cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Kompyuter. IT sohasi yangiliklari

Kanalimizda kompyuter saboqlarini, IT sohasi yangiliklarini bilib olishingiz mumkin.

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
299
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Kim telefon ichin mirdan srgacha bilmoqchi 📱📱
Mostrar todo...
Kanal faolyati toxtatildi. T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...
Kompyuter. IT sohasi yangiliklari

Kanalimizda kompyuter saboqlarini, IT sohasi yangiliklarini bilib olishingiz mumkin.

​​#telegramda_kanal_yuritish Mening Telegram bilan tanishuvim tarixi Birinchi marta Telegram bilan o‘sha uzoq 2014 yilda tanishganman. Oradan ancha vaqt o‘tibdi! Ozmi-ko‘pmi 4 yil! O‘shanda men uni shunchaki shaxsiy kompyuterimga o‘rnatgandim (o‘sha paytlar mening smartfonim yo‘q edi). Keyin nima bo‘ldi deng… Telegramni kechki soat 6da o‘rnatib, unda tungi soat 1gacha qolib ketibman. Meni shunchaki undagi interfeysning qulayligi va dizayn lol qoldirdi, ha D-I-Z-A-Y-N! Bir ko‘rishdayoq TGning logotipi va umumiy dizaynini yoqtirib qoldim. Uzoq vaqt men unda shunchaki oddiy foydalanuvchi bo‘lganman: do‘stlarim, qizlar bilan yozishganman va kanallarni kuzatib borganman. 2017 yilda men Telegramdagi biznesga kirishga ahd qildim va bu meni jiddiy tarzda o‘ziga jalb etdi! Yuzlab desam balki xato bo‘lar, bir necha o‘nlab turli kurslar/vebinarlarni o‘rganib chiqdim. Hozirga kelib men bemalol Telegram haqida kitob yozishim ham mumkin. (Men buni jiddiy aytyabman😉) To‘g‘risini aytaman, avvaliga YouTube yoki VK/Instagramda qandaydir blog ochmoqchi bo‘ldim. Lekin Telegramdagi biznes dunyosi bilan tanishganimdan so‘ng ularning barchasini bir chetga surib qo‘ydim! Mana, bir yildan ham biroz oshibdi, men shu yerda, sizlar bilan birga, Telegramda qanday qilib kesh qilish haqida blog yuritib kelyabman! Bu esa chindan ham juda maroqli! 🚀​​#telegramda_kanal_yuritish Mening Telegram bilan tanishuvim tarixi Birinchi marta Telegram bilan o‘sha uzoq 2014 yilda tanishganman. Oradan ancha vaqt o‘tibdi! Ozmi-ko‘pmi 4 yil! O‘shanda men uni shunchaki shaxsiy kompyuterimga o‘rnatgandim (o‘sha paytlar mening smartfonim yo‘q edi). Keyin nima bo‘ldi deng… Telegramni kechki soat 6da o‘rnatib, unda tungi soat 1gacha qolib ketibman. Meni shunchaki undagi interfeysning qulayligi va dizayn lol qoldirdi, ha D-I-Z-A-Y-N! Bir ko‘rishdayoq TGning logotipi va umumiy dizaynini yoqtirib qoldim. Uzoq vaqt men unda shunchaki oddiy foydalanuvchi bo‘lganman: do‘stlarim, qizlar bilan yozishganman va kanallarni kuzatib borganman. 2017 yilda men Telegramdagi biznesga kirishga ahd qildim va bu meni jiddiy tarzda o‘ziga jalb etdi! Yuzlab desam balki xato bo‘lar, bir necha o‘nlab turli kurslar/vebinarlarni o‘rganib chiqdim. Hozirga kelib men bemalol Telegram haqida kitob yozishim ham mumkin. (Men buni jiddiy aytyabman😉) To‘g‘risini aytaman, avvaliga YouTube yoki VK/Instagramda qandaydir blog ochmoqchi bo‘ldim. Lekin Telegramdagi biznes dunyosi bilan tanishganimdan so‘ng ularning barchasini bir chetga surib qo‘ydim! Mana, bir yildan ham biroz oshibdi, men shu yerda, sizlar bilan birga, Telegramda qanday qilib kesh qilish haqida blog yuritib kelyabman! Bu esa chindan ham juda maroqli! 🚀 T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...
Kompyuter. IT sohasi yangiliklari

Kanalimizda kompyuter saboqlarini, IT sohasi yangiliklarini bilib olishingiz mumkin.

