cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ашиқул Фирдавс

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
346
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Dunyo konkurensiya maydoniga o‘xshaydi. Qayoqqa qarama sendan albatta zo‘rrog‘i, sendan puldorrog‘i albatta topiladi. Xuddi hamma bir-biriga nimanidir isbotlab qo‘yish uchun chiranayotgandek harakatda. Bu kapitalizm tuzumining jirkanch taraflari. Nega unda ko‘p, menda kam, qabilidagi hasad o‘ti ham avj oladi bunda. Ammo, rizq sonda emas, barakada degan Alloh taolo. Ozgina mablag‘ingdan ham qanoat hosil qila olishing natijasida baraka yog‘iladi. Har bir jonning rizqi O‘zining qo‘lida. "Yer yuzida o‘rmalagan jon borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir." 11:6 Tavakkul – mehnatni qilib, natijasi haqida qayg‘urmay, natijani O‘ziga topshirib qo‘yishdir. O‘ylanib, mijja qoqmay chiqish bilan hech nima o‘zgarib qolmaydi. Zero biz natijalardan emas, sabablardan so‘ralamiz. Tavakkul qila olgan insonlarning qalbi halovatda bo‘ladi.
Mostrar todo...
Repost from Bek Olimjon
Bilaman bu post obunachilarim 99% uchun qiziq emas. Qani edi obunachilarim, boshqa yoshlar, umuman o’zbek bloggerlari mana shu haqida gapirganida edi. Post chuqur iqtisodiy inqirozga uchragan Argentinaga xaloskor sifatida kelgan Milei haqida. U kecha Jahon Ekonomika Forumida (WEF) 23 daqiqali nutq so’zladi. Bugun ertalab ishga ketayotib poyezdda ko’rdim nutqni. Bunday chuqur nutqni anchadan beri eshitmagan edim. Ishdan qaytayotsam video Twitterda trendga aylanib ulgurgan. 23 daqiqali video saboqlarga g’ij-g’ij to’la. Mana bular men olgan insightlardan ayrimlar - insoniyat iqtisodiy tarixi - davlatlar yalpi ichki maxsuloti o’sish tarixi - dunyodagi qashshoqlik yechimi - iqtisodiy rivojlanish qahramonlari - hozirgi kunda g’arb iqtisodiyotidagi xavflar - jamiyatlar rivojlanishi uchun xavflar - Argentina misolida qanday xatolar qilmaslik - davlatlarni iqtisodiy farovonlikka olib chiqish yechimi - erkin bozor yaratadigan imkoniyatlar va bir qancha boshqa foydali info Ilmiy dalillarga asoslangan, intellektual, nima haqida gapirayotganini aniq va tiniq biladigan, hech qanday suv qo’shilmagan, maqsadi shaffof, o’z fikrini aytishdan qo’rqmaydigan, qolganlarni ochiq tanqid qiladigan, dangal gapiradigan bunday odamni WEF da nutq so’zlovchilar ichida ko’rmagan edim. U zamonaviy trendga aylangan, g’arb davlatlarida siyosat darajasiga chiqqan feminism va shu kabi turli xil ideologiyalarga qarshi fikrlarni ochiq aytmoqda. Mayli, Milei, uning nutqi va hokazolar bir chetda tursin. Men hech bo’lmasa videoda ishlatilgan texnologiya haqida gaplashishimizni xohlar edim. Video ingliz tilida, yuz ifodasiyu, intonatsiyasi Mileinikidek. Ammo Milei asl nutqi ispan tilida bo’lgan. AI (heygen) texnologiya tarjimadan tortib, yuz ifodasi, gapirish stili, ovozi kabilarni shu darajada o’xshatganki, oddiy ko’z uchun farqlash ilojsiz. Shuning uchun ham ingliz tili o’rganish kerak deyman. Ingliz tili o’rganish mana shunday ma’lumotlarni birinchi qo’ldan jonli olish imkoniyatini beradi. Biz esa TikTokda jilpillaganlarni tomosha qilib o’tiraveramiz. TikTok ko’rmaydiganimiz motivatsion videolar ko’rish bilan bandmiz. Na bugunimiz uchun, na ertamiz uchun foydasi bor ishlar bilan bandmiz. Dunyodagi tengdoshlar esa shamol tezligida rivojlanmoqda.
Mostrar todo...
Aaron Slodov (@aphysicist) on X

Milei's 2024 Davos talk, directly translated to English by AI (by heygen), in his own accent. Better than the dubbed version imo.

