es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Programming ∀

Programming ∀

Ir al canal en Telegram

Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.

Mostrar más
1 354
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
-230 días
Archivo de publicaciones
Qo'shimcha o'laroq aniq fanlar haqida ham aynan shu gaplarni aytgan bo'lar edim. Nimaga ? Dron uchun dasturiy ta'minot qilish va murakkab kriptografiya uchun Youtubedan birasa language tutorials deb qidirilsa bo'ldi emas. Yoki stackoverflowdan yoki chatgptdan... Nega ? Umuman olganda gap qurollar ishlab chiqarishda emas. Asosiy sabab qanday ma'lumot qayerda bor va nimadir nima uchun kerakligi haqida. Misol uchun xozirda bizning davlatimizdagi biror tizimlarni oddiy Choynak hackerlar ham buzishyabti. Sababi kop tizimlar eski va zaifliklar ko'p. Endi bularni ximoyalash uchun yaxshi mutaxasisslar kerak. Mutaxasisslik uchun siz qandaydur o'quv markazda o'qiganingiz kam. Kuchli fundamental bilimlar muhim ayniqsa yuqorida aytilgan masalalarda. Shu sababdan aynan aniq fanlar masalasi haqida aytdim. Kriptografiya alohida fan bo'lsa ham fundament matematika. Aviyatsiya katta fan ammo fundament fizika ! Agar ishtiyoqingiz yuqoridagi kabi narsalar bilan shug'ullanishga qaratilgan bo'lsa unda fundamental bilimlarni yaxshilashdan boshlang. Ana kegin sekin sekin sizga kerakli ma'lumotlarni olish o'rganish imkoniyatlari ochila boshlaydi. Agar o'rtacha darajadagi dasturchi engineer bo'lish maqsad bo'lsa yoki tirikchilik bo'lsa ham marhamat ! Eng minimum ekanomikaga foydangiz tegadi... Lekin yuqoridagi so

Программистларни эҳтиёт қилинглар. Дастурлашни ўқиши мумкин, ўрганиши мумкин, лекин ҳамма ҳам дастур ёза олмайди. Биз 1-2% одам ҳақида гапираяпмиз. Фарзандингиз, масалан, ўз устида ишлади, дастурлашни ўрганди, фойдали маҳсулот тайёрлаяпти, демак, унга эътибор бериш керак. Уни савдо, молия, ё бошқа йўналишларга қаратмаймиз, айнан дастурлашни давом эттиришини таъминлаш лозим. Дастурчилар стратегик аҳамиятга эга ҳозирда. Тўғри, вақт ўтиб, бу ҳолат ўзгарар, бироқ ҳозир ушбу маслак ўта муҳим. Туркиянинг дрони бу айнан дастурий таъминот, коммуникация, криптография; авиация у ерда фақатгина ёрдамчи унсур.

Katta documentationlar ichida cho’kib ketaman… Doyim oldindan qandaydur kerak bo’lishi mumkin bo’lgan texnalogiyalarning dokumentatsiyasini o’qishni odat qilish kerak. Masalan k8s, ELK, nginx, Mongodb vaxakazo. 4 soat deganda yechim topildi…

Repost from N/a
Endi siz taklif qilmoqchi bo'lgan binolar fasadini o'zingiz sinab ko'rishingiz mumkin. Videoda dasturdan qanday foydalanish ko'rsatilgan. Iltimos loyihani takomillashtirishga yordam bering! Dasturni ochish

