es
Feedback
Andijon tumani hokimligi

Andijon tumani hokimligi

Ir al canal en Telegram
7 367
Suscriptores
-4124 horas
-3017 días
+29130 días
Archivo de publicaciones
🇺🇿 Xayrli tong, Andijon tumanim! Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook
🇺🇿 Xayrli tong, Andijon tumanim! Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

Bugun — “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” 🚇 Temir yo‘l tizimi yurtimiz iqtisodiyoti va qatnovl
Bugun — “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” 🚇 Temir yo‘l tizimi yurtimiz iqtisodiyoti va qatnovlar tizimining eng muhim qon tomirlaridan biridir. Hududlarni o‘zaro bog‘lash va odamlar uzog‘ini yaqin qilishdek mas’uliyatli vazifani aynan shu soha vakillari fidokorona bajarib kelmoqda. 🇺🇿 Andijon tumani hokimligi nomidan temir yo‘l sohasida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni hamda soha faxriylarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Uzog‘imizni yaqin qilishdan charchamang! Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

Bugun Bobur shahrida viloyat hokimligi uchun zamonaviy ma’muriy majmua qurilishiga start berildi. Tadbirda viloyat hokimi Shu
+9
Bugun Bobur shahrida viloyat hokimligi uchun zamonaviy ma’muriy majmua qurilishiga start berildi. Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, qurilish tashkilotlari va mutasaddi rahbarlar, nuroniylar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Viloyat rahbari tadbirda so‘zga chiqib, yangi bino loyihasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Yangi obyekt 6 gektar maydonda barpo etiladi. Ajratilgan yerning 1,4 gektarida ko‘kalamzorlar bunyod etilib, hudud obodonlashtiriladi. Loyihaga ko‘ra, majmua bitta 8 qavatli va ikkita 5 qavatli binoni o‘z ichiga oladi. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#ANDIJON_TUMANI ELEKTR ENERGIYASI YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

✍️✍️✍️✍️✍️ ELEKTR ENERGIYASI YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA 🔴 Prezidentimiz raisligida yoq
+8
✍️✍️✍️✍️✍️ ELEKTR ENERGIYASI YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA 🔴 Prezidentimiz raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining ustuvor vazifalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. 🔴 Jumladan, tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan Andijon tumanining bir qator hududlarida elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida transformator punktlari ko‘zdan kechirilib, elektr uzatish tarmoqlari tartibga keltirilmoqda. 🔴 Shuningdek, daraxt shoxlarini kesish, ASKUE tizimi faoliyatini nazorat qilish hamda elektr energiyasi iste’molini onlayn monitoring qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 🔴 Mazkur tadbirlar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

Andijonda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘r
+9
Andijonda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda hududlardagi mavjud muammolarni hal etish tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farrux Omonov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Farrux Omonov Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan o‘tkazilgan fuqarolar qabulida ishtirok etib, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni, ularning ijrosini ta’minlash hamda muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, Bobur shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining shahar va tuman vakillari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir murojaatni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli ko‘rib chiqish, ijrosini to‘liq ta’minlash hamda aholi roziligiga erishish borasida davlat organlari va mutasaddi rahbarlarning mas’uliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘z so‘zida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda mas’uliyat, tezkorlik va natijadorlikni ta’minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Andijon viloyati bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlangan Sultonova Muqaddasxon Ne’matovna ishtirokchilarga tanishtirildi. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi. — Завершив государственный визит в Кыргызстан, Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Ташкент. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy uchrashuvidagi ishtiroki yakunlangach, davlatimiz rahbari va rafiqasi Toshkenga joʻnab ketdi. “Issiqkoʻl” aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi kuzatib qoʻydi. — По завершении государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Кыргызтан и участия в неформальной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана глава нашего государства с супругой отбыли в Ташкент. В аэропорту «Иссык-куль» высоких гостей проводили Президент Кыргызской Республики Садыр Жапаров с супругой. #Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #Maslahatuchrashuvi Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🎥MAXSUS REPORTAJ   📍ANDIJON TUMANI YOSHLARIGA BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Issiqk
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Issiqkoʻlda suv-motor sporti boʻyicha Qirgʻiziston Gran-prisining ochilish marosimida ishtirok etdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с главами государств Центральной Азии и Азербайджана принял участие в церемонии открытия Гран-при Кыргызстана по водно-моторному спорту на озере Иссык-Куль. #Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #sport Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyul oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Instag
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyul oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

☄️ Farg‘onada axborot makonida milliy qonunchilik talablari, kontent mas’uliyati va bolalarni zararli axborotdan himoya qilis
+6
☄️ Farg‘onada axborot makonida milliy qonunchilik talablari, kontent mas’uliyati va bolalarni zararli axborotdan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan hududlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi Seminarda axborot makonida qonunchilik talablariga rioya etilishi, kontent mas’uliyati, bolalarni zararli axborotdan himoya qilish hamda media sohasi vakillarining huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
📉 Tadbirda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Farrux Rustamov so‘zga chiqib, axborot sohasida amalga oshirilayotgan monitoring va profilaktik ishlar, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlanayotgan qonunbuzilishlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
💻 Seminar davomida internet xavfsizligi, kiberhimoya, mualliflik huquqi, axborot mahsulotlarini yoshga doir tasniflash hamda bolalarni zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. ➡️Tadbirda vodiy viloyatlarida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, tele va radiokanallar, internet nashrlari, nashriyot hamda matbaa korxonalarining 200 nafarga yaqin vakili ishtirok etdi. ➡️Batafsil: UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube|LinkedIn

