cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ishtixon tuman AKM

Ishtixon tuman Axborot-kutubxona markazi "Rasmiy telegram kanali". Kitobga qiziquvchilar uchun eng qiziqarli ma'lumotlar va o'zingizga kerak bo'lgan kitoblarni topish imkoniyati. Biz bilan bog‘lanish uchun: @mardonov_officiall

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
310
Suscriptores
Sin datos24 horas
+17 días
-2130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

"Bir nonning ikki yarmi" masali Er va xotin 30 yil birga yashashdi. Turmush qurganlarining 30 yilligi kuni xotini odatdagidek non pishirdi. U har kuni ertalab pishirardi, bu an'ana edi. Nonushta paytida u uni kesib, ikkala qismini sariyog' surtdi va odatdagidek yuqori qismini eriga berdi. Ammo yarim yo‘lda uning qo‘li to‘xtab qoldi... U shunday deb o'yladi: “30 yilligimizda bulochkaning jigarrang qismini o'zim iste'mol qilmoqchiman; Men u haqida 30 yil orzu qilardim. Oxir-oqibat, men namunali turmush o'rtog'im bo'ldim, ajoyib o'g'illarni tarbiyaladim, ro'zg'orni boshqardim, oilamizga shunchalik kuch va salomatlik bag'ishladim...”. Bu qarorga kelgach, u bulochkaning pastki qismini eriga uzatadi va qo'lini silkitadi - bu 30 yillik an'anani buzish! Er esa bulochkani olib, xitob qildi: “Sen menga qanday bebaho sovg'a berdingiz, azizim! 30 yil davomida men o'zimning sevimli bulochkaning pastki qismini yemadim, chunki u sizga tegishli ekanligiga ishonardim. Axloq: Bu nafaqat tinglash va eshitish, balki o'z nuqtai nazaringizni aniq baham ko'rish juda muhimdir. 📖 @Ishtixon_kitobxon
Mostrar todo...

