Javohir Berdiyev | IT
Ir al canal en Telegram
✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Mostrar más6 577
Suscriptores
-624 horas
-367 días
-21730 días
Archivo de publicaciones
Bugun baryam munosabati bilan 10 da uyg'onganlarni xolati 😂
Assalamu alaykum barchaga bayram muborak bo'lsin 🥳
✅ @javohir_webdev
Dasturchilar bilishi kerak bo'lgan Git buyruqlari
Ish faoliyatimni boshlaganimda Git bilan bog'liq muammolarga ko'p duch kelganman va shunaqangi muammoli vaziyatlarda #cheatsheet yozib qo'yishga odatlanganman. Siz azizlarim bilan bularni bo'lishmoqchiman.Bu postni qo'ldan kelgancha o'zbekcha so'zlardan foydalanib yozishga harakat qildim. Foydali bo'ladi degan umiddaman.
Dasturchilar bilishi va ishlata olishi kerak bo'lgan Git buyruqlar ro'yxati:
Git config
Bu buyruq muallifni ismi va elektron pochta manzilini vazifalaringizda foydalanishga mos ravishda o'rnatadi.
git config -global user.name "[name]"
git config -global user email "[email adress]"
Git init
Ushbu buyruq yangi repository yani omborni boshlash uchun ishlatiladi.
git init [repository name]
Git clone
Ushbu buyruq mavjud URL manzilidan repository (omborni) olish uchun ishlatiladi.
git clone[url]
Git push
Ushbu buyruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltirilgan bo'ladi.
git push <remote_URL/remote_name> <branch>
#agarda hammasini belgilamoqchi bo'lsak
$git push -all
Git merge
Bu buyruqda belgilangan filal tarixini joriy filalalga birlashtiradi.
git merge[branch name]
Git pull
Ushbu buyruq boshqa serverdagi o'zgarishlarni sizning ish katalogingizga olib keladi va birlashtiradi.
git pull [Repository Link]
Git commit
Bu buyruq faylni doimiy ravishda versiya tarixiga yozib oladi.
git commit -m "[commit xabar yozilsin]"
Git add
Bu buyruq faylni qo'shib beradi.
git add [file]
Git Branch
Ushbu buyruq faqat sizni tizimingizda yangi fililal yaratadi.
git branch <branch-name>
Git Checkout
Bu buyruqda buyruqqa asoslanib sizni avtomatik filal nomiga o'zgartiradi.
git checkout <branch-name>
Git status
Bu buruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltiriladi.
git status
Git Tag
Ushbu buyruq belgilangan majburiyatlarga teglar berish uchun ishlatiladi.
git tag [commitID]
Git remote
Bu buyruqda sizni mahalliy repositoryngizni masofaviy serverga ulash uchun ishlatiladi.
git remote add [variable name] [Remote Server Link]
Git Diff
Bu buyruq ikkita filial orasidagi hamma fayllarni farqini ko'rsatib beradi.
git diff branch1..branch2
@webdev07 | manbaМенинг орзуим бор. Мен жамиятимизда ҳали ҳам имкониятлари чекланган инсонлар деб аталувчилар учун ҳеч қандай тўсиқ қолмаслигини жуда истайман.
Мен бу чекловларни ҳатто махсус эҳтиёжлар сифатида эмас, балки уларнинг ички кучининг белгиси сифатида қабул қилинишини истардим. Коллектив онгни ўзгартиришни болаликдан, шахс шаклланган пайтдан бошлаш керак, деб ҳисоблайман.
Кеча Қибрайдаги @imkon.kids ўқувчилари илк бор Наврўз байрамини пойтахтимиздаги боғчалардан бирининг тарбияланувчилари билан бирга нишонлаганида, болалар — бизнинг энг яхши талқинимиз эканлигига яна бир бор амин бўлдик. Ўйлайманки, тадбирда олинган суратлар ҳар қандай сўзлардан кўра буни яхшироқ тасдиқлайди: @zaminfoundation ва МТВдан келган меҳмонлар кўз ёшларини тия олмадилар – бу шунчалик таъсирли ва ҳаяжонли эди. Фарзандларимизни байрам туйғуси ҳеч қачон тарк этмасин!
Ма’лумотнома: Instagram
Agar apple kompaniyasi barchani istak va fikrlarini hisobga olganda 😁
-Ko'p insonlarning muvaffaqiyatsizligi sababi ular "faqatgina" atrofidagilarga quloq soladi. Qalbi va ongini esa shunchaki esdan chiqaradi
©️Napoleon Hell
✅ @javohir_webdev
Japan Digital University'da 2022-2023-o'quv yili uchun 3-mavsum qabuli davom etmoqda!
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistondagi Ilk Yaponiya raqamli universiteti— Japan Digital University o'zbek yoshlariga Yaponiya ta'limidan foydalanish uchun munosib ko'prik vazifasini o'tab kelmoqda.
