cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

MUSULMON QO'RG'ONI

فَٱذْكُرُونِىٓ أَذْكُرْكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لِى وَلَا تَكْفُرُونِ ┅════════●════════┅ «Bas, Meni eslangiz, men ham sizlarni eslayman. Va Menga shukr qilingiz, ne'matlarimni inkor qilmangiz». {Baqara:152} Kanal linki ⬇️ https://t.me/+bmGehz4Rch40ODk6

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
921
Suscriptores
Sin datos24 horas
-107 días
-5930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#juma Juma kuni zikrlarining toji Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishdir. Odamlarning eng koʻp salavot aytuvchisi osmonda (farishtalar huzurida) eng koʻp zikr qilinuvchi va yerda eng xotirjam boʻluvchisidir. ©️Shayx Abdulaziz Torifiy hafizahulloh اللهم صل و سلم و على نبينا محمد
Mostrar todo...
Bilganlarga eslatma bilmaganlarga ilm Bugun 2023 yil 19-iyul chorshanba kuni yangi hijriy sana – 1445 yil boshlandi. Hijriy-qamariy yilning birinchi oyi muharram deb nomlanadi. Bu oy Allohning huzurida eng ulug‘ oylardan biridir. Bu oyning 10-kuni Ashuro kunidir. Ashuro kuni bu yil (2023 milodiy 28-iyul juma) kuniga to‘g‘ri keladi. Ashuro kunida Alloh taolo Muso alayhissalom va u zotning qavmlarini Fir’avn va uning askarlaridan qutqargan, Fir’avn va uning armiyasini shu muborak Ashuro kuni dengizga g‘arq qilib yuborgan. Allohning ushbu buyuk ne’matiga shukrona tarzida Muso alayhissalom har yili shu kunda ro‘za tutishni sunnat qilganlar. Bizning Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam kelganlaridan keyin: «Muso alayhissalomga biz haqliroqmiz» deb barcha musulmonlarni Ashuro kunida ro‘za tutishga targ‘ib etganlar va shu ro‘za tufayli bir yillik gunohlar o‘chirib yuborilishini bashorat berganlar. Yahudiylardan farqli bo‘lishimiz uchun Tosuo (Ashurodan bir kun oldingi 9 muharram kuni)da ham ro‘za tutish afzal qilingan. Mehribon Robbimiz barchalarimizga kuchli iymonni va solih amallarni nasib etib, O‘z dargohida husni qabul aylasin! Bu fazilatli kunlarni g'aflatda o'tkizib yubormang! Eslang va eslating ✨
Mostrar todo...

