cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

English worksheets

Here one can find different English worksheets, teaching materials, methods and games Creator: @Nafisa_Ortiqova Kanal haqida fikr-mulohazalar bu yerda: @feedback_english_worksheets Ma'lumot olayotganda kanal linki va mualliflikka xiyonat qilmang!

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
12 924
Suscriptores
+1424 horas
-437 días
-28130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#vazirlikka_murojaat #MMTV Chet tili ustozlari yozni behalovat o'tkazmoqda... Nega? Aksariyat fan ustozlarimiz yozda xotirjam dam olayotgan vaqtda chet tili fani o'qituvchilari bu yilgi yozgi ta'tilni qanday o'tkizishyapti, xabaringiz bormi? Bir qism xorijiy til o'qituvchilarimiz ustama beruvchi sertifikatlarga tayyorlovchi kurslar bilan, boshqa bir qismi 2024-2025 o'quv yilida ishga kirish va ishda qolish uchun talab qilinayotgan B2 daraja sertifikatiga tayyorgarlik bilan, yana bir qismi kuzgi atttestatsiyaga tayyorgarlik bilan band. Shu bilan bir vaqtda O'zbekistondagi bir guruh ingliz tili fani ustozlari o'tgan yilgi sertifikatlar ro'yhatiga ko'ra ustama to'lashda o'tadigan, oxirgi 3-4 oylarda ne mashaqqat va katta xarajatlar bilan erishgan sertifikatlarini quchoqlagancha arosatda qolgan. Telegram ijtimoiy tarmog'ida 13 ming auditoriyaga ega ingliz tili fani o'qituvchilariga metodik yordam ko'rsatadigan shaxsiy kanalim mavjud. Uyerdagi ustozlardan har kuni o'xshash savollar olaman. Ammo, javob berishga qiynalaman. Oxirgi kunlarda savollar tobora jiddiylashib bormoqda. Quyida ularning eng muhimlarini e'tiboringizga taqdim etaman. 1-masala: Bir guruh ingliz tili fani o'qituvchilari Xalqaro TESOL, TEFL, TKT sertifikatlarini iyul oyigacha olib bo'lishgani, ammo, ERP tizimi qabul qilmayotgani, hududlardagi MMTB mas'ul xodimlari, hatto adliya xodimlari ham ustama olish uchun endilikda ushbu sertifikatlarga qo'shimcha ravishda B2 sertifikati ham bo'lishi kerakligini ta'kidlamoqda. "Xorijiy tillar va umumta'lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi (2024-yil 29-may) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat ro'yhatidan o'tkazilgan 3515 sonli yangi qarorga ko'ra ushbu qaror kuchga kirgunga qadar (2024-yil 29-Iyuldan) eski tartibda ustamalar to'lanishi izoh qilib kiritilgan. Ammo, nega qarorga zid harakatlar, targ'ibotlar ketmoqda? Bu murojaat turi ko'proq Farg'ona, Toshkent, Surhondaryo, Andijon viloyatlaridan kelgan. Qiziq jihati, ushbu masalani auditoriyamga qaratganimda ayrim viloyatlarda bu masala 29-iyulga qadar ustozlar foydasiga ishlayotganiga guvoh bo'ldik. Bu degani, qaror viloyatlardagi mas'ullarning tushunchasi tor-kengligiga qarab ishlaydimi? 2-masala: VM 312-sonli qarorga muvofiq, 2024-2025 o'quv yilidan chet tili fani o'qituvchilarining ishga kirish va ishda qolishlari uchun B2 darajadagi milliy yoki xalqaro til bilish daraja sertifikatga ega bo'lishi kerakligi qayd etilgan. Biroq, hozirda juda ko'pchilik chet tili ustozlarida B2 daraja sertifikati yo'qligi ma'lum bo'ldi. Biz buni kanalda so'rovnoma qo'yish orqali aniqladik. Jami 3144 ta ustoz so'rovnomada ishtirok etgan, shundan 41% qismida sertifikat mavjud, 48% qismida mavjud emas, 7% qismi esa topshirgan test natijalarini kutayotganini bildirgan. O'zingizga ma'lumki, daraja aniqlashning eng arzon - milliy CEFR tizimi oktyabr-may oylaridagina o'tkaziladi. Yozda topshirishning iloji yo'q. Qolgan test turlari: IELTS, TOEFL, FCE kabilarga esa juda qimmat narxlarda ro'yhatdan o'tiladi. Savol mag'zi shundaki, B2 sertifilati yo'q o'qituvchilar qimmat test turiga mablag'ni qanday orttirsin, milliy test tizimi esa yoz oylarida ishlamasa? Qolaversa, B2 sertifikati yo'q shuncha o'qituvchi sentyabrdan bo'shatib yuborilsa, B2 sertifikati bor kamroq sonli pedagoglar shuncha ortgan darslarni qanday qoplab ulguradi? Bu masalada B2 darajasiz ustozlarga yangi o'quv yili hisobidan biror muhlat berish - muammoning yanada chigallashganidan ko'ra adolatli yo'li bo'larmidi. Axir, ta'limda eng tinib tinchimas fan sohiblari - xorijiy til o'qituvchilari ekanligi ham ayni haqiqat-ku. Agar shu imkon berilsa, ularning aksariyat qismi bu ishonchni oqlay olishgan bo'lardi. Hurmatli Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi! Sizdan chet tili fani ustozlarining yozda emin-erkin dam olishlariga to'sqinlik qilayotgan bu ikki muammo bo'yicha tezroq munosabat berishingizni so'raymiz! O'qituvchi jurnalist Nafisa Ortiqova
Mostrar todo...
🥰 69👍 54🔥 5🎉 1
Facebookda maqola tayyor. https://www.facebook.com/share/p/3PyTADAH8mr2jWhd/?mibextid=oFDknk 👆Link orqali kirib yondirib yuboringlar masalaga befarq bo'lmagan ustozlar!
Mostrar todo...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

