cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

Publicaciones publicitarias
1 457
Suscriptores
+124 horas
+127 días
+3630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from N/a
Bizga munosibmas.... Bizdan yuzin burganlarga, oq yôl tilar tillarimiz Osmonda oy bôlsangizda, sôzlarimni tinglang bir pas Rashksizlikka kõnmaymiz hech, rashkla uluĝ dillarimiz Sõzlarimiz qilmadimi,demak bizga munosibmas Bildik sizga Dayus kerak, ,kônglinggizning oromi shu Oxir zamon qiyofangiz, sõzlarizda mujassam bu Yôq demang hech yolĝon demang ,tonishizga sabab yôqku Sevgimizni bilmadimi ,demak bizga munosibmas Endi tinglang tugal gapni, ôziz taqdiringiz biting Sardor yopdi kitobingiz , vadalariz oling keting Oxir bildik tubanligiz, boring shundaylarga yeting Bizga nasib qilmadimi, demak bizga munosibmas. ✍Kavsar( Sardor Samandar oʻgʻli)
Mostrar todo...
TOʻYIB KETDIM BARIDAN ONA Dushmanlarim tishin qayrashar, Doʻstlar sirim sotib sayrashar. Gʻiybatimni qilib yayrashar, Toʻyib ketdim baridan ona. Soxtalarim pulimga joʻra, Kuchuk yaxshi ulardan koʻra.. Shunchalaram peshonam shoʻra, Toʻyib ketdim baridan ona. Ishi tushsa izlaganlarim, Nomim maqtab sizlaganlarim. Koʻzim boylar hiylagarlarim, Toʻyib ketdim baridan ona. Baxtim koʻrib muzlaganlar koʻp, Pinxon yaram tuzlaganlar koʻp. Qarang ikki yuzlaganlar koʻp, Toʻyib ketdim baridan ona. Foydam tegsa yonimda ular, Omad ketsa ustimdan kular. Atrofimga toʻldi tulkilar, Toʻyib ketdim baridan ona. Bu dunyoda yaxshiyam borsiz, Men uchun har nega tayyorsiz. Duolari zoʻr madadkorsiz, Toʻyib ketdim baridan ona. Pand yedim yosh qaridan ona, Goh yaqin goh naridan ona. Atrofimda soxta odamlar, Toʻyib ketdim baridan ona. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Mostrar todo...
👍 3😁 2
ДАДАМ! Кўкси қалқон, қиличлардан кескир сўзли, Рўзғор синчи, уйимизнинг тожи дадам, Мехри дарё, саховатли хизир юзли, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Салобатли кўринади чопон кийса, Чорасиз бир аскардекман қовоқ уйса, Арслонлардек кучга тўлгум болам деса, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Ўзгалардан нон тилашни ор деб билган, Қўли қадоқ, кетмон чопиб мехнат қилган, Керак бўлса, тўрғайлардан эрта турган, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Кўзда йиғи, юрагимни тилкалайди, Бемор бўлса Онамни зор елкалайди, Маликам деб ҳали хануз эркалайди, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Хадик билан кўзларига турар боқиб, Ярим тунда ҳовлимизда чироқ ёқиб, Онам учун териб келар тутлар қоқиб, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Сароб эмас кўз олдимда турган рўё, Ўз жуфтига соя бўлган, нурли зиё, Муҳаббатга, садоқатнинг рамзими ё? Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Фарзанд бўлиб, ўз мехримни беролсайдим, Волидамнинг хизматларин қилолсайдим, Қани эди, мен ҳам сиздек бўлолсайдим, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Кўкси қалқон, қиличлардан кескир сўзли, Рўзғор синчи, уйимизнинг тожи дадам, Мехри дарё, саховатли, хизир юзли, Оқ яктакли, оқ соқолли, ҳожи дадам. (РЎЗҒОР СИНЧИ, УЙИМИЗНИНГ ТОЖИ ДАДАМ..) 📙-Камронбек Исмоилов. 2024.01.07. t.me/Sani_sevamanko
Mostrar todo...
❤‍🔥 3👍 2
Repost from Sarvar Mirzo
🔥Arzimadingiz    Nelarni xomxayol surgan ekanman, Qo'limda yirtildi yozgan xatingiz. Aldamay, aldanib yurgan ekanman, Arzirli sevgimga arzimadingiz . Bariga o'zimni ayibdor etdim, Topilmas joylarga bosh olib ketdim. Eh, afsus men juda kech anglab yetdim, Arzirli sevgimga arzimadingiz. Qaytmayman endi hech, yo'l qarab toling, Boshqani kuting-u o'zingiz qoling. Borimni bergandim sizga tan oling, Arzirli sevgimga arzimadingiz. Xursandsiz bunchalar bag'rimni tilib, Hayotni yolg'ondan iborat bilib, Vafoga javoban xiyonat qilib, Arzirli sevgimga arzimadingiz. Qonimga qaynayman, qilaman nido, Dushmanim kuladi, ayni muddao! Sizga ham insofni bersin-da Xudo, Arzirli sevgimga arzimadingiz. Bahra topmaysizku yurakni o'ya? Charchadim baridan faqat men kuya. Sezmasam, hali ham sevardimku-ya, Arzirli sevgimga arzimadingiz. Yashayman hislarim guldayin so'lmas, Biz o'lsak o'larmiz muhabbat o'lmas. Alamda bularni aytmasam bo'lmas, Arzirli sevgimga arzimadingiz. Ishonchli emaskan har gulning isi, Shuni bildirdingiz qalbim o'g'risi. Endi chidaysiz-da rosti-tog'risi, Arzirli sevgimga arzimadingiz. Boy ko'nglin xushlaysiz kazo-kazoni, Alohim beradi bir kun jazoni. Eslamang shu shoir Sarvar Mirzoni, Arzirli sevgimga arzimadingiz! Muallif:✍Sarvar Mirzo ❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin https://t.me/Sarvar_Mirzo
Mostrar todo...
Sarvar Mirzo

