es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Programming ∀

Programming ∀

Ir al canal en Telegram

Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.

Mostrar más
1 354
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
Mensaje de video00:11

Hullas keyingi safarga bilasizmi nima qilamiz ? Muhammad okam @leph0 ga savol beramiz. Aniq vaqtlarini aytolmayman sababi vaqtlarni kelishmadik. Lekin maqsad sizga yangi dunyoqarashni share qilish. Balki shu bahona kimdir WebGL, WebGPU gamedev mavzulariga qiziqib qolar. Ammo u suxbatimiz uzunroq b'lsa kerak. Mani savollarim ko'p )) Huddi shunday sizning ham savollariz bo'lsa albatta yozib qoldiring. Keyingi safar Web Graphics haqida suxbat qilamiz. Imkon qadar sodda va qisman chuqur kiramiz mavzuga 🙂

Yozib olish esdan chiqibti 🥲 Buning uchun uzr so'rayman. Hudoholasa keyingi efirlarni aniq yozib olamiz. Savol bergan hammaga Rahmat ! Keyingi efirimiz yana weekenda va taxminan shunday vaqt oralig'ida bo'lib o'tadi. Xato va kamchiliklarni albatta report qiling 🙂

Ovozni tekshirib ko'ramiz.

Boshladik

Demak bugun 18:30 da ITstandUpni boshlaymiz. Sizlar text ko'rishida yuborgan savollarga jonli efirda javob berishga harakat qilaman. Efir 1 soat davom etadi. Istalgan savollaringizni berishingiz mumkin bilganlarimga javob beraman. 2 soat 56 daqiqadan kegin ko'rishguncha 🙂

Ajoyib sovg’a qilishdi 😇
Ajoyib sovg’a qilishdi 😇

Repost from Yumor AI 81±
Bank va maktabning farqlari 1. Bankda odamlar orqali pul muomalaga joriy qilinadi. Maktabda esa bilim 2. Bankda qaytarib bermaslik sharti bilan olingan pullarga talabgor koʻp. Maktab ming yillardan beri shuni qiladi lekin talabgor kam 3. Bank kreditga pul bersa ustiga qoʻshib qaytarib oladi. Maktabda ham shuni joriy qilsa ajoyib boʻlsa kerak 4. Barcha moliya sohasidagilar malaka oshirish yoki darajasini oshirsa bu jarayon haqida oʻz ishxonasidagilar biladi. Maktab oʻqituvchilari bu ishni qilsa boshlanish jarayonida ichki ishlardan tekshiruvchilar, u yogʻi ommaviy axborot vositasida yoritiladi 5. Bank sohasidagilar ishi kechqurun soat 22:00 da tugaydi. Maktabda ish 16:00da tugaydi lekin uyida 22:00gacha ishni davom ettiradi 6. Bankdagilar mashina olsa oʻz ishidagi jarayonlarni qoʻllaydi. Maktab oʻqituvchilari mashinasini maktabga bogʻliq boʻlmagan daromaddan olgan 7. Bankdagilar oʻqituvchilar nomiga kredit olib soqqa qilishi mumkin. Maktabdagilar bankdagilar nomiga bilim olib soqqa qila olmaydi 8. Bankdagilar bankomatlarga pul toʻldirib qoʻyish talabi qattiq Maktabda kitobga toʻldirib qoʻyilgan kutubxonaga kirish qiyin 9. Bank koʻp pul chiqarsa odamlar bosib qoʻygan pullar ham muomalaga chiqib ketsa pulni qadri tushadi. Maktab koʻp bilim chiqarsa, odamlar bosib qoʻygan bilimni ham muomalaga chiqarsa qadri oshadi 10. Bank va maktab mashina qoʻyadigan joy maydoni bir xil @Intellektual_yumor 😮

Boshqa tomondan o’ylasam bunaqa gaplarni taxmina. 6-7 yoki undan ham ko’pdan buyob gapiriladi. Ziyolilardan tortib oddiy aholi vakillarigacha hamma gapiradi 😁 Hamma o’zini success roadmapini gapiradi )) Shu sabab aytmoqchimanki yuqoridagi hamma gaplar tresh BILGANIZNI QILING !

