Hazorasp tuman axborot-kutubxona markazi
Ir al canal en Telegram
Фойдаланувчиларга Ҳазорасп туман Ахборот - кутубхона маркази фаолиятини ёритиб борувчи расмий канал.
Mostrar más207
Suscriptores
+124 horas
Sin datos7 días
+330 días
Archivo de publicaciones
Бир одам бозорда туясини сотди. Туяни сотиб олганлар уни қушхонага (ҳайвон сўйиладиган жойга) олиб кетишди. Туя кушхонага киришдан бош тортди. Барча уринишлар бесамар бўлди.
Шунда бир тажрибали одам:
— Туянинг аввалги эгасини чақиринглар, — деди.
Зудлик билан туянинг аввалги эгасини олиб келишди. У одам жониворнинг арқонидан тутиб, аста қадам ташлади. Туя ҳам изма-из унга эргашди.
Уни сотиб олганлар пичоқларини кўтариб, жониворни сўйишга чоғландилар. Лекин туянинг аввалги эгаси бошқача қарор қилди. У пичоқ кўтарганларга:
— Менга ишониб, изимдан эргашаётган жонзотга қандай хиёнат қиламан?! Уни қандай алдайман?! — деди-да, олган пулларини харидорларга қайтариб берди.
Туяни қушхонадан етаклаб чиқар экан:
— Менга жонини ишониб топширган, ўзини омонат қилган жониворни ҳеч қачон сотмайман, — деб қасам ичди.
Сизга ишонч билдирган инсонга хиёнат қилишдан, уни алдашдан жуда эҳтиёт бўлинг. Унинг ишончига муносиб инсон бўлинг.
#иқтибос
Ҳар бир дақиқангизни қадрланг. Вақт ҳеч кимни кутмайди. Кеча — тарих, эртанги кун — жумбоқ, бугунги кун эса туҳфадир.
Чарльз ДИККЕНС
#иқтибос
Бугуннинг чорасини кўриб, эртага эҳтиёжи қолмаган киши ақллидир.
✍ Абу Райҳон Беруний
#улуғлар_ўгитлари
🌱Қалбинг қай ҳолатда бўлса — ўша сенга насиб бўлади.
🌱Агар қалбингда ёвузлик, ҳасад ва нафрат бўлса — ҳаёт ҳам шундай ғамли кўринади.
Лекин… агар қалбинг мусаффо бўлса — насибанг ҳам нурли келади.
🌱Пок қалб — яхши инсонларни тортади.
Соф ният — яхши йўлларга бошлайди.
Севувчи дил — севимли тақдирни жалб қилади.
🌱Ҳеч нарса тасодиф эмас.
Насиба — бу сенинг ичингдаги сўзсиз дуоларнинг ифодаси.
🌱Юрагингда нима яшар экан — ҳаёт шунга айланади.
Шундай экан, қалбингни безат —
Шунда ҳаётинг ҳам безанади.
Қалбингда яхшилик бўлса, Аллоҳ сенга фақат яхшиликларни насиб қилади.
Нотўғри жойда қанчалик ҳаракат қилманг, қўлингиздан келганининг энг яхшисини қилсангиз ҳам, барибир қадрига етилмайди.
Аммо тўғри жойда…
баъзан ҳеч нима қилмасангиз ҳам,
фақат борлигингизнинг ўзиёқ қадрланади, эъзозланади.
“ТУТУН ЭМАС, ОЛОВ БЎЛ!”
Бутун дунё — улкан саҳнадир. Ўзлигинг олдидаги ягона бурчинг: сенга аталган ролни шундай ижро этки, ҳар бир ҳаракатинг инсонлар қалбини ларзага солсин.
Фредди Меркьюри
Жалолиддин Сафоев таржимаси
#иқтибос
«Инсоннинг келажагини башорат қилиш учун унинг вақтини нимага сарфлаётганига қараш кифоя».
© Уинстон Черчилл
Dilfuza Zaripova Kundoshli uy 13- 22 qism yakun.docx1.03 KB
+9
Joriy yilning 8 iyul kuni Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazi rahbari va mutaxassislari tumandagi yoshlar bilan birgalikda tuman markazida joylashgan, "Sulaymon qalʼa" ga tashrif buyurdilar va bir kunlik sayohatga chiqdilar.
+4
Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati mutaxassislari tomonidan "Jadidlar milliy oʻzlik va istiqlol gʻoyalari asoschisi" mavzusida 32 son madaniyat markazi oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
+5
3 iyul kuni Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazida Madaniyat markazi xodimlari va Axborot kutubxona markazi mutaxassislari siyosiy va maʼrifat soatida ishtirok etishdi.
Ushbu sonda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
+2
Joriy yilning 2 iyul kuni Hazorasp tuman axborot kutubxona markazida Yoshlar o’rtasida vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida O’zbekiston respublikasi davlat gerbi tashkil qilinganining 34 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda faol yosh kitobxonlari hamda FVV tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi sohasining yosh mutaxasisslari ishtirok etdilar. Tadbirda davlatimiz gerbining yaratilish tarixi, mazmun mohiyati, rang tasvirlari haqida qizg’in suhbat olib borildi.
O’zbekiston davlat gerbi mazmuni mamlakatning tabiati, tarixi, milliy qadriyatlari va taraqqiyotga intilishni ifodalaydi.
Davlat gerbi O’zbekistonning mustaqilligi, tinchligi, mehnatsevarligi, tabiiy boyliklari va xalqning ezgu orzu intilishlarini o’zida mujassam etgan davlatimiz ramzidir.
+3
Joriy yilning 23 iyun kuni Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazining Axborot bibliografiya xizmati mutaxassislari tumandagi "Istiqlol" yozgi bolalar oromgohiga tashrif buyurib " Inson huquqlari eng yaxshi qadriyat" mavzusida oromgoh tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda davra suhbati oʻtkazdilar.
+6
Joriy yilning 25 iyun kuni Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazining mutaxassislari tomonidan “Sogʻlom turmush” aksiyasi: yoshlar bir kun davomida smartfondan uzoqda bo'lib, kitob o‘qish, sohaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha "Kitob tafakkur qanoti" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
+3
Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati mutaxassislari tomonidan tumandagi kitobxon onalar ishtirokida "Kitobxon ona oila maʼnaviyatining koʻzgusi" mavzusida kitob koʻrgazmasi va davra suhbati boʻlib oʻtdi.
+4
Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati mutaxassislari tomonidan "Ilm va maʼrifat - jadidlar orzusi" mavzusida UrDU talabalari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
+5
Hazorasp tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot bibliografiya xizmati mutaxassislari tumanda faoliyat yuritib kelayotgan tikuvchilik sexiga tashrif buyurib yoshlar ishtrokida "Kitob bilim manbai" mavzusida bibliografik obzor tashkil qildilar.
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Youtube
+5
Joriy yilning 12 iyun kuni Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati mutaxassislari tumandagi faol kitobxon onalar ishtirokida “Ilmli ayol kuchli jamiyat” mavzusida davra suhbati va kitob koʻrgazmasi tashkil qildilar.
Davra suhbatida kitobsevar onalar va faol ayollar ishtirok qilishdi, kitob koʻrgazmasida kitobxon onalar oʻzlari mutolaa qilgan kitoblari va kitobxonlik haqida tavsiya va maʼlumotlar berib, oʻz fikrlarini aytib oʻtdilar.
+5
Hazorasp tuman Axborot kutubxona markazining Axborot bibliografiya xizmati mutaxassislari ishtirokida tumandagi "Istiqlol" yozgi bolalar oromgohida oromgoh tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Yozgi dam koʻngilga malham" mavzusida bibliografik sharh tashkil qilindi.
