cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

ZIYOVUDDIN

SAMARQAND VILOYATI PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI GUVOHNOMA MK 000266 Ma'lumotlardan foydalanilganda, kanal manba sifatida ko‘rsatilishi shart. Xabar yuborish uchun: @AdmistratorZIYObot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
13 274
Suscriptores
-1224 horas
-317 días
-10730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati
Onam aytardi: — Armiyaga borsang general bo‘lasan, cherkovga borsang rim papasi bo‘lasan. Men esa rassomchilik maktabiga bordim va Pikasso bo‘ldim.
©️Pablo Pikasso Biz:👉 http://myurls.co/paxtachi
Mostrar todo...
👍 1
02:02
Video unavailableShow in Telegram
Hokimi va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi Paxtachi tumani Gulshan mahallasi yoshlari bilan tuman hokimi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan turli masala va takliflar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuvdan so'ng yoshlar murojaatlari bo'yicha joyiga borgan holda o'rganish olib borildi. Gulshan mahallasida istiqomat qiluvchi 17 yoshli Hasanov Maʼmurjon yodgorlik toshlari yozish ishi bilan shug'ullananib kelmoqda. Yaqindan yordam berish maqsadida tuman hokimi M.Xamdamov va mutasadddilar Ma'murjonni xonadonida bo'lib, amaliy yordam berish bo'yicha vazifalarni belgilab olishdi. Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
Mostrar todo...
9K2A2666_1.mp415.49 MB
👍 20 2❤‍🔥 1🎉 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
Navbatdagi qabul bo'lib o'tadi Ertaga 12-iyul kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha Paxtachi tumani hokimining navbatdagi qabuli bo'lib o'tadi. Manzil: Paxtachi tumani hokimligi ——— Навбатдаги қабул бўлиб ўтади Эртага 12-июль куни соат 8:00 дан 11:00 гача Пахтачи тумани ҳокимининг навбатдаги қабули бўлиб ўтади. Манзил: Пахтачи тумани ҳокимлиги Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
Mostrar todo...
👍 11
Repost from ZIYOVUDDIN xabarlari
02:15
Video unavailableShow in Telegram
⚠️ Диққат, янги фирибгарлик ⛔️ Картангизда пул бўлмаса ҳам картангиз маълумотлари ва бир марталик SMS-кодни бегона шахсларга айтманг! 💻Фирибгарлар сизнинг номингизга кредит расмийлаштиришга уринишади. 📹 Буни қандай уддалашмоқда? Батафсил ушбу видеода. 👉👉@Ziyovuddin_xabarlari
Mostrar todo...
Kiberxavsizlik 720p.mp431.10 MB
👍 1
Faol kitobxonlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi Paxtachi tuman Axborot kutubxona markazida faol kitobxonlar bilan birgalikda Abdula Avloniyni tavalludiga bagʻishlab ʼʼAbdulla Avloniy-buyuk shoir, yozuvchi, dramaturgʼʼ deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi. Biz:👉 http://myurls.co/paxtachi
Mostrar todo...
1👀 1
🚨Profilaktik tadbirlar davom etmoqda 🚒Paxtachi tumani FVB tomonidan yongʻinlarni oldini olish boʻyicha 'Dolzarb 30 kun" tadbirlari davomida  joylarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va  yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalkkda keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 🔥Shunday profilaktik tadbirlardan biri "Maroqand Neft Baza" MCHJ Ziyovuddin filiali va Paxtachi tuman gaz ta'minoti boʻlib xodimlari bilan davra suxbatlari, amaliy mashgʻulotlar va yongʻin yoki favqulodda vaziyat sodir boʻlganda ishchi xodimlarning xatti-xarakatlanish tartibini amiliy mashgʻulotlar orqali koʻrsatib oʻtildi va ishchi xodimlarga eslatma materiallari tarqatildi. Bu kabi profilaktuk tadbirlarimiz davom etmoqda! Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
Mostrar todo...
👍 6❤‍🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Эълон! ГАЗ ТАЪМИНОТИ ТИКЛАНДИ Аввал хабар берганимиз, тармоқ янгиланиши сабабли туманнинг Ободон, Нурафшон ва Мирза Салимий маҳаллаларида ўчирилган табиий газ таъминоти бугун 11-июль куни соат 18:00 да ТИКЛАНДИ. Бугун қўшимча хабар берилади Яқинларингизни ҳам огоҳлантиринг! ——— E’lon! GAZ TAʼMINOTI TIKLANDI Avval xabar berganimiz, tarmoq yangilanishi sababli tumanning Obodon, Nurafshon va Mirza Salimiy mahallalarida oʻchirilgan tabiiy gaz ta’minoti bugun 11-iyul kuni soat 18:00 da TIKLANDI. Bugun qo‘shimcha xabar beriladi Yaqinlaringizni ham ogohlantiring!