Photo unavailableShow in Telegram
#zikrlar🧕 Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar: 🧕«Allohni kam zikr qilish munofiqlik alomatidir». ("Al-vabilus soyyib", 196) 🔄Ulashing va ajrda sherik bo'ling
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#namoz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ruku’ va sajdalari orasida umurtqasini rostlamaydigan bandaga Alloh qaramaydi». (Sahih at-targ‘ib: 531) Huzayfa ibn Yamon raziyallohu anhu masjidga kirdi. Shunda ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmasdan namoz o‘qiyotgan kishini ko‘rib, unga: «Sen namoz o‘qimading. Agar o‘lsang, Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tabiat qilib bergan fitratdan boshqasida o‘lgan bo‘lasan», dedi. Nasoiy rivoyat qilgan asarda kelishicha, Huzayfa raziyallohu anhu undan: «Necha yildan beri shunday namoz o‘qiysan?» deb so‘raganlar. «Qirq yildan beri», deya javob bergan. Shunda ulug‘ sahoba: «Qirq yildan beri namoz o‘qimabsan. Agar namozni shu tarzda o‘qib vafot etsang, Muhammad sollallohu alayhi vasallam fitratidan boshqasida o‘lgan bo‘lasan», degan. (Musannaf ibn Abu Shayba, "Kitabus solat", 2933) 🔵https://t.me/Zikrlarr
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#juma #salavot Juma kuni sunnatlaridan Rasululloh ﷺga ko'p salovat aytishdir. «Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salavot ayting va salom yuboring!» (Ahzob surasi, 56-oyat). Izoh: Arab tilida «salovat» so'zi «solat»ning jami bo'lib, duo ma'nosini anglatadi. Arabchada namoz ham «solat» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma'nosi bor. Ammo «solat» Alloh taolo tomonidan bo'lganida «duo» ma'nosini yo'qotadi. Alloh taoloning Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga salovat aytishining ma'nosi u zot (sollallohu alayhi va sallam)ga o'z rahmatini yuborishi, ulug'lashi, maqomlarini zohir qilishi va farishtalar huzurida shanlariga maqtovlar aytishini anglatadi. Allohumma solli va sallim a'la nabiyyina Muhammad 🔵https://t.me/Zikrlarr
Mostrar todo...
الله اكبر الله اكبر الله اكبر لا إله إلا الله , الله أكبر الله أكبر ولله الحمد. Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Qurbon hayiti bayrami barchangizga muborak bo‘lsin birodarlar! Alloh ta'olo barchamizni gunohlarimizni kechirib solih amallarimiz va qurbonliklarimizni qabul qilsin. Aziz birodarlar! Qurbon bayrami shukuhi bizga uning mohiyat-maqsadini unittirib qo‘ymasin. Qurbon hayiti mo‘minga shunchaki bayram emas, balki Alloh uchun hech narsani qizg'anmaslik, ota-bola, ona va oila birdamlikda Allohning diniga xizmat qilish ma'nolarini Ibrohim va Ismoil hamda Hojar alayhissalamlar siyrati orqali qayta-qayta eslatib turuvchi ibodatdir. Qurbon hayiti faqat mol-qo'ylarni qurbon qilishni emas, balki Alloh bilan o‘rtamizga to'g'anoq bo‘ladigan barcha narsalarni qurbon qilishga tayyorlikni Ibrohim alayhissalam siyratlari orqali bizga eslatuvchi bayramdir. Qurbon hayiti, unda faqat qo'y echki so‘ygan ammo qalbidagi mahbubini Alloh uchun tark qilishdan qizg'angan kishining bayrami emas, Balki bu bayram jonliq so'ymasada Alloh uchun o‘ziga eng suyukli mahbublarini qurbon qila olgan kishining bayramidir. Xulosa qilib aytganda bu hayit faqatgina jonliq qurbon qilish emas balki qalbga eng yaqin jonona qurbon qilishdir. Kimda-kim bu yil arafotda hojilar bilan tura olmagan bo‘lsa, Allohning haqlarida Alloh uchun qoim tursin! Kimda-kim muzdalifada hojilar bilan tunay olmagan bo‘lsa, Allohning toatiga azm qilsin, Alloh o‘ziga uni yaqin qiladi. Kim qurbonligini minoda hojilar bilan so'ya olmagan bo‘lsa qayerda bo‘lsa ham havoyi nafsini qurbon qilsin, qurbonlikdan maqsadga yetadi. Kimgaki ka'ba uzoqlik qilib unga yeta olmagan bo‘lsa, ka'baning robbisi unga jon tomiridanda yaqindir! Undan umidini uzmasdan duo qilsin... Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar! La ilaha illallohu Allohu akbar! Allohu akbar valillahil hamd! Yana bir bor kanalimiz adminlari nomidan, barchangizni qurbon hayiti bilan tabriklaymiz✨
Mostrar todo...

