cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti rasmiy kanali

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy Exact and Natural sciences

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
367
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-2630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from DTPI rasmiy kanali
#Milliy_qadriyatlar_sayli Dunyoda har bir millat va xalqning o‘zligini anglashi va asrashi, sha’nini ulug‘lashida qadriyatlarning o‘rni beqiyos. Xalqimizning minglab yillik boy tarixi, ma’naviy merosi, turmush tarzi, hayotiy qarashlari va e’tiqodidan kelib chiqqan holda muhim milliy qadriyatlarimiz mavjuddir. Asrlar davomida avlodlardan-avlodlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni asrashimiz va kelajak avlodga yetkazish bizning insoniy burchimiz hisoblanadi. Bugun shunday a'nanani davom ettirgan holda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni kashf etish maqsadida Denov tumani "Afrosiyob" bog'ida “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi. Saylda Filologiya fakultetining talaba-yoshlari faollik ko'rsatishib, og'izlardan-og'izlarga o'tib kelayotgan laparlar, o'lanlar, allalar, yor-yorlar va kelin salomlar aytishdi.Tadbir barchaga xush kayfiyat ulashdi. DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
Mostrar todo...
Repost from DTPI rasmiy kanali
#Milliy_qadriyatlar_sayli 🏛Bugun Denov tumanidagi "Afrosiyob" milliy bog'ida "Milliy qadriyatlar sayli" ko'ngilochar madaniy-ma'rifiy tadbir dasturi bo'lib o'tdi. 🔰Mazkur tadbir dasturini tashkil qilishda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti jamoasi faol ishtirok etdi. ❇️ Tadbirda fakultet talaba-yoshlari arqon tortish, tosh ko‘tarish, milliy liboslar namoyishi, kelin salom, alla, beshtosh va shu kabi yo‘nalishlarda milliy qadriyatlarimizni namoyon etuvchi ajoyib sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
Mostrar todo...
Repost from DTPI rasmiy kanali
#jarayon Kitobga muhabbat oiladan boshlanadi Joriy yilning 14-may kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Nodira Nabiyeva hamda kitobxon talabalar Denov shahar "Zakovat" ko'chasi 19-uyda yashovchi Azimova Salomat aya xonadonida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona - kitobxon bola" shiori ostida kitobxonlik g'oyasini keng targ'ib etish maqsadida tashrif buyurishdi. Xonadon sohibi Salomat aya bilan oilada kitobxonlik muhitining shakllanishi va yoshlar tarbiyasida kitobning o'rni haqida suhbat o'tkazildi. Suhbat so'nggida xonadon ahliga estalik uchun badiiy kitoblar sovg'a qilindi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
Mostrar todo...
Repost from DTPI rasmiy kanali
#jarayon Oila - muqaddas dargoh Joriy yilning 13-may sanasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 15-may "Xalqaro oila kuni" ga bag‘ishlangan “Oila-muqaddas” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda fakultet Xotin kizlar maslaxat kengash raisi N.Xasanova, psixolog D.Xolmuminova, Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent I.Ro’ziyeva, N.Donayeva, hamda talaba qizlar ishtirok etishdi. Suhbat davomida talabalarga oila- muqaddasligi, baxtli va farovon oila qurish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va bu borada qizlarimizdan talab etiladigan me’yorlar haqida so’z bordi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar o‘zlarining hayotiy tajribalarini qizlar bilan o’rtoqlashdilar. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
Mostrar todo...
Repost from Manaviyat.edu.uz
Diqqat, xushxabar!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy jurnal tashkil etildi!
Mazkur jurnalga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan №270564 raqamli guvohnoma taqdim etildi. ✔️“Yoshlar va ilm-fan” jurnaliga quyidagi yo‘nalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
↪️ Tabiiy fanlar; ↪️ Gumanitar fanlar; ↪️ Texnika fanlari; ↪️ Yoshlar va ilm.
🔵Jurnal tahrir hay’ati raisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov; 🔵Tahrir hay’ati raisi o‘rinbosari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshan Xudayberganov. ➡️Maqola talablarini ko‘rish 🔸Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalarni 2024-yilning 10-iyun sanasiga qadar @Maftuna_Erkinovna (tel.: 90-887-1318) profiliga yuboring. 🔸Jurnalning ilk soni uchun maqolalar bepul tarzda qabul qilinadi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
#uzbekiston24 Tahlilnoma | Oliy ta’limdagi katta o‘zgarishlar: haftaning superyangiligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan suhbat.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