Jamiyatning asosiy qatlami oddiy bir narsani tushuna olmaydi. Odam qilgan ishni odam qiladi. Bizdagi ko'p steriotiplar aynan shu kabi fikrlashga to'sqinlik qiladi. Hamma millat vakillarining yetarlicha steriotip va muammolari bor. Hamma millatda nimadir qilishga to'sqinlik bor va hamma millatcha challengelar ko'p o'ziga yarasha. Shu sababdan boshqalarga qaramasdan o'z yo'limizdan yurganimiz yaxshi deb bilaman. Hammaning yo'li bizga mos kelmasligi mumkin. Tashqaridan keladigan biz uchun foydali bo'lishi mumkin bo'lgan fikrlarni qabul qilishni hohlamaymiz. Boshqa dunyoqarashlarni ko'rib chiqmaymizda lekin qo'shnimiz, yoki "kattalar" tavsiya qilganlarini olishga harakat qilamiz. Kimdirga savol berishdan oldin o'zimiz qidirib ham ko'rmasdan uyalmay savol beramiz )). Qisqasi bunaqa muammolar ko'p va ular bizni o'sishdan, o'rganishdan, rivojlantishdan to'sadi. Risk qilishni eplay olmaymiz. Xozir ishdan ketsam och qolib ketaman... Xozir falon narsani o'rganish uchun vaqtim yo'q... Ohirida esa o'zimizcha nolib qo'yamiz bizda negadir o'xshamagani haqida 🙂 Qo'chqor aka siz harakat qilmasayz hechnima o'xshamaydi. Inson biroz xarakatchan bo'lsa, ratsional qarab masuliyat bilan biror ishga kirishsa albatta natija bo'ladi. Lekin qo'chqor aka sizda bunaqasi bo'lmaydi sababi hamma narsani gapda hal etasiz amalda esa hechnima qilmayiz. Hamma nimadirga erishishni nimadir qilish haqida gapiradi. Bazi tanishlarim ularni taniganimdan buyon aynan biror narsani amalga oshirish haqida gapiryabti. Doyim ko'rishganimda o'sha mavzular boshlanadi. Qo'chqor aka bilim kallangizga quyilib qolmaydi. Pul esa osomondan yog'maydi. Ikkisiga ham erishish kerak.

Repost from Programming ∀
Bu muammo hammada bor aka )) Ruslarda ham infoqalloblardan tortib trash coderlargacha tiqilib yotibti. Bu mavzu hamma millat va jamiyatga tegishli.

Bizning muammolarimiz bor. Biror kasb o'rganmoqchi bo'lsak, qo'rquv bilan o'rganamiz. Qo'rquv har taraflama: - o'rgana olamanmi? - o'rgansam ish topa olamanmi? - ishga kirish uchun suhbatdan o'ta olamanmi? - ishga kirgandan keyin o'sa olamanmi? - bu ish orqali maqsadlarimga yeta olamanmi? - tanishlarim ustimda kulishadiku PHPni ham o'rganasanmi deb... ... Qo'rquv va o'zimizga ishonchsizlik juda kuchli bizda. Doim kasb tanlamoqchi bo'lsak idealini tanlamoqchi bo'lamiz. Faqat shu idealini tanlasamgina o'z maqsadlarimga yeta olaman deb o'ylaymiz. Vaholangki biznesda ham N ta "FAIL" bo'lsa ham shular orasida birortasi "SUCCESS" bo'lishi mumkin. Kasbda ham shunday, Siz o'zingiz uchun qaysi kasb har taraflama ideal ekanligini boshida bilmaysiz. Man Rus millatidagilar bilan gaplashib, ularning biz O'zbeklardan asosiy farqi, o'ziga ishonch bor va qo'rquv yo'qligida ekanligini sezdim. Ular biror kasb o'rganishmoqchi bo'lishsa qattiq kirishadi va shuni ustasi bo'lishga harakat qilishadi. Ular o'ziga ishonch kuchli bo'lganligi bilan gap ham berishmaydi kerak bo'lsa. O'z fikrini himoya qiladi. Masalan: - Python yoki Nodejs o'rgana olarmikinman? Qiyinmasmi? - PHP o'rgansam ish topa olamanmi? - PHP o'rgansam o'sa olamanmi, o'lgan til ekan deyishyaptiyu? - PHP o'rgansam oylik ham kam deyishyapti, nima qilsam ekan a? - FAANGga PHPni o'rganib ishga kirib bo'lmas ekanu?! Manam Amazonda ishlasam deyman...