Repost from Programming ∀
Bundan oldingi postlarda kitoblar mavzusi ko'tarilganida. Bazi hamkasblar tomonidan kitob o'qishdan maqsadni hali tushunilmaganday bo'lib tuyildi. Shu sababdan ushbu mavzuni biroz ochiqlashni o'rinli deb topdim. Disclaimer: Man ko'p kitob o'qiydigan insonlar toyifasiga kirmayman va bunday narsani davo qilmayman. Barcha aytiladigan narsalar shunchaki shaxsiy fikr va qarashlarim asosida. 1. Bizning sohaga aloqador ko'p ilmiy kitoblarda asosan mavzu ancha obyektiv yortilgan bo'ladi. Shu sababdan ham ma'lumotlar ma'lum asoslar va isbotlarga ega. Ma'lum mavzudagi kitoblar bundan mustasino bunday mavzularga. Dasturlash falsafasi yoki prinsplariga aloqador mavzularni misol qilish mumkin. 2. Kitoblarda beriladigan kontentlar kitob darajasiga qarab o'ta maxsus yortilgan bo'ladi. Bazi ilmiy yoki biroz yuqoriroq darajadagi kitoblarda ilmiy ishlar va izlanishlar natijalari va amaliy tajribalar reference qilinadi. Bu esa bizga berilgan ma'lumotlarni isboti bilan ko'rishdan tashqari hayotga qanday tadbiq qilinganini ham ko'rishga va o'rganishga imkon beradi. 3. Kitoblarda asosan biror mavzuning tarixidan boshlab qanday tuzilganigacha va qanday ishlashigacha bo'lgan ma'lumotlar yortilgan bo'ladi. Bu albatta kitob turiga, saviyasi va darajasiga bog'liq. Bazi kitoblarda sayoz ma'lumotlar ham keltirilishi mumkin. Xatto noto'g'ri talqinlar ham. Bu albatta kitobning avtori va mavzusiga bog'liq. 4. Kitobning eski yangisi bo'lmaydi desa ham bo'ladi. Agar kitobda biror mavzuning asosidan boshlab tushuntirilgan bo'lsa albatta bu mavzu eskirmaydi faqatgina kengayadi. 5. Kitoblarning saviyasi, kvalifikatsiyasi va content darajalari ko'p. Xozirgi zamonda kitob yozish, nashr qilish va tarqatish anchagina oson bo'lib qolganini xisobga olsak buyoqda ham turli sifatga ega content mavjud. Oldinlari bunday jarayonlar torroq doiradagi hamjamiyatlar tomonidan baholanib qaysidur ma'noda control qilingan bo'lsa xozir unchalik emas. Bu esa ham yaxshilikga ham yomonlikga )) 6. Video darslik, documentation, maqola va yana boshqacha turdagi contentlar bilan kitoblarning farqi bor shu bilan birga o'ziga yarasha o'rniga ega. 7. Yuqorida ham aytilganidak ma'lum mavzuga yo'naltirilgan kitob o'qisangiz. Shu mavzuga aloqador ko'plab maxsus bilimlarga tajriba qilsangiz esa ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Masalan biror video contentda yoki maqolada. Operatsion tizim qanday ishlashi haqida info olishingiz mumkin. Ammo aynan Operatsion tizimlar haqida batafsil yozilgan 1000+ betlik kitobni o'qib siz OS developmentga qadam qo'yishingiz mumkin. 8. Kitob bilan kitobni hm farqi bor. Masalan siz Grokking Algorithms kitobni o'qib qandaydur algorithms interviewdan success bo'lishingiz mumkin. Ammo The Art of Computer Programming (Donald Knuth) kitobni o'qib umuman boshqa darajaga chiqish mumkin. 9. Kitoblar sizga katta dunyoqarash beradi. Shu bilan birga keyingi o'rganishingiz kerak bo'lgan mavzularga havolalar ham taqdim qiladi. Shu orqali siz bilim doirangizni juda keng qamrovda kengaytirishingiz mumkin. Masalan "An Introduction to Parallel Programming" kitobida SIMD va MIMD systems haqida gap ketgan. Kitobda ushbu mavzular yortilgan. Ammo chuqurroq bilishni hohlasangiz bu mavzu haqida Computer organizations va CPU architecture va yana boshqa mavzular haqida yozilgan kitoblar yoki ilmiy maqolalarga murojat qilishingiz kerak bo'ladi. Bir kitob boshqa kitoblarga murojat qilishiga misol qilib ham ushbu holatni keltirsak bo'ladi. 10. Kitoblarni o'qishga qiynalyotgan bo'lsangiz, sabringiz yetmayotgan bo'lsa o'zim sinagan uslubni tavsiya etaman. Aytaylik qandaydur mavzuda research qilmoqchisiz. Masalan HTTPS protocoli qanday ishlashi qiziq bo'lib qoldi. Shu mavzu yuzasidan izlanish qiling. Ammo biror youtube video yoki mediumdagi maqoladan qidirmang balki kitobdan. HTTPS network mavzusiga aloqador demak network mavzusiga doir yaxshi kitoblarni ko'rib chiqish kerak. Erinmay o'tirib o'rganib chiqavering ohirida esa hulosa qiling. PS: O'ylaymanki ushbu maqola sizni kitobga mehr qo'yishingiz va biror savolingizni javobini aynan kitoblardan topishingizga sabab bo'ladi.

