cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti

TAQU rasmiy kanali Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ... Telegram: @taqi_guruhi Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/ Kutubxona: @books_taqi Sayt: taqu.edu.uz

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
7 213
Suscriptores
-524 horas
+217 días
+23430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#Dolzarb_30_kun #yongʻin_xavfsizligi 🇺🇿OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari! 2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar yurtimizda "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri" o‘tkazilmoqda.🔥 Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz"
 🔥Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirini o‘tkazishda faol ishtirok etaylik❤️‍🔥
Mostrar todo...
👍 2 1💯 1🫡 1
#davra_suhbati 🟦🟦🟦🟦 🎲Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda soha mutaxassislariga "Korrupsiya harakatlarning huquqiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.📢 ➖Yig‘ilishda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat»tizimini boshqarish bo‘limi  boshlig‘i M.Isakdjanov so‘zga chiqib korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish va bu illatga hukumat institutlari bilan birgalikdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini taʼkidladi.⭐
Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish chog‘ida halollik, adolatlilik, xolislik va mavjud odob-axloq namunaviy qoidalariga muvofiq xizmat ko‘rsatishlari, bu o‘z navbatida fuqarolar ko‘z o‘ngida davlatning obro‘ eʼtibori oshishida muhim vosita ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.
Sodir etilgan korrupsiya huquqbuzarlik uchun jinoiy, maʼmuriy, intizomiy va moddiy javobgarlik turlari mavjud ekanligi haqida ham tushunchalar berildi.
Mostrar todo...
🫡 2🥰 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yoshlar_Kuni #Tabrik 📏🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠📏 ⭐️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli yoshlar, aziz talabalar!
⭐️Toshkent arxitektura-qurulish universitetida tahsil olayotgan hamda shu dargohda faoliyat yuritayotgan yoshlarimizni, talabalarimizni “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan universitet jamoasi va shaxsan o‘zim nomimdan chin qalbdan tabriklayman. ⭐️Respublikamizda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganini alohida ta’kidlash zarur. O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. ⭐️O‘z yurtiga mehr va sadoqat bilan yashayotgan, ilm-fan va zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallab, hozirgi tez o‘zgaruvchan va murakkab zamondagi keskin raqobatga tayyor bo‘lib yetishayotgan chinakam mutaxassis bo‘lgan talaba-yoshlarimiz har qanday baland marrani egallashga qodir. ⭐️Shu jumladan bugungi bayram bilan universitetimizdagi va yurtimizdagi barcha yoshlarni chin yurakdan tabriklayman va ularga ulkan zafarlar tilab qolaman. v.v.b rektor B. A Tulaganov TAQU matbuot xizmati.Telegram      🔍 Sayt  🌐Instagram    📹YouTube   ✅Facebook     🌐VikipediyA
Mostrar todo...
🎉 6👍 4❤‍🔥 2🔥 1
#Yangi_nafas #yugurish_marafoni 🟦🟦🟦🟦
Toshkent arxitektura-qurulish universitetining xodim va talabalaridan tarkib topgan "TAQU" jamoasi "Yangi O'zbekiston" bog'ida "Olympic day", "Vatan qalqoni" hamda "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan "Yangi nafas" yugurish musobaqasida ishtirok etdi.
🏃Poytaxtdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talabalar ham ishtirok etishdi. "Yangi nafas" yugurish musobaqasi dasturiga 3 va 10 km masofalik ikkita distansiya kiritilgan. TAQU matbuot xizmati.Telegram      🔍 Sayt  🌐Instagram    📹YouTube   ✅Facebook     🌐VikipediyA
Mostrar todo...
👍 6❤‍🔥 1🥰 1🎉 1
#himoya 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yoshi ulug' talabaning bitiruv himoyasi bo'lib o'tdi.
Toshkent arxitektura qurilish universiteti Texnologiya fakulteti “Qurilish muhandisligi texnologiyasi” kafedrasi “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ kafedra filialida 5-bosqich 102-19 BIQoʻ guruh talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi boʻlib oʻtdi.📢
➖Unda ushbu guruh talabasi 87 yoshli Axmedov Temir “Toshkent viloyati Olmaliq shaxrida  mehmonxona binosini loyihalash” mavzudagi bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.⭐ Ilim olishning erta kechi yo'q eknaligini Temur bobomiz yana bir bor isbotlab berdilar.🗣
Mostrar todo...
🤩 10👍 7 6🏆 5🔥 4🎉 3❤‍🔥 2😍 1💯 1🫡 1
23:01
Video unavailableShow in Telegram
#Tahlilnoma #Oʻzbekiston_24
Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta yig‘ilish. O‘zbekiston yetakchisidan muhim tashabbuslar. Mas’ullarning xulosalari
Mostrar todo...
27_T3.mp4225.84 MB
👍 4🏆 4
Yurtimizning eng ilg’or telekanallari taqdimoti! 🌎”Butunjahon Yoshlar Festivali 2024 “ da eng yaxshi telekanallar taqdimotlari bo’lib o’tadi. Siz esa eng so‘nggi yangiliklar haqida bilib olishingiz va sevimli dasturlaringiz ortidagi ijodiy guruhlar bilan tanishishingiz mumkin. 🧾Uchrashuvlar 28-iyun kuni Yoshlar ijod saroyining 2-zali (2-qavat) da bo‘lib o‘tadi. Soha yetakchilari bilan muloqot qilish va televideniya sohasidagi ilg‘or ishlanmalarni o‘rganish uchun noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 📝Ishtirok etish @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Mostrar todo...
👍 1
🎓 Mamlakatimizdagi eng nufuzli universitet rektorlari hamda eng yosh salohiyatli rektorlar bilan uchrashuv Universitetlar raqamli asrga qanday moslashayotgani va global hamkorlikni rivojlantirayotgani bilan tanishib, yuqori ta‘lim rahbarlarining tajribalari va strategiyalaridan o‘rganish imkoniyatidan foydalanib qoling! 🧾Uchrashuv 28-iyun kuni 14:30da Yoshlar ijod saroyining 2-zali (2-qavat) da bo‘lib o‘tadi. Moderator: Xushnudbek Xudoyberdiyev – Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari 📝Ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Mostrar todo...
👍 2
🌎”Butunjahon yoshlar festivali”da sportchilar bilan motivatsion uchrashuv! 🇺🇿O‘zbekistonning eng mashhur sportchilari bilan qizg’in tadbirga qo‘shiling. Ushbu eksklyuziv tadbir Butunjahon Yoshlar festivalining bir qismi bo’lib, sport mahoratini yanada oshirish va yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan. 🧾Uchrashuv 27-iyun kuni soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyining 1-zal,orkestr zalida bo‘lib o‘tadi. 📝Ishtirok etish @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Mostrar todo...
Ma’rifatparvar yozuvchi va shoirlarimiz bilan uchrashuvga tashrif buyuring! 🌎“Butunjahon Yoshlar Festivali-2024”da taniqli shoir va yozuvchilarimizning hikoyalarini tinglab, ijod olamiga biz bilan birga sho’ng’ish imkoniyati! 🧾Uchrashuv 28-iyun kuni 14:00da Yoshlar ijod saroyining Orkestr zalida bo‘lib o‘tadi. Beqiyos asarlar ortidagi sirlarni bilib oling va so‘z sehrini kashf eting! 📝Ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Mostrar todo...
👍 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.