#Duo: Allohumma! Ya zal-jalali val-ikrom! Ushbu kunda bandalaringga qanday yaxshilik nozil qilgan bo'lsang meni va ahlimni undan nasibador qilgin ! Bandalaringdan qanday yomonlikni uzoq qilgan bo'lsang, men va ahlimdan ham uni uzoq qilgin ! Menga yaxshiligi bor har qanday bandangni o‘zing yaxshilik bilan mukofotlagin! Mendan duo so‘ragan barcha bandangni o‘zing rozi bo‘lgan ko‘rinishda so‘raganini bergin ! Men qaysi musulmon bandangga yomonlik qilgan bo'lsam meni ham uni ham mag‘firat qilgin ! Qaysiki bandang menga yomonlik qilgan bo'lsa uni ham meni ham mag‘firat qilgin ! Qaysiki bandang meni duosida eslasa, u meni eslagandan yaxshiroq sen uni eslagin ! Mazlumlar va ularning ahli oilasi ko‘nglini to‘ldir ! Sen o‘zingning solih bandalaring uchun bayram qilib bergan bu kunlarda zolimlar ulardan baxtli bo‘lmasin! Kimda kim bu dinga yaxshilikni iroda qilayotgan bo'lsa uni barcha yaxshilikka muvaffaq qilib diningga xizmat qildir! Kimda kim bu dinga va bandalaringga yomonlik iroda qilayotgan bo'lsa uni yordamsiz qo‘yib nayrangini o‘ziga qaytar! Menga o‘zingni, payg‘ambaringni va diningni tanitgan, tanishim uchun bir harf o‘rgatib bo'lsa-da hissa qo‘shgan bandalaringni yaxshilik bilan mukofotlagin ! La ilaha illalloh, vahdahu la shariyka lah, lahul-mulk, va lahul-hamd, va huva ala kulli shay'in qodir ! Allohu akbar, Allohu akbar , Allohu akbar, la -ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd. ©Abu Yahya https://t.me/Zikrlarr
Mostrar todo...

#Eslatma Arafa kunning yana bir ulug‘ligi unda qilingan duo va ibodatlardir. Bu haqda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ko‘p marhamat qilganlar. Jumladan: خَيْرُ الدُّعَاءِ دُعَاءُ يَوْمِ عَرَفَةَ، وَخَيْرُ مَا قُلْتُ أَنَا وَالنَّبِيُّونَ مِنْ قَبْلِي: لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ المُلْكُ وَلَهُ الحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ «Eng yaxshi duo arafa kungi duodir. Men va oldingi anbiyolarning eng yaxshi so‘zimiz la ilaha illallohu vahdahu, la sharika lahu, lahul mulk va lahul hamd va huva ala kulli shay’in qodir, demoqlikdir». Bas, birodari aziz, keling arafa kunni g‘animat bilib, toat ibodat bilan, duolar bilan mashg‘ul bo‘laylik. Shu yerda duo haqida ikki og‘iz so‘zim bor: Rosullulloh sollallohu alayhi va sallam duoni ibodat ekanini marhamat qilganlar. Biz duo qilamiz va natijasidan umidvor bo‘lamiz, Allohdan so‘raymiz. Ammo so‘raganimiz hosil bo‘lmasa, hargiz ma’yus bo‘lmaymiz, tushkunlikka tushmaymiz, chunki buning Allohdan o‘zga hech kim bilmas hikmati bor. Qilgan duoimiz ibodat bo‘lgani bois, undan avvalo ijobat va albatta ajr kutamiz. Ulashing va ajrda sherik bo'ling ✨
Mostrar todo...

Photo unavailableShow in Telegram
📌 Farz namozlardan keyin aytiladigan takbirlar Arafa kuni bomdod namozi ortidan boshlanib Zul-hijjaning 13-kuni asrgacha davom etadi. 📌 Hojilar bu takbirni Yavmun-nahr - Qurbon hayiti kuni peshin namozi ortidan boshlaydilar. 📌 Vaqtga cheklanmagan umumiy takbirni ushbu kunlarda ham aytishda davom etiladi. 🔴Takbirning eng sahih ko‘rinishi budir: «Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar kabiro». «Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar valillahil-hamd» ko‘rinishida ham aytiladi. @Zikrlarr
Mostrar todo...
Rosululloh ﷺ dedilar: "Eng yaxshi duo arafa kuni qilingan duodir", dedilar. (Hasan,Termiziy rivoyati) Qur'onda kelgan duolar. ⬇️⬇️⬇️ Duo1 || Duo11 Duo21 Duo2 || Duo12 Duo22 Duo3 || Duo13 Duo23 Duo4 || Duo14 Duo24 Duo5 || Duo15 Duo25 Duo6 || Duo16 Duo26 Duo7 || Duo17 Duo27 Duo8 || Duo18 Duo9 || Duo19 Duo10 || Duo20 ┅════════●════════┅ 🍃 Foydalaning va foydalantiring 🍃
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.