cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

San'at tanqidchisi kundaligi

Estetik did, kino va vizaul poeziya haqida ba'zida esa muhabbat fojealari haqida yozaman. Diqqat! Diktatura!! Aloqa uchun: @Artcrito

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
908
Suscriptores
-224 horas
-157 días
+3030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Kinematografiya tarixida "Yapon yangi to'lqini"ning yirik klassik vakili Toshio Matsumotoning "Atirgulning dafn marosimi"(1969) filmidan kadrlar. "Yapon yangi to'lqini" kino tilining yangi shakllar bilan eksperimentlari, provakatsion ruhi, jirkanch tasvirlar estetikasi, jinsiy erkinlik va outsider qahramonlari bilan harakterlanadi. Marhamat, o'tgan asrning 50-70-yillardagi Yapon yangi toʻlqini estetikasi na'munalaridan zavq oling. @artjingo
Mostrar todo...
🔥 5🤮 2👍 1 1
Mostrar todo...
просмотр фильма / События на TimePad.ru

10 июля в 19 00 пройдет просмотр и обсуждение Беседы Шамшада Абдуллаева с с руководителем ташкентского киноклуба Самандаром Эгамбердиевым о фильме М. Фраммартино «Дыра»

👍 1👏 1
Jahongir Boboqulovning "Buxoro" seriyali asarlarida qadim va muqaddas Buxoroning hozirgi ekologiyasi, tarixiy obidalari, umuman shahar urbanistikasining fojeali tarzda xarobaga aylanayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Dolzarb va aktual mavzu. Asarlarini tomosha qilinglar. @artjingo
Mostrar todo...
👍 5👏 1
Erik Kulmanovni asarlarini rosa gapirishgandi. Lekin Qozoqcha etno-madaniy, etnografik, folklor elementlari va pafosli qilib aytganda, Akmal Nurning ultira-lirik kartinalariga taqliddan boshqa narsani uchratmadim. (Aytgancha, etno-madaniy elementlar zamonaviy qozoq san'atida ancha eskirgan, tanqid ostiga olingan). Hozircha shu. Shu maqtalayotgan rassomlar haqida fikrimni so'rashayotgandi. Yana kim maqtalyapti? Erik Kulmanovni ishlari @artjingo
Mostrar todo...
👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
3 июля в 19.30 в «Порядке слов» кинопоказ фильма Лисы Дабижи «Фрагмент». Фильм – беседа поэта Шамшада Абдуллаева с руководителем ташкентского киноклуба Самандаром Эгамбердиевым о фильме Микеланджело Фраммартино «Дыра». Участники вечера: Александр Скидан, Елена Костылева, Лиса Дабижа.
Шамшад Абдуллаев о фильме: Обычная, не-синефильская, спонтанная беседа по телефону двух рядовых зрителей (и это двухголосье слышится как монолог) о фильме «Дыра» Микеланджело Фраммартино — прошлогодний, хаотично-стихийный разговор, не обременённый киноведческой мыслью и не подозревающий, что спустя год он обернется коллекцией визуальных цитат из мировой фильмической истории во славу последней ленты одного из самых радикальных и самых «тихих» режиссеров новейшего итальянского кино.
Вход донейшн. Регистрация
Mostrar todo...
👍 2👏 1
Juda quvonarli xabar men uchun! O'tgan yilgi kinonamoyishlarda faylasuf shoir Shamshad Abdullayev bilan kinolar haqida suhbatlashib turardim. Shu suhbatlarning biri Mikelanjelo Frammartinoning "Tuynuk" filmi haqidagi suhbatimizni rassom- kinorejissyor Lisa Dabizha opa film yaratibdi. Bu film Sankt-Peterburgda namoyish etilayotgan ekan. Kim Sankt-Peterburgda bo'lsa film premyerasiga borishi mumkin. Registratsiya bu yerda: https://poryadok-slov-event.timepad.ru/event/2945902/?fbclid=IwZXh0bgNhZW0CMTEAAR3BnwYH0DLHSQ9wev3-VLg-H-dL4RUA-IkJl_ze8UcYWssaTwRlRUoBRJI_aem_KNSbNXMwQFySrd_c-nk5aA @artjingo
Mostrar todo...
Кинопоказ фильма Лисы Дабижи «Фрагмент» о поэте Шамшаде Абдуллаеве / События на TimePad.ru

👍 6👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Men keyingi hayotimni orqaga qarab yashashni xohlayman. O'lim bilan boshlash - bu kamroq muammo. Qariyalar uyida uyg'onib, har kuni o'zingizni yaxshi his etasiz. Keyin juda sog'lom ekanligingiz uchun sizni u yerdan haydab yuborishadi. Siz bir muncha vaqt nafaqaga chiqasiz, keyin siz ishlay boshlaysiz va ishning birinchi kunida sizga hurmat va shaxsiy soat beriladi. Bekorchilikdan zavqlanishni boshlaguningizcha 40 yil ishlaysiz: ziyofatlar, jinsiy aloqa va spirtli ichimliklar... Bu sizni o'rta maktabga, keyin esa kichik maktabga tayyorlaydi, keyin siz bola bo'lasiz va tug'ilguningizcha hech narsaga e'tibor bermay, kunlaringizni o'ynab o'tkazasiz. Keyin siz 9 oy davomida xonangizga markaziy isitish tizimi va oziq-ovqat bilan ta'minlangan hashamatli dam olish maskanida dam olasiz, u kundan-kunga kattalashib boradi. Keyin "Oo-ap!" - va oxirida oxirida orgazmga aylanasiz! ©️ Kinorejissyor Vudi Allen @artjingo
Mostrar todo...
👍 6🕊 4🔥 2 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
“I always say that poetry is the language of cinema. Cinema is capable of translating the poetry into images.” 𝑯𝒂𝒑𝒑𝒚 𝒃𝒊𝒓𝒕𝒉𝒅𝒂𝒚 𝒕𝒐 𝒑𝒐𝒆𝒕 𝒐𝒇 𝒄𝒊𝒏𝒆𝒎𝒂, 𝑨𝒃𝒃𝒂𝒔 𝑲𝒊𝒂𝒓𝒐𝒔𝒕𝒂𝒎𝒊. @artjingo
Mostrar todo...
5👍 4
Ba'zida Abbas Kiarostamining Zaytunzorlar oralab"(1994)(fors: "Zire darakhatan zeyton") filmini qayta-qayta tomosha qilishni sog'inaman. Chunki film juda go'zal va poetik. Film finalida Tahiraning yurishi(syomkadan keyin, zaytunzorlarda, zig-zag yo'llarda) nafis, u yurishlarda hamma narsa bor: garmoniya, plastik ritm, musulmon jamiyatida o'sayotgan o'smir qizning lirik holati, nafosati, jozibasi xullas hamma-hamma narsa Tahiraning yurishida (qadam tashlashi) juda goʻzal ijro etilgan. Ayol nafosatining birinchi sharti bu - chiroyli yurishdir) Men nazarda tutayotgan go'zallikni his qilish uchun bu filmni albatta tomosha qilinglar. Filmdan goʻzal kadrlar @artjingo
Mostrar todo...
🔥 6😍 4👍 1
"Anora" filmi-ku hech narsa emas, rejissyor Jako Van Dormealning "Новейший завет"( The Brand New Testament, 2015) filmi finalida xudo O'zbekistonga deportatsiya qilinadi. Birinchi marta tomosha qilganimda rosa uyalgandim. Uzbekinodagilarga aytinglar mana shu filmga reaksiya bildirsin)) @artjingo
Mostrar todo...
😁 21 4
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.