cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Xorazm viloyati futbol akademiyasi

Хоразм вилояти футбол академияси расмий телеграм канали

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
274
Suscriptores
+124 horas
Sin datos7 días
+230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

🇺🇿 “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi madhiyasi taqdim etildi   Tarixiy natija qayd etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uzbekistan’s Club” tashabbusi bilan O‘zbekiston kreativ sanoati yetakchilari ishtirokida “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” shiori ostida jamoa madhiyasi uchun video suratga olindi.   O‘zbekistonliklarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish, olimpiya jamoamizni bo‘lajak yirik musobaqada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha uchun Konstaning “O‘zbekistonlik” treki madhiya sifatida tanlab olindi. Suratga olish ishlarida bosh murabbiy Temur Kapadze va jamoa yulduzlari ishtirok etishdi. Jahon darajasidagi ushbu videoni suratga olishda nafaqat eng yaxshi mahalliy mutaxassislar, balki germaniyalik kinooperator Maks Sui jalb qilindi. Unda terma jamoamizning barcha futbolchilari, yulduzlarimiz Abbos Fayzullayev, Eldor Shomurodovlar hamda murabbiy Timur Kapadze, shuningdek, san’at va media sohasining yorqin namoyandalari suratga tushdi. Video O‘zbekistonning barcha telekanallari, jamoat joylaridagi ekranlar hamda internet kengliklarida namoyish etilmoqda. Loyiha san’atkorlar, jurnalist va blogerlar, inflyuyenser va fikr yetakchilari bo‘lmish O‘zbekiston kreativ sanoati namoyandalarini yagona g‘oya ostida jamladi. Tasvirga olish ishlarida Venkon PR, United Soft, Dilshoh Media Art Sraft, LegalMax, Ahad Mix kabi kompaniyalardan iborat maxsus ijodiy guruh shakllantirildi, Germaniyadan taniqli kinooperator Maks Sui taklif etildi. Mazkur videokontent bilan birgalikda keng miqyosdagi #qonimdagalaba xalqaro chellenjiga start berildi. Chellenjda istalgan odam ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish uchun xohlovchilar 17 iyulga qadar “O‘zbekistonlik” trekidan foydalanib, futbol mavzusida suratga olingan 1 daqiqali kreativ videoni Instagram’ga #qonimdagalaba heshtegi bilan joylashi talab qilinadi. 10 ta eng yaxshi videoning har biri uchun 50 million so‘m pul mukofoti beriladi. Ularni mashhur sportchilar va media vakillaridan iborat hay’at a’zolari saralab oladi. Loyiha tashabbuskorlari: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investisiya, sanoat va savdo vazirligi, “Vatandoshlar”jamoat fondi va Ma’naviyat va ma’rifat markazi. Sportchilarimizga muxlislik qilish orqali o‘zbekistonliklarni birlashtirish g‘oyasini, shuningdek, Uzbekistan Airways, Ucell, Chevrolet Uzbekistan, Kapitalbank va Yoshlar tashabbuslari markazi, Gross Insurance, MTRK, MY5, FTV, ZO‘R TV, Uzreport TV, Renessans TV, Kun.uz, Daryo.uz, Repost.uz, Tribuna.uz saytlari qo‘llab-quvvatladi.   1️⃣ t.me/FAUzbekistan
Mostrar todo...
Uzbekistan Football Association

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali • Instagram.com/UzbekistanFA • YouTube.com/UzbekistanFA • Facebook.com/UzbekistanFA • Twitter.com/UzbekistanFA - www.ufa.uz

03:21
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi madhiyasi taqdim etildi 1️⃣ t.me/FAUzbekistan
Mostrar todo...
Telegram 2.mp455.25 MB
Xorazm viloyati futbol akademiyasi     ovqatlanish jarayonlardan olingan foto lavhalar. 28.06.2024
Mostrar todo...
Xorazm viloyati futbol akademiyasi     ovqatlanish jarayonlardan olingan foto lavhalar. 27.06.2024
Mostrar todo...
Xorazm viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari haftaning payshanba kuni "xonalarini tozalash" jarayonlaridan olingan foto lavhalаr
Mostrar todo...
Xorazm viloyati futbol akademiyasi     ovqatlanish jarayonlardan olingan foto lavhalar. 26.06.2024
Mostrar todo...
O‘zbekiston MTJ futbolchisi Eronning “Istiqlol” klubi aʼzosi Jaloliddin Masharipov Xorazm futbol akademiyasiga tashrif buyurdi. Xorazm farzandi Jaloliddin Masharipov akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishib tarbiyalanuvchilar bilan mahorat darsi (master-klass) tashkil qilindi. Masharipov yosh futbolchilar bilan davra suhbati o‘tkazib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berib, esdalik uchun fotosessiya jarayonida qatnashdi. https://t.me/KhorezmFootballAssociation
Mostrar todo...
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.