cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

G'ulomjon😷 Neyro Servis

🧠 @NeyroServis - Sizning salomatligingiz uchun. Tel : 955143600 911663600

Mostrar más
Uzbekistán49 516El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
222
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Musiqa💙 🎙️Ижро: Шерали Жўраев Номи : Дунёга тинчлик беринг 📻 Яна бошқа хабарларни овозли тинглаш учун 👇🏻 👉🏻 — @QalampirFM🎙️🌶️
Mostrar todo...
Dunyoga Tinchlik Bering Sherali Jo rayev.mp310.20 MB
5.83 MB
1 кун Ўзбекистондаги барча докторлар ишламаса Тасаввур қилинг қўрқинчли туш – 1 кун бутун Ўзбекистондаги 80 мингдан ортиқ врачлар ишламади! Бу қанақа оқибатларга олиб келишини ҳеч ўйлаб кўрганмисиз? Агар Ўзбекистондаги барча врачлар 1 кун ишламаса: - 27500 тез тиббий ёрдамга чақирув амалга оширилмай қолади - Бу чақирувларни 70% оғир беморларага чақирув эканлигини хисобга олсак, 19250 та оғир бемор тиббий ёрдамсиз қолади. - Агар шу беморларнинг 50 % ўлим ҳавф солган касалликлар билан бўлса, 9625 киши шу куни тиббий ёрдам олмаганлиги сабабли оламдан кўз юмади. 9625 та оилада мотам, аза, жаноза ўқилади. - 9625 та оламдан ўтганларнинг 10% (энг кам миқдор) болаларга тўғри келишини ҳисобга олсак 962 та бола ШУ КУНИ вафот этиши мумкин. Уруш ўчоғи бўлган Сурияда БИР ОЙДА 90 та бола вафот этади!!! - Бир кунда бутун республикамиз бўйича мингдан ортиқ шошилинч операция ўтказилмай қолади. Бу эса яна 1000 га яқин кишини ҳаётдан кўз юмишига ёки ногирон бўлиб қолишига сабаб бўлиши мумкин - Бир кунда республикамизда 2100 дан ортиқ чақалоқ дунёга келади. Агар туғруққа малакали акушерлар ёрдам кўрсатмаса 60% дан кўпроқ чақалоқ нобуд бўлиши мумкин. Бу 1260 та чақалоқ нобуд бўлади дегани. - 2100 чақалоқни дунёга келтираётган оналар малакали ёрдам олмаса уларнинг 40% туғруқ вақтида вафот этади. Бу 840 она вафот этади дегани! - Шифохонада ётиб даволанаётган 170 000 дан ортиқ бемор назоратсиз қолади. Улардан 5% оғир бемор деб хисобласак, 8500 бемор шу куни турли асоратлардан вафот этиши мумкин. - Юқоридаги ҳолатлардан ташқари қанчадан – қанча оғир ҳолатдаги бемор болалар, ҳомиладор оналар, бемор қариялар, ногирон беморлар шу куни малакали тиббий ёрдамсиз қолиши ўта аянчли, мудҳиш ҳолатларга олиб келиши мумкин! Қадрли юртдошим! Биз шифокорларимиз бир кун ишламаса нима ҳолат бўлишини тасаввур қилиб жуда қўрқиб кетдик. Бундай ҳолат ҳаётда бўлмайди дейишингиз мумкин – бўлмасин ҳам!!! Лекин Сиз азизлар бир тасаввур ва тафаккур қилиб кўринг деган мақсадда ушбу ҳисобларни келтирдик. Бу барча рақамлар расмий статистик маълумотларга асосланган ҳолда ҳисоблаб кўрилди. Ўзбекистон армияси халқни ташқи душманлардан ҳимоя қилади. Агар армия мустаҳкам бўлмаса ташқи кучлар юртимиз тинчлигига раҳна солиб, уруш деган балога сабаб бўлиши мумкин! Уруш эса қанчадан қанча инсонларни ёстиғини қуритади. Шунақанги ташқи балолардан ҳимоя қиладиган ҳарбийларимизни жуда ҳурмат қиламиз. Нега энди бизни “Касалликлар” каби ички балодан ҳимоя қилаётган врачларимизни ҳурмат қилишни унутиб кўймоқдамиз? Сиз-у биз учун энг бебаҳо неъмат бўлган саломатлигимиз посбонларини қадрига етмаяпмиз? Ўз қадрини билган ҳамкасбларимиз ўз юртида ҳурмат кўрмагач, чет элларга чиқиб кетяпти, чет эл олийгоҳларида шифокор бўламан деб ўқиётган фарзандларимиз юртимизга қайтгиси келмаяпти, шифокор бўлишни чорак аср орзу қилган ҳамкасбларим ўз касбидан безиб қоляпти, сарфлаган умрига ачиняпти! Барчасига сизу бизнинг шифокорларга бўлган муносабатимиз сабаб! Ҳурматли ватандошим! Тафаккур қилинг! Врачларимизни, уларнинг машаққатли меҳнатларини қадрига етинг! "Врачи Узбекистана" канали учун махсус Врачи Узбекистана
Mostrar todo...
