cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Sherzod Uktamovich

— 24 yillik tajribaga ega inson — o’zimga yozaman — reklama olinmaydi

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
945
Suscriptores
Sin datos24 horas
-157 días
-6430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Tez orada Instagram sahifamizda aktivlikni oshirishni, sifatli va foydali kontentlar joylab borishni reja qilyapmiz, ungacha Instagram sahifamizga obuna bo'lib qo'ying: 📷 instagram.com/uktamovicoff
Mostrar todo...
“Sadism” degan ruhiy kasallik bor — bu kasallikka uchragan insonlar boshqa insonlarning azoblanishidan rohat olishadi, ularni azoblashni yoqtirishadi — bu kasallik hozirgi vaqtda yer yuzida deyarli barchada oz miqdorda bor, o’rtacha aniqlangan miqdori 2-5% hisoblanadi — achinarlisi, bu kasallik foizi kundan kunga ma’lum miqdorda oshib bormoqda ekan — oddiy bir misol berib o’taman, ba’zilaringiz ijtimoiy tarmoqlarda yoki boshqa yangiliklarda birorta moshina avariya holatini ko’rsangiz, agar odam halok bo’lgan bo’lsa, juda achinasiz, lekin kuchli avariya bo’lgan bo’lsa-yu, odamlariga hech narsa qilmagan bo’lsa, sal boshqacha his-tuyg’u sizni qamrab oladi (hammada ham emas, bu olimlar tomonidan berilgan fakt) — ba’zi insonlarda bu boshqacharoq ko’rinishi mumkin, bu kasallikning rivojlanishiga nima sabab bo’lmoqda? — albatta, ma’lumotlarning ochiqlanishi, yangiliklarda har kuni minglab yangiliklarni o’qiymiz, ularning kamida 30-40% baxtsiz hodisalar, qotilliklar va mayda bezoriliklar haqida — ana shunaqa yangiliklar inson miyasiga tobora singib borgan sari, shunaqa yangiliklarga o’rganish va ularga xohish ortib boradi — nima bo’lganda ham, insoniyligimiz yo’qolmasin, maslahatim, shunaqa yangiliklarni kuzatmasdan, boshqa biror manfaatli ish qilgan yaxshi @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Repost from Sherzod Uktamovich
Bitiruvchi uka-singillarimga ojizona maslahatlarim: — birinchi navbatda, maqsadingni aniqlab ol va niyatni yaxshi qil — qaysi kasbga va nima uchun qiziqishingni bilib ol — tanlagan kasbingdan kelajakda aniq o’zing qoniqasanmi — qaysi xorijiy tilni bilasan va qaysi tilni o’rganishing sen uchun juda muhim — ikkinchi darajali ishlaringni bir chetga sur, fikr-u xayoling faqat universitetga kirish bo’lsin (agar universitetda o’qimoqchi bo’lsang) — qattiq tayyorlanishim kerak ekan deb, kitob o’qishni chetga surib qo’yma, har kuni hech bo’lmasa, kitob o’qishga yarim soat ajrat (kamida) — agar seni maqsading universitetda o’qish bo’lsa, atrofingdagi o’qimasdan turib, yaxshigina pul topayotgan do’stlaring (dugonalaring) ga e’tibor qilma, hammani yo’rig’i boshqa — agar o’zingni universitetda tasavvur qila olmayotgan bo’lsang yoki yo’nalish tanlay olmayotgan bo’lsang, ota-onangni yaxshigina maslahatini ol — yaqinlaringdan so’rab ko’r, kelajakda seni qaysi kasb egasidek tasavvur qiladi (agar yo’nalishingni juda aniqlay olmasang) — eng oxirgisi va muhimlari, vaqtingni qadrla, u qaytmaydi, ota-onangni ko’proq duosini ol, ularni rozi qil, ular g’animat. © insonolog @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Repost from N/a
Boshqalar haqida o'ylashgan Umar Ibn Abdulaziz milodiy 682-yil hijratning 62-sanasida Madinada tavvalud topgan. Rivoyat qilishlaricha Umar Ibn Abdulaziz taxtga o'tirganida qo'y boqayotgan cho'ponlar "Bugun qaysi solih inson taxtga o'tirdi, qo'ylarimizga bo'rilar hujum qilmay qo'yishdi degan ekan. Umar Ibn Abdulaziz halifalik davrlarida zakot berishga hech bir inson qolmaganidan boshqa davlatlarga zakot chiqarishgan. 1536-yilda Xideyoshi Toyotomi jismoniy nuqsoni bilan tug'ilgan va maymunga o'xshardi. Tayfunlar tomonidan vayron bo'lgan qarorgoh joylashgan qal'a devorini tiklash uchun 500 kishi ajratilgandi. Xideyoshi shahzodaga devorni tiklash bo'yicha taklif bilan chiqdi. Jarayonni tezlatish uchun Xideyoshi Toyotomi ishchilarni eshitadi va vaziyatni tushuntiradi. Keyin ziyofat uyushtirib ishchilarga dam beradi. Uch kun ichida ishlar tugaydi. Xideyoshi Toyotomi Yaponiya imperatori bo'ladi. P.S Liderlar shunday ular o'zlaridan ko'ra boshqalarni o'ylashgan. Shuning uchun ham ular haligacha bizga o'rnak bo'lib kelishadi. @nura_egamnazarovaa
Mostrar todo...