Zoo projectlarda faqat bir narsaga qoyil qolaman. Hechnarsa ohirigacha maromida qilinmagan. Qandaydur service nodejsda qilingan. Ammo nega nodejsda deb so'rasangiz aniq javob yo'q. Hech qanday problem solution docs bo'lmaydi. Nima uchun falon DB ishlatilgan desangiz argumental javob yo'q. Kegin hamma savolga javob birxil. Sababi bizda shunday mutaxasis bor. Kegin yana savol tug'uladi. Ammo uning ham javobi yo'q. Savol quyidagicha edi. Nima uchun mutaxasisslar o'z yo'nalishlari bo'yicha shu narsani yaxshilab bajarishmadi ? Zooga esa yana yangi memberlar(service, module) qo'shilaveradi...

Dunyoqarashim haqida…
Dunyoqarashim haqida…

Yaqinda awsni yaxshi deb yurgan edik. Mana axvol...
Yaqinda awsni yaxshi deb yurgan edik. Mana axvol...

Yevropa muhlislari uchun maxsus Rasm ! Siz sevgan yevropa madaniyati va tarbiyasi. Kim ekaningiz esdan chiqmasin 🙂 “Yemagan
Yevropa muhlislari uchun maxsus Rasm ! Siz sevgan yevropa madaniyati va tarbiyasi. Kim ekaningiz esdan chiqmasin 🙂 “Yemagan odamiylik prinsplari”

Umuman oglanda shunchaki providerga SDK yozib ko'rishni reja qilgan edim. GCP bu borada ancha qulay ekan. AWS da SDK bergan API docs bazi joylarda juda eski edi. GCP sizga REST va RPC apilarni taqdim qiladi. Undan tashqari huddi Mandaka SDK qilib ko'rmoqchi bo'lganlar soni ham talaygina ekan. Biror technology oriented qilmagan juda generic ham qilmagan docsni o'qib hamma narsani o'rganib qilsa bo'ladi :). Fundamentlari bor odamga juda oson ekan. 1 soatda o'zimga kerakli asosiy narsalarni topib oldim resurslarni ham :)

GCP top 300$ sovg'a ham qildi 😎
GCP top 300$ sovg'a ham qildi 😎

Supportga yozdim, hal etib bermasa aytib qo’yay kelajakda katta startuplarimda AWS haqida ketsa F***k you AWS deyman ommani oldida…

AWS trash... Captchasi ham trash.
AWS trash... Captchasi ham trash.

— Salomaleykum aka ! — Voleykum, nimagap ? — Xizmatchilik aka, xizmatchilik ryugzakingizni tekshirib olay noqununiy narsalar yoqmi ! — Aha, bemalol chetroqqa o’ring odamlar yo’lini to’sdik. — Keling… — Qanday ochgan bo’lsangiz shunday yopingda aka :) — Salomat bo’ling… Oybek metro tomonda ertalabdan kochada rugzagimni tekshirishdi. Eng qizigi sal nariroqdagi sochi bo’yalgan va erkaklar kiymini kiyib olgan odamni ham rugzagi bor edi uni tekshirishmadi… Doyimgiday o’z yurtimda shubxali shaxs bo’lib ko’rinishim yurakka og’ir botib yo’limni davom qilyabman 🥲