Hozirgi kunga kelib, o‘zbek segmentining katta qismiga "psixologiya" deyilsa tom ma‘noda ko‘ngil aynish darajasigacha keladigan immunitet hosil bo‘lgan. Mana shu immunitetni ijobiy tarafga o‘zgartirish, sof va ilmiy psixologiyani targ‘ib qilish va shu orqali kishilarga foyda ulashishni o‘z oldiga maqsad qilgan, ochilganiga hali ko‘p bo‘lmagan yangi kanal: @psycho_sphere
Mostrar todo...
Repost from Audio kutubxona
💌 Azizlar, kech soat 21:00 da @audio_kitob2 kanalida viktorina uyushtiriladi. Viktorinada o‘zbek tiliga tarjima qilingan badiiy, siyosiy, iqtisodiy kitoblar yuzasidan test savollari qo‘yiladi. 🥇Eng ko‘p to‘g‘ri javobni topgan ishtirokchiga Yulo Vooglaydning "Vatandoshlik dasturi" kitobi sovg‘a qilinadi! Yaqinlaringizni taklif qiling va g‘olib bo‘ling! Murojaat uchun: @Audio_kutubxonabot
Mostrar todo...
Angliyada o’qiyotgan o’zbekistonlik talabaning ta’lim tizimimiz haqidagi fikrlari: Maqtanchoqlikni to’xtataylik. —————————————- London xaqida qisqacha: Bu yerda tili burro tadbir uyishtirib "Faol" bo'lganlar bir ting ekan. Men Hindlar va Xitoy, Korea va Yapon talabalarini ko'rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman. Xullas men shunchaki bo'm bo'sh miyya bilan magistraturaga kep qolibman. Masalan guruhdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o'ylagan darajada emas, Yaxshi biladi degani ham emas- Bular "Chachvoradi". Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o'rganib kelishganki men ularga haliyam yeta olmayapman. Kompyuterni, offis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o'zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning har biri mendan yaxshi biladi. Dunyo qarash jihatidanham biz markaziy osiyo talabalari oqsoqmiz ekan. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib ular nima ishlab chiqaradiyu qaysi maxsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo'lsa xaliyam Cofe turlarini farqiga bormayman. Siz o'zingizni O'zbekistonda turib Kelajak bizniki,shu turishimda O'zbekistonni dunyoga tanitaman demang. Men shunaqa deb xato qilganimni. Biz rostan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo'lsak rostakamdan o'qishimiz kerak. Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz. Ko'p sohada. Davlat siyosati yoki Iqtisodiy nuqtai nasaridan emas, Oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko'nikmalaridan ularni amaliyotga tadqiqotigacha. Bizni yana eng katta aybimiz bu noloyiq bo'lgan nomzodlarga katta rag'batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib New York, London va Tokio shunga o'xshagan shaxarlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonachilikka ham ishga kira olmaydi. Nega? Chunki uyerda bizdagi faoldan oldin Xind yoki Xitoylik ishga topshirib bo'lgan. Undan ustun bo'lish uchun "Kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz o'tmaydi. Bu yerda, ya'ni Londonda. Yaxshi offis ishiga kirishingiz osmonopar binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma yuz "interview" bo'ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so'ramaydi. Ular sizdan "Ilm" so'raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqalik har kimga beriladigan Qozog'istonning xususiy ko'krak nishonlari bir ting. Ular ilm so'raydi. Xulosa: Bu fikrlar hech kimga negativ qaratilmagan lekin, ko'zimizni ochishimiz kerak. Dunyo ortida biz talabalar ancha ortda qolyapmiz. Sizdan iltimos "Men eng faol, eng zo'r talabaman" demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo'limizdan olib bo'lishmoqda. O'qing birodarlar 👍 ○ Alisher Hashimjanov
Mostrar todo...
Bir burchak bo‘lsa edi, dunyodan qochib berkingani. Ajal shamolday kelsa edi, foniydan olib qochgani.
Mostrar todo...
Hozir derazadan qarab turibman. Soat kechki 00dan oshgan. Tun kunduzdan ancha sovuq. Ro‘paradagi kafening tashqarisidan oshna-og‘aynilar isinish uchun kofe olib ichishyapti. Yonlarida ahlat qutisi. Ichib bo‘lib bo‘shatilgan bir martalik kofe idishini kimdir qutiga tashladi. Ahlat qutini yoniga hozirgina mashinani balonini qoraytirayotgan bir bola keldi-da, hali sovib ham ulgurmagan kofenining idishini ahlat qutisidan olib, og‘ziga tutib, qolgan-qutgan yuqisini simira boshladi... Men hayron, jim kuzatyabman. U nima qilyapti, yoki tentakroqmi? Yana o‘ylayman "Biz qaysi asrdamiz? Nahotki shunchalik nochor odamlar haligacha bor atrofimizda?.." Soniyalar ichida miyamdan: pastga tushib unga uch-to‘rt so‘m pul berish kerakdir balki, degan xayol ham o‘tdi. Lekin tusholmasdim, allamahal bo‘lib ketgan. Yonidagi barzangi yigitlar ham beparvo, huddi u insonni ko‘rib ko‘rmaganga olib turishibdi. Ko‘rsa ham, bir bechora bilan necha tiyinlik ishi bor. Ha, nima? "Hamma o‘zini aravasini o‘zi tortish kerak-da!" Ha, hali odamlarni, dunyoni bilmas ekanman.. Anglasam, o‘zimnigina o‘ylab, birovni muammosi bilan zig‘ircha ham jon kuydirmaydigan haqiqiy egoistga aylanib ulguribman... 11.12.2021
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bir qancha kuzatishlarim natijasida shunga guvoh bo‘ldimki, kun tartibida 5 mahal namoz bor bo‘lgan insonlarning kunlari tartibsiz o‘tmas ekan. Distiplina ularda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ekan.
Mostrar todo...
#FreePalestine #FreePalestineGaza
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Arzimas ko‘ringan ishda befarq bo‘lmaylik, qo‘limizdan shugina kelsa, shuni bajaraylik hech yo‘q.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.