cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🚄Toshkent temir yo'l texnikumi

Toshkent temir yo'l texnikumi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Eng so'nggi, ishonchli va tasdiqlangan xabarlarni faqat shu yerdan topishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/ttytrailway Ma’lumot uchun telefon raqami: 71 299-05-59

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 864
Suscriptores
-124 horas
-167 días
-3830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️Bitiruvchilar ID karta olishlari shart! Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi
Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.
Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.@talimuz
Mostrar todo...

#ETKM #TTYT_tashrif #ozaro_hamkorlik 🛎 Toshkent davlat transport universiteti, Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetining "Elektrotexnika" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbuslari bilan Toshkent temir yo‘l texnikumi talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. 📎 Uchrashuv o‘zaro muloqot asosida aktiv holatda o‘tdi. Toshkent temir yo‘l texnikumi talabalariga professor-o‘qituvchilar tomonidan "Elektrotexnika" kafedrasida mavjud shart-sharoitlar, laboratoriya stendlari, kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv davomida texnikum talabalarida tug‘ilgan savollarga to‘liq javob berildi, ular tomonidan berilgan takliflar tinglandi. Aksariyat tinglovchilar kelgusidagi o‘qishlari Toshkent davlat transport universitetida davom ettirmoqchi ekanliklarini bildirishdi. 📸 Fotoalbom Telegram | Facebook | Web-sayt |Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 3 1
Dual ta'lim shaklida tahsil oluvchi 2-kurs guruhlari (D4Yx-2 va D4TTA-2r) uchun 10-iyundan so‘nggi nazariy darslar tashkil etiladi va  24-29-iyun kunlari Yakuniy davlat attestatsiyalari o'tkaziladi. @eduttyt
Mostrar todo...
👍 3
00:43
Video unavailableShow in Telegram
1🔥 1
⚡️⚡️⚡️Diqqat e'lon!!! Texnikumda to'lov-kotrakt asosida tahsil olayotgan o'quvchilar kontrakt mablag'larini Moliya vazirligi g'aznachiligining hisob raqamiga (400921860262737092902279001) o'tkazishingizni so'rab qolamiz! Tegishli bo'lim boshliqlari tomonidan yangi namunadagi to'lov-shartnomalari o'quvchilarga taqdim etilgan!!! Qo'shimcha ma'lumotlarni bo'lim boshliqlaridan olishingiz mumkin! Kunduzgi ta'lim bo'limi boshlig'i: Jumaniyozov Bahrom Matkarimovich. Telefon raqami: 71 299-05-60, 71 299-05-61; Sirtqi ta'lim bo'limi boshlig'i: Umirov Oybek Abduvoitovich. Telefon raqami: 71 299-05-81, 71 299-05-84; Masofaviy (dual) ta'lim bo'limi boshlig'i: Rizayeva Munojat Muminovna. Telefon raqami: 71 299-05-68. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Mostrar todo...
👍 1
📌 E'lon! Transport (logistika) sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!!! Hurmatli ish beruvchilar, Toshkent temir yo'l texnikumi yuk qabul qilish-topshirish, yuk kassiri, logistika, ekspeditorlik, logistika agenti, omborlar logistikasi, temir yo'l infratuzilmasi, tashishlarni tashkil etish, harakatlanvuchi tarkibdan foydalanish, avtomatika, aloqa, energetika, harbiylashtirilgan qo'riqlash, yong'in xavfsizligi, videokuzatuv tizimlari, axborot xavfsizligi, robototexnika, elektron tizimlar, buxgalteriya hisobi (1C), mehnat muhofazasi, xodimlarni boshqarish kabi 50 ga yaqin kasb va mutaxassisliklar bo'yicha davlat namunasidagi sertifikat (3 oylik qisqa kurslar uchun) va diplom (1 yilgacha dual ta'lim shaklida) beriladigan o'quv dasturlarda tahsil olishga taklif etadi. Dual ta‘limda tahsil olishning ish beruvchi uchun eng afzal tomoni, o‘quv jarayonlari haftaning 2-3 kunida ta‘lim muassasada tashkil etilib qolgan kunlari ish xodim ish joyida faoliyatini davom ettirishi mumkin! O‘quv jarayonlarning xodim va ish beruvchilar uchun bundan ham qulay shakllari Texnikum rahbariyati bilan kelishgan holda ishchi tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin! Barcha qo'shimcha savollar bilan Texnikum masofaviy (smenali) ta'lim bo'limi (71 299-05-68) ga murojaat qilishingiz mumkin. Dual ta'lim shaklida guruhda kamida 15 nafar o'quvchi yig'ilganda darslarga start beriladi. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Mostrar todo...
Иштирок этиш истагида бўлганлар 206-хонага мурожаат билишлари мумкин.
Mostrar todo...
4 1
01:05
Video unavailableShow in Telegram
Basketbol sport turi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri” kubogi musobaqasi oʻtkaziladi Toshkent davlat transport universiteti xodimlari, talabalar, texnikum va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida sportning basketbol turi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri” kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi. Musobaqa 1-iyun oʻtkazilib, unda erkak va ayollar alohida bellashadi. Musobaqa gʻolib hamda sovrindorlari diplom va televizor, velosiped, sport anjomlari bilan taqdirlanadi. Musobaqada ishtirok etish uchun jamoa sardorlari quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak: 👉 http://play.fiba3x3.com ➡️ Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Mostrar todo...
👍 4
⚽️⚽️SPORT⚽️⚽️                         Toshkent temir yo‘l texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Texnikum sport targ‘ibotchisi Sh.Z.Ilhamova tashabbusi bilan 1-bosqich kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida sportning "MINI FUTBOL" turi bo'yicha oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazildi. O'rtoqlik o'yinida kunduzgi ta'lim shakli o'quvchilaridan tashkil topgan terma jamoa 8 - 7 hisobida g'olib chiqdi.
Mostrar todo...
5👍 3👏 2😢 1
Dual ta'lim shaklida tahsil oluvchi 1-kurs guruhlari (D4B-2, D4XB-2, D4V-2, D4HT-3, D4MPO-2, D4Yx-3 va D4TTA-3) uchun Texnikumdagi navbatdagi nazariy darslar 2024-yil 3-iyundan boshlanadi va 22-iyungacha davom etadi. @eduttyt
Mostrar todo...
👍 2