Adavanced Math kabi narsalar aytilsa birmuncha tog'ri tushunaman. Sababi bu narsa rostdan ham hammaga kerak emas. Hamma mutaxasisslar ham bu yerdagi mavzularni bilishi kerak emas. Ammo adavanced nodejs, js, ts, yana adavanced biror DB kabi narsalar hamamga kerak. Ertaga siz qilgan app trash bo'lmasligi uchun ham. Shu sababdan bunday "adavanced" narsalarni ham vahima qilmasdan shunchaki o'qib o'rganib qo'ying va amaliyotga tadbiq qiling. Shunda adavanced nodejsni bilmaganim uchun searching sekin ishlayabti deb bahonalar qilmaysiz 😊

Adavanced nimadur bilim deyilganda asosan tor doiradagi jamoat haqida gap ketishi kerak. Oddiy narsalarni ham adavanced va basic deb ajratish unchalik tog'ri narsa emas nazarimda. Bir tanishim interveiwga tayyorlanayotganida yordam berishimni so'rab mock interview qilgan edik va quyidagicha savol bergan edim. Savolning mohiyati shunday. Sizda katta file mavjud masalan 1TB endi siz ushbu filedan biror contentni search qilishingiz kerak. Hosh nima qilasiz ? U kishi "Men adavanced N technology va searching algorithmlar haqida o'qimaganman !" Deb javob berdi. CV da esa juda kop optimizationlar haqida yozgan edi shu bilan birga Leetcodedan Juda kop algorithm yechgani haqida keltirgan edi. Tajribasi ham anchagina keltirilgan qog'ozda. Kegin atayin qopol gapirganman "N-yil nima qildingiz ?" Tajribasi anchagina yillik bunday inson yuqoridagi savolga tog'ri javob berolmas ham o'z fikrini bildira olishi kerak. Man leetcodeda uzog'i bilan 100-150 ta misol ishlab ko'rganman. Matematik bilimlarim ham maktab davrida qolib ketan. Ammo yuqoridagi savolga yoki muammoga ishlaydigan yechim topishim mumkin. Eng oson yechimlardan biri. 1TB lik file bo'lsa oldin aniq bo'lakchalarga ajratib olaman. Keyin stream orqali o'qish va qidirish mechanismini implement qilaman. Mayli boshlanishiga N ta threada paralell oddiy linear search qilsin. Shu orqali hal etaman. Ammo bu joyda muammo chiqadi thread management bo'yicha va javob topilganida uni olish bo'yicha shu sababdan thread pool patterni ishlataman va bitta shared memory ajratib sodda mutex yasab ko'raman. Yuqoridagi masala esa aslida abstract savol berilishi bilan detalizationga kiritaman. Filega realtime yozilyabtimi xozir ham yoki write to'xtatilganmi ? Agar realtime bo'lsa partitionling juda ham ish bermasligi mumkin. Kegin qanday file ? Qanday data structureda saqlangan ? Json bo'lishi mumkin :) Yoki oddiy txt. Yuqoridagi savolga juda optimize yechim berolmasangiz ham ma'lum uslubda muammoga yechim bera olishingiz sizning aynan qanday mutaxasiss ekaningizni belgilab beradi... Shu sababdan problem solving deganda ko'r ko'rona algo & ds o'qib leetcodeda masalani submit qilishga emas muammoni tushunib, o'rganib yechimni o'z uslubingizga ko'ra taqdim qilishga va yana boshqa birqancha amaliyotlarni shu jarayonga tadbiq qilishga odatlaning. Masalan discussion qilish amaliyoti yoki tanqid qilish, testlash vaxakazolar... PS: Mock interviewlar va interviewga tayyorlanishni kimyo fanidan imthonga tayyorlanib fanni 5 baho bilan yopib ishga kirgandan keyin esa yuzlab bolalarni yod bilan zaharlashga o'xshataman...

