cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

Chiroyli ta'rifga hojat bo'lmagan tarixiy kanal. Shunchaki biz bilan bo'ling va tarixning o'zingiz bilmagan sirlarini biz bilan oching. Kanaldan post olinganda manbasi ko'rsatilishi shart! Murojaat uchun: @Tarixchi_Historiy

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 885
Suscriptores
-624 horas
+227 días
+14230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Стрельцы с лёгкой руки Ивана Грозного стали первым регулярным войском в Русском царстве. Но что о них можно сказать? Появились они в 1550 году и изначально состояли из 3000 детей боярских, уже входивших в число пищальщиков. Это была пехота, упор в тактике которой делался на использование огнестрельного оружия (пищаль или мушкет). Второстепенным оружием становился бердыш, изначально служивший и опорой для стрельбы, а совсем уж редко у стрельцов были сабли и копья. Может показаться, что их узнаваемые кафтаны всегда были красными, но это заблуждение — цвета отличались по полкам: были и жёлтые, и серые, и голубые и т.д. Выдавали их аж в двух экземплярах: парадный и для службы, из более дешёвого сукна. Лишь кожаные перчатки были едиными для всех стрельцов. На протяжении всего существования стрельцов принципы их комплектации не раз менялись: если сначала служба за 4 рубля (сначала собирались на их содержание "пищальные деньги", а затем "стрелецкий налог") была почётной и добровольной, то к XVII веку эта тягота закрепляется за конкретными посадскими и крестьянскими семействами. Дислоцировались они по слободам или в пригородах, и в мирное время занимались либо патрулированием улиц, либо пожарной службой, либо активным участием в политической жизни нашей родины. Да, так как командующие стрельцов были из мелких дворян, то и дело у них возникало желание стать дворянами покрупнее, и они подбивали своих подчинённых на бунты. В целом, войско для XVI-XVII веков эффективное при использовании укрытий типа гуляй-города, или в связке с кавалерией, но со своей вечной нелояльностью — явление отвратное. Во времена Петра I стрельцы подняли неудачный мятеж 1697 года, в ответ на что царь сформировал новое войско на основе рекрутской повинности. К 1720-ым стрельцы исчезли из русской армии, однако полицейские функции ребята с бердышами/алебардами несли аж до самого конца XVIII века.
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Британский солдат добавляет послание на английском на стены немецкого Рейхстага, 1945 год.
Mostrar todo...
👍 1
00:16
Video unavailableShow in Telegram
1945 yildan beri Amerika harbiy bazalarini qurilishi xaritasi Tinchlik va xavfsizlik uchun deyilgan bu bazalarning aynan shunga xizmat qilishiga qanchalik ishonasiz? @Ibtido_Tarix
Mostrar todo...
👍 1👎 1🔥 1
​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​Telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar 📚 Adabiy, ijodiy:@Jahon_kitoblar_olami – onlayn “kitob do‘koni” • @Kitobshunoslik – barchasi kitoblar haqida • @Maktub_Gazeta – ilm va ijod uyg‘unligi • @Nosirjon_Jorayev – ko‘ngillarga malham she'riyat • @Uzbekmunaqqidi (Adabiy jarayonlar) • @ZakAdabiyot – adabiyot ummoni ⏳ Ilmiy, tarixiy:@AmirTemurtarixi (Amir Temur va Temuriylar tarixi) • @Brain_Gamess – faktlar, testlar va biroz yumor • @Burxonov_lite – nomsiz jurnalistning ilmiy izlanishlari • @Ibtido_tarix (Sirli dunyo tarixi) • @Jahon_statistikalar – qiziqarli va foydali raqamlar • @Kadrdagi_tarix – biz bilmagan tarix • @Mening_tilim (O‘zbek tili xazinasi) • @Nota_bene1 – kamyob va kerakli ma'lumotlar • @Svoyak_savollar – mavzulashtirilgan savollar • @Tarix_uz_qollanma – tarixiy va ilmiy adabiyotlar • @Tarix_va_biz_official – bizda son emas, sifat muhim • @Tarixi_dunyo – tarix va tahlil • @TikiPediya – har sohadan bir shingil • @Uzbtarixkanal – qiziqarli faktlar va tarixiy suratlar • @Shevashunos – dialekt va dialektologiya 🌎 Ijtimoiy, siyosiy:@Azizbekh17mem – o‘ta nozik yumor • @Harbiy_texnik – siyosiy va harbiy yangiliklar 📽 Kino, media:@Enigma_uz – sara filmlar 👉 Barcha kanallarga ulanish uchun bosing
Mostrar todo...