👍 3
Demak, Farg'onadan boshqa joyda bu muammo yo'qmi?
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍 44👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Sõragan_edingiz Yangi o‘quv yilidan B2 darajadagi sertifikati bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari maktabda ishlay olmaydimi?
Savol
Men ingliz tili fani o‘qituvchisiman, yanvar oyida dekretga chiqdim, TKT sertifikatim borligi uchun 50 % ustama oldim. Yangi qarorlarga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan B2 sertifikati ishda qolish uchun majburiy ekan. Shu vaziyatda men sentyabr oyidan ishga qaytsam, B2 sertifikatim yo‘q bo‘lsa ishlay olamanmi yoki yo‘q? Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/725 Telegram I Facebook I YouTube
Mostrar todo...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum, azizlarim! Kanalda bir hafta davomida bo'lmadim. Bu otada jurnalistikadagi oltin davrni tugatib, imtihonlarni a'lo baholarga yakunladim. Toshkonjondan odatimga ko'ra kutubxonamga bir dunyo kitoblar olib keldim. Ular ichida 1 yildan beri o'qiyman deb yurgan kitobim "Latte omili"ni o'qishni boshladim. Bu kitob haqida facebookdagi video kontentda eshitgandim. Eshitiboq, men uchun ekaaan, o'qib chiqaman degandim. Lekin amal qilishni o'shandayoq noshlagandim. Natijasi yomon emas... Kitob moliyaviy mustaqillikka erishish haqida. Menimcha bu mavzuga siz ham qiziqsangiz kerak? Kitob do'konlarida bor 40-50 ming atrofida narxda topasiz. Asaxiy.uz dayam bor. Xullas, birga-birga o'qiylik! Kitob o'qish - ijtimoiy tarmoqda suzishdan ko'ra odamga hotirjamlik beradi. O'tayotgan vaqtga afsus yo'qoladi kitob o'qiydigan insonlarda. Siz hozir qaysi kitobni o'qiyapsiz?
Mostrar todo...
👍 54 5🥰 5👏 2👎 1
02:15
Video unavailableShow in Telegram
46.22 MB
🧨💰 🔤🔤🔤kursiga sahiy chegirma! 😀TKT instructor Dilfuza Tojiyevaning navbatdagi TKT Module 1/2/3 online kursini katta chegirmada - 300 ming emas, balki atigi 200 ming so'm evaziga o'qish imkoningiz bor. 🗓Boshlanadi: 15-IYUL Bizning tutor: C1 holder; TKT o'qitish bo'yicha 2 yillik tajribaga ega; Xalq ta'limi a'lochisi, Vazir ustamasi sohibasi 🎯Kurs o'z ichiga oladi: ✔Har kunlik darslar; ✔Istalgan vaqtda o'zlashtirish imkoni; ✔Maxsus darslik asosidagi atamalar, kalit tushunchalar izohi; ✔Mavzular boʻyicha mashq va testlar tahlili; ✔Quiz mock testlar 🎁Bonus sifatida 3 ta modul bo'yicha test tahlil kanallar linki hadya qilinadi. ➡️Demo dars namunasi ➡️Natijalarimiz bu yerda ✉️Kursga yozilish uchun adminstrator: @Nafisa_Ortiqova Bizning kanal👉@dilfuzawithtkt Hamda👉@english_worksheets_more
Mostrar todo...
👍 16
🔥🔥🔥🔥TKT kursimizga mega-pega chegirma qilish rejasidamiz, kim o'qiydi? O'zi TKT olmagankar qoldimikan?😄
Mostrar todo...
👍 19🔥 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.