​​#maslahat ☎️ 9 xonali raqam terish tartibi📱 2018 yilning 10 sentabridan mobil va simli aloqa tizimlariga 9 xonali raqamlash tartibi kiritilmoqda. 1️⃣. 9 xonali raqam terish: «UMS» MChJ abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 97, 92 operator kodi) «Unitel» MChJ (Beeline) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 90, 91 operator kodi) «Coscom» MChJ (Ucell) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 93, 94 operator kodi) UzMobile abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 95, 99 operator kodi) «RWC» MChJ (Perfectum) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 98 operator kodi) “O‘zbektelekom” AK simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC –70, 71, 72, 73, 74, 75, 79, 61, 62, 65, 66, 67, 69 geografik kodi) Alternativ simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC – 78 operator kodi) Masalan, ilgari 0 597 100-00-00 terilgan bo‘lsa, endilikda 97-100-00-00 teriladi. 2️⃣. Quyidagi shaharlararo raqam terish tartibi bekor qilinadi: 0 ABC XXXXXXX (bunda ABC – geografik kod yoki operator kodi) Masalan, 0 371 123-45-67 3️⃣. Xalqaro raqam terish tartibi qoladi: O‘zR raqamini terish - 00 998 BC XXXXXXX / +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi) 4️⃣. “O‘zbektelekom” AK ning simli tarmoqlari 9 xonali raqam terish tartibiga to‘laligicha o‘tkunga qadar 7 xonali abonent raqamlarini terish tartibi saqlanib qoladi Toshkent shahar va Toshkent viloyati 30 sentabrga qadar to‘liq o‘tadi, qolgan hududlar bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. 5️⃣. Turli xil pereadresatsiyalarni o‘rnatish: xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi) 9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi) 6️⃣. SMS yuborish tartibi: xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi) 9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi) T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...
Kompyuter. IT sohasi yangiliklari

Kanalimizda kompyuter saboqlarini, IT sohasi yangiliklarini bilib olishingiz mumkin.