👍 2🔥 1
80 yil oldin,1944-yilda Qrim tatarlarini ommaviy deportatsiya qilish boshlandi: Qrim ASSR bekor qilindi, 180 dan 190 minggacha odam chiqarib yuborildi. Ko'p asrlar davomida Qrim tatarlari yarim Orol aholisining katta qismini tashkil etgan. Ular faqat XX asr boshida milliy ozchilikka aylangan. Shunga qaramay, ozchilik bu na madaniyatni, na diniy an'analarini yo'qotmadi va Rossiya imperiyasi yoki Sovet hokimiyatiga boʻysunishni xohlamaydi. Sovetlar Qrimni egallab olganidan keyin ham Qrim tatarlariga shubha bilan qaraydi. 2-Jahon urushi yillarida Qrim 1944 yil bahorida sovet qo'shinlari tomonidan ozod etilgunga qadar Germaniya va Ossi mamlakatlari qo'shinlari tomonidan vaqtincha egallab olingan. Shubhasiz, nemis targ'iboti Qrim-tatar qo'g'irchoq davlatini yaratish ruhidagi hamkorlikka pul tikdi (xuddi shu loyihalar nemislar tomonidan ruslar uchun, turkistonliklar uchun, shuningdek, Boltiqbo'yi davlatlari va boshqalar uchun mavjud edi). Natijada, aholining bir qismi milliy legionlarga qo'shilish yoki shunchaki sovet qo'shinlariga yordam bermaslik orqali chaqiruvni qo'llab-quvvatladilar. Sababi ular Sovetlar hokimiyatga kelganda qilgan ishlarini unutmagan edilar. Ozodlik uchun Qrim-tatarlarning baʼzilari Germaniya tarafini olishi tabiiy hol edi albatta. Taxminlarga ko'ra, Qrim-tatar aholisining 10 foizi Germanlarga yordam bergan (kimdir 50% va undan yuqori raqamlar haqida gapiradi, ammo bu bema'nilikdan boshqa narsa emas). Shuning uchun yuqoridan qaror bilan 10% aholi va Sovetlar adolatsizligini unutmaganlar boʻlganligi sababli butun xalq ushbu xayoliy jinoyat uchun ozod qilingan Qrimdan deportatsiya qilingan. Aytishimiz kerakki, urush yillarida Qrim tatarlaridan Sovet Ittifoqi qahramonlari ham bor edi. Jumladan, 6 kishi qo'mondonlik darajasiga yetgan edi. Siz birovning millatga bo'lgan qasddan tarafkashligini hisobga olsangiz ham aslida bu raqam juda ko'p. Deportatsiya operatsiyasi 18 may kuni erta tongda boshlanib, 1944 yil 20 may kuni soat 16:00 da tugadi. Uni tashkil etish uchun 32 000 ga yaqin NKVD xodimlari jalb etilgan. Har bir holatda ketish uchun minimal vaqt ajratilgan, har bir oila uchun 1/2 tonna miqdorida "shaxsiy buyumlar, kiyim-kechak, maishiy texnika, idish-tovoq va oziq-ovqat" olib kelishga ruxsat berilgan. Qrimdan ular O'zbekiston va Qozog'iston va Tojikistonning qo'shni tumanlariga, shuningdek, Mari ASSRga yuborilgan. NKVDning Stalin nomidagi telegrammasida 183 155 kishi ko'chirilganligi ko'rsatilgan. Urushdan oldin Qrim aholisining 19,4 foizi Qrim-tatarlari boʻlsa, ularning soni 1959 yilga kelib taxminan 0,4 foizga kamaydi. Deportatsiya qilinganlarga transportdagi og'ir sharoitlar va yangi yashash joylarida urushdan keyingi ocharchilik (1946-1947) qattiq zarba berdi, bu yerda ular ko'pincha huquqlari cheklangan edi (maxsus ko'chmanchilar sifatida qaralgan). Stalin vafotidan so'ng, 1989 yilda deportatsiya qilinishi genotsid deb tan olingan Qrim tatarlarini reabilitatsiya qilishning qiyin jarayoni boshlandi. Biroq, uylarning aksariyati urushdan keyin Qrimda yashagan RSFSR va USSR aholisi tomonidan egallab olingan va deportatsiya qilinganlarning hammasi ham o'z vatanlariga qaytishga muvaffaq bo'lishmagan. Bugungi kunda Qrimda 253 ming Qrim tatarlari yashaydi. Aytishimiz kerakki, Rossiyada bu mavzu taqiqlangan. Afsuski, ruslarning keksa avlodi deportatsiyalar adolatli va zarur, Qrim tatarlari esa xoin ekanligiga ishonishadi. Bizda ham mana shu ertakka ishonuvchilar yetarlicha. Ammo asl haqiqatni bilish lozim azizlar @Ibtido_Tarix
Mostrar todo...