Мана роҳатни додаси 👍👍👍😁
Mostrar todo...
1.82 MB
#Дахшат 🇹🇷 Туркияда итнинг касал эгасига кўрсатган садоқати дунёни ҳайратга солмоқда. @Militsiya_Uzb👈🏽
Mostrar todo...
IMG_6273.MOV5.54 MB
Bu videoni kurib hamma uzi uchun xulosa ciqarsin vaqtizni ayamang Maximum tarqatila😊 @Yiban_kanaL
Mostrar todo...
2.17 MB
📜Kasallik nasl suradimi? Ota ham, ona ham enurezdan aziyat chekkan bo‘lsa, bolada bu kasallik kuzatilishi xavfi 77 foizni tashkil etadi. Agar ota-onadan bittasi tungi peshob tutolmaslikni boshdan kechirgan bo‘lsa, 44%, ota-onaning hech birida bu holat kuzatilmagan bo‘lsa, 15 foiz hollarda bola enurezdan aziyat chekadi. Qaysi shifokorga murojaat qilish kerak? Davolash faqat psixiatr yoki nevropatolog tomonidan amalga oshiriladi. Mutaxassis avvalo, kasallik sabablarini aniqlaydi. Buning uchun suhbat va muayyan tekshiruvlar amalga oshiriladi. Mutaxassis albatta enurezga chalingan bolaning ota-onasidan oilaviy muhit qandayligini, bola haqidagi qo‘shimcha shikoyatlar bor-yo‘qligini surishtiradi. Ona homiladorlik davrini qanday o‘tkazgan, boshqorong‘ilik bo‘lganmi, birorta kasallikka chalinganmi yoki siqilishlar bo‘lganmi, bola tug‘ilayotganda tug‘ma patologiyalar kuzatilmaganmi, o‘z vaqtida tug‘ilganmi kabi savollarni ham albatta hisobga olish kerak. Bolaning 3 yoshgacha bo‘lgan rivojlanish davri ham hisobga olinadi. Xullas, barcha ma’lumotlar jamlanib, xulosa chiqariladi. Muolajalar esa so‘rov va tekshiruv natijalariga qarab belgilanadi. Qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak? Tekshiruv peshob tuta olmaslikning davomiyligi va tezligi, bu muammoga ota-ona va bolaning munosabatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Qon va axlatning umumiy tahlili o‘tkaziladi. Bolaning umurtqa pog‘onasi rentgen qilinadi. Chunki shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bola umurtqa pog‘onasining eng pastki sohasi qiyshiq tug‘iladi. Agar shu holat aniqlansa, umurtqa pog‘onasining o‘sha qismi bola peshob pufagiga turtki berib turadi va bolada peshob pufagi tez to‘lib qolish reaksiyasi paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda ortoped bilan birga davo muolajalari qilinadi. Albatta peshob tahlilini o‘tkazish kerak. Bunda buyraklarda, peshob yo‘llarida shamollash alomatlari, tuz yig‘ilish holatlari bor-yo‘qligi aniqlanadi. Agar tahlil natijasi buyraklar va peshob chiqarish yo‘llari ishida buzilishlarni ko‘rsatsa, sinchiklab tekshirish talab etiladi: ultratovush tekshiruvi, peshob pufagining rentgen tekshiruvi, urologik va nevrologik tekshiruv.
Mostrar todo...
