es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete 👈

53-DIUM RASMIY

53-DIUM RASMIY

Ir al canal en Telegram
638
Suscriptores
Sin datos24 horas
-57 días
-2130 días
Archivo de publicaciones
“Yoʻl harakati qoidalari-bolalar nigohida” 53-maktabda qishki ta’til davrida oʻquvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashki
+6
“Yoʻl harakati qoidalari-bolalar nigohida” 53-maktabda qishki ta’til davrida oʻquvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, qishki ta’til tadbirlari rejasiga muvofiq Yo’l harakati qoidalari-bolalar nigohida”mavzusida targʻibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarining mazmun-mohiyati, piyodalar uchun belgilangan yoʻlaklardan foydalanish, svetofor ishoralariga amal qilish, jamoat transportida oʻzini tutish qoidalari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, qish faslida yoʻllarda yuzaga keladigan xavfli holatlar va ularning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ularni intizomli va mas’uliyatli bo‘lishga undashga xizmat qildi hamda qishki ta’til davrida ularning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugun 53-maktabda pedagogik jamoa ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga hamda Oʻzbekiston X
+7
Bugun 53-maktabda pedagogik jamoa ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga hamda Oʻzbekiston Xalqiga yoʻllagan Murojaatnoma mazmunini oʻrganishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Tadbirda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ta’lim sohasini rivojlantirishga oid muhim yoʻnalishlar atroflicha muhokama qilindi. Yigʻilish davomida ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi M.Toʻxtanazarova soʻzga chiqib, ta’lim sifatini oshirish, oʻqituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik va zamonaviy bilimlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, maktab ta’limi tizimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tarix fani oʻqituvchisi D.Isaqov Murojaatnomada ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarni oʻquv jarayoniga samarali tatbiq etish, belgilangan vazifalarni amaliyotda roʻyobga chiqarish boʻyicha oʻz takliflarini berdi.

“Kitob – eng yaqin doʻstim” kitobxonlik kechasi Bugun 53-maktabda yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mill
+7
“Kitob – eng yaqin doʻstim” kitobxonlik kechasi Bugun 53-maktabda yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitgan buyuk ajdodlarimiz merosini keng targʻib etish maqsadida “Kitob – eng yaqin doʻstim” shiori ostida kitobxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbir yuqori saviyada va mazmunli tarzda oʻtkazildi. Mazkur kitobxonlik kechasida jadid bobolarimiz — Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Choʻlpon kabi ma’rifatparvar allomalarning hayoti va ijod yoʻli haqida batafsil suhbatlar olib borildi. Shuningdek, tadbir yakunida MFY yetakchisi N.Xabibullayev tomonidan maktab kutubxonasiga bir qator badiiy va ma’rifiy kitoblar sovgʻa qilindi. Ushbu ezgu tashabbus o‘quvchilar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi va kitob fondini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur kitobxonlik kechasi yoshlarni kitobga mehr qoʻyishga, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini chuqur oʻrganishga undovchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi — Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Yangi yil bayrami munosabati bilan 53-maktabda oʻtkazilgan tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda hukm surdi. Tadbir davomid
+9
Yangi yil bayrami munosabati bilan 53-maktabda oʻtkazilgan tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda hukm surdi. Tadbir davomida direktor va ustozlar boshchiligida barcha jamoa a’zolari bir-birlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, ezgu tilaklar va iliq so‘zlar bildirishdi. Yil davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun yangi reja va maqsadlar belgilab olindi. Bayram yakunida esa jamoa a’zolariga ajoyib sovg‘alar ulashilib, barchaga quvonch va bayramona kayfiyat tuhfa etildi. Shuningdek, jamoada yil davomida faollik ko‘rsatib, fidokorona mehnat qilgan o‘qituvchilar maktab rahbariyati tomonidan e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari va bayramona tabriklar bilan taqdirlandilar.

Yangi yil bayrami munosabati bilan 53-maktabda oʻtkazilgan tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda hukm surdi. Tadbir davomid
+8
Yangi yil bayrami munosabati bilan 53-maktabda oʻtkazilgan tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda hukm surdi. Tadbir davomida direktor va ustozlar boshchiligida barcha jamoa a’zolari bir-birlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, ezgu tilaklar va iliq so‘zlar bildirishdi. Yil davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun yangi reja va maqsadlar belgilab olindi. Bayram yakunida esa jamoa a’zolariga ajoyib sovg‘alar ulashilib, barchaga quvonch va bayramona kayfiyat tuhfa etildi. Shuningdek, jamoada yil davomida faollik ko‘rsatib, fidokorona mehnat qilgan o‘qituvchilar maktab rahbariyati tomonidan e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari va bayramona tabriklar bilan taqdirlandilar.