👍 1
...Ha, Abbos halokatga uchradi va ogʻir jarohat oldi. Ammo natija tarixdagi 1- uchishga urunish va qisman muvaffaqiyat bilan tugadi Ammo ixtirochi bu bilan toʻxtab qolmadi. 875 yilda ixtirochi parvoz uchun apparatning takomillashtirilgan versiyasini tayyorladi. Endi bu versiyani hatto biroz boshqarish imkoniyati mavjud edi. U ipak qanotli ramka edi. Jabal al-Arusning kichik tepaligiga ko'tarilib, Abbos shamolni tanlab, oʻzini tashladi. Tez orada havo oqimlari uni ushlab, oldinga olib qarab olib bordi. Parvoz taxminan 10 daqiqa davom etdi. Shunday qilib, birinchi osmonga uchish yoki Deltaplanda uchish amalga oshirildi. Afsuski, bunday parvoz tajribalari uzoq vaqt davomida rivojlanmasdan o'ta xavfli va sof xususiy tashabbus bo'lib qoldi.‌‌ Natijada, bu kashfiyot biz musulmonlar emas, Gʻarbliklar tomonidan takomillashtirildi. Bu esa boshqa ixtirolarda ham yuz berib, buning oqibatida Gʻarb davlatlari rivojlanib ketgan boʻlsa, biz orqada qolib ketdik @Ibtido_Tarix
Mostrar todo...
👏 8👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Afsonaga ko'ra, deltaplanda birinchi parvoz IX asrda amalga oshirilgan, uni esa amalga oshirgan... Berber millatidan edi! Bu Andalusiya saroy shoiri Abu-L-Qosim 'Abbos ibn Firnas at-Takurini edi. U nihoyatda bilimdon odam edi. U vaqtini alkogol yoki tamaki uchun emas,ilm-fan uchun sarflagan. U Kimyo, matematika, tibbiyot va fizikada ma'lum ko'nikmalarga ega bo'lib, suv soatini ixtiro qildi. Shu bilan birga, qumdan shisha ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi, so'ngra tuklar va yog'och tirgaklarga cho'zilgan matodan qanotlar yasadi. 852 yilda u ushbu mashinasi bilan Kordovadagi buyuk masjid minorasidan uchishga harakat qildi... @Ibtido_Tarix
Mostrar todo...
👍 10
Urush muvaffaqiyatli bo'ldi, Vizantiya parchalanib ketdi. Salibchilar nazorati ostidagi Frakiya hududida Lotin imperiyasi e'lon qilindi. Salib yurishi rahbarlari tomonidan saylangan imperator imperiyaning barcha yerlarining 1/4 qismini oldi, qolgan qismida esa uning vassallari frankokratiya tizimini o'rnatdilar. Yaʼni hamma joyda mahalliy aristokratlar emas, balki uzoq yerlardan kelgan feodal-katoliklar hukmronlik qilishgan. Yerlarning bir qismi hali zabt etilishi kerak edi. Ammo 1204 yil 16 mayda Lotin imperatori Balduin I Flandrskiyning taxtga o'tirishi bo'lib o'tdi. Uning hukmronligini harakatlarga to'la deb atash mumkin. Ammo unchalik oqilona emas. Jumladan, mintaqaga kelgan va urushlarda qatnashgan sobiq ittifoqchilar o'rtasidagi urushlar paydo boʻldi. Bu ham yetmagandek, Venetsiya eng muhim portlarni egallab oldi. Boshqa tomondan, lotinlashtirish pravoslav aholisini g'azablantirdi. Qo'shnilar bilan iliq munosabatlar o'rnatilmagani ham nizolarni kuchaytirdi. Adrianopolni egallab olgan pravoslav yunonlarning navbatdagi isyoni imperator uchun halokatli bo'ldi. Ularga qarshi imperatorlik kuchlari jang qildi. Yunonlar esa bolgar shohi Kaloyanni yordamga chaqirdilar. U e'tiboridan mamnun bo'lib, shaharga katta qo'shin bilan keldi. 1205 yil 14 aprelda Adrianopol yaqinidagi jang bo'lib o'tdi, uning natijasi ko'plab otliq kamonchilar-polovtsi tomonidan hal qilindi. Lotin og'ir qurollangan otliqlari ularga qarshi samarasiz kurashdi. Imperator asirlikka olinib, Tirnovoga olib kelingan. Afsonalardan biriga ko'ra, Bolgar shohu shoh Balduinning bosh suyagidan ichimlik kosasini yasagan. @Ibtido_Tarix
Mostrar todo...
820 yil oldin,1204-yil 16-mayda Lotin imperiyasining birinchi imperatori Balduin I Flandriyalikning toj kiyish marosimi bo'lib o'tdi. Uning hukmronligi bir yildan kamroq davom etadi. Flandriya aristokratiyasidan kelib chiqqan Balduin 1200 - yildan boshlab Salibni qabul qilib, Salib yurishlarida qatnashishga tayyorligini bildirdi. Yana 2 yildan so'ng esa o'z kuchlari bilan Venetsiyaga yo'l oldi. G'arbiy Yevropadan kelgan salibchilarning boshqa rahbarlari qatorida u Venetsiya bilan hamkorlik qildi. Natijada ular salib yurishi yo'nalishini Yaqin Sharqdan Konstantinopolga o'zgartirdilar. Bu haqda biz allaqachon bu yerda batafsil yozganmiz. @Ibtido_Tarix
Mostrar todo...
👍 1
Toʻxtamishxon qaysi tilda gapirgan? Toʻxtamishxoning 1393-yili polyak qiroli Yagʻayliga yoʻllagan xati. Xat ikki varaqqa bitilgan, birinchi varaqda 13 satr, ikkinchisida 12 satr, jami 25 sartli. Hujjat 1834-yili Moskvada Tashqi Ishlar Vazirligining markaziy arxividan topilgan, 1921-yildan buyon Varshava markaziy arxivida saqlanadi. Xat moʻgʻul-uygʻur usulida uygʻur alifbosida turkiy tilda yozilgan. Xat transkripsiyasi lotin alifbosida berilgan, unda ba'zi oʻzbek alifbosida ifodasi yoʻq harflar mavjud, lotin alifbosidan foydalanish tavsiya etiladi, qatorlar son bilan belgilangan, ular ketma-ket oʻqiladi, (1) Toxtamïš sözüm (2) Yağaylağa. (3) Uluğ orunğa olturğan yergäsin (4) aŋlatu Qutlu-buğa, Asan başlï elči- (5) lär iydük erdi. Sen dağï keläčiŋni (6) bizgä iydiŋ erdi. Burunqï yïl Beg-Bolat, Xojamadïn (7) başlï bir neĉä oğlanlar, Bägiš, Turdučaq-Berdi, (8) Davut bašlï beglär Edügü atlï kišini Temirgä aldïr- (9) dïn čaqïrup emišlär. Ol tïl bilä keldi erdi, (10) alarnïŋ ala köŋül bilä tïl inip el qïrïğïnğä (11) yetä kelgändä aŋlap, yïğïlïp, sančïšmağa (12) turğanda, ol yaman kišilär burun tebärägin- (13) dän el tarbïp ol ïš dağï ol čaqlï bulğan yergäsi ol erdi. (14) Täŋri bizni yarlïqap dušmanlïq qïlğan Beg-Bolat, Xojamadïn, (15) Bägiš, Turdučaq-Berdi, Davut bašlï oğlanlar, beglärni (16) muŋqaltï. Emdi bu yegüni aŋlatu Asan, Tulu Xoja başlï (17) elčilärni iydük. Emdi dağï bulsa (18) bizgä baqar ellärniŋ čïqïšlarïn čïqarup, barğan (19) elčilärgä bergil, xazinağa tegürsünlär. Basa (20) burunqï yosunča bäzirğän ortaqlarïn dağï yürüš- (21) sünlär. Uluğ ulusnïņ turuščağa dağï yaxšï- (22) şï ol bolğay, tep altun nïšanlïq yarlïq (23) tuttuq. Taqağu yïl, tarix yeti yüz toqsan beş- (24) tä rajab ayïnïŋ sekiz yaŋïda ordu Tan- (25) da erürdä bitdimiz. Yorliqda Amir Temur va boshqa tarixiy shaxslar tilga olingan, va Toʻxtamish oʻz davlatini Ulugʻ Ulus deb atagan. Manba: Qosimjon Sodiqov. Oltin Oʻrda va Temuriylar davrida yaratilgan turkiy yorliqlar: tarixiy-filologik talqin. 85-86-betlar. @Ibtido_Tarix
Mostrar todo...
👍 6