cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

ZARBDOR 24 |🇺🇿

Jizzax viloyati Zarbdor tuman hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Rasmiy veb-sayt: http://zarbdor.jizzax.uz Murojaat va taklif: ✍️ @Zarbdor_adminbot ☎️ 72 4922505

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 879
Suscriptores
Sin datos24 horas
+67 días
+17330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#kun_tarixi 3️⃣ MAY SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR ⚔️ 1241 yil — Piza va Sisiliya qo‘shma floti Meloriya (Giglio) jangida Genuya qo‘shinini butunlay mag‘lubiyatga uchratgan; 🌍 1494 yil— Ispaniyalik dengizchi Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etgan;. 📜 1791 yil— Varshavadagi seym Yevropada birinchi bo‘lib, Polsha-Litva Hamdo‘stligi Konstitutsiyasini qabul qilgan; ⚔️ 1808 yil — Rossiya-Shvesiya urushi paytida (1808-1809) rus qo‘shinlari Shvesiya Sveaborg qal’asini egallab olishgan; 📌 1815 yil —Vena Kongressi qarorlariga binoan Rossiya imperiyasining tarkibida Polsha Qirolligi tashkil topgan; 🇳🇿1841 yil — Yangi Zelandiya Buyuk Britaniyaning mustamlakasi deb e’lon qilingan;. 🖌 1904 yil —amerikalik ixtirochi Jorj Parker o‘zining birinchi sharikli ruchkasini patentlagan; 🇹🇷 1906 yil — Turkiya Sinay yarim orolini Misr hududi deb tan olib, da’vogarlikdan voz kechgan; 📌 1919 yil— Bavariya Sovet Respublikasi hukumatining so‘nggi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan; ✍️1921 yil—taniqli o‘zbek adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin tug‘ilgan; 👩 1922 yil —Kanadadagi shahzoda Eduard orolida ayollarga ovoz berish huquqi berilgan; 🏆 1937 yil— Margaret Mitchellning "Shamollarda qolgan hislarim" romani Puliser mukofotiga sazovor bo‘lgan; 🇬🇧1943 yil— Buyuk Britaniyada 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan barcha ayollar uchun yarim kunlik mehnat xizmati joriy etilgan; 🇯🇵 1947 yil — Yaponiyada parlament, imperator va referendumda o‘z fikrini bildirgan odamlar tomonidan tasdiqlangan yangi konstitutsiya joriy etilgan (birinchi marta ayollar ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi). Konstitutsiya imperator hokimiyatini cheklab qo‘ygan va xalqaro nizolarni hal qilishda harbiy kuch ishlatishni rad etgan; 🇦🇶 1958 yil — AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauer Antarktidani demilitarizatsiya qilishni taklif qilgan, keyinchalik bu taklmf manfaatdor mamlakatlar tomonidan qabul qilingan; 🇮🇱1982 yil —Isroil Bosh vaziri Begin o‘z mamlakati suverenitetini Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi bosib olingan hududlarga qadar kengaytirishi haqida e’lon qilgan; ⚽️ 1983 yil— Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi a’zosi Kamoliddin Tojiyev tug‘ilgan; 📄 1991 yil —Namibiya poytaxtida Vindxuk deklaratsiyasi imzolangan bo‘lib, dunyo hukumatlarini matbuot erkinligi va uning demokratik xarakterini ta’minlashga chaqirgan. Ushbu sana YUNESKO tomonidan Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida nishonlanadi; 🇺🇿 1992 yil— “O‘zbekneftgaz”—O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini tuzish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni e’lon qilingan; 🇺🇿1994 yil— Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqa ochilgan; 🌬1999 yil— halokatli bo‘ron Oklaxoma-Siti janubi-sharqini va ko‘plab shahar atroflarini vayron qilgan. 36 kishi halok bo‘lgan. Moddiy zarar milliard dollardan oshgan; 💰 2000 yil — London va Frankfurt birjalari birlashishi va dunyodagi eng yirik fond birjasi tashkil etilishini e’lon qilgan, ularning qiymati taxminan 4 trillion dollarga teng bo‘lgan; ✈️ 2006 yil — Sochi yaqinida Yerevan-Sochi parvozini amalga oshirayotgan Armanistonning "Armavia" aviakompaniyasining A320 yo‘lovchi samolyoti dengizga qulab tushgan. Bortda 113 nafar yo‘lovchi bo‘lgan; 🇬🇧 2009 yil — The Mail on Sunday Buyuk Britaniyada tank ishlab chiqarish to‘xtatilgani haqida xabar bergan. 🇺🇿 2010 yil— “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. ©unutilgan_tarix Zarbdor tuman hokimligi  Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Mostrar todo...
ZARBDOR 24 |🇺🇿