​​#telegramda_kanal_yuritish Nega aynan Telegram? TG kelajagi. Ko‘pchilik mendan bir savolni qayta-qayta so‘rashmoqda, so‘rab kelishgan va aminmanki hali yana ko‘p so‘rashadi: "Nega endi aynan Telegram?" Javobim oddiy: bu biznes uchun eng zo‘r platforma. Keling, shunchaki Telegram’ning raqobatchilariga bir nazar tashlaymiz: ▪️VKontakte - pabliklar va guruhlar shunchaki Telegram’dagi kabi ko‘rishlar sonini to‘play olmaydi. Shuning uchun ham reklama narxi Telegram’da VK’ga nisbatan yuqori. Mening jig‘imga teguvchi yana bir jihat - bu izohlar qoldirish imkoniyatidir. Mohiyatan bu unchalik ham yomon emas. Lekin har xil turdagi odamlar va ularning izohlari tufayli potensial obunachi/mijoz sizni shunchaki e’tiboridan qochiradi, o‘tkazib yuboradi yoki shunchaki tark etadi; ▪️WhatsApp - deyarli yangilanishlar yo‘q. Zerikarli, tez-tez qotuvchi va noqulay; ▪️Instagram - Telegram’ning eng zo‘r raqobatchisi deyish mumkin. Lekin uni tom ma’nodagi raqobatchi deb bo‘lmaydi, shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, biznesni Instagram bilan bir qatorda Telegram’da rivojlantirish mumkin va zarur. Biroq VKontakte bilan bo‘lgani kabi muammo - aqlli tasma (умная лента). Sizning postingizni shunchaki ko‘rmasliklari mumkin, bu esa bog‘liqlikning pasayishiga olib keladi; ▪️Facebook - u bilan bog‘liq so‘nggi janjallardan so‘ng men unga jiddiy qaramay qo‘ydim. + Hech qanday radikal yangilanishlar yo‘q; ▪️WeChat - 1 mlrd. foydalanuvchi. Lekin bozorning asosiy ulushi – Xitoyga to‘g‘ri keladi. Asosiy qulayliklari aynan o‘sha yerda ishlaydi! Demak bizda u amaliy jihatdan befoydadir. Boshqa messenjerlarni men keltirib o‘tirmadim, chunki yaqin kelajakda ularning Telegram bilan raqobatlasha olishiga ko‘zim yetmayabdi. Ayniqsa o‘sha Tam Tam. Yana bir narsa. 🚀 Telegram - bu kelajak. Pavel Durov messenjer haqidagi takliflariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu endi shunchaki do‘stingiz bilan sizning o‘rtangizdagi yozishma emas. Bu Telegram’dagi o‘zimizning butun bir olamimiz. Yaqindagina Telegram Pasport paydo bo‘ldi, bu esa TON’ni amalga oshirishdagi birinchi qadamdir. Bu esa nihoyatda zo‘r. TON bu nima? Bu haqida keyinroq) Hozirning o‘zida Telegram’da hamma narsa qilish mumkin: taom/mahsulotlarga buyurtma berish, turli mahsulotlarni xarid qilish, aviareyslar/mehmonxonadagi joylarga buyurtma berish, taksi chaqirish va bu hali hammasi emas! O‘zbekistonda ushbu yo‘nalish nihoyatda rivojlangan. Bu haqida ham men boshqa safar, keyingi postlarimda so‘zlab beraman) T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...

​​#maslahat O‘zingni haq ekanligingga ishonsang, lekin odamlar seni tanqid qilishsa, dilingni og‘ritishsa, senga baqirishsa, e’tibor berma. Shuni yodingda tut: "Har bir o‘yinda, o‘yinchilar emas, balki tomoshabinlar shovqin qilishadi." O‘yinchi bo‘l. O‘zingga ishon va oldingga intil. T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...

#bilasizmi Kompyuterda aylana chizishning innovatsion usuli 😉 T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...
​​#bilasizmi #internet #mulohaza_uchun 🌐 Google siz haqingizda nimalarni biladi? 🤔 Google siz haqingizda nimalarni bilishini bilishni istaysizmi? E’tiboringizga Google tomonidan to‘plangan ba’zi ma’lumotlarni sizga ko‘rsatuvchi 6 havola (ссылка)ni taqdim etamiz. 1️⃣. Google’dagi sizning profilingiz Google sizning asosiy ma’lumotlaringiz – yoshingiz, jinsingiz, qiziqishlaringizni o‘z ichiga oluvchi profil yaratadi. Ushbu ma’lumotlar siz uchun mos keluvchi e’lonlarni namoyish etish uchun ishlatiladi. Siz ushbu ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: 👉🏻 www.google.com/ads/preferences/ 2️⃣. Sizning harakatlaringiz tarixi Agar sizda Android asosida ishlovchi qurilma bo‘lsa, u sizning koordinatalaringiz va tezligingizni Google’ga yuborib turishi mumkin. Siz o‘z harakatlaringiz tarixini ko‘rishingiz va uni faylga chiqarib olishingiz mumkin: 👉🏻 maps.google.com/locationhistory 3️⃣. Google’dagi sizning qidiruvlaringiz tarixi Google sizning qidiruvlaringiz tarixini saqlab borishi mumkin. Bundan tashqari u siz murojaat qilgan e’lonlar tarixini ham saqlab boradi. Bularning bari esa ushbu manzilda: 👉🏻 history.google.com ⚠️ (Izoh. ushbu imkoniyatni o‘z akkauntingizda faollashtirishingiz lozim) 4️⃣. Sizning akkauntingizga murojaat etgan qurilmalar ro‘yxati Agar sizni, sizdan tashqari yana kimdir akkauntingizdan foydalanayotganini bilish qiziqtirsa, siz unga murojaat etgan qurilmalar ro‘yxati, ularning IP-manzillari va joylashuvini ko‘rishingiz mumkin: 👉🏻 security.google.com/settings/security/activity 5️⃣. Sizning Google’dagi ma’lumotlaringizga murojaat etuvchi barcha ilovalar va kengaytmalar ro‘yxati Sizning ma’lumotlaringizga qandaydir murojaat qila oluvchi barcha ilovalar ro‘yxati. Ularning qanday huquqlari va nimalarga murojaat eta olishlari mumkinligini ko‘rish mumkin. Joiz bo‘lsa, ushbu ruxsatni bekor qilishingiz ham mumkin. 👉🏻 security.google.com/settings/security/permissions 6️⃣. Shaxsiy ma’lumotlarni chiqarib olish uchun Google Sizning barcha ma’lumotlaringizni eksport qilish mumkin – zakladkalar, pochtalar, kontaktlar, Drive’dagi fayllar, youtube’dan video, rasmlar va hokazo: 👉🏻 www.google.com/takeout T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...