💉ENUREZ — peshob tuta olmaslik (so'ralgan ma'lumot) Afsuski, ba’zi ota-onalar farzandining kechasi tagini ho‘llab qo‘yish odatiga bee’tibor qarashadi. «Bola shunday katta bo‘ladi-da!» deydiganlar ham yo‘q emas. Lekin o‘sha bola katta bo‘lgandan keyin ham bu hol davom etsa-chi? Endi bu nafaqat ona, balki bolaning o‘zi uchun ham rosmana muammoga aylanadi. Ayniqsa, kelajakda o‘zga oilaga boradigan, kelin, ona bo‘ladigan qizaloqlar orasida o‘smir yoshga yetganda ham bunday hol uchrashi jiddiy muammo. Tibbiyotda bu «muammo» enurez deb nom olgan. Bu mavzuni yoritishimizga bir muxlisamizning qo‘ng‘irog‘i turtki bo‘ldi. Xo‘sh, farzand o‘smirlik davriga yetganda ham enurezdan aziyat chekishiga sabab nima? Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak? Enurez — uyqu vaqtida ixtiyorsiz peshob ajratish kasalligi. Enurezning klinik o‘rni bolalar va o‘smirlar o‘rtasida katta. Bu kasallik 5 yoshli bolalarning 10, 10 yoshlilarning 5, 14 yoshlilarning 2 foizida uchraydi. 18 yoshlilarning esa har yuztadan bittasida kuzatilishi mumkin. Enurezning tarqalishida jinsning ham ahamiyati bor: u maktab yoshigacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarning 12, qiz bolalarning esa 7 foizida uchraydi. Kasallik qizlarga nisbatan o‘g‘il bolalarda 1,5-2 baravar ko‘p kuzatiladi. 5 yoshgacha bo‘lgan davrda bu kasallik emas, fiziologik holat hisoblanadi. 5 yoshdan keyin esa peshobini tuta olmaydigan bolalarni albatta davolash kerak. Enurez sabablari Markaziy asab tizimining peshob ajratish jarayoni ustidan nazorati shakllanishining ortda qolishi. Infeksiyalar. Qabziyat va axlat tuta olmaslik har doim ham jiddiy e’tibor qaratilavermaydigan jiddiy omillar. Oshqozon-ichak trakti faoliyati o‘zgarishi, surunkali tonzillit ham peshob pufagi faoliyatining buzilishini yuzaga keltirishi mumkin. Asab tizimi kasalliklari Ruhiy omillar (oiladagi ziddiyatlar, maktabda vazifalarning og‘irlik qilishi, turar-joy o‘zgarishi va hokazo). Peshob pufagi faoliyatining buzilishi…
Mostrar todo...
📜Oilaviy totuvlik — muvaffaqiyat garovi! Asabi buzilib turganda alamini bolasidan oladigan, tergayveradigan ota – onalar bor … Aslida 5 yoshgacha bo‘lgan bolani tergash mumkin emas. Chunki ularda hali fikrlash qobiliyati to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Bolani tergayversangiz, kunduzi shuning ta’sirida asabi tarang bo‘lib yuradi. Natijada kechasi unda enurez holati kuzatilishi mumkin. Oilada er-xotin yoki qaynona-kelin o‘rtasidagi janjallar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Kattalar «bola o‘ynab yuribdi, e’tibor bermaydi» deb o‘ylashadi. Aslida esa har bir gapimiz, o‘zaro munosabatlarimiz ham bolaga ta’sir qilishini hisobga olishimiz kerak. Xastalik ijtimoiy muammoga aylanib ketmasin! Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, enurezdan aziyat chekuvchilarning 40 foizida ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Bola enurezdan aziyat cheksa, asabiy, do‘stlariga qo‘shilolmaydigan bo‘lib qolishi, fanlardan o‘zlashtirishi susayishi mumkin. Chunki u doim shuni o‘ylab siqilib yuradi. Agar davolanmasa, ulg‘aygan sari bolada bu kasallik qolmasa, u ko‘pchilikka qo‘shilolmaydi, mehmonga, lagerga borishdan bosh tortadi, chunki qo‘rqadi. O‘g‘il bolalar, hatto harbiy xizmatga olinmaydi. Bu bola uchun juda katta ruhiy jarohat. Enurez asab tizimini shunday holatga olib keladiki, ayrimlar hatto uylanmaslikka qaror qilishi mumkin. Qizlarda esa turmushga chiqqach, oilasi buzilishi hollari kuzatiladi. Qiz bolada hayz davri boshlansa, kasallik o‘tib ketadi» deb hisoblaydiganlar ham bor. Aslida esa hammada ham bunday bo‘lavermaydi. Enurezni davolash Kattalar va o‘smirlardagi enurez markaziy asab tizimining organik patologiya asorati hisoblanadi va uni davolash nevrologik buzilishlarni to‘g‘irlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Peshob yo‘llarini mustahkamlaydigan, asablarini tinchlantiradigan preparatlar, vitaminlar, shamollashni singdirib yuboradigan terapiya va qo‘shimcha fizioterapiya, nuqtali massaj, parafin kabi muolajalarni kompleks tarzda olib borish kerak. Biroq unutmaslik kerakki, kasallik bir davolagandayoq o‘tib ketmaydi, buni 5-6 oyda takroriy kurs qilib davolab turish kerak. Chunki bu surunkali xastalik. Shuning uchun «bir marta davolandim, bo‘lmadi» deb qo‘l siltab qo‘yish noto‘g‘ri. Enurezdan aziyat chekadigan bolalarni sportning suzish to‘garagiga berish foydali. Suzish bola asabini tinchlantiradi, butun organizmini chiniqtiradi. Bu sport turi bilan yilning issiq oylaridagina emas, balki yil davomida shug‘ullanish kerak. Shunda natijasi bilinadi. 