cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Taslimiyat ...

Ish Robbining huzurida boshlanib, Robbining huzurida tugaydi. Bandalar huzurida ko'p qolib ketmagin.. @Sh_Abduraimov

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 992
Suscriptores
-724 horas
-617 días
-33530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
- Ochlikka sabr qilsang nomi «Ro'za» bo'lur... - Insonlarga sabr qilsang nomi «Sabr-toqat» bo'lur... - Tilaklarga sabr qilsang nomi «Duo» bo'lur... - Tuyg'ularga sabr qilsang nomi «Ko'z yoshi» bo'lur... - Sog'inchga sabr qilsang nomi «Hasrat» bo'lur... - Sevgiga sabr qilsang nomi «Ishq» bo'lur... @taslimiyaat
Mostrar todo...
🕊 21🐳 20 8🌚 4
Photo unavailableShow in Telegram
Zaiflik seni boshqalar tomonidan mahv etilishingga zamin hozirlaydi. Sen toʻlaqonli insoflilar jamiyatida yashamayotganingni anglab olishing va shuning uchun ham har jihatdan kuchli inson boʻlmogʻing darkor. Adolatli qadriyat bilmagan xalq orasida zaif boʻlib yashash xatarlidir. Kuchli boʻlki, sening haqlaring va tanlovlaring bilan hisoblashishlariga toʻgʻri kelsin, sening oʻrning, qarorlaring hamda oʻzliging borligini tan olishsin... @Taslimiyaat 🍃
Mostrar todo...
🕊 14 9🐳 1👀 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kitob nolasi Sizni charchatadi telefonlar ham, Oinai jahonu kompyuter ichi. Dardingizga ular boʻlolmas malham, Bunga temirlarning yetmaydi kuchi. Anglaysiz bir kuni boʻlsa hamki kech, Qay yerga uzangan haqiqiy hayot. Oʻzga bir saodat topolmaysiz hech, Meni javonlarga qamab qoʻygan zot! Kutaman vaqtimni koʻzda jolasiz, Zotan naf koʻrmadim qarshi bormoqdan. Meni qoʻmsay-qoʻmsay sezib qolasiz – Ilmni oʻrganib boʻlmas tarmoqdan. Omadlar tilayman ishlaringizga, Nachora oʻzgardi holat ham, did ham. Kirib chiqar hali tushlaringizga Titilgan varoqlar ulashar hid ham, Mayli-da, hozircha befayzdir rasta, Lekin kun keladi hammasin buzib – Shundoq jar yoniga kelganingizda, Salomat qolasiz menga qoʻl choʻzib. Men gina qilmayman hech qachon sizga, Burmayman siz kabi yotga yoʻlimni. Qaytarib oʻtmishni xotirangizga, Sizga jim tutaman ikki qoʻlimni... @Taslimiyaat 🍃
Mostrar todo...
6🕊 5👀 2
Photo unavailableShow in Telegram
Musibatlar sabrli kishi uchun neʼmatdir. Agar inson sabrining savobini bilganida edi, musibatining azobini unutib yuborgan boʻlardi. “Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz toʻla-toʻkis qilib berilur” (Zumar surasi, 10-oyat) @Taslimiyaat
Mostrar todo...
🕊 27 10🌚 3
05:47
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
🕊 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
Mohi Ramazon muborak boʻlsin! 🌙 “Taslimiyat” kanali barchangizni muqaddas Ramazon bilan qutlaydi. 🕌 Ushbu saodatli oyda oilangizda tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizda toʻkin-sochinlik, xonadoningizda halovat hukmron boʻlishini tilab qolamiz. 🤲 Poklanish va saxovat oyida qalbdan chiqqan duolar ijobat boʻlsin! @Talimiyaat
Mostrar todo...
🕊 29🌚 1
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Ha, it oʻlsa qarab turmasdi shunchalik odamlar @taslimiyaat
Mostrar todo...
8🌚 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ey koʻngil, insonlar qalbida abadiy qolish uchun urunma... Hech kimni mutloq rozi qilolmaysan.. Unutma! Insonlar qalbi Jannat emas.! Ular ham xatokor.. @taslimiyaat
Mostrar todo...
🕊 17 4🌚 3👀 1
Ey, koʻzlari qora, koʻngli oq Onam! Sizni sogʻindim.. @Taslimiyaat 🍃
Mostrar todo...
🕊 40 4🌚 3🐳 2👀 1
Photo unavailableShow in Telegram
Biz juda koʻp narsalarni oʼzgartirib yubordik. Insoniylik fitrati ila yaralgan tuygʻularni qadrsizlantirdik, ularni almashtirdik. "Sevgi"ni "qiziqish"ga, "muhabbat"ni "havas"ga aylantirdik, "samimiylik"ni "soddalik", "begʻuborlik"ni "goʻllik" deb nomladik, "ishonch"ni "ahmoqlik"ga, "oddiylik"ni "tupoylik"ga yoʻydik, "sodiqlik"ni "kozyollik"ga, "burj"ni "laychalik"ga mengazdik, "iymon"ni "taassublik", "e'tiqod"ni "fanatlik" deya atadik, "kechirim"ni "pastlik", "sukut"ni "qoʻrqoqlik" deya baholadik, "saxiylik"ni "nodonlik", "ziqnalik"ni "aqllilik" dedik, "kamtarlik"ni "pismiqlik", "manmanlik"ni "mardlik" deb qoʻydik, "oqibat"ni "dasturxon"ga, "mehr"ni "hariplik"ga yoʻydik... Buni davom ettirishimiz mumkin, juda koʻp narsalarni almashtirdik, juda koʻp narsalarni. Balki shuning uchundir, insoniy aloqalar yomonlashadi, munosabatlar oʻz muvozanatini yoʻqotdi... @Taslimiyaat 🍃
Mostrar todo...
25🕊 11🌚 4👀 2