cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

꧁BEG'UBORIM꧂

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
218
Suscriptores
+224 horas
-37 días
+630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Mostrar todo...
kel.mp34.12 MB
🔥 3👍 2
Мен шундай кетайки, босган изимдан, Оҳлар униб чиқсин, аламлар унсин. Ортимдан термулган нигоҳларинга, Соғинчлар ўргимчак инини қурсин. Мен шундай кетайки, тоғдек ғуруринг, Саҳрои Кабрга қумдек қўшилсин, Менсиз кунларингда киприкларинга, Пушаймон ёшлари тошдек осилсин. Мен шундай кетайки жонинг чарҳ уриб, Танангдан бир сокин маскан изласин, Сенку кулиб юриб баҳтиёрман де, Кўксингда муштдек гўшт тинмай бўзласин. Мен шундай кетайки, қилган гуноҳинг, Ҳар тун тушларинга кириб қийнасин. Бир лаҳза ҳаловот топган заҳотинг, Уволим чақалоқ бўлиб йиғласин. Мен шундай кетайки, кейин афсуслар, Изингдан эргашиб қуваверсинлар, Юрсанг ҳам, турсанг ҳам кўзинг олдида, Менинг қарашларим тураверсинлар... @Farishtam
Mostrar todo...
3👍 1
Biz umr dorida misoli dorboz Azaliy meros goho qoqilmoq Kecha bir shoir dardin eshitgan eding «Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq» Sen unga bergan taskinni bergin Yurakka kerakmi g‘am ’’mix’’in qoqmoq? Kecha bir shoir yuzin siypalagansan «Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq» ’’Qorako‘z’’im qorako‘zing bo‘laman men ham Taqdirmi menga ’’U’’ningsiz qolmoq Kechagina bir shoirga bo‘lgansan hamroh «Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq» @Farishtam
Mostrar todo...
1🔥 1
Nigohing sehrlab olgandi meni, To'tiyo dilimga sinchalakaring. Shu qadar sevardim seni, diloro, Yoqar edi hatto kamchiliklaring. @Farishtam
Mostrar todo...
5🔥 2👍 1🥰 1
Kutgim kelyapti kutganim sari Quvonchdan yayrab bir jonim karaxt Qalbimni  to‘ridan joy to‘shaymi a? Kech kelsang ketib qolmaysanmi baxt? @Farishtam
Mostrar todo...
Men hudbinman, Istaklarim ham, Menikilar menga bo'lishsin! Meni demas menikimaslar, Mendan nari o'ynab kulishsin. Men hudbinman, Men sevgan inson, Mensiz nafas ololmay qolsin. Yo'qligimdan qulasa osmon, Borligimdan quvonchga to'lsin. Nigohiga sig'masin o'zga, Ko'nglim menga bersin bus-butun. Shiringina jonidan kechsin, Bittagina qarashim uchun. Hudbinmana? Bilaman, ammo, Chorasizman, Hayron turipman. Shundayligim tufayli balki, Qarang, hamon yolg'iz yuripman... @Farishtam
Mostrar todo...
💔 4
Nahot kelolmaysan söroqlab, Sensiz kunim tundan ham qora. Ostonamda kirishni poylab, Ming hil tashvish yotibdi qara. Kelmaysanmi, haydamaysanmi? Qalbimga chang solgan zog'larni. Yomg'ir bölib siylamaysanmi, Sensiz qurib qolgan bog'larni. Yuragimda ulkan dard bilan, Yashayapman g'amlaring suyib. Kelsang edi dilim tirnagan, Gap sözlarga nuqtalar qöyib. Taskinlardan ta'nalari köp, "U yöq! Telba bölma bunchalar" Bir kun meni jannatga olib, Ketishingni bilmaydi ular... @Farishtam
Mostrar todo...
👍 4
Shaytonsifat odamga teng kelolmayman Shunchalar ojizman bir gapdan qoldim Shunchalar kuchliman suyanganim bor Dilimni og‘ritganni Hudoga soldim.... O&❤️ @Farishtam
Mostrar todo...
👍 5
Siz meni eslamang, endi u menmas, Rasmimga termulmang, yo'qman men unda. G'urur, beparvolik otliq niqobdan, Tashqariga faqat chiqaman tunda. Siz meni eslamang, qaramang ortga, Qulog'imga aytmang so'zlarni pinhon. Uhlayapman ahir, osmon bolishim, Oyog'im yerdan sal pastroqda qolgan. Siz meni eslamang, men bir beparvo, Sizning qadringizni qadrdonimas. Tengingizni... Yana, tengsiz baxt toping, Men esa sal chetroqda yashasam ham bas. Siz meni eslamang, bu ohirgi so'z, O'zim sizni eslab yana so'z bittim. Bugun sherlarimni qilyapman ko'z ko'z, Eslamasangiz ham o'zim eslattim... @Farishtam
Mostrar todo...
💔 4
Qalbimda g'alati iztirob, Mayliga yomg'irlar tinmasin. Bu hayol, bu oddiy sarob, Men uchun osmonlar yig'lasin. G'am-anduh yukidan qulasa ko'ngil, Bu haqda hech kimsa bilmasin. Shundagina tortasan yengil, Sen uchun osmonlar yig'lasin. Yurak dardlaridan bo'shashi kerak, Toki har lahzada chil-chil sinmasin, Bilmaymiz na armon, na orzu tilak, Biz uchun osmonlar yig'lasin. Yulduzlar tunlarda yig'laydi yolg'iz, Boshqalar seningdek yordan kechmasin. Dunyoda qolsam-da bir o'zim sensiz, Men uchun osmonlar yig'lasin... @Farishtam
Mostrar todo...
💔 3👍 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.