cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

NamMTI Rektori O.Mamatkarimov

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimovning rasmiy kanali

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
962
Suscriptores
-124 horas
-67 días
-3730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti bilan hamkorlikda 1+1 dasturi asosida Magistratura yo'nalishlari ochiladi
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida Janubiy Koreyaning nufuzli Sejong universiteti professori Otabek Jo'rayev ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Ushbu uchrashuv davomida ikki oliy ta'lim muassasalari o'rtasida 1+1 qo'shma magistratura dasturlari asosida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. 1+1 dasturi talabalarga bir yil NamMTI va bir yil Sejong universitetida ta'lim olish imkoniyatini yaratadi. Bu esa talabalarga xalqaro tajriba, ilg‘or bilim va ko‘nikmalarni egallashda katta imkoniyatlar ochib beradi. Dastur davomida talabalarga Sejong universitetining ilg‘or laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va zamonaviy o‘quv dasturlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Bu hamkorlik nafaqat talabalarning ta'lim sifati va malakasini oshiradi, balki O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ta'lim va ilmiy-tadqiqot aloqalarini mustahkamlaydi. NamMTI va Sejong universiteti o‘rtasidagi bu yangi qadam ikki tomonlama rivojlanish va muvaffaqiyatga xizmat qiladi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
Ural Federal universitetining ilg‘or muhandislik maktablari bilan hamkorlik qilinadi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimovning Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahriga tashrifi davom etmoqda. Tashrif davomida Ural Federal universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Namangan muhandislik-texnologiya instituti kesimida ilg'or muhandislik maktabi faoliyatini kengaytirish, muhandislik-texnika yo‘nalishlari bo‘yicha yangi tajribalarni bo'lishish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Ural ilg‘or muhandislik maktabi va Ural raqamli ishlab chiqarish markazlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, mazkur ilmiy markazlardan yetakchi mutaxassislarni Namanganga taklif etish va tajriba almashish bo‘yicha kelishib oldilar. Shuningdek, amaldagi Anglashuv memorandum muddatlarini uzaytirish va yangi kelishuvlarga erishish bo‘yicha aniq qadamlar belgilandi. Tomonlar o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar. Shuningdek, ikki tomon professor-o‘qituvchilari uchun uzoq va qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar tashkil qilish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuv ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yangi, innovatsion bosqichga olib chiqish va ta’lim sifatini oshirish uchun muhim qadam bo‘ldi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
00:35
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun ☑️“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, bugun 32 yil to‘ldi. ❗️O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blankalarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi. 🔹O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Xumo qushi ko‘rinadi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Mostrar todo...
video_2023-07-02_13-29-57.mp44.45 MB
👍 1
Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari Ural davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari Ural davlat iqtisodiyot universitetining “Oziq-ovqat texnologiyasi” va “Oziq-ovqat injeneriyasi” kafedralari hamda ilmiy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida vakillarimiz universitetning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, yangi texnologiyalar bilan tanishish hamda ilmiy faoliyatda samaradorlikni oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, vakillarimizning mazkur universitetdagi ilmiy stajirovkalari ham boshlandi. Ilmiy stajirovkalar davomida ular Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib boradilar. Ushbu tashrif Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi va kelajakda qo‘shma ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar hamda o‘quv dasturlarini birgalikda amalga oshirish imkonini beradi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, ikki tomonlama manfaatli va samarali bo‘lib, ta'lim va ilm-fan sohalarida yuksak natijalarga erishishga qaratilgan. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan Oziq ovqat, Kimyo va Iqtisodiyot sohalarida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko'tariladi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida professor Yakov Silin boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan samarali muzokaralar olib borildi. Rasmiy muloqot davomida ta'lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, Iqtisodiyot, Oziq-ovqat texnologiyasi hamda Kimyo sohalarida yangi kelishuvlarga erishish imkoniyatlari muhokama qilindi. Muhokamalar yakuniga ko'ra, Ural davlat iqtisodiyot universiteti va NamMTI o'rtasida 1+1 qo'shma magistratura dasturlari yo'lga qo'yiladi, Oziq ovqat va kimyo sohalarida talaba hamda professor o'qituvchilarning manzilli malaka oshirish, ilmiy stajirovka hamda almashinuv dasturlari tashkil qilinadi. Delegatsiyamizning xizmat safari davom etmoqda. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👏 2👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #magistratura ⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi ▶️ 2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi. ✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma 👉Sertifikatlar ro‘yxati
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
00:25
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Namangan muhandislik-texnologiya institutining Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori Sahobitdin Yusupov 63-Xalqaro Gullar festivali yakunlari yuzasidan Namangan viloyati teleradiokompaniyasi ijodkorlariga intervyu berdi.
©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
saxobiddin 23 06 2024_1.mp446.99 MB
👍 1
Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari Quyosh elektr stansiyasiga faoliyati bilan tanishdilar.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Avtomatika va Energetika fakultetining bir guruh talabalari Pop tumanida qurilayotgan quyosh elektr stansiyasining faoliyati bilan tanishdilar. Fakultet dekani A. Mamaxanov boshchiligidagi delegatsiya “Next Solar Energy Group” kompaniyasi muhandislari bilan uchrashdi va stansiya imkoniyatlari hamda zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma'lumot oldi. Uchrashuv davomida talabalarga quyosh elektr stansiyasining ishlash prinsiplari, energiya ishlab chiqarish jarayoni va stansiya quvvatlari haqida ma’lumot berildi. “Next Solar Energy Group” kompaniyasi muhandislari talabalarga stansiyada qo‘llanilayotgan texnologik yangiliklar, avtomatlashtirish tizimlari va ekologik jihatlari haqida tushuntirish berishdi. Shuningdek, talabalarning kelajakdagi ilmiy izlanishlari va amaliyot o‘tash imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu tashrif talabalarga nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarini oshirish imkonini ham berdi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги — Праздничное поздравление молодежи Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#yoshlar_kuni #tabrik Aziz yoshlar! Bugun jamiyatimizing eng shijoatli, maqsad sari intiluvchan, ijodkor vakillari – siz yoshlarni alohida e’tirof etiladigan kun. Sizlar yurtimiz kelajagi, umidimiz va ertamiz bunyodkorisiz. Sizning orzularingiz, intilishlaringiz va yutuqlaringiz Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti asosidir. Sizning har biringizda dunyoni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan noyob iste'dod va salohiyat bor. G'ayratingiz, bilimga va kashfiyotlarga intilishingiz jamiyatimizni yanada kuchli va mukammal qiladi. Yoshlar kuni dadil g'oyalar va loyihalaringizni amalga oshirishga azmu gʻayrat qilisgingiz uchun sabab bo’ladigan kun boʻlib xotirangizda qolishini istardim. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlarning rivojlanishi, ilm-fan va tadqiqotlarga intilishini qo'llab-quvvatlaydi. Biz sizlarning oʻz kuchli tomonlaringizni kashf qilishingiz va maqsadlaringizga erishishingiz mumkin bo'lgan muhitni yaratish uchun bor imkoniyalarni safarbar qilishga tayyormiz. Sizga orzularingizni ro'yobga chiqarishda kuch-gʻayrat, ishonch va koʻtarinkilik tilayman. Har kuningiz yangi kashfiyotlar, ijodiy yutuqlar va quvonchli daqiqalarga boy boʻlsin. Yoshlar kuni muborak bo'lsin! Yangi marralarga erishisish saodatidan bahra boʻlish hamisha nasib etaversin! Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 2👏 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.