#Bir oyda bir kitob Ushbu loyihamizni navbatdagi qismini ham yakunlab oldik.Tohir Malikning "Alvido bolalik" qissasini mutola
+6
#Bir oyda bir kitob Ushbu loyihamizni navbatdagi qismini ham yakunlab oldik.Tohir Malikning "Alvido bolalik" qissasini mutolaa qilishdi.Ushbu asar o‘smirlikdan kattalikka o‘tish jarayonini, inson ruhiyatidagi o‘zgarishlarni chuqur ochib beradi.Asar orqali inson hayotida uchraydigan turli sinovlar, adolat va nohaqlik tushunchalari ochiladi. Bu esa yoshlarni to‘g‘ri yo‘lni tanlashga undaydi. Qahramon ichki kechinmalari orqali vijdon azobi, halol bo‘lishning ahamiyati ko‘rsatiladi. Bu fazilatlar tarbiyaviy jihatdan juda muhim. Bolalikning qadriga yetish, bolalik beg‘uborligi va uning qaytmasligini eslatadi. O‘quvchi vaqtni qadrlash, har bir davrning o‘z go‘zalligi borligini tushunadi. “Alvido bolalik” qissasi yoshlarni hayotga jiddiy qarashga, ma’naviy yetuk bo‘lishga, insoniy fazilatlarni qadrlashga chorlaydigan muhim tarbiyaviy asardir. O'tkazilgan sinov natijalariga ko'ra g'olib o'quvchilar taqdirlandi. Navbatdagi baddiy asar O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin"asari 27.12.2025-yil

Archa bayramidan fotolavhalar
+3
Archa bayramidan fotolavhalar

Bugunun 10-11 sinflar o’rtasida arqon tortish va voleybol misobaqasi tashkillandi musobaqa ko’tarinki ruxda tashkillandi 1-o’
+5
Bugunun 10-11 sinflar o’rtasida arqon tortish va voleybol misobaqasi tashkillandi musobaqa ko’tarinki ruxda tashkillandi 1-o’rinni 11 a - sinf 2-o’rinni 11 b- sinf 3-o’rinni 10 v - sinflar qo’lga kiritishdi.

5 V sinfda " Qorboboga xat" tanlovi oʻtkazildi. Oʻquvchilar oʻz xatlarida orzu istaklarini namoyon etdilar. Ushbu loyiha oʻqu
+2
5 V sinfda " Qorboboga xat" tanlovi oʻtkazildi. Oʻquvchilar oʻz xatlarida orzu istaklarini namoyon etdilar. Ushbu loyiha oʻquvchilarga yangi yil shukuhini taqdim etdi

1-"G" sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Qorboboga xat" tanlovi tashkil etildi, barcha o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. O‘quvchil
+5
1-"G" sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Qorboboga xat" tanlovi tashkil etildi, barcha o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. O‘quvchilar bayramona kayfiyatda qishki taʼtilga chiqdilar.

4- v sinfda "Qish zavqi" nomli rasmlar tanlovi oʻtkazildi

photo content
+4

3-v sinfda,, Qorboboga xat ʼʼ aksiyasi o‘tkazildi.
+4
3-v sinfda,, Qorboboga xat ʼʼ aksiyasi o‘tkazildi.

4-A sinfda O'qish savodxonligi fanidan "Bo'lim yuzasidan takrorlash" mavzusida ochiq darsidan fotolavhalar
+4
4-A sinfda O'qish savodxonligi fanidan "Bo'lim yuzasidan takrorlash" mavzusida ochiq darsidan fotolavhalar

photo content
+9

53-maktab oʻquvchilari Yangi yil bayramida bolalar archa atrofida qo‘shiqlar kuylab, quvonch bilan yayrashdi. Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. 🎄😊

#murojaatnoma ⚡️O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi. 👉 @xushnudbek 👈

4-b sinfda "Qiziqarli matematika "to'garagidan fotolavha
+4
4-b sinfda "Qiziqarli matematika "to'garagidan fotolavha