Mostrar todo...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 56 ta davlat aktivlarini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling! 🔹 Samarqand shahridan 10 ta (ko'rish) 🔹 Kattaqo‘rg‘on shahridan 1 ta (ko'rish) 🔹 Oqdaryo tumanidan 5 ta (ko'rish) 🔹 Bulung‘ur tumanidan 4 ta (ko'rish) 🔹 Jomboy tumanidan 2 ta (ko'rish) 🔹 Ishtixon tumanidan 1 ta (ko'rish) 🔹 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1 ta (ko'rish) 🔹 Qo‘shrabot tumanidan 5 ta (ko'rish) 🔹 Payariq tumanidan 6 ta (ko'rish) 🔹 Pastdarg‘om tumanidan 7 ta (ko'rish) 🔹 Paxtachi tumanidan 2 ta (ko'rish) 🔹 Nurobod tumanidan 4 ta (ko'rish) 🔹 Urgut tumanidan 6 ta (ko'rish) 🔹 Toyloq tumanidan 2 ta (ko'rish) 🎞 Video-qo‘llanma 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️ Xabardor bo‘lish uchun Telegram | Facebook | Instagram | Youtub
Mostrar todo...
👍 6
Repost from Bosh prokuratura
Яширин иқтисодиёт – миллий иқтисодиётнинг турли бўғинларида хуфиёна тарзда амалга ошириладиган, назорат қилинмайдиган ҳамда солиқлардан бўйин товлашга қаратилган фаолиятдир. Ушбу фаолият давлатнинг иқтисодий негизига салбий таъсир қилиши билан бирга, ҳалол рақобат муҳитининг шаклланишида ҳамда коррупцияга муросасизлик билан курашиш борасидаги тадбирлар натижадорлигига ҳам жиддий путур етказади. Бугунги глобаллашув шароитида мамлакатимизда яширин иқтисодиётнинг янги усул ва каналлари шаклланаётганлиги иқтисодиётимиз учун реал хавф саналиб, унга барвақт барҳам берилишида инсофли тадбиркорлар ҳамда жамоатчиликнинг иштироки муҳим аҳамиятга эга. Шу сабабли, яширин иқтисодиётни келтириб чиқарувчи омилларни бартараф этишга қаратилган таклифларни қабул қилиш мақсадида Бош прокуратурада “yashirin_iqtisodiyot_takliflar” номли телеграм боти ишга туширилди. Ушбу бот орқали қурилиш, фармацевтика, улгуржи савдо, хизматлар кўрсатиш, ишлаб чиқариш, қишлоқ хўжалиги, транспорт соҳаси, умумий овқатланиш, туризм, кўчмас мулк савдоси, алкоголь, бозорлар, солиқ имтиёзлари, солиқ тўловлари, солиқ текширувлари, солиқ маъмурчилиги, рақамлаштиришдаги мавжуд муаммолар, коррупцияни олдини олиш ҳамда маъмурий тартиб - таомиллар каби бир қатор йўналишларда шаклланган хуфиёна айланмаларни олдини олишга қаратилган таклифлар билдириш мумкин. Таъкидлаш жоиз, ушбу телеграм бот орқали индивидуал мурожаатлар эмас, балки тизимли муаммоларни бартараф этишга қаратилган аниқ таклиф ва тавсиялар қабул қилинади ва кўриб чиқилади. Ташаббускор тадбиркорлар ва фуқароларимизни фаолликка чақириб, қонунларга қарши қаратилган ноқонуний фаолиятни олдини олиш ва унга қарши курашиш билан боғлиқ таклифлар жамиятимиз равнақида муҳим ўрин тутади деган умиддамиз. 🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг! Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
Mostrar todo...
👍 7
Paxtachi tuman prokurorining navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi Paxtachi tumandagi “Zarafshon” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda tuman prokurori, mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etishdi. Fuqarolardan tushgan murojaatlarning 6 tasi joyida hal etildi. 9 tasi muddat talab qilgani uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi. Biz:👉 http://myurls.co/paxtachi
Mostrar todo...
👍 14👏 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.