kuzatmoqda.
Men "Do'stim, WTF: men ishni tugatgunimcha borib biror narsa qilmaysizmi?"
U: "Yo'q, siz tugatguningizcha men shu yerda kutaman". Bu sinxron.
= Asinxron ijro
Rahbar menga buni qilishimni aytadi va o'sha yerda mening ishimni kutishdan ko'ra ketadi va boshqa vazifalarni bajaradi. Ishimni tugatgandan so'ng, men xo'jayinimga hisobot beraman va: "Men tugatdim!" Bu asinxron ijro.
(Maslahatimni qabul qiling: HECH QACHON orqangizdagi xo'jayin bilan ishlamang.)
"Stackoverflow" dagi ushbu chiroyli javoblarni ham e'tiborsiz qoldira olmadim.
Jiddiyroq lekin zo'r tushuntirilgan javoblar ham bu yerda: https://stackoverflow.com/questions/748175/asynchronous-vs-synchronous-execution-what-is-the-difference
#async #await
@flutterblogs
⚙️ Flutter Interview [4]
📬 Interviewers:
Zayniddin Mamarasulov (TUNE Consulting)
Abdusamad Abdukarimov (Najot Ta'lim)
🔉Candidate:
Muzaffar Abduboqiyev
⭐️ Moderator:
Shamsiddin Komilov (DSR)
📌 Interviews - dasturchilar bilan ish beruvchi o'rtasidagi intervyular. Biz xohishi bor dasturchilarni intervyularga chorlaymiz. Bu bilan dasturchini qanday bilimga ega ekanligini ko'rsatib berish hamda intervyularda tushadigan savollarga oldindan tayyorlanish maqsad qilingan.
👉 🎞 TOMOSHA QILING
@mobilers_uz
Do'stingizga shunchaki QR kodni ko'rsating yoki kanal nomi ni ayting yoki birorta postni ulashing.
Jamiyatimiz rivojlanishiga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz, kanalni boshqalar bilan baham ko'ring!
Sizdan "3 sekund" vaqtingizga sarmoya, bizga soatlarni olib keladi :) Biz esa o'sha soatlarni sizga qaytarib beramiz!
@flutterblogs
⚙️ Flutter Dasturlash Interview Savol va Javoblari!
📬 Interviewers:
Abbos Bobomurodov(Moliya Vazirligi)
Zayniddin Mamarasulov (TUNE Consulting)
🔉Candidate:
Ulug'bek Axmedov
⭐️ Moderator:
Shamsiddin Komilov (DSR)
📌 Interviews - dasturchilar bilan ish beruvchi o'rtasidagi intervyular. Biz xohishi bor dasturchilarni intervyularga chorlaymiz. Bu bilan dasturchini qanday bilimga ega ekanligini ko'rsatib berish hamda intervyularda tushadigan savollarga oldindan tayyorlanish maqsad qilingan.
👉 🎞 TOMOSHA QILING
@mobilers_uz
Aytganimdek, ushbu kitobni ham "Codeco" dan sotib olishingiz mumkin. Quyidagilar esa kitoblarda foydalanilgan dastur manbalari:
1. Dart Apprentice: Fundamentals book
2. Dart Apprentice: Beyond the Basics book
3. The Flutter Apprentice book
4. The Real-World Flutter
#github #resources
@flutterblogs
Masalan, “ustoz developer” bo’lishni istarmidingiz? Ikkisidan biri: yo ta’lim olishni vaqtliroq boshlang, yo bo’lmasa bo’sh vaqtingizda ko’p ishlab, o’qib keyin esa amaliyot qilishga tayyor turing.
#5: Ba’zi dasturchilik odatlaringizga barham bering
Rostini aytadigan bo’lsak, biror ishni siz o’rganib qolgandan boshqacharoq hal etish uslubi bor, shunday emasmi? Har qanday “mutaxassis”ning ham gapiga ko’r-ko’rona quloq solavermang. Juda ko’p hollarda, ayniqsa obyektga yo’naltirilgan arxitekturalarda ushbu qusurlar uchrab turadi. Misol uchun, ko’pgina boshlovchi dasturchilar ushbu arxitektura haqida biron ma’lumot o’qib qolishadi, ularning oddiy dastur uchun yozgan sinfli(class) diagrammalari Eifel Minorasiga o’xshab qoladi.
