cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali Murojaat uchun: t.me/tosh_vil_maslahat Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56 Sayt: soliq.uz Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 276
Suscriptores
-1524 horas
+1 8857 días
+1 00930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:14
Video unavailableShow in Telegram
❗️Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘i to‘lamaydi
Manba: Soliq kodeksi.
Mostrar todo...
soliq lotin1.mp43.21 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#onlayn_seminar Hurmatli soliq to'lovchilar❗️ 🗓 2024-yil 5-iyun kuni Soliq qoʻmitasi va "Asl belgisi" milliy axborot tizimi mutaxassislari ishtirokidagi onlayn seminar-trening "Raqamli markirovka" mavzusida boʻlib oʻtadi. Jonli efir 👉 YouTube platformasida. 🕙 Boshlanish vaqti – 16:00 ___________ #онлайн_семинар Уважаемые налогоплательщики❗️ 🗓 5 июня 2024 года состоится онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета и Национальной системы цифровой маркировки и прослеживания товаров "Asl belgisi" на тему "Цифровая маркировка". Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube 🕙 Начало – 16:00 Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilganingiz_foyda Rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar ♻️Rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:👇🏻👇🏻 📍yillik ish yakunlari bo`yicha pul mukofoti; 📍yuridik shaxsning mukofotlash to`g`risidagi nizomida nazarda tutilgan rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar; 📍kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 📍ta`tilga qo`shimcha haqlar ; 📍ko`p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to`lovlar; 📍rasionalizatorlik taklifi uchun to`lov; 📍mеhnat natijalari bilan bog`liq bo`lmagan bir yo`la bеriladigan mukofotlar.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar nechta? 🔰Viloyatimizda 2024-yilning 1- may holatiga jami 3 725 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi: 🔹Oqqo‘rg‘on tumani – 133 ta 🔹Ohangaron tumani– 82 ta 🔹Bekobod tumani– 87 ta 🔹Bo‘stonliq tumani– 367 ta 🔹Bo‘ka tumani– 80 ta 🔹Quyi Chirchiq tumani– 83 ta 🔹Zangiota tumani– 369 ta 🔹Yuqori Chirchiq tumani– 296 ta 🔹Qibray tumani– 290 ta 🔹Parkent tumani– 340 ta 🔹Piskent tumani. – 52 ta 🔹O‘rta Chirchiq tumani– 400 ta 🔹Chinoz tumani– 83 ta 🔹Yangiyo‘l tumani– 206 ta 🔹Toshkent tumani– 327 ta 🔹Nurafshon shahri– 138 ta 🔹Olmaliq shahri– 56 ta 🔹Angren shahri– 79 ta 🔹Bekobod shahri– 55 ta 🔹Ohangaron shahri– 67 ta 🔹Chirchiq shahri– 48 ta 🔹Yangiyo‘l shahri– 87 ta
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#savol_javob ❓Savol: — Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtish jarayonida ayrim savollar tug‘ilmoqda. Jumladan, yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtilgach qo‘shimcha yoki o‘zgartirish kiritish zarurati tug‘ilsa buni amalga oshirish imkoniyati mavjudmi? ❗️Javob: — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi 249-son qarori 3-1-ilovasi 3-bob 19-bandiga asosan, avval rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatiga qo‘shimcha va tuzatish kiritish mazkur Nizom talablari asosida yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Mostrar todo...
#barqarorlik_reytingi 79 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti barqarorlik reytingini oshirdi Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Qayd etish lozimki, har bir mezonga alohida masʼul xodim biriktirilgan. Ular oʻzlariga biriktirilgan mezonlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga tavsiya va tushuntirishlar berib bormoqda. Olib borilayotgan ishlar natijasida joriy yilning may oyida 79 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti oʻz barqarorlik reytingini oshirdi. 📈Reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar: 🟩AAA 373 ta 🟩AA 515 ta 🟩A 879 ta 🟦BBB 3 513 ta 🟦BB 5 762 ta 🟦B7 971 ta 🟪CCC 3 900 ta 🟪CC32 226 ta 🟪C toifadagi 16 712 ta koʻpaygan D toifadagi 78 569 ta tadbirkor oʻz reytingini oshirdi. Reytingi koʻtarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi oʻsish surʻatlari quyidagi hududlarda qayd etildi: 📍Toshkent shahrida – 10 960 ta 📍Fargʻona viloyatida – 6 947 ta 📍Qashqadaryo viloyatida – 6 809 taga oshgan Oʻz navbatida, joriy yilning may oyida AAA toifadagi 93 ta tadbirkorlik subyektlariga QQS boʻyicha ortiqcha toʻlovidan 100,4 mlrd soʻm mablagʻlar bir kun muddatda qoʻshimcha tekshiruvlarsiz qaytarib berildi. __________ #рейтинг_устойчивости Около 79 тысяч предпринимателей повысили свой рейтинг Благодаря внедренному с февраля текущего года рейтингу устойчивости, в деятельности субъектов предпринимательства наблюдаются положительные изменения. Стоит отметить, что к каждому отдельному критерию рейтинга закреплен ответственный сотрудник, который предоставляет предпринимателям разъяснения и рекомендации. В результате проводимой работы в мае текущего года около 79 тысяч субъектов предпринимательства повысили свой рейтинг устойчивости. 📈По категориям рейтинга: 🟩в категории AAA стало на 373 предпринимателя больше 🟩AA – на 515 🟩A – на 879 🟦BBB – на 3 513 🟦BB – на 5 762 🟦B – на 7 971 🟪CCC – на 3 900 🟪CC – на 32 226 🟪C – на 16 712 Число предпринимателей категории D уменьшилось на 78 569. Лучшие показатели роста числа предпринимателей, поднявших свой рейтинг, зафиксированы в следующих регионах: 📍город Ташкент– на 10 960 больше 📍Ферганская область – на 6 947 📍Кашкадарьинская область – на 6 809 В свою очередь, в мае текущего года 93 субъектам предпринимательства категории ААА в течение 1 дня возвращены суммы переплаты по НДС без дополнительных проверок в размере 100,4 млрд сумов. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mostrar todo...
#markirovka Dori vositalarini markirovkalash ularning sifati va narxini qolaversa, qonuniy aylanmasini kuzatish imkonini beradi 📈2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini raqamli markirovkalsh bosqichma-bosqich joriy etilgan. Xususan: ▫️ikkilamchi (tashqi) qadoqdagi dori vositalariga 01.09.2022-yildan; ▫️birlamchi (ichki) qadoqdagi dori vositalariga 01.11.2022-yildan; ▫️orfan dori vositalariga 01.03.2023-yildan majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan. 👉 VMQ-149-son 02.04.2024 “Dori vositalari” toifasidagi mahsulotlar ijtimoiy ahamiyatga ega, bozorda talab yuqori bo‘lgan yuqori likvidli mahsulotlar hisoblanadi. Raqamli markirovkalash realizatsiya qilinayotgan dori vositalari ustidan samarali nazorat tizimini yaratish, bu orqali ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilinadigan noqonuniy mahsulotlar va kontrafakt tovarlardan xalos etish imkonini beradi. Raqamli markirovkalash tizimining joriy etilishi iste’mol mahsulotlari uchun logistika va biznes jarayonlarini yaxshilaydi va yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartiradi. Mahsulot aylanmasining nazoratga olinishi hisobiga davlat budjeti daromadlari ortadi. Shu bilan birga, markirovkalash tizimi orqali dori vositalari narxlanish jarayonini kuzatib borish, ularning dorixonalarda mavjudligini ko‘rish, davlat tomonidan dori vositalari zaxirasining mavjudligi va ularga bo‘lgan talabni samarali prognoz qilish imkoniyati yaratiladi. Asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilar dori vositalarini markirovkalashni boshlagan. Hozirgi kunda 600 dan ortiq xorijiy ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Rossiya Federatsiyasidan 70 ta ishlab chiqaruvchi, Hindistondan 221 ta ishlab chiqaruvchi va Yevropa davlatlaridan 152 ta ishlab chiqaruvchini o'z ichiga olgan markirovkashni yo'lga qo'ygan. Ular axborot tizimiga 11 mingdan ortiq dori vositalari kiritilgan. 2024-yilning I choragida raqamli markirovkalangan 351 mln qadoq dori vositalari chiqarildi, jumladan: ▫️222,7 mln qadoq (63,4%) chet elda ishlab chiqarilgan dori vositalari. ▫️128,3 mln qadoq (36,6%) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dori vositalari.
Mostrar todo...
#dekloratsiya Dekloratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi: 🔹mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa; 🔹ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar; 🔹moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa; 🔹O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar; 🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar; 🔹ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda; 🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan Soliq kodeksi 393- modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
Mostrar todo...