Mitti Farishta 🖇 || blogi
Ir al canal en Telegram
🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99
Mostrar más556
Suscriptores
-124 horas
-27 días
-2830 días
Archivo de publicaciones
Ojiz koʻnglimizga otishgancha tosh,
Azob berganlarni Allohga soldik.
Bilmayman bu nima sabrmi, bardosh.
Yolg‘ondan kulishga o'rganib qoldik.
✍Odilbek Qodirov
🎙Nozima Aziz
No brand
Brend bo'lmagan mahsulotlar sotiladi. Hammasi yaxshi va hamyonbop☺️
Bugun o'zim birinchi marta avtobus va metro orqali kasalxonaga bordim. Taksida yoki turmush o'rtog'im bilan borardim doim.
Hammasini o'zim bajargim keldi bu safar😊
Kofe va yogurt vaqti
Apelsin, muzqaymoq, ttrayfl shirinliklardan keyin Ishqilib kelishsin))
Kiymaganman yuzimga niqob,
Qalbim zamin, iymonim oftob.
Aybim banda qilolmas hisob,
Meni Alloh shunday yaratgan.
✍...
🎙Shohista Ikromjonovna
Koreyada raqobat kuchli bo'lgani sabab chegirmalar juda ham ko'p beriladi. Kecha ham Homeplus katta doʻkoniga bordim. U do'kondan uyga kerakli hamma narsa sotib olsa bo'ladi.
Kiyimlar, oshxona buyumlarni, kosmetikalar
Uning uchun har bittasini bo'limi mavjud.
Men faqat oziq-ovqat sotib oldim. Ko'p mahsulotlari 1+1 ekan. Arzon tuyulishi mumkin. Lekin ko'p mahsulotlari unday emas. Kichikroq do'konlardagi narxdan 2barobar qimmat ayrim mahsulotlar.
Go'sht 30% chegirma bilan yozib qo'yilgan u ayrim bank kartalari uchun xalos. Kivi ham shunday ekan. Va boshqa ayrim mahsulotlari point raqam bo'lsa chegirma ekan. Shu sababli tualet qog'oz sotib olmadim. Point raqam bo'lmasa 2barobar qimmat edi. Point raqam ochish uchun esa vaqt ketar edi. Mendan keyin odam ko'p bo'lgani sabab ochtirmadim.
Bu chegirmadan oddiy xalq ham do'kon rahbar ham yutadi. Sababi hammada ham point raqam yoki mahsus kartalar yo'q.
Shuning uchun doimo sotib olyotganda albatta shularga e'tibor qaratish kerak.
Lekin mahsulotlari Ishonchli va yaxshi.
