53-DIUM RASMIY
Ir al canal en Telegram
641
Suscriptores
-424 horas
-97 días
-2430 días
Archivo de publicaciones
Shahlo Ziyamova, 53-maktab o‘qituvchisiIjtimoiy loyiha ishtirokchisi.
https://youtube.com/watch?v=TK7Ggu2zHQA&si=KFE3Gp6svIUFNCwl
⚡️Yosh liderlar sari dadil qadam
Samarqand shahrida zamonaviy bilim va innovatsiyalar markaziga aylangan School 21 da yurtimizning turli hududlaridan saralab olingan 60 nafar iqtidorli qizlar ishtirokida muhim loyiha tashkil etildi. Ushbu loyiha ishtirokchilari bu yerga bejiz jam bo‘lishmagan — ular ijtimoiy liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlarini o‘rganish hamda loyihaviy fikrlash asosida jamiyat uchun aniq va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida birlashdilar.
Mazkur nufuzli loyihada Chortoq tuman MMTBga qarashli 53-maktabning 11-“V” sinf o‘quvchisi Umarova Munisa ham faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi. U nafaqat yangi bilimlarni egalladi, balki jamoa bilan ishlash, muammolarga innovatsion yondashuv topish va ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surish borasida ham qimmatli tajriba orttirdi.
Bunday loyihalar yoshlarning zamonaviy fikrlashini shakllantirish, ularni kelajak liderlari sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
8 b sinf kelajak soatidan videorolik
Bir xaftada bir kitob loyihasi bòyicha Muhammadjanov Firdavs va Asqarova Dilnozaning bu haftada òqigan kitobining taqdimoti qilindi