Photo unavailableShow in Telegram
✨ Sharq donoligi Azob istaklardan kelib chiqadi va azobdan qutulish uchun istaklardan voz kechish kerak. Ekxart Tolle 📖 @Ishtixon_kitobxon
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#tavsiya 📺 Televizorni yoqib, kanallarni birma-bir ko‘zdan kechirsangiz, “Istanbullik kelin”, “Olov kelin”, “Yor-yor”... va shunga o‘xshash bekorchi ko‘rsatuv hamda “xontaxta” seriallarga ko‘zingiz tushadi. ❗️Televizorni o‘chiring! 📚 Bitta kitob oling-da, uni yetti qismga bo‘ling. Har oqshom serial tomosha qilish o‘rniga bitta bo‘limni tugating. Qarabsizki, haftasiga 1 ta, bir yilda esa 52 ta kitob o‘qigan bo‘lasiz! 📖 @Ishtixon_kitobxon
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat 🇺🇿 Ishtixon tuman Axborot-kutubxona markazida Kompyuter kurslari tashkil qilindi. Barcha kompyuterga qiziquvchi yoshlarni ushbu kurslarga taklif qilamiz! Ishtixon_AKT da quyidagi yo'nalishlarda kurslar mavjud. 🧑🏻‍💻 IT (Information technology) 🔹Kompyuter savodxonligi 🔹Web dasturlash 🔹Kompyuter yig'ish 🔹Linux administrator Bundan tashqari bizning telegram kanallarga a'zo bo'lish orqali 10000 dan ziyod kitoblardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo'ling! 🎯Kurslar haqida to'liq ma'lumot: Ahmad 📞+998 99 678 70 97 Manzil: Ishtixon Axborot-kutubxona matrkazi (Soliq binosi yonida) 💻@Ishtixon_AKT | 📖 @Ishtixon_kitobxon
Mostrar todo...
👍 1
Ishtixon tumanidagi axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Xonbibi Himmat qizining “Ayollar qamoqxonasidan maktublar” nomli kitobidan kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo'lib oʻtdi 📚 @Ishtixon_kitobxon Kanalga ulanish⤵️ web-sayt | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 1-iyul - Toshkentda birinchi rus maktabi ochilgan kun Toshkent shahri "yangi" qismidagi maktab ta'limining rivojlanishiga Juykova degan ayol ixtiyoridagi o'g‘il va qiz bolalar uchun 1866-yil 1-iyulda birinchi rus maktabining ochilishi asos bo‘ldi. Bu yerda zobitlarning bolalaridan tashqari unter-zobitlar, mirzalar, askarlarning bolalari ham o‘qir edilar. 1867-yilda bu maktabda 11 qiz va 7 o‘g‘il bola o'qigan. Ularga duolar, qisqacha din tarixi, yozuv va qo'l hunarmandchiligi o'rgatilardi. 1869-yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu maktab ixtiyoriy xayr-ehsonlar va qisman davlat hisobidan ta'minlanib turilgan. 📚 @Ishtixon_kitobxon Kanalga ulanish⤵️ web-sayt | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 1-iyul - Buxoro amirligi hududi Rossiya bojxona doirasiga kiritilgan kun 1894-yil 1-iyulda Buxoro amirligining Sharq mamlakatlari bilan olib borilgan savdo aloqalarini cheklash, amirlikni Rossiyaning ichki bozorga aylantirish, osiyolik savdogarlarning Buxorodagi mavqeini tushirish hamda Buxorodan ingliz-hind mollarini siqib chiqarish maqsadida amirlik hududi Rossiya bojxona doirasiga kiritildi. Tarixchi Fayzulla Ochildiyevning qayd etishicha, shundan so‘ng amirlik hududiga kiritishga ruxsat etilgan Yevropa va hind-ingliz mollaridan Nil bo‘yog‘i, qimmatbaho toshlar, doka va qand uchun har bir pudiga 25 so‘m, ko‘k choy uchun 4 so‘m 40 tiyin miqdorida boj belgilangan. 📚 @Ishtixon_kitobxon Kanalga ulanish⤵️ web-sayt | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 1-iyul - Dunyodagi birinchi Ensiklopediyaning birinchi jildi nashr etilgan kun Dunyodagi birinchi Ensiklopediyaning birinchi jildi 1751-yil 1-iyulda nashr etilgan. Shuni ta‘kidlash kerakki, eng birinchi ensiklopediyalar yoki terminologik lug‘atlar O'rta Qirollik davrida qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Biroq, butunlay zamonaviy ko'rinishga ega, bizga tanish bo‘lgan bu ensiklopediya shu bo‘ldi. "Ensiklopediya yoki fanlar, san‘at va hunarmandchilikning izohli lug‘ati" namli fransuz ma‘lumotnomasi loyihasi 1747-yilda paydo bo‘ldi. Uning tashabbuskori, Parij kitob noshiri Lui Breton, keiyin mashhur faylasuf va ma‘rifatparvar yozuvchi Denis Didroga noyob ishning tashkilotchisi bo'lish iltimosi bilan murojaat qildi. Bajonidil rozi bo‘lgan Didro o'z hayotining 25 yilini Ensiklopediyaga bag‘ishladi. 📚 @Ishtixon_kitobxon Kanalga ulanish⤵️ web-sayt | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 1-Iyul - O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so'm muomalaga kiritilgan kun. So'm O'zbekiston Respublikasi Prizidentining "O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to'g'risida"gi farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan muomalaga kiritilgan. Muomlaga 1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so'mlik, 1997-yil 1-martdan 200 so'mlik, 2000-yil -iyuldan 500 so'mlik, 2001-yil 1-sentyabrdan 1000 so'mlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50 so'm qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Dastlabki muomalaga chiqarilgan banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan. 1995-1996-yillarda banknot va tangalarni tayyorlashning toʻliq siklini joriy etish maqsadida Markaziy bank qoshida “Davlat belgisi” korxonasi va uning tarkibida Qogʻoz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona tashkil etildi va oʻzimizda “pul ishlab chiqarish” yoʻlga qoʻyildi. Bu korxona hozirda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi. 📚 @Ishtixon_kitobxon
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 1-iyul - Turkiston Aksiz boshqarmasi tashkil etilgan kun 1886-yil 1-iyulda Turkiston Aksiz boshqarmasi tashkil etildi. Uning tadbirkorlik doirasiga Sirdaryo, Samarqand va Farg'ona viloyatlari kirgan. Ushbu idora spirtli ichimliklar, tamaki, gugurt va neft mahsulotlari ishlab chiqarish chiqarish va ularning savdosidan egri soliqlar olish, shuningdek, gerb, pasport va boshqa yigimlarni to‘plash bilan shug‘ullanardi. 📚 @Ishtixon_kitobxon Kanalga ulanish⤵️ web-sayt | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.