8 muhim qoida O‘zingiz va farzandingizni aybdorlik hissidan xalos eting! Farzandingiz kechasi o‘rnini ho‘llab qo‘ygani uchun, siz yomon ona hisoblanmaysiz. Shuningdek, banday bo‘lgani uchun dilbandingiz yomon bola emasligini aniq-ravshan tushunishiga erishishga harakat qiling. Bolani jazolamang! U enurezga chalingani uchun aybdor emas va buning uchun sizdan kam qayg‘urayotgani yo‘q. Unga tagini ho‘llab qo‘ygani uchun na so‘z, na nigoh bilan gina qilmang. Tushuning, bu bolaga yordam bermaydi. Tagini ho‘llab qo‘yishni xohlaydigan bola bo‘lmaydi. Farzandingiz to‘shagini ho‘llab qo‘ysa, «obbo, o‘rning yana ho‘l-ku!» kabi gaplarni aytmang. Yaxshisi, hech nima demang. E’tiboringizni faqat muvaffaqiyatlarga qaratishingiz kerak. Bola har kuni bir xil vaqtda uyquga ketishga odatlansin. Kechqurun birgalikda kitob o‘qing, rasm chizing. Kechasi televizor tomosha qilmagani, kompyuter o‘yinlari o‘ynamagani ma’qul. 4 yoshdan bolaga onalar psixoterapiyani qo‘llashlari mumkin. Bu uxlashdan oldin amalga oshiriladi. Bola uyquga ketishidan oldin kaftingizni peshanasiga qo‘yib, unga «hojatga chiqqim kelsa, albatta uyg‘onib, hojatxonaga boraman. To‘shagim quruq bo‘ladi» kabi gaplarni jiddiy va щoshmasdan ayting. Agar bola bu gaplarni takrorlasa, yana-da yaxshi. «O‘z-o‘zini ishontirish» mashqini kuniga 5-7 martadan 1-2 oy davom ettiring. Bolani kechasi uyg‘otish mumkin emas. Bu tarzda bolada hech qachon peshobi qistaganda o‘zi uyg‘onish refleksi shakllanmaydi. U o‘z peshob pufagini o‘zi sezishga o‘rganishi kerak.
Mostrar todo...
📜Bola kasal bo‘lganida berish mumkin bo‘lgan 4 ichimlik Shamollash vaqtida ko‘p suyuqlik ichish kerakligi haqida hammamiz bilamiz. Lekin qanday ichimliklar ichish kerak? Biz kasal bola uchun ham mazali va ham foydali bo‘lgan bir necha ichimliklar haqida aytmoqchimiz. Bolani davolashda amalga oshiriladigan hamma amallar, shu jumladan tabiiy vositalarni qo‘llash ham shifokor maslahatiga asosan bo‘lishi kerak. Agar bolaning harorati 38 darajadan yuqori bo‘lsa, yaxshisi issiq ichimliklardan voz kechish kerak. Eng muhimi: bola issiq ichimlikni qabul qilgandan keyin issiq joyda o‘tirishi kerak. Maqsadga erishish (toksinlarni chiqarish) uchun ichimlikning iliq bo‘lishi ham kifoya qiladi. Asalli choy. Bir piyola choyga ikki choy qoshiq asal yetarli bo‘ladi. Asalni undan ko‘proq qo‘shsangiz allergiya qo‘zg‘atishi mumkin. Suyuqlikning harorati 40 darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak, chunki asal issiq suvda o‘z foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. 🍵O‘simlik choylari. Moychechak, kalendula, toshcho‘p, kalina, smorodina barglari va na’matak kabiU o‘simliklardan shamollashga qarshi ajoyib ichimliklar tayyorlash mumkin. Ularni alohida-alohida ham, birgalikda ham damlash mumkin. Bu o‘simliklarning har biri yallig‘lanishga qarshi va isitmani pasaytirish xususiyatlariga ega. 🍵Lipa choyidan ehtiyotlik bilan foydalaning: ichimlikni kam dozalarda qabul qilish kerak, chunki u bolada asabiylik holatini keltirib chiqarishi mumkin. Kunni lipa choyini ichish bilan o‘tkazsangiz – tunni albatta uyqusiz kechirishingiz turgan gap. 🥃Olxo‘ri qoqi, turshak kabi quruq mevalardan tayyorlangan ichimliklar ham juda foydali. Lekin ularni tayyorlashda shakarni ko‘p qo‘shib yubormang. 🍺Klyukvali mors – shamollashga qarshi ichimliklar orasida eng foydalilaridan biri hisoblanadi: rezavor meva vitaminlarga juda boy va bakteriyalarni qirish xususiyatiga ega.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.