Qirlikka chiqib ko’rganmisiz? — chiqqanlar biladi, chiqishda tizzang toliqadi, qaytib tushishda sirpanib ketishdan qo’rqasan kishi — hayot ham shunaqa, go’yoki, sen alpinistsan va seni missiyang shu tepaliklarni zabt etish, lekin biz aldanyapmiz, qirliklardan ham teparoqda cho’qqilar, undan ham teparoqda ulkan-ulkan tog’lar bor — ko’pchiligimiz qirlikda turib, tepaga qaraymiz, tepamizda yanada balandroq cho’qqilar bor, u yerdan turib tog’ni deyarli ko’ra olmaymiz, tog’ni uzoqroqdan ko’rsak bo’ladi, chunki uzoqdan tog’lar juda yaqindek va kichikdek ko’rinadi, lekin aslida-chi? — tog’larga yaqinlashganing sari u haybatlashib boradi, uzoq va juda balandligini his qilishni boshlaysan, zabt etib bo’lmasdek ko’rinadi — alpinistlarning tog’ va cho’qqilarni zabt etish uchun ishlatadigan qurol-aslahasi bo’lganidek, bizda ham bor bunaqa aslahalar, faqat bular - ilm, tarbiya va tajriba — bu aslahalar hammada har xil, ya’ni sen bilan bir vaqtda tog’ga chirmashib chiqayotgan insonda senikidan ancha kuchliroq va mustahkamroq aslahasi bo’lishi mumkin, sen umr-yo’ling davomida o’z aslahalaringni yoki kuchaytirib borasan, yoki umuman ularni ishlatolmasdan pastda qolib ketasan — hayot deb nomlangan bu alpinistlar maydoniga tushganingdan so’ng, ortga yo’l yo’q, bor, lekin juda xavfli, sirpanib ketishing mumkin, eng to’g’ri yo’l - faqat oldinga, shunday ekan, ulkan tog’larni zabt etish uchun o’z aslahalaringni mustahkamlashdan to’xtama. 👉 @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Shaxsiy rivojlanishni kimdan o'rganyapsiz? — shaxsiy rivojlangan inson o'zi siz uchun kim va ular nega shaxsiy rivojlangan bo'ladi? — hozirgi vaqtda qayoqqa qarama o'zini shaxsiy rivojlanish bo'yicha ustozman, degan blogerlarni ko'rasan, ular haqiqattan o'zlari shaxsiy rivojlanganmi, shuni o'ylab ko'rganmisiz? — ko'pchilik uni tinglayotgan bo'lsa, yoki tomosha qilayotgan bo'lsa, bu har doim ham ular to'g'ri ish qilyapti, degani emas, balki ular ham aldanishayotgandir — o'zi shaxsiy rivojlangan inson kim degan savolga javob topamiz, bira-to'la o'sha insonlarga misollar berib o'taman: — Umidjon Ishmuhammedov - ustoz, ham biznesda, ham xorijiy til sohasida yetuk shaxs — Gulruh Markayeva - xorijiy tillar, ularni o'qitish va psixologiya bo'yicha na'munali shaxs — Abdurazzoq Khanov - yosh bo'lishiga qaramasdan ancha-muncha ishni qilib qo'ygan, yoshlarga o'rnak bo'la oladigan shaxs — Sirojiddin Raxmatullayev - ingliz tili va o'qitish metodikasi bilan ajralib turadigan shaxs — Jasurbek Anvarov - pozitivligi va boshqaruvchanlik qobiliyati bilan ajralib turuvchi shaxs — Aziz Rahimov - ustoz, boshqaruvchilik va ilm-fanda kuchli shaxs, kitob mutolaasidan to'xtamaydigan inson — bunaqa insonlar talaygina, lekin yo'ldan chiqib, men shaxsiy rivojlanish bo'yicha ustozman, deganiga ergashib ketaverish yaramaydi — dars olishga arzigulik insonlardan ilm oling, yuqorida sanab o'tgan misollarimdagi shaxslarga e'tibor qilgan bo'lsangiz, har birida o'zining ajralib turuvchi xususiyati va kamida ikkita yo'nalishda yetukligi bor, ya'ni shaxsiy rivojlangan inson hech qachon bir sohada to'xtab qolmaydi, chunki unaqa shaxs har tomonlama rivojlangan bo'ladi. 