Nega aynan Japan Digital University?
—Bir vaqtning o’zida 3 ta diplomga ega bo’lish imkoniyati. Diplomlar O’zbekiston va Yaponiyada tan olinishi;
—Universitetda o’qib turib, o’qish davomida ishlash va bu orqali daromad topish (6$ dan-10$ gacha coworking orqali);
—O’qishni tamomlagandan so’ng Yaponiya IT kompaniyalariga ishga ketish;
—Xalqaro darajadagi IT muhandis bo'lib yetishish kabi afzalliklarni o'zida mujassam etgan universitet sanaladi.
Shuningdek, talabalar 4-semestrdan boshlab co-working orqali 6$dan 10$gacha daromad topishadi. Qolaversa, Japan Digital University'ga o'qishga kirish uchun yapon tilini bilish talab etilmaydi.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanib o'qishni istagan abituriyentlar quyidagi havola orqali hujjat topshirishlari mumkin. Joylar soni chegaralanganligi bois abituriyentlardan tezroq harakat qilishlarini so'rab qolamiz!
Ro'yxatdan o'tish uchun link: https://www.jdu.uz/enrollee
Telegram kanal: @jduniversity_uz
📞 +998712000595
If you want technology to wake you up, wake up before it wakes you up 😂
✅ @javohir_webdev
Assalomu alaykum Azizlar!
Juma ayyomining xayr va barokati sizga va oilangizga bo'lsin🤲🏻😊
Dunyoning eng yosh dasturchisi haqida.
Hindistonlik Arxam Am Talsaniya 7 yoshga to‘lishiga bir kun qolganda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yosh dasturchi sifatida kiritildi.
U o‘z maqomini tasdiqlash uchun Python dasturlash tili o‘quv kursida o‘qidi va Microsoft sertifikatlash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Dastlab Arxam kichik-kichik o‘yinlar dasturini yozishni boshlagan va Ginnesning rekordlar kitobi vakillari bilan aloqaga chiqib, ularga o‘z ishlarining namunalarini yuborishini aytgan. Olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng bolaga dunyodagi eng yosh dasturchi unvonini tasdiqlovchi sertifikat berildi.
Arxamning orzusi tadbirkor bo‘lish va hammaga yordam berish. “Men tadbirkor bo‘lishni istayman va hammaga yordam bermoqchiman. Dasturlash uchun ilova, o‘yin va tizimlar yaratmoqchiman. Shuningdek, muhtojlarga yordam berishni xohlayman” – degan yosh dasturchi.
✅ @javohir_webdev
Bundan bir necha yil avval, Telegram blog yuritishni endi boshlagan paytlarim tabiiy ravishda turli xil dasturlash kanallari va guruhlariga a'zo edim. O'sha guruhlarning qaysidir birida Muhammadbobur ismli bir yigit bor edi. Uning ham kanali bor edi, bo'lganda ham sifatli kontentlar bilan juda yaxshi yuritardi.
O'sha yigit bilan aloqaga chiqib, blog yuritish bo'yicha bir qancha ma'lumotlar olganman. O'sha yigit bilan bugun bir jamoada, ya'ni Najot Ta'lim jamoasida ishlaymiz. Eng qizig'i, Muhammadbobur hozir marketing bo'limida bosh koordinator sifatida faoliyat yuritadi. O'sha patda maqolalar ustida yaxshi ishlashi bejizga emasligini hozirgi darajasidan ham bilib olsa bo'ladi. 😄
Bugun u do'stimiz "Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" loyihasiga mehmon bo'lib chiqibdi. Barchangizga ko'rishni taviya qilaman. Premyera bugun — 17-mart soat 20:30 da bo'lib o'tar ekan.
Premyerani ko'rish: https://youtu.be/26urPZbTay0
P. S. Oxirigacha ko'ringlar, biz ham eslab o'tilibmiz 😉
✅ @javohir_webdev
Repost from Web Dasturlash kanali
🔥 Redux 2-dars, Redux haqida
Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda
✅ @webdev07
Siz shunday harakat qilishingiz kerak go'yoki muvaffaqiyatingiz sizning harakatlaringizga bog'liqdek. Ammo bu shunday emasligini hech qachon unutmang
©️Tasodifga aldanganlar
✅ @javohir_webdev
Repost from Web Dasturlash kanali
🔥 Redux 1-dars, Redux haqida
Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda
✅ @webdev07
Repost from Web Dasturlash kanali
Assalomu alaykum barchaga. yangilik inshaAlloh ertadan Redux darslarimizni chiqarishni boshlaymiz. 🎉
@webdev07
Repost from Web Dasturlash kanali
🔥 React JS 15-dars, useReduser haqida
Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda
✅ @webdev07
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