Sevgining xiyonat varog'idamiz📓 Murojat @Mirzosarvar Mualliflik huquqi qonun ximoyasida. Mazkur she'rlarni o'g'irlash yoki koʻchirish ruxsatsiz Qo'shiq qilish qatiyan taqiqlanadi

👍 1
Repost from N/a
Mostrar todo...
IJRO VA IJOD MAKTABI

IJOD UYI KO‘NGILDAGI SATRLAR TO‘KILADIGAN MASKANDIR

https://t.me/kongildagi_satrlar

ХАВАСКОР ИЖРОЧИЛАР ХАВАСКОР ШОИР ШОИРАЛАР ДИҚҚАТИГА ИЖОД МАКТАБИ КАНАЛИМИЗ ИШГА ТУШАДИ АЛБАТТА СИЗЛАРНИ КЎМАГИНГИЗ БИЛА ИЖРО ВА ИЖОД КАНАЛИМИЗДА ИЖРО МОХИЯТИ

👍 1
Тонгларингда очгинг келмас кўз, Қулоғингга кирмайди бир сўз. Борлигингдан қиларсан афсус, КЕРАГИНГГА КЕРАК БЎЛМАСАНГ... Айланасан хиссиз бир тошга, Не хаёллар келмайди бошга. Йўл қолмайди кетишдан бошқа, КЕРАГИНГГГА КЕРАК БЎЛМАСАНГ.... Чидашга хам қолмас имконинг, Ҳеч қолмайди борар маконинг. Тарк этгандай бўлади жонинг, КЕРАГИНГГА КЕРАК БЎЛМАСАНГ.... Кўринмайди ҳеч ким кўзингга, Ишонмайди биров сўзингга. Ғам тасвири қўнар юзингга, КЕРАГИНГГА КЕРАК БЎЛМАСАНГ... Кўринмасанг эсламас биров, Хавотирл-ла изламас биров. Сўрашмайди ахволинг бирров, КЕРАГИНГГА КЕРАК  БЎЛМАСАНГ... Доим тушкун, ёлғиз бўласан, Кутишдан хам буткул толасан. Ҳеч кимсага ёқмай қоласан, КЕРАГИНГГА КЕРАК БЎЛМАСАНГ... ✍Мoвлудабону Имомназарова Муаллиф рухсатисиз  фойдаланилмасин ❌ @Movludabonu_Imomnazarova
Mostrar todo...
Hayotimda bir o‘zi ma'no, Oy-u quyosh yerdayin tanho, Ona so‘zi bir hildir ammo, Boshqalardan boshqacha onam. Muallif: Komila Qiz.✍ 💞𝑴𝑰𝑺𝑺_𝑨𝑩𝑫𝑼𝑳𝑳𝑨𝒀𝑬𝑽𝑨💞🎙
Mostrar todo...
2.05 MB
👍 3
Borsam bolam deya bag‘rini ochar, Tutamas o‘chmas xech mehr o‘chog‘i. Go‘yo gunohlarim yuvilar qochar, Men uchun Jannatdir onam quchog‘i. Ularning yonida bo‘laman eng zo‘r, So‘zlagan har so‘zi keladi manzur, Shu joyda topaman halovat huzur, Men uchun Jannatdir onam quchog‘i. Komila Qiz.✍ Muslima Ahmedova.🎙
Mostrar todo...
Muslima Axmedova - Untitled.m4a1.84 MB
👍 3🔥 3❤‍🔥 2👏 1🎉 1
Mostrar todo...
IJRO VA IJOD MAKTABI

IJOD UYI KO‘NGILDAGI SATRLAR TO‘KILADIGAN MASKANDIR

https://t.me/kongildagi_satrlar

ХАВАСКОР ИЖРОЧИЛАР ХАВАСКОР ШОИР ШОИРАЛАР ДИҚҚАТИГА ИЖОД МАКТАБИ КАНАЛИМИЗ ИШГА ТУШАДИ АЛБАТТА СИЗЛАРНИ КЎМАГИНГИЗ БИЛА ИЖРО ВА ИЖОД КАНАЛИМИЗДА ИЖРО МОХИЯТИ

Repost from N/a
Ushbu she'r talablarga binoan yozildi! Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar Qiynama yuragim, yig'lama yurak, Sen bilan o'lguncha yashashim kerak, Ularni sevmagin bag'ritosh ular: Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar... Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar. Hatto atirgulning tikanlari bor, Sevgi borki dilda dil ozori bor, Mayli boyni baxtli qilsinlar ular: Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar... Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar. Qaylarga boshladi bizni ishq yo'li, Tunda cho'miltirdi xasratli do'li, Mag'zum boshimizga toshlari qular: Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar... Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar. Ko'p kutdik ularni kutilmadik hech, Kuymagin yuragim endi kuyish kech, Hajrida kuydirgan kuydirgi shular: Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar... Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar. Yurak ketdik tog'ga birga chiqamiz, Yorning ismin qo'rqmay baland aytamiz, U yorni ortidan yurdik ko'p yillar: Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar... Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar. ( Boyni sevganlar ey... Boyni sevganlar, Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar. Boyni sevganlar ey... Boyni sevganlar, Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar. ) ✍ Mehriddin Baqoyev. 29. 05. 2024. @Mehriddin_Baqoyev1
Mostrar todo...
🕊 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.