Bu mavzuni IT standub deb nomlab oldim o'zim uchun. Hullas kelayotgan weekenda maksimal darajada harakat qilaman va shu distiplinada har 2 haftada davom etamiz. Mavzular ma'lum contextlarda bo'lsa ham erkin. Keyingi masaladagi yangilikni ham ulashib qo'ysam o'zimda ham yaxshiroq masuliyat bo'ladi. Spoiler emas ammo aynan biror topic yuzasidan katta tajribali akalar bilan suxbat qilib aynan shu topiclar va o'sha yo'nalishdagi perespectiveni ham share qilmoqchiman. Hullas commmunity uchun xozircha faqat shunday contribution qila olar ekanman. Muhimi imkon qadar sifatli va foydali content bo'lsin. Yangi hamkasblarimiz bilishsinki dasturlash katta mavzu va burchak burchaklarda ko'plab hamkasblarimiz ajoyib ishlar bilan shug'ullanishyabti 🙂 Ajab emaz kelajakda aynan Computer sciencedagi fanlarga ham contribution qiladigan hamyurtlarimiz ko'paysa 😎 Yoki industuryda popular texnalogiyalar authorlari chiqsa 😃 Shu o'rinda aynan shunga mos ravishta hammasiga tayyorgarlikni boshladim agar kimnidir dunyo qarashi kengayishiga foydam tegsa demak Mission passed )))

Doyim 9-may kuni sotilgan artifact va skinlarimni hotiralayman endi…
Doyim 9-may kuni sotilgan artifact va skinlarimni hotiralayman endi…

Anchadan biri virtualizatsiya bahonasida cloud servislar haqida o'qiyman. Oldingi postlarda cloud function qilish va serverless tizimlar qanday narx xisoblashi haqida ham qisqacha aytib o'tdim. Umuman olganda serverless infrani development qilish qiziq. Lekin cloudda biror narsaga yechim berishda miyya siqadi 🙂 Xozir cloud trendda, NoOps, serverless mavzularida ancha o'sishlar bo'lgan. So'ngi 2-3 yilda bu mavzular actua bo'lib juda katta qamrovga ega bo'ldi. Kompaniyalar miqyosida qaraydigan bo'lsak. Katta kompaniyalar ham private cloud qurishyabti. Ko'pchilikka sir emaski yuridik masalalar tufayli ham bazi kompaniyalar cloud servislarni ishlata olishmaydi. Shu sababdan ular uchun alohida private cloud infra solutionlar ham bor. Openstackdan tortib boshqa nonamelarigacha )) Agar oddiy backend dasturchi boshqalardan biroz bo'lsada ajralib turmoqchi bo'lsa albatta cloudga doir mavzularni o'qishi va imkon qadar certficationlarga ham ega chiqishini qattiq tavsiya qilaman !

Repost from Shukhratbek.dev
Problem: Headless CMS da custom extension orqali private datasourcedan data larni olish kerak Contentstack: Headless CMS - Co
Problem: Headless CMS da custom extension orqali private datasourcedan data larni olish kerak Contentstack: Headless CMS - Coorporotive IAM ga ulangan SAML protocol orqali. Contenstack custom extension: Tashqi servislardan kerakli datalarni olish uchun yaratilgan lookup extension (select/dropdown ko'rinishida) - React va Contentstack UI Location(Custom Field) yordamida yaratilgan. api.domain.xyz: Datasource uchun API endpointlar - Coorporotive IAM ga ulangan OAuth protocol orqali IAM: Identity and Access Management - Keycloak based Eslatma: hamma endpointlar private api.domain.xyz ichida. Muammo: Contentstackdagi authorized user to'g'ridan to'g'ri private datasourcedagi datani ko'ra olmaydi. Sababi Contenstack token - SAML orqali olingani uchun uni private datasource api.domain.xyz qabul qilmaydi. Savol: Qanday qilib ularni do'stlashtirish mumkin? Solutionlarni keyingi postda joylayman 🙃 #problem

Man ubuntuni 14.04dan boshlagan edim adashmasam... Umuman olganda Linux ham sal sifatliroq trash 😎

Repost from Otabek Ismoilov
Ubuntu 20.04 dan keyin buzulib ketgandek ))
+7
Ubuntu 20.04 dan keyin buzulib ketgandek ))

Bunaqa qilmela barakatopgurla 😊
Bunaqa qilmela barakatopgurla 😊