cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Guliston tuman Yoshlari

Ushbu kanalda Guliston tumanida yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar, o'tkazilayotgan tadbir va loyihalar, shuningdek, eng so'nggi yangiliklardan boxabar qilib boriladi. Murojaat uchun:@Zulhaydarov_Iskandar

Mostrar más
Uzbekistán53 259El idioma no está especificadoNoticias y medios54 902
Publicaciones publicitarias
187
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi "Hokim va yoshlar" nigohida Yakunlanib borayotgan 2023-yil yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan Guliston tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tuman Madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimining o'rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi hamda mas'ul soha rahbarlari, o'qish va izlanishda muvaffaqiyatga erishgan yosh avlod vakillari qatnashdi. Tadbirda kirish so'zi bilan tuman hokimining birinchi o'rinbosari Olimjon Jurayev, bugungi kundagi yoshlarga ko'rsatilayotgan islohotlar va keng ko‘lamli o‘zgarishlar, yangilanishlar, yoshlarning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida to'xtalib o'tdi. Yangi yil kirish arafasida tashkil etilgan tadbir o'ziga xos yoshlar festivaliga aylangan marosimda respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar, “Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblari hamda iqtidorli yoshlarga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Uchrashuvda so'ngida yoshlar vakillari uchun konsert dasturi tashkil etilib elimiz ardog‘idagi san’atkorlarning chiqishlari barcha yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
02:15
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Yoshlar yetakchilaridan hayirli tashabbus Erta tongdan Guliston tumani obodonlashtirish ishchi xodimlariga tuman yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan mahallalardagi yoshlar yetakchilari va bir guruh volontyorlar ishtirokida issiq kofe tarqatilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
15.17 MB
👍 4
00:05
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Assalomu alaykum aziz tumandoshlar!!! Avvalo, Siz azizlarni, qutlug' ayyom — Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Konstitutsiya – vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinchligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlovchi poydevoridir. Har bir davlat boshqaruvida Konstitutsiya muhim tamoyil va asos sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Fursatdan foydalanib Siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat – salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik – xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Jonajon O'zbekistonimiz doimo gullab – yashnasin! Hurmat bilan, O'lmasjon Mamadaminov Guliston tumani hokimi.
Mostrar todo...
5.30 KB
01:17
Video unavailableShow in Telegram
📺"Diyor Yangiliklari" 🎥Ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlar 🗺Sirdaryo viloyati 💿LAVHA (01.21.2023) ♻️Do‘stlarga ulashing👇🏼 https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
Mostrar todo...
6.mp48.74 MB
⚡️Nurli maskanda inklyuziv xayriya auksioni tashkil etildi So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun 30-noyabr kuni Guliston tumani hokimi O'lmasjon Mamadaminov tashabbusi bilan "Zarbdor" mahallasida joylashgan "Nurli maskan" maktab-internatida o‘quvchilar tomonidan qo‘l mehnati bilan yaratilgan tasviriy va amaliy san’at buyumlari auksioni o‘tkazildi. Auksion savdosida tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari va tadbirkorlari ishtirok etishdi. Tashkil etilgan xayriya auksionida maktab-internatida tahsil olayotgan o'quvchilar tomonidan qo'l mehnati bilan tayyorlangan san'at buyumlari va tasviriy san'at asarlari kim oshdi savdosiga qo'yilib, tashkilot rahbari va tadbirkorlar tomonidan xarid qilindi. Xayriya auksioni o'quvchi yoshlar uchun katta kayfiyat ulashib, ko'rgazmali chiqishlari va kuy qo'shiqlar bilan bayram tadbiriga ulanib ketdi. 📲@Gulistontumanipress
Mostrar todo...
01:01
Video unavailableShow in Telegram
🔥Biz real hayotni virtual olamdan jozibaliroq ko'rsatamiz! ⛔️Aksariyat hollarda ota-onalar farzandlarining dangasaligi, kam dars qilishi, kitob o'qimasligi, ko'p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazishidan shikoyat qilishadi. Bu - jiddiy muammo, agar siz unga vaqtida to'g'ri yechim topmasangiz. ♻️"Yuksalish" liderlar akademiyasi Guliston filiali dekabr oyi uchun qabul boshladi. Hurmatli ota-onalar! 10-20 yosh bo‘lgan o‘g‘il va qizlaringizni 1 haftalik bepul darslarimizga berib ko‘ring. 1-kundan axloqidagi o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz. 📞 +998933226000 @sirdaryo_yuksalish Bizni kuzating👇🏻 @yoshlar_agentligi_guliston_t
Mostrar todo...
11.91 MB
⚡️Guliston tumanida yoshlarga to'qsonbosti ekinlarini ekish uchun yer maydonlari ajratildi Respublikamizning barcha hududlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholiga sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Sirdaryo viloyatida ham oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida alohida e’tibor qaratilib, tumanlardagi bo'sh yer maydonlarda to'qsonbosti ekinlari ekilmoqda. Xususan, bugun 24- noyabr kuni Guliston tumani Paxtaobod SIU hududida to‘qsonbosti ekinlari ekishni samarali yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida tuman zaxirasiga qarashli bo'lgan bo'sh yer maydonida ko'rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Guliston tumani hokimi O'lmasjon Mamadaminov, mas'ul o'rinbosarlari va tuman yoshlar ishlari agentligi rahbari hamda mahalla yoshlar yetakchilari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Seminar so'ngida tuman zaxirasidagi 2 gektar bo'sh yer maydoni 10 nafar ishsiz yoshlarga 20 sotixdan ajratib berildi va ushbu yer maydonga yoshlar tomonidan to'qsonbosti ekinlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. 📲@Gulistontumanipress
Mostrar todo...
👍 1
⚡️Guliston tumani o‘quvchilari Angliyada Xabar qilinganidek, Guliston tumanidagi 1-umumta'lim maktabining o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoa "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etib, Buyuk Britaniyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishgan edi. Ayni kunlarda o‘quvchilarimiz Buyuk Britaniyada bo‘lib, mamlakatning qator diqqatga sazovor manzillarida sayohat qilish barobarida tengdoshlari bilan tajriba almashishmoqda. Bizni kuzating👇🏻 @yoshlar_agentligi_guliston_t
Mostrar todo...
👍 1
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.