Jizzax viloyati Zarbdor tuman hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Rasmiy veb-sayt: http://zarbdor.jizzax.uz Murojaat va taklif: ✍️ @Zarbdor_adminbot ☎️ 72 4922505

Zarbdor tuman madaniyat bo‘limi "Oypari" jamoasi "Boysun bahori" xalqaro festivali ochilish marosimida. Zarbdor tuman hokimligi  Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Mostrar todo...
📱O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ijtimoiy xodimlar uchun maxsus planshetlar Zarbdor tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlari uchun yetkazib berildi. Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Mostrar todo...
🍀Zarbdor tumanida aholi shaxsiy tomorqalaridan samarali foydalanishlari va bu orqali oilalar daromadlarini oshirish yuzasidan o'rganish va targ'ibot ishlari davom etmoqda. 🔹Tumanning 3-sektoriga qarashliShodlik MFY hududida tuman hokimi va sektor rahbarlari "Mahalla yettiligi" va mutasaddilar tomonidan tomorqa egalari bilan suhbatlashilib, ularga har qarich yerdan oqilona foydalanish va yuqori hosildorlikka erishishning ilmiy va samarali usullari xususida taklif va tavsiyalar berilmoqda. ⏩O'rganishlar davomida aholi xonadonlaridagi issiqxonalar ham ko'zdan kechirilib, hosildorlikni yanada oshirish hamda boshqa xonadonlarda ham kichik issiqxonalar tashkil etish yuzasidan imkoniyatlar o'rganildi. Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Mostrar todo...
May - madaniy va ma’rifiy tadbirlar oyligi
Respublika mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi raisi o'rinbosari, O'zbekiston mahallalar uyushmasi raisining 2024-yil 26-apreldagi 4-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida tuman markaziy o'yingohida Botir Zokirov nomidagi milliy simfonik estrada orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. 🔹Konsertda Oybek, Tinchlik, Mustaqillik, Oqbuloq mahallalar aholisi, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi. ✔️Orkestr tomonidan ijro etilgan o‘zbek estradasining eng yorqin namunalari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. HD format Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Mostrar todo...
Shijoatli Akbarali ota 🌱 Akbarali Qo‘shvaqtov 65 yoshda boʻlsada yoshlardek shijoati bor. Gʻayrati ichiga sigʻmaydi. Tirikchilik qilishga, daromad topishiga I guruh nogironligi unga pand berar edi. Akbarali Qoʻshvaqtovga Zarbdor tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan elektr yurutuvchi aravacha berilganligi uning oʻziga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamladi. 🌱 Akbarali otani endi mahalladoshlari nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida emas, tadbirkor sifatida taniy boshlashdi, chunki inkubator aparatidan foydalanib joʻjalar yetishtirmoqda. Kelajakda oʻzi kabi keksalarni ish bilan ta’minlash niyatida. Telegram Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmat.
Mostrar todo...
May - madaniy va ma’rifiy tadbirlar oyligi
Respublika mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi raisi o'rinbosari, O'zbekiston mahallalar uyushmasi raisining 2024-yil 26-apreldagi 4-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida tuman markaziy o'yingohida Botir Zokirov nomidagi milliy simfonik estrada orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. 🔹Konsertda Oybek, Tinchlik, Mustaqillik, Oqbuloq mahallalar aholisi, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi. ✔️Orkestr tomonidan ijro etilgan o‘zbek estradasining eng yorqin namunalari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. HD format Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Mostrar todo...
🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрел ойида бўлиб ўтган асосий тадбир ва воқеалар хусусида. #мирзиёев #апрел
Mostrar todo...
DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT! 👨‍👩‍👦‍👦"15-may-Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi navbatdagi chellenjini e'lon qiladi. Joriy yil 15-mayga qadar #Mening_oilam_mening_faxrim chellenjiga start beramiz. Shartlar juda oddiy, oilaning birdamligi, ahilligi, jamoat ishlaridagi faolligi, mahalla bilan hamkorligi aks etgan sifatli fotosuratlarni @umida_navruz manziliga yuborasiz. Eng ko'p ovoz to'plagan, like yiqqan (albatta real bo'lishi kerak) nomzodlar "15-may Xalqaro oila kuni"da e'lon qilinadi. Qani boshladik unda...😊😊😊 Ha aytgancha sizga ovoz beruvchilar albatta bizning kanalimizga ulanib olsin!!!👇 ✅Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati 🖌https://t.me/oilaxotinqizlar
Mostrar todo...
🏬Departamentning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan tuman elektr ta’minoti va tuman gaz korxonasi xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2024-yil  16-apreldagi 204-sonli qaror mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri tushuntirish va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Shu bilan birga tuman DSI bilan hamkorlikda non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga non mahsulotini asossiz oshirilishiga yo'l qo'ymaslik borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Mostrar todo...