#6: Bir nechta oliy dasturiy tushunchalarni chuqurroq o’rganib chiqing
Dasturiy pillapoyalardan yuqorilash uchun kodlash bilan bog’liq bir nechta tamoyillarni o’zlashtirish talab etiladi. Kimgadir, paralellik, muntazam taqdimotlar yoki dinamik tillarni qanday boshqarishlar yaxshi tanlov bo’ladi. O’zingizga mosini toping va ishga sho’ng’ing. Balki siz tanlagan rasmni qo’llash (manipulyasiya) yoki ma’lumotlar bazasi dizayni yoki boshqa biron nimadir? Hattoki kirituv darajasidagi developer bo’lsangiz ham, biron bo’lim mutaxasisi bo’lishga urining.
#7: O’z sohangizning asosiy nazariyalarini o’rganib chiqing
“Hello World”ni yozish bir narsa bo’lsa, yozganingiz monitorda qay alfozda chiqishini tasavvur etish umuman boshqa narsa. O’z ishingizni mayda chuydalarini o’rganib siz sohangiz “yulduz”iga aylanishingiz osonlashadi. Nega deysizmi? Chunki nega detallar muayyan turda ishlashi, nosozlik ro’y berganda nimalar ishdan chiqishi va shu kabilarni o’rganish zarar qilmaydi. O’z ishingizdan quyiroqda nimalar sodir bo’lishini o’rgana boshlasangiz, demak rivojlanish uchun qadam qo’ymoqdasiz.
Agar internet dasturchi (web developer) bo’lsangiz HTTP RFC yoki HTML ixtisosliklaridan ta’lim oling. Agar kod chiqaruvchi (code generator) bilan ishlasangiz, chiqayotgan har bir kodga chuqurroq nazar bilan boqing; agar ma’lumotlar bazasi sohangiz bo’lsa, u chiqarayotgan mos SQL diqqatingiz markazida bo’lsin va hokazo.
#8: Malakali dasturchilar kodlariga e’tibor qarating
O’z kasbingizda “ustasi farang”lari ishiga boqing, nega ular muayyan uslubda nega va qanday yozayotganligiga qiziqib ko’ring. Agar uddalasangiz manba loyihalarini ham tekshirib ko’rish lozim. Hattoki boshqa developerlar eng yuksak faoliyatlarga ega bo’lmasa ham, kod qanday yozilishi xususida talaygina bilib olasiz. Faqatgina o’rganish mobaynida noto’g’ri yozish odatlarini nusxalab olmang. Bu yerda maqsad boshqa dasturchilardan ko’r-ko’rona ko’chirib olish emas, balki nima ish berishiyu, qanday yozish mantiqiyligini bilib, o’zida sinab ko’rishdir.
#9: Kodlashning “yaxshi” uslublarini o’rganing
Kod yozuvchini noto’g’ri o’zgaruvchi, yomon odatlangan odatlari va boshqa shu kabilar tajriba kamligi belgisidir. Juda ko’p hollarda kod formatlash kabilarni o’rganmasdan dasturlash o’rganiladi va ishda bu yaqqol bilinadi. Shu kabi detallarni o’rganish kodlaringizni yoki sizni doim ham yuksaklarga olib chiqmasa ham, har qalay endi siz faqatgina “ma’lumot kirituvchi” darajadan yuqoriroqda bo’lasiz. Masalan, hattoki malakali developer yozgan o’zgaruvchilarga 97 xil nom berib qo’yishi yoki ularning vazifasi “nimadirBajar()” deb kiritilishi, keyin esa o’zlari nima qilayotganlarini tushunmay qolishadi, oqibatda ularning kodlari bilan ishlash amri mahol bo’lib qoladi.
#10: Qilgan ishingizdan maroqlaning
Karyera pog’onalarida qolib ketish niyatingiz bo’lsa – o’z kasbingizni yomon ko’ring. Ushbu sohada o’z ishingizda yuqorilash uchun uyga iloji boricha ko’p pul to’plash emas, balki kasbidan keladigan qoniqishdir. Agar kasbingiz yoqmasa va endigina dastur tuzayotgan bo’lsangiz, qandaydir ijobiy tuyg’ular sizda yuqoriroq darajaga yetganda paydo bo’ladi deb kim kafolat beradi? Boshqa tarafdan esa, agar qilayotgan ishingizni sevsangiz, unda hammasi soz! Balki o’z ustingizda ishlashni davom ettirsangiz, haqiqiy mutaxassis bo’lib ketarsiz.
#advices
@flutterblogs
