es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Web Dasturlash kanali

Web Dasturlash kanali

Ir al canal en Telegram

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar! ⁉️IT blog: @javohir_webdev 😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17

Mostrar más
7 960
Suscriptores
-324 horas
-327 días
-11530 días
Archivo de publicaciones
2020 yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari Assalomu aleykum qadrli do'stlar! Ko'pgina beriladigan savollardan b
2020 yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari Assalomu aleykum qadrli do'stlar! Ko'pgina beriladigan savollardan biri qaysi dasturlash tilini o'rganish kerak? Aynan bugungi postimizda keltirib o'tilgan dasturlash tillarini birini o'rganib yuqori daromadli kasb egasi bo'lishingiz mumkin! Shunday ekan dasturlashni o'rganishni hozirdanoq boshlang. 1. Python 2. Java 3. JavaScript 4. Swift 5. C# 6. C va C++ 7. Ruby ✅ @webdev07

Qisqa satrlarda JavaScript — 2. JavaScriptning leksik tuzilishi Qisqa satrlarda Javascript turkumini davom ettirgan holatda sizlarga JavaScriptning leksik tuzilishi haqida ma’lumot beramiz va uning tashkil qiluvchi elementlarini alohida ko’rib chiqamiz. Bular: yunikod (unicode), nuqtali vergul, bo’sh maydon (probel, tabulyatsiya, yangi qator), registr sezuvchanligi (case sensitivity), kommentariya, literal, identifikator, kalit so’zlar. Yunikod JavaScript yunikod da yozilgan. Yunikod belgilar standarti bo’lib, hozirda foydalanilayotgan dunyo tillarining belgilarini o’zida jamlagan. Hozirgi kunda eng ko’p foydalanilayotgan standart hisoblanadi. Bu degani siz o’zgaruvchilaringizni nomlayotganda istalgan belgidan foydalishiz mumkin: arab harflari yoki xitoy iyerogliflari, hattoki emojilardan ham foydalana olasiz :) Lekin identifikatorlarni tanlayotganda ba’zi qoidalarni unutmaslik kerak, bu haqida keyinroq. Nuqtali vergul Ko’pincha JavaScript kodlarida siz nuqtali vergulni uchratgan bo’lsangiz ajab emas. Ammo nuqtali vergulsiz ham kodingiz ishlashi mumkinligini o’ylab ko’rganmisiz. JavaScriptda nuqtali vergul majburiy emas. Siz bemalol ularni yozmasdan ketishingiz mumkin. JavaScript bu borada sizga tanlash imkonini beradi va bu o’zingizning kod yozish uslubingizga bog’liq. ✅ @webdev07 davomi.. https://medium.com/@falconur/qisqa-satrlarda-javascript-javascriptning-leksik-tuzilishi-eb32268185fd

Eng qimmat resurs bu vaqt ✨ Bobir Akilkhanov IT Tadbirkor | Investor ✅ @webdev07

📹 Dasturchi bo'lish uchun 10ta sabab . 👤 #Farkhod_Dadajanov ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 👉 Kanal: t.me/webdev07

​​🆓 Java Backend va Android dasturlash tillari bo'yicha bepul sinov darslar 🚀 Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun dasturlar yaratish va Java Backendni o'rganib, websaytlar qurish haqida ma'lumot olishni hohlaysizmi? Unda mutlaqo bepul va offline ochiq darslarga marhamat. 🎯 PDP IT-Akademiyasida Android development va Java Backend kurslarining birinchi darsida qatnashish mutlaqo bepul ekan. Shunchaki quyidagi link orqali administratorga yozib , o'z joyingizni band qilib qo'ying. ⏰ Sana: 8-oktabr , Payshanba 19:00 📍 Manzil: Shayhontahur tumani, Zarqaynar ko'chasi 3B-uy (Tugmani bosib xaritadan ko'rishingiz mumkin) 👤 Administrator bilan bog'lanish ☎️ (78) 777-47-47 Kanalga ulanish 👉🏻 @PDPUzOfficial