👉 @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Uzoqdek ko'rinadi, lekin juda yaqin — hammaning o'lchovi har xil, har kim o'z vaziyatiga qarab o'lchashga o'rgangan, kimgadir juda qiyin ko'ringan ish boshqa birovga juda osondek, yoki shuni teskarisi — siz qaysi turdagi insonsiz, osonni qiyindek qabul qiladiganmi yoki qiyinni osondek qabul qiladiganmi? — bilasizmi, hammasi inson psixikasiga bog'liq, chunki amaldagi kayfiyatimiz ishimizning sifatini ochib beradi, kayfiyatingiz yomonmi, demak, ishingiz sifati tushadi, kayfiyatingiz yaxshimi, ish sifati oshadi — bir so'z bilan aytganda, sizga 'dofamin' zarur, dofamin sizda zavqlanish va ishtiyoq tuyg'usini uyg'otadi, sevib bajarilgan ishning sifati yuqori bo'ladi — dofamin'ni biz har doim ham e'tibor qilmaydigan narsalardan topsak ham bo'ladi, masalan, shukronalik, bugungi kuningiz va hozirgi ahvolingiz uchun shukr qildingizmi? 👉 @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Zahiriddin Muhammad Bobur - mening hayotimni o'zgartirgan inson — Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarini o'qiganimdan so'ng, Bobur timsolini o'zimga 'role model' qilib olgan edim. Uning jasurligi, oqilligi, bilimdonligi, farosatliligi meni o'ziga jalb qilib qo'ygan edi — asarda Bobur timsoli shunaqangi tasvirlanganki, uni o'qayotganda inson ham xursand bo'ladi, ham yig'laydi. Chunki, asarda Boburning bolaligidan boshlangan voqealar yoritilgan. Otasining o'limidan so'ng, yurtini dushmanlarga boy berib qo'yganidan so'ng, opasini dushman qo'lida qiynalayotganida hech narsa qo'lidan kelmay qolgan vaqtlaridagi Boburning azobli kunlari, alamli ko'z yoshlari o'quvchini ham yig'latmasdan qo'ymaydi — lekin, Bobur hammasi uchun yechim topadi. Taslim bo'lmaydi, yaqinlarini yolg'iz qoldirmaydi. Shunaqangi oqilona yo'llar tutadiki, ham janglarda, ham boshqa ishlarda birinchida bo'ladi. Boburning hattoki yosh go'dakligidayoq timsoli hozirgi yoshlarimizga o'rnak bo'la oladi. Farzandlarimizni Boburdek inson bo'lib yetishishiga harakat qilishimiz kerak — bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburni tavallud ayyomi bilan hammangizni qutlab qolaman. Xolisona tavsiyam, qayerdagi bizning mentalitetimizga to'g'ri kelmaydigan "sevishganlar" bayramini nishonlagandan ko'ra, boshqa foydali ish bilan shug'ullaning va albatta, Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarini erinmasdan o'qib chiqing. Ishonamanki, anchagina manfaati tegadi. @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Insonlar o'zga galaktikalarni o’rganib, Marsga uchayotgan bir vaqtda sen: — sevimli blogeringni yangi videosi chiqishini kutasang; — Million jamoasini yangi konserti youtube platformasiga chiqishini kutasan; — qachon darslaring tugashini kutasan; — sevimli serialingni davomi chiqishini kutasan; — o'rtoqlaring seni kompyuterxonaga chaqirishini kutasan; — sevimli qo'shiqchingni yangi ashulasini kutasan; — Real va Barselona jamoalarini navbatdagi o'yinini kutasan; — eng yomoni, tezroq kun botib, tezroq tong otishini kutasan. Qayerga qarab ketyapsan, umring foydasiz narsalarni kutish bilan o'tib ketmayaptimi? 👉 @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Hammaga birdek bo’lolmaysan — yangi muhitga joylashguningcha yoki yangi jamoaga moslashib ketguningcha hammaga ham birdek yoqishing yoki sening ishing hammaga ham birdek yoqishi juda qiyin — bu tabiiy holat, chunki yangi joy, yangi ish, yangi jamoa, yangi harakterlar va yangi qiyofalar — bunaqa holatda nima qilish kerak? — eng keraklisi - vaqt, vaqt hammasini to’g’rilaydi, balki bugun yangi jamoangdan kimdir seni ishingdan kamchilik topayotgan bo’lsa, ertaga u sen uchun eng yaqin insonlardan biri bo’lib ketishi ham mumkin — sen yangi muhitga moslash, jamoangni fikrini ol, rivojlanishda davom et, kamchiliklaringni to’g’rila, hammasi yaxshi bo’ladi. 👉 @uktamovich_shaxsiy
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.