cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Navoi.travel | Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi rasmiy kanali

🇺🇿Navoiy viloyati Turizm salohiyati to'g'risidagi rasmiy kanal. Sayohatlar. Turizm faoliyati. Yangiliklar. 🇺🇸 Official channel of Tourism potential of Navoi region. Travel. News.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 077
Suscriptores
Sin datos24 horas
+57 días
+1830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇰🇿Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bir guruh qozogʻistonlik mehmonlarni tantanali qabul qilib, viloyatimiz boʻylab boshqa millat vakillariga hurmat, oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, turizmni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan xalqaro madaniy tadbirlar bilan yigʻilganlarni muborakbod etdi. ➡️Tadbirda Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi favqulodda va Muxtor elchisi Atamkulov Beybut Bakirovich ham ishtirok etib, ikki qardosh xalq oʻrtasidagi hamdoʻstlik munosabatlari, ularni mustahkamlash masalalari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. ➡️Qabul davomida qardosh yurtdan tashrif buyurgan bir guruh delegatsiya vakillariga viloyat hokimligining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi. 👍Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati 📝📝📝 🇺🇿🇰🇿Бугун Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов бир гуруҳ қозоғистонлик меҳмонларни тантанали қабул қилиб, вилоятимиз бўйлаб бошқа миллат вакилларига ҳурмат, ўзаро ҳамжиҳатликни мустаҳкамлаш, туризмни ривожлантириш мақсадида ўтказилаётган халқаро маданий тадбирлар билан йиғилганларни муборакбод этди. ➡️Тадбирда Қозоғистон Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги фавқулодда ва Мухтор элчиси Атамкулов Бейбут Бакирович ҳам иштирок этиб, икки қардош халқ ўртасидаги ҳамдўстлик муносабатлари, уларни мустаҳкамлаш масалалари тўғрисида тўхталиб ўтди. ➡️Қабул давомида қардош юртдан ташриф буюрган бир гуруҳ делегация вакилларига вилоят ҳокимлигининг қимматбаҳо совғалари топширилди. 👍Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
Mostrar todo...
👍 2
"AYTEKE BIY" TAVALLUDINING 380-YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN XALQARO MADANIY TADBIRI BO‘LIB O‘TMOQDA
Nurota tumanida joylashgan Sayidqul ota va Ayteke Biy ziyoratgohida xalqaro madaniy tadbiri doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etildi. Nurota tumani hokimligi axborot xizmatiWeb|🕊Telegram|📱Facebook| 📱Instagram|📺Youtube |🕊Twitter
Mostrar todo...
"AYTEKE BIY" TAVALLUDINING 380-YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN XALQARO MADANIY TADBIRI BO‘LIB O‘TMOQDA
Nurota tumanida joylashgan Ayteke Biy majmuasida o‘tkazilgan xalqaro madaniy tadbirda Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Beybut Bakirovich Atamkulov boshchiligida tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari hamda Qoraqalpog‘iston viloyati va boshqa viloyatlardan mehmonlar ishtirok etishdi.
Dastavval, Nurota tumani hokimi A.Fayziyev tomonidan mehmonlar kutib olindi hamda delegatlar ziyoratgohda qur'on tilovat qilib, majmuadagi muzeyda o‘ziga xos tarixiy eksponatlar va amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Tadbir davomida Qozog‘istonlik delegatsiya ishtirokchilari Sayidqul ota va Ayteke Biy majmuasida tashkil etilgan xalqaro tadbirni yuqori saviyada tashkil etilganligini yuzasidan tadbir tashkilotchilariga va hamkorlarga samimiy minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bu kabi tadbirlarlarning o‘tkazilishi qardosh o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi abadiy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda xizmat qilmoqda. Nurota tumani hokimligi axborot xizmatiWeb|🕊Telegram|📱Facebook| 📱Instagram|📺Youtube |🕊Twitter
Mostrar todo...
👍 1
#nurota #ayteke_biy #fotoreportaj ✔️Nurota tumanida bo‘lib o‘tayotgan Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbirning fotolavhalari Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 🌍Web sayt | ✅Telegram| 💬Facebook| 📸Instagram
Mostrar todo...
👍 1
#nurota #ayteke_biy Nurota tumanida bo‘lib o‘tayotgan Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbirga ishtirok etuvchi delegatsiya vakillari Ayteke biy ziyoratgohiga kelishdi. Tadbir avvalida qadamjo ziyorat qilinib, duolar o‘qildi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 🌍Web sayt | ✅Telegram| 💬Facebook| 📸Instagram
Mostrar todo...
👍 1
Archivo de publicaciones