+3
Burger Menu animations ✨ . Ushbu menuni yasashda asosan CSS da pseudo-elementlardan foydalanilgan. Bundan tashqari, menyuni ochish va yopish uchun oddiy animatsiyani foydalanilgan, chunki bu asta o'tishni tamillaydi va juda yaxshi chiqadi😊 Kodlari bilan tanishib ishlatib ko'rishlaringiz mumkin 😍 ✅ @webdev07

​​Qanday qilib React JS bo'yicha yaxshi dasturchi bo'lish mumkin? Assalomu aleykum qadrli do'stlar! Bugun yana bir foydali postni yozishga qaror qildim. HTML, CSS, JS o'rganib bo'lib endigina React JS kutubxonasini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun bu post juda foydali bo'ladi! React JS ni o'rganayotganlarda bu kutubxona juda qiyin tuyulishi mumkin lekin unday emas! To'g'ri qiyin taraflari bo'lishi mumkin lekin bu qiyinchiliklarni yengib o'tish uchun sizdan harakat, amaliyot talab etiladi. Endi esa React JS o'rganish bo'yicha foydali tavsiyalarni keltirib o'taman. ✅ Tavsiyalar quyidagicha: ➖React JS asoslarini yaxshilab o'rganing ➖Props, Statelar bilan ishlash va ularning vazifalarini bilib oling ➖ React JS dagi fayllar strukturasini ham bilib olishingiz kerak ➖Ko'proq real loyihalar ustida ishlang ( Netflix, YouTube, Amazonning clone versiyalarini yaratib ko'ring. Bu bo'yicha YouTubeda video darslar mavjud ) ➖Bu real loyihalar orqali bilmagan narsalaringizni o'rganishingiz va tajribangizni oshirishingiz mumkin ➖ API bilan ishlashni ham o'rganing ➖ Eng muhimi o'rganishdan, izlanishdan to'xtamang, amaliyot qiling! Mana shu tavsiyalarim sizlar uchun foydali bo'ladi degan umiddaman. React JS ni o'rganing chunki bu kutubxona ustida ko'pgina loyihalar amalga oshirilmoqda. ✅ @webdev07

Qisqa satrlarda JavaScript. Kirish JavaScript yetakchi dasturlash tillaridan biri. Hozirda ushbu til brauzerdan tashqarida ham keng qoʻllanilmoqda. Soʻngi yillarda Node.js ning yaratilishi esa Java, Ruby, Pyhton va PHP kabi anʼanaviy server tillarining hukmronligiga chek qoʻydi. Shu jihatlarni inobatga olib biz sizga Javascript haqida “Qisqa satrlarda JavaScript” turkum maqolalarini taqdim etmoqdamiz. Maqolalarni yaratishda mashhur dasturchi, blogger Flavio Copes tomonidan yaratilgan qo’llanmani asosiy manba sifatida foydalandik. Qoʻllanmada 80/20 qoidasiga rioya qilingan, yaʼni vaqtingizning 20% ini sarflab, materialning 80% ini oʻrganishingiz mumkin. Shu jihati meni o’ziga rom etdi desam ham bo’ladi. ✅ @webdev07 davomi: https://medium.com/@falconur/qisqa-satrlarda-javascript-c3b5d78244ae

02.02.2020-sanadan buyon faoliyat yuritib kelayotgan @kompyuterlar_uz kanali obunachilari endi 16 mingdan oshdi!!! Nega bizni tanlashadi: — Sifatli IT yangiliklar — Foydali video darslar — Ajoyib IT humors — Eng sara dasturlar — Foydali tavsiyalar — Motivatsiya — Internet sirlari — Qiziqarli maqolalar Agar siz IT ga qiziqsangiz, demak sizning joyingiz @kompyuterlar_uz da! Ikkilanmang, hoziroq kanalga obuna bo'ling, qolganini kanalda bilib olasiz! Ulanish: 👉 @Kompyuterlar_Uz

Hello World 😍😁 ✅ @webdev07
Hello World 😍😁 ✅ @webdev07

Assalomu alaykum barchaga! #diqqat Nimadan boshlashni bilmayapsizmi ? 🤔 👨🏻‍💻 Siz kanalda yangimisiz yoki darsturlashni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda YouTube kanalimdagi HTML5 1-darsdan boshlang https://www.youtube.com/playlist?list=PL2MpNQ8oxLTgDkBt43aJ80-gOxzFPemZF 👨🏻‍🎨 Agar siz dizaynerlikka qiziqsangiz va nimadan boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz YouTube kanalimdagi Photoshop 1-darsidan boshlang https://www.youtube.com/playlist?list=PL2MpNQ8oxLTikjJoOQbun6HM6ODeGlFxv

👨🏻‍💻 Dasturchi bir kod bilan Facebookni yaratganda ✅ @webdev07

​​Qancha muddatda yaxshi dasturchi bo'lish mumkin? Dasturlash deganda “Hello world”ni tushunmasligimiz kerak. Qaysidir tilda juda sodda amalni bajarib qo’yib, o’zini dasturchi hisoblash to’g’ri emas. Kishi dasturchi maqomiga ega bo’lishi uchun qaysidir dasturlash tilida eng kamida bitta mukammal jarayonni to’liq avtomatlashtira olgan, amaliy foydasi bo’lgan va xatoliklarsiz ishlay oladigan dastur yarata olishi kerak. Professional dasturchi bo’lib yetishish uchun yillar talab etiladi. Aynan necha yil talab etilishi, albatta, kishining o’ziga bog’liq. Dasturlash tili sintaksisini o’rganish, qaysidir tilda kod yozishni boshlash ikkinchi darajali ish. Eng muhimi – dasturchidek fikrlash. Dasturchidek muammoning eng optimal yechimini topa olish kishining qachon, yoki qanchalik tez professional dasturchi bo’lib yetisha olishini aniqlab beradi. Siz necha yilda mukammal va yetuk dasturchi bo’lib yetishishingizni faqat o’zingiz hal qilasiz. Hech kim sizga aniq muddatni ayta olmaydi. Hammasi o’zingizga bog’liq. Mehnat qiling, mantiqiy fikrlashni mashq qiling, ko’proq tajriba yig’ishga harakat qiling. Qisqa fursat ichida, o’zingiz xohlagandek, mukammal dasturchi bo’lib yetishasiz! ✅ @webdev07

​​🔷 Agar ta‘lim sizga juda qimmat tuyulayotgan bo‘lsa, bilimsizlik qanchaga tushishini tekshirib ko‘ring! 📓 Benjamin Franklin 🔷Muvaffaqiyatga erishish uchun sizdagi g'alabaga bo'lgan istak muvaffaqiyatsizlikka bo'lgan qo'rquvdan kuchli bo'lishi kerak! ✍️ Rokfeller 🔷“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla! 📓Lavanda Ilindi 🔷Faqat fokus guruhlarga tayanib mahsulotlar yaratish juda mushkul. Odamlar koʻpincha toki koʻrsatmaguninggacha, oʻzlariga nima kerakligini bilishmaydi🙂 📓Stiv Jobs 🔷Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog'lang, odamlar yoki narsalarga emas ✍️ Albert Einstein #motiv Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling! 👇👇👇 @webdev07 Telegram | YouTube | Instagram

Front-End kurs Diqqat! Veb-dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun yangilik! 🔥 Bizning kursimizda qisqa vaqt ichida eng talab katta bo'lgan kasbni egallash imkoniyati bor! Kursni tamomlaganingizdan keyin Sizda murakkab loyihalarning ustida ishlash ko'nikmasi hosil bo'ladi. Shuningdek, shaxsiy portfolio ustida ham ish olib borasiz. 🔻 Front-End kursiga quyidagi texnologiyalar o'rgatiladi: 🔸 Html5 🔹 Css3 🔸 JavaScript (Es6) 🔹 Bootstrap 🔸 jQuery yoki Js framework(Vue.js, React.js, Angular) 🔹Sass 🏖 Format: onlayn ; 📆 Davomiyligi: 5 oy; 💰 Narxi: 300 000 so'm oyiga; 📖 Taʼlim tili: o‘zbek; (Har bir darsda vazifa berilib tekshirib boriladi) Murojaat uchun: @javohircoder

🔥 Ajoyib yangilik Ko'p takliflarni inobatga olgan holda Front kursimizga yangi guruh ochishga qaror qildim. Faqat guruhga o'quvchi soni cheklangan☝️ Frontend dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar shoshilamiz 👨‍💻🏃‍♂️

💟 Get Waves - Ko'pchilik foydalanuvchilarimiz to'lqinsimon effektlarni qaysi veb saytdan tayyor yasasa bo'ladi deb ko'pincha
💟 Get Waves - Ko'pchilik foydalanuvchilarimiz to'lqinsimon effektlarni qaysi veb saytdan tayyor yasasa bo'ladi deb ko'pincha so'rashadi va shu foydalanuvchilarimizga shu manbani tavsiya qilaman. Bu veb saytda har xil ko'rinishdagi ranglardagi to'lqinsimon effektlarni veb sayt uchun tayyorlab qo'llasa bo'ladi. ↗️ Get Waves saytiga o'tish - https://getwaves.io/ ✅ @webdev07

Dasturchilarga ham oson emas 🤦‍♂😁 ✅ @webdev07
Dasturchilarga ham oson emas 🤦‍♂😁 ✅ @webdev07

​​​​Bo'lajak Dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar TOP 3 ✅ 1. Guruh bo'lib ishlash Siz albatta kelajakda dasturchi bo'lib biron firma yoki kampaniyaga ishga kirasiz, siz guruh bo'lib ishlaysiz. Siz keyin u yerda yangi insonlar bilan aloqaga chiqasiz. Ulardan ma'lum bir darajaga chiqguncha ko'p savollar berasiz. Guruhdagi insonlar albatta o'z ishlari bo'yicha mutahassis bo'lishadi. Sizga guruhdagi barcha insonlarga yoqmasligi mumkin, lekin siz ular bilan ishlashingiz kerak va ishlayolasiz ham! Demak nima qilish kerak? Odam tilini o'rganish kerak, xuddi dasturlash tilini o'rgangan kabi! ✅ 2. Savollar berishdan aslo qo'rqmang Savol berish va unga yaxshi javob olish orqali siz dasturlashni yaxshi o'rganasiz. Savol berishdan oldin, internetdan qidirib ko'ring! Google.com sayti sizga 99% yordam beradi! Agar savolingizga internetdan javob topaolmasangiz va uni o'zingiz xal qilaolmasangiz demak uni mutahassislar so'rash kerak. Savol bergandaham shunday gapirib qo'yingki, u inson sizga yordam bergisi kelsin! ✅ 3. Xech qachon o'rganib oxiriga yetaolmaysiz Kundan kunga yangi informatsiyalar chiqayabdi. Misol uchun siz HTML ni endi o'rganib bo'ldim deganingizda yangi HTML 10 chiqib qoladi. Shunda yana o'rganasiz va bu narsa davom qilaveradi. Dunyoda xech bir dasturchi bitta tilni tag-tugi bilan bilmaydi. Bilaolmaydiham, chunki har soatda yangi dasturlash asboblari, modullar yaratilyabdi. 📢 Kanallarimizga a'zo bo'ling va do'stlaringizga ham ulashishni unutmang 😉 ✅ @webdev07 ✔️

🔥Boshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang! 💻 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik. Yangi kanalimi
🔥Boshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang! 💻 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik. Yangi kanalimizda darslarni tartib bilan topishingiz mumkin 👉 @webdev_lesson kanalga a'zo bo'ling!