““Bitiruvchi va talaba-yoshlar” festivali doirasida navbatdagi “Media loyihalar” tanloviga start berildi! Hurmatli talaba, agar iqtidorli, kreativ fikrlaydigan, zamon bilan hamnafas, yangi g‘oyalarga intiluvchan bo‘lsangiz, unda ushbu tanlov aynan Siz uchun. 🎬Media tanlovning shartlari oddiy — poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yaratilayotgan keng qulayliklarni me’yordan va bo‘yoqdorlikdan oshmagan holda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ijtimoiy videorolik olsangiz kifoya. Ishtirokchilar tanlov uchun tayyorlagan videoroliklarini @just_diyor telegram orqali yuborishlari lozim. Tanlov nizomi Murojaat uchun tel +998935205255 💥Fursatni qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok etishga barcha talabalarni taklif qilamiz!
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
Repost from DTPI rasmiy kanali
Vazir_kubogi 🏛 Yoshlarning kurash sportiga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi oʻtkazildi. 👉 Gilamda 120 nafardan ziyod yosh polvon yigit-qizlar jami 7 ta vazn toifasida oʻzaro bellashishdi. Gʻoliblarni TerDU rektori A.Toshqulov taqdirladi va musobaqaning keyingi bosqichida sharafli oʻrinlarni egallashlariga ishonch bildirdi. 🔰 81 kg vazn toifasida ishtirok etgan DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishi talabalari Mehriddin Erkinov 3-oʻrinni va Alimardon Abdulxatov 1-oʻrinni egalladi. Gʻolib sportchilarimiz 17-may sanasida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etadilar. 🖌 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ma'muriyati nomidan polvonlarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklab keyingi bosqichlarda zafarlar tilab qolamiz. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Mostrar todo...
Repost from DTPI rasmiy kanali
Hurmatli talabalar! 2024/2025-o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomdor stipendiyalar tanlovi boshlanganini ma'lum qilamiz. 👉Prezident stipendiyasi uchun barcha fanlarni doim a'loga o'zlashtirgan, eng kamida 4 ta maqolasi (yoki tezisi) e'lon qilingan bakalavr 3-kursni tamomlagan talabalar, magistratura 1-bosqichni tamomlagan hamda tayanch doktorantura 2-bosqichini tamomlagan doktorantlari hujjat topshirishlari mumkin. 👉Nomdor Davlat stipendiyalari (Navoiy hamda Islom Karimov, Bobur , Ulug'bek nomidagi)ga esa barcha fanlarni a'loga o'zlashtirgan (ko'pi bilan 25 %  yaxshi), eng kamida 4 ta maqolasi (yoki tezisi) e'lon qilingan oxirgi ikki kurs talabalari (2-3 kurslarni bitirganlar) hujjat topshirishi mumkin. Masalan, 4 yillik o‘qishda 2-3 kurslar, 6 yillik o‘qishlarda esa 4-5 kurs talabalariga tayinlanadi. 👉Hujjatlar yig'ma jildining ustiga talabgorning F. I. Sh. qaysi stipendiya uchun talabgor ekanligi ko'rsatilishi lozim. Yig'ma jild tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 1. Fakultet dekani tavsiyanomasi, 2. Kafedra mudiri tavsiyanomasi (sohasiga qarab), 3. Ilmiy rahbari xulosasi, 4. OTMda tahsil olish davomida e'lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlar ro'yxati, 5.  OTMda tahsil olish davomida e'lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining sifatli nusxasi, 6. Baholar qaydnomasidan ko'chirma va hemis dasturidan elektiron baholar ro'yxati (shaxsan fakultet dekani imzosi va muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi har ikki variantning ham har bir sahifasi tasdiqlangan bo'lishi shart ) 7. OTMda tahsil olish davomida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning sifatli nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va b.). Ilova: Yuqoridagilarni barchasini pdf qilingan elektron nusxasi ham tartib bilan  saqlangan holda topshirilishi shart. Hujjatlar joriy yilning 10-iyun kuniga qadar institutning Iqtidorli talablarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan qabul qilinadi. Murojaat uchun tel.+998 (99) 665 04 99. Barcha iqtidorli talabalarimizga omad tilab qolamiz! 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagrami
Mostrar todo...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

Repost from DTPI YOSHLARI
#Yoshlar_ittifoqi #Milliy_qadriyatlar_sayli ✅Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Milliy qadriyatlar sayli” shiori ostida institut talaba-yigitlari o'rtasida arqon tortish musobaqasi bo'lib o'tadi. Musobaqada ishtirok etish tartibi: 5 kishidan iborat jamoa shakillantirilgan bo'lishi; Jamoa a'zolari belgilangan vaqtda yetib kelishi; Musobaqa uchun mas'ul shaxsga yozma murojaat qilishi; G'oliblar quyidagicha taqdirlanishadi: 1-o'rin 1.000 000 so'm pul mukofoti; 2-o'rin 800 000 so'm pul mukofoti ; 3-o'rin 600 000 so'm pul mukofoti. Batafsil ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun "Besh tashabbus loyihalari koordinatori @Davronboyev_Zafar Musobaqa bo'lib o'tadigan sana 17.05.2024 soat 16:00da Sharof Rashidov binosi yozgi sport maydonchasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
: @Dtpi_yoshlari @Dtpi_uz
Mostrar todo...
Archivo de publicaciones