​​#security #maslahat Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli🔓 🔛 Murakkab parollar haqidagi maqolamizning davomi. 🔝 Bugun bizda siz uchun murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi. U juda ko‘p odamlarga chindan ham murakkab parollarni o‘ylab topish va eslab qolishga yordam bergan. Usul oltita eng oddiy so‘zlarni parol sifatida tanlashni nazarda tutadi, 📄 Masalan – “lom kuchuk bodom nechuk tablo benom” so‘zlar to‘plami (oson eslab qolish uchun atayin qofiyasi moslashtirilgan) parolga aylanadi: lomkuchukbodomnechuktablobenom. 🔑 Ushbu parolni buzish uchun oddiy kompyuterga 10 mingdan ortiq asrlar kerak bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, parollar uchun bunday kodli so‘zni turli variantlarni terib ko‘rish usuli orqali topishning mutlaqo iloji yo‘q. Bundan tashqari, hattoki Tianhe-2 deya nomlanuvchi eng kuchli superkompyuter ham ushbu parolni muvaffaqiyatli tarzda, turli variantlarni terib ko‘rish imkoniyatiga erishishi uchun yaqin bir necha ming yil kerak bo‘ladi. ❗️Agar qofiyasini keltirgan holda so‘zlarni tanlash qiyin bo‘lsa yoki bunga xohishingiz bo‘lmasa, siz shunchaki maktab dasturiga kiruvchi biror-bir satrni olishingiz mumkin (kamida bittasini siz aniq eslab qolgansiz). ✍️ Masalan, Alisher Navoiyning misralari: “Orazin yopgach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh”, osongina “orazinyopgachkozumdinsochilurharlahzayosh” paroliga aylanadi va murakkabligi bo‘yicha yuqorida tavsiflangan namunadan hech qolishmaydi. ✅ Mana endi hech qanday xaker parolni turli variantlarni terib ko‘rish usuli orqali sizning qayd yozuvlaringizga kirishni uddalay olmaydi! T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...

​​#security #maslahat Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar 🔐 🔏 Deyarli har kuni xakerlar ijtimoiy tarmoqlardan tortib, Apple ID va iCloud bilan tugaydigan turli xil xizmatlarga murojaat qiluvchi qayd yozuvlarini buzib kirishadi. Buzib kirishning asosiy usuli esa avvalgidek parollarning turli variantlarini terib ko‘rishdir (bruteforce). Ushbu turdagi hujumdan himoyalanish esa juda oson – bu uchun shunchaki murakkab parolni qo‘llash yetarlidir. Bir qarashda unchalik qiyin bo‘lmagan ushbu vazifa, odatda uzun parollarning esda qolishi oson emasligi tufayli murakkablashadi. 📕 O‘qishda davom eting va taniqli xkcd dasturchisidan murakkab parolni o‘ylab topish va uni oson eslab qolishning oddiy usullarini bilib oling. 🖥 Ushbu usullarni haqida bevosita gapirishdan oldin, keling, parollarni yaratish bo‘yicha umumiy maslahatlarni eslatib o‘tsak. Ehtimol, har biringiz ushbu yoki shunga o‘xshash tavsiyalarni ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘lgan xizmatlar va saytlarda ko‘rgansiz, ammo foydalanuvchilarning 90 foizi bunga beparvolik bilan qaraydi: 1️⃣ Parolning uzunligi 12 belgidan kam bo‘lmasligi kerak. Parol qanchalik katta bo‘lsa, uni buzish shunchalik qiyin ekanligi esa hech kimga sir emas. Uzunligi 12 belgidan iborat bo‘lgan parol, qayd yozuvlaringizni har qanday xakerlar hujumlaridan ishonchli himoya qiladi. 2️⃣ Raqamlar, belgilar, katta harflardan foydalaning. Parolni terib ko‘rish yordamchi dasturlari “catsanddogs” kabi parolni nisbatan tez aniqlay oladi, “C@tsAndD0g$123” paroli bilan esa muammoga duch kelishi aniq. 3️⃣ So‘zlarni qo‘llamang. Parolda oddiy lug‘aviy so‘zlardan foydalanmaslikka harakat qiling. Biror so‘zga aloqasi bo‘lmagan harflar to‘plami esa muayyan bir so‘zdan, hattoki u uzun bo‘lsa ham - kuchliroqdir. ✔️ Kirish qismidan o‘tib oldik, endi oddiy, samarali va unchalik ma’lum bo‘lmagan usullarga o‘tamiz. Murakkab parolni o‘ylab topish va uni eslab qolishning birinchi usuli 👆 Yuqorida keltirilgan maslahatlar murakkab parolni osongina o‘ylab topish imkonini beradi, buning uchun klaviatura klavishlarini shunchaki tartibsiz bosish orqali taxminan quyidagini kiritish mumkin “asfpokdhk3251kh”. Bunday olib qaraganda bu juda yaxshi variant, oddiy kompyuter faqat chuqur nazariya orqali bu kabi parolni buzishi mumkin. Ammo bunday parolni eslab qolish muammolidir. 🔍 xkcd tomonidan taklif qilingan birinchi usulning mazmuni, parol sifatida faqatgina sizning yodingizda turishi mumkin bo‘lgan butun jumladan foydalanish bilan bog‘liq. Albatta, faqatgina parol ko‘rinishiga keltirilgan jumlani. Ushbu jumla tarkibida esa har qanday narsa bo‘lishi mumkin: hayotingizning qaysidir bir oni, muhim voqea, qo‘shiqdan jumla va hokazo. 🎵 Masalan “Jonon bo‘laman deb” milliy qo‘shig‘imizdagi “Jonon bo‘laman deb hammani kuydirasanmu, kuygan bu faqirlarni yana yondirasanmu” jumlasi doim yodingizda turadi. Qo‘shiq parchasidagi har bir so‘zning bosh harflarini olib, ularni parol sifatida ishlating. Natijada — “Jbdhk,kbfyy” hosil bo‘ladi. Bu kabi parolni buzish uchun zamonaviy kompyuterga 33 yil talab etiladi. Parolning oxirida bir nechta raqam, hech bo‘lmaganda, oddiygina qilib “123” qo‘shilsa, unda hosil bo‘lgan “Jbdhk,kbfyy123” kombinatsiyasi uchun kompyuter 33 asr vaqt ajratishiga to‘g‘ri keladi! ✅ Ko‘rib turganingizdek, buning hech qanday murakkab joyi yo‘q, lekin bundan ham qulayroq usul mavjud, u haqida keyingi maqolamizda so‘z yuritamiz - bizdan uzoqlashmang! 💡Maqolamiz sizga uchun foydali bo‘lib, uning davomini o‘qimoqchi bo‘lsangiz, unda 🔥 belgisiga bosing. Unutmang, sizning fikringiz biz uchun muhim! T.me/kompiyutersaboqlari
Mostrar todo...

🔥 4
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.