Mardikor - Bazi insonlardan qiziq so'zlarni eshitaman. Masalan "N vaqt oldin men falon joyda ishlar edim. Qora ishchi edim jismoniy mexnat bilan shug'ullanar edim. Xozirda IT ga kirdim dasturchiman qora ishchi emasman." Mardikor so'zining aniq lug'aviy tajrimasini bilmayman. Ammo Man uchun asosiy mohiyati kamroq pul evaziga og'ir jismoniy mexnat bilan shug'ullanadigan yonlanma ishchi. Biror kochadagi mardikorni pul berib har oyda N marotaba kelib sizni bog'ingizni tozalashiga yoki yerlaringizni chopishga yonlasangiz bo'ladi. Albatta bu joyda ham kelishuv mavjud yani eng kamida oylikni kelishasiz. Endi sizga ishining ustasi mutaxasiss bog'bon kerak bo'lsa sizning kelishuvingizda juda ko'plab kriteriyalar mavjud bo'ladi. Yuqoridagi nazarda tutilgan maosh tomonlama ham sezilarli farqlar bo'ladi. IT dagi katta qatlam ham mardikorlikdan iborat desam ishonasizmi ? Mardikorlarning yana bir xususiyati ko'p narsalarga rozilik berib yuboradi. Masalan savdolasha olasiz. Mardikorlar asosan shu ishdandan boshqasiga potensialim yoq deb xisoblashadi yoki rostdan ham shunday bo'ladi. Sababi Maktab davlarimda o'zim ham pul evaziga odamlarning uylarini ta'mirlashda qatnashganman. Kerak bo'lsa pul evaziga yer ag'darganmiz o'rtoqlarim bilan. Yani mardikorlik qilaganmiz. Nega ? Sababi o'shanda bizni muhitda boshqa ishalrga potensial bo'lmagan maktab bolasini hechkim ishlatmaydi. Studentlarni ham. Shu sabab bizda ko'p narsaga potensial bo'lmagan. Lekin yagona potensial o'qishga bo'lgan :) Huddi shunday mardikorlar potensiali va juda ko'p parametrlari cheklangan odamlar. Shu sababdan ular anchagina arzonroqga ishlaydilar. ITdagi mardikorlar ham shunday. Juda ko'p narsalarga potensiali bo'lmaganlar. Bu narsa albatta xozirgi holatiga nisbatan aytilganda. Sababi xozir shunday :) Faqat ularning ishlarida farqlar bor. IT mardikorlar ham juda ko'p aqliy mexnat qiladilar va arzon maosh oladilar. Eng yomoni esa ularni o'rnini bittada almashtirish mumkin :) Manashu narsa eng muhim nuqtalardan va sabablardan biri. Undan tashqari IT mardikolarlani ko'plari etiborga o'zlarini mardikor emasdak xisoblashadi. Sababi oddiy mardikorlarga qaraganda ancha saviyaliroq bo'lishadi. Ammo bu degani ular rostdan ham biror yuqori elita egalari deganini anglatmaydi. Ularning o'rnini almashtirish doyim oson bo'lgan. Lekin IT sohasidagi korparatsiyalar siyosati bu masalada juda boshqacha ishlagani uchun bunday amaliyotlarga kam extiyoj bo'ladi. IT mardikorlarning yana bir eng muhim sifati bu bilimsizlik. O'z kasblariga oid bilimlarni yaxshi bilmaydilar o'zlashtirmaydilar. Shu sababdan ularda ko'p narsalarga potensial kam bo'ladi. Shu sababdan o'zlarining talablarini qo'ya olmaydilar va bazida ishlarini yoqotishdan qorqadilar chunki ularning o'rinlarini boshqasi egallay olishiga va shunday narsa aniq sodir bo'lishiga ishonadilar. Mutaxasisslardan eng asosiy farqlaridan yana biri IT mardikorlar kichik va oddiy narsalarni ham katta va murakakb qilib bayon qilishga xarakat qilishlarida. Bunga misol qilib aytishimiz mumkin bo'lgan narsalardan biri. Adavanced nimadur deyiladigan gaplar. Siz mutaxasissmisiz siz uchun hammasi oddiy bo'lishi kerak. Adavanced nodejs adavanced nimadurlarni unuting. Shunchaki tajribasiz va tajibali mutaxasiss bo'ladi tajribasizlar xozircha bilmasligi mumkin Nodejda threadlar bor ekanini ammo tajribalilar biladi va joyi kelganida shu narsadan unumli foydalanadi. Undan tashqari mutaxasisslikning fundamental bilimlarini o'rganish kerak ekanini har qanday leveldagi mutaxasisslar tushunishadi. Buning uchun IQ200 kerak emasligini ham biladilar :)