#MUSTAQILLIK #35_YIL 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga 31 kun qoldi! 🇺🇿 Mustaqilligimizning har bir kuni – yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yanada mazmun kasb etmoqda. 🇺🇿 Yagona maqsad yo‘lida birlashib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilish barchamizning sharafli burchimizdir. Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch va obod bo‘lsin! Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬 #Mahallada_obodlik 🏡 Mahallada obodlik – inson qadri yo‘lidagi amaliy qadam! 🔴Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga yangi muhit olib kirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi"ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. 🔴Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumanidagi “Sadda tagi” mahallasida ham ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. 🔴Mahallada olib borilgan o‘rganishlar davomida 16 ta ehtiyojmand xonadon alohida nazoratga olinib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy yordam ko‘rsatildi. 🔴Bu yordamlar faqat boshlanishi. Mahallada obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilib, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi. #Andijontumani #Obodonlashtirish #Tozalik #Mahalla #YangiMuhit #ObodMahalla Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬 #Mahallada_obodlik 🏡 Mahallada obodlik – inson qadri yo‘lidagi amaliy qadam! 🔴Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga yangi muhit olib kirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi"ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. 🔴Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumanidagi “Sadda tagi” mahallasi viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘iga biriktirildi. 🔴Mahallada olib borilgan o‘rganishlar davomida 16 ta ehtiyojmand xonadon alohida nazoratga olinib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy yordam ko‘rsatildi. 🔴Bu yordamlar faqat boshlanishi. Mahallada obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilib, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi. #Andijontumani #Obodonlashtirish #Tozalik #Mahalla #YangiMuhit #ObodMahalla Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

✍️✍️✍️✍️✍️ Respublika ishchi guruhining Andijon tumanidagi o‘rganishlari hududlarda ham davom ettirildi. ✔️ Xususan, tumannin
+6
✍️✍️✍️✍️✍️ Respublika ishchi guruhining Andijon tumanidagi o‘rganishlari hududlarda ham davom ettirildi. ✔️ Xususan, tumanning Gulobod mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holat joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Mahalladagi elektr tarmoqlari va transformatorlarning texnik holati, ularning yuklamasi hamda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganildi. ✔️ Shuningdek, elektr tarmoqlariga xavf tug‘dirayotgan daraxtlarni tartibga keltirish va kesish ishlari, pateriya va avariyali uzilishlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi. ✔️ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, transformator va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. ✔️ O‘rganishlar davomida har bir hududdagi muammolarni manzilli aniqlash va joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

✍️✍️✍️✍️✍️ Respublika ishchi guruhi Andijon tumanidagi Energetika shtabi faoliyati bilan tanishdi ✅ Andijon tumani hokimligid
+6
✍️✍️✍️✍️✍️ Respublika ishchi guruhi Andijon tumanidagi Energetika shtabi faoliyati bilan tanishdi ✅ Andijon tumani hokimligida Yangiyo‘l tumani tajribasi asosida tashkil etilgan Energetika shtabi faoliyati Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. ✅ Tashrif davomida shtab faoliyatini tashkil etish, hududlar kesimida olib borilayotgan o‘rganishlar, ishchi guruhlarning mahallalarga biriktirilishi, elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi. ✅ Shuningdek, Respublika ishchi guruhi tomonidan ishlarni yanada tizimli tashkil etish, topshiriqlar ijrosini jadallashtirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Baxtli oila — ishonchli tanlov va mas’uliyatli qarordan boshlanadi. ⚫️Juma- oila kuni munosabati bilan Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev yangi oila qurish arafasidagi yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. 🎥Batafsil videolavha orqali tanishing! Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

✍️✍️✍️✍️✍️ 📍 Andijon tumanida go‘sht narxini barqaror saqlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda 🇺🇿 Andijon viloyati h
+6
✍️✍️✍️✍️✍️ 📍 Andijon tumanida go‘sht narxini barqaror saqlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda 🇺🇿 Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning topshirig‘i asosida viloyat aholisini sifatli hamda hamyonbop go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash borasidagi ishlar Andijon tumanida ham davom etmoqda. ✅ Shu munosabat bilan Andijon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi (SEOM) bo‘limi hamda mas’ul xodimlar bilan hamkorlikda mahallalardagi qassoblar bilan uchrashuv va tushuntirish ishlari olib borilyabdi. 🇺🇿 Suhbatlar davomida Qozog‘iston Respublikasidan olib kelinayotgan sifatli mol go‘shtining savdosi, narx-navoni barqaror saqlash, sanitariya talablariga qat’iy rioya etish hamda iste’molchilarga sifatli mahsulot yetkazib berish yuzasidan tegishli tavsiya va tushunchalar berildi. Bizning sahifalarimiz: Web|Telegram|Instagram|Facebook

Prezidentimiz Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning norasmiy sammitida nutq so‘zladi. — Президент нашей страны выступил на неформальном саммите стран